Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.10.2019 24.11.2008 yildagi PQ-1005-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.10.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING INSONPARVARLIK YORDAMI HAMDA TEXNIK KO‘MAKLAShISh VOSITALARIDAN MAQSADLI FOYDALANIShNI MUVOFIQLAShTIRISh, HISOBGA OLISh VA NAZORAT QILISh DEPARTAMENTINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-sonli “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasiga insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini jalb etish faoliyati muvofiqlashtirilishini yanada takomillashtirish, ularni hisobga olish hamda maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishning yagona tizimini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini respublikaga jalb etishni muvofiqlashtirish va o‘z vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek, ularni hisobga olish va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatishni tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamenti tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaga insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini jalb etish masalalari bo‘yicha donorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish takliflarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalariga oid loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini oluvchilarga ularni rasmiylashtirish va yetkazib berish muddatlarini qisqartirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasiga jalb etilayotgan insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalari to‘liq va tizimli hisobga olinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika vazirliklari, idoralari, xo‘jalik birlashmalari, tashkilot va muassasalari oladigan insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini o‘zlashtirish, maqsadli va samarali foydalanishning doimiy monitoringini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarining kelib tushishi va o‘zlashtirilishi to‘g‘risidagi hisobotlar hamda tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni tizimli asosda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib turish.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan cheklangan soni doirasida umumiy soni 5 nafar xodimdan iborat bo‘lgan Departament tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamenti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziriga zarur hollarda Departamentning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligi zimmasiga O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini to‘liq va tizimli hisobga olish vazifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi zimmasiga mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi, insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini jalb etish va o‘zlashtirishda moliyaviy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligini taftish hamda nazorat qilish vazifalari yuklatilsin. Mazkur vazifalarni bajarish uchun Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soniga qo‘shimcha kiritiladigan 3 nafar xodimdan iborat sho‘ba tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini oluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligiga o‘zlarining shaxsiy bank hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl va muddatlarda, jumladan, nomoddiy shakldagi insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalari to‘g‘risida axborot berib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat statistika qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini oluvchilar Moliya vazirligining g‘aznachiligiga taqdim etadigan hisobot shakllarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 24-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1005-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 48-son, 472-modda)