16.10.2008 yildagi PQ-986-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI Aksiyadorlik tijorat XALQ BANKINING KAPITALLASHUVINI YANADA KO‘PAYTIRISH VA INVESTITSION FAOLLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ-3076-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 534-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar jamg‘armalarini ishonchli, kafolatli himoyalashni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining (keyinchalik — Xalq banki) kapitallashuvini ko‘paytirish va moliyaviy barqarorligini oshirish, jamg‘armalarga aholining bo‘sh mablag‘lari jalb etilishini kengaytirish hamda ko‘rsatiladigan bank xizmatlari sifatini yaxshilash, shuningdek bankning investitsion faoliyatini kuchaytirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy hamda texnologik yangilash bo‘yicha istiqbolli dasturlarni amalga oshirishdagi ishtirokini faollashtirish maqsadida:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ-3076-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 534-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Xalq bankining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ-3076-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 534-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika aholisiga bank xizmatlari ko‘rsatilishini tubdan takomillashtirish, mijozlarga xalqaro standartlar darajasidagi zamonaviy, jozibador bank xizmatlari keng kompleksini taqdim etish, buning asosida aholining bankka bo‘lgan ishonchini oshirish va milliy hamda xorijiy valyutadagi bank omonatlarining barqaror o‘sishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq bankining plastik kartochkalaridan keng foydalangan holda aholining naqd pulsiz hisob-kitoblari tizimini har tomonlama rivojlantirish, shuningdek xalqaro bank kartochkalari bilan operatsiyalarni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank mablag‘larini o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini, shuningdek bankning barqaror foizli daromadini ta’minlab beruvchi ishonchli va yuqori likvidli aktivlar hamda moliyaviy vositalarga samarali joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchilarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishning zamonaviy usullarini tatbiq etish, ularning kredit qobiliyatini baholash va biznes-rejalarini atroflicha o‘rganish asosida kredit tavakkalchiligini boshqarish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avvalo ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy hamda texnologik yangilash, zamonaviy xorijiy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish, ushbu asosda yuqori sifatli, jahon va ichki bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlashga yo‘naltirilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishni birgalikda moliyalash yo‘li bilan aktiv investitsiya faoliyatini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq bankining hududiy bo‘limlari va filiallarining moliyaviy salohiyatini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etgan holda ularning moddiy-texnika bazasini, ayniqsa qishloq joylarda yanada mustahkamlash, yuqori daromadli mintaqaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bank bo‘limlari va filiallarining ishtirokini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq banki xodimlarini qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tizimli asosda tashkil etish, bank bo‘linmalarini aholiga bank xizmati ko‘rsatilishini takomillashtirish hamda bankning investitsion faoliyatini kuchaytirish masalalarini samarali hal etish qobiliyatiga ega yuqori malakali, tashabbuskor rahbar va mutaxassislar bilan mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat-tijorat Xalq banki aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan 2008-yilda bankning ustav kapitalini 100 mlrd. so‘mga yetkazish to‘g‘risida qaror qabul etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2009 — 2012-yillar mobaynida Davlat-tijorat Xalq bankining ustav kapitalini bank aksiyadorlari orasidagi mavjud ulush taqsimotini saqlab qolgan va bank aksiyalarini 1-ilovaga muvofiq hajmda qo‘shimcha joylashtirgan holda 200 mlrd. so‘mga yetkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kuzatuv kengashi (B.A. Xodjayev) va Xalq banki Boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ-3076-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 534-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili bankning kredit rejasini shakllantirishda moliyalashtirilishi mo‘ljallanayotgan investitsiya loyihalarini sinchkovlik bilan tanlab olish, samaradorligini kompleks baholash va ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining o‘zini qoplashi, qo‘yilgan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishi ustidan tizimli monitoring joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 16-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-986-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009 — 2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining qo‘shimcha joylashtiriladigan aksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HAJMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Aksiyadorlar nomi

Summa (mlrd so‘m)

1.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

51

2.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

49

Jami

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining qo‘shimcha joylashtiriladigan aksiyalaridagi ulushi 2011-2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Davlat budjetiga o‘tkaziladigan foydasi hisobidan shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 43-son, 432-modda; 2010-y., 1-2-son, 2-modda, 52-son, 513-modda; 2012-y., 8-9-son, 78-modda; 2017-y., 25-son, 534-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)