15.10.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT KODEKSINING 192-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI LOYIHASINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASIGA KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais oʻrinbosari B. Mirboboyev, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga amal qilgan holda “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 192-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqidagi ishni ochiq majlisda koʻrib chiqdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masala “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori V. Tyanning Konstitutsiyaviy sudga murojaati munosabati bilan sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovaning tashabbusi bilan kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud mazkur masala yuzasidan maʼruzachi sudya S. Hakimovaning axborotini, Toshkent davlat yuridik instituti kafedrasining mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashi raisining oʻrinbosari, akademik X.Rahmonqulov, Huquqiy muammolarni oʻrganish markazi direktorining oʻrinbosari, Toshkent davlat yuridik institutining dotsenti, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashining aʼzosi M. Gasanov, Toshkent shahar advokatlar hayʼati rayosatining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashining aʼzosi S. Yoqubov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashining aʼzosi A. Sharafutdinov, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kafedrasining boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashining aʼzosi H. Odilqoriyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashining aʼzosi X. Azizov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni yuridik boʻlimining boshligʻi A. Yuldashevning fikrlarini tinglab, ish boʻyicha mavjud hujjatlarni oʻrganib aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori V. Tyan Konstitutsiyaviy sudga yoʻllagan murojaatida boquvchining vafot etganligi munosabati bilan zararni toʻlash tartibini belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1009-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 192-moddasi normalarining bir xilda emasligini taʼkidlab, ushbu normalarning qaysi biri amaliyotda qoʻllanilishi lozimligi yuzasidan tushuntirish berishni soʻragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1009-moddasining uchinchi qismiga muvofiq boquvchining oʻlimi munosabati bilan zarar: voyaga yetmaganlarga — oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar; oʻn sakkiz yoshdan oshgan oʻquvchilarga — oʻquvning kunduzgi shaklida oʻqishni tugatgunga qadar, biroq yigirma uch yoshdan oshmaguncha toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ammo, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 192-moddasining beshinchi qismida oʻn olti yoshdagi va undan katta oʻquvchilar, oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida oʻqishni tugatgunlarigacha, lekin oʻn sakkiz yoshga qadar boʻlgan davrda, zararni undirish huquqiga egadirlar, deb belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunday qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 192-moddasiga muvofiq oʻn sakkiz yoshdan katta va yigirma uch yoshga toʻlmagan, oʻquv yurtining kunduzgi boʻlimida tahsil olayotgan shaxslar zararni undirish huquqiga ega boʻlmaydilar, vaholanki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1009-moddasining normalariga asosan esa ular bunday huquqqa egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining boquvchining oʻlimi munosabati bilan zararni toʻlash tartibini belgilovchi normalaridagi mazkur farq ushbu normalarning amaliyotda qoʻllanilishida jiddiy qiyinchiliklarga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qarorni qabul qilishda Konstitutsiyaviy sud quyidagilarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga asosan har kim qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga asosan har kim bilim olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasiga muvofiq davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 3-moddasining ikkinchi qismiga asosan boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridagi fuqarolik qonun hujjatlari normalari ushbu Kodeksga mos boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining yuqorida koʻrsatilgan normalariga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 192-moddasining normalarini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1009-moddasining normalariga muvofiqlashtirish zaruratini keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 192-moddasiga oʻquvning kunduzgi shaklida taʼlim olayotgan shaxslarning ular yigirma uch yoshga yetgunga qadar boquvchining oʻlimi munosabati bilan zararni toʻlash huquqini nazarda tutuvchi oʻzgartish kiritish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayon qilinganlarga asoslanib va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10, 25, 26, 27-moddalariga, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5, 26-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 192-moddasining beshinchi qismini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1009-moddasining uchinchi qismiga muvofiqlashtirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 192-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilsin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi S. Hakimova ushbu Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish uchun vakil etib tayinlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Axborotnomasi” jurnalida chop etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 15-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2008-yil 15-oktabrdagi qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT KODEKSINING 192-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan _________ da qabul qilingan
Senat tomonidan ___________________ da maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan № 161-1-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2005-yil, № 9, 312-modda) 192-moddasining beshinchi qismidagi “oʻn sakkiz” degan soʻzlar “yigirma uch” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 44-45-son, 446-modda)