Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT-TIJORAT XALQ BANKINING KAPITALLAShUVINI YANADA KOʻPAYTIRISh VA INVESTITSION FAOLLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 16 OKTYABRDAGI PQ-986-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki oʻz Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-noyabr,
256-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-noyabrdagi 256-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuvchi kengashi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomning 1-bandida:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Ushbu Nizomning amal qilishi aksiyadorlik tijorat banklariga tatbiq etilmaydi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-maydagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 259-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan Tijorat banklari kengashlari raislarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qarori 1-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-noyabrdagi 256-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 19-fevraldagi 83-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-fevraldagi 83-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 4-iyuldagi 286-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 48-son, 476-modda; 2015-y., 20-son, 259-modda)