Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida 2008-yil 10-mart kuni Toshkent shahrida imzolangan agrosanoat kompleksi sohasida hamkorlik qilish haqidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida 2008-yil 10-mart kuni Toshkent shahrida imzolangan hukumat aloqasi sohasida hamkorlik qilish haqidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-oktabr,
PQ-988-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 43-son, 433-modda)