10.03.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI VA TURKMANISTON HUKUMATI OʻRTASIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

AGROSANOAT MAJMUASI SOHASIDAGI HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan keyin Tomonlar deb ataluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning bozor munosabatlari sharoitida agrosanoat majmuasi sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga va chuqurlashtirishga intilishlarini eʼtiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnikaviy, savdo-iqtisodiy munosabatlarni va Oʻzbekiston Respublikasi hamda Turkmaniston hududida joylashgan agrosanoat majmuasining xoʻjalik subyektlari oʻrtasidagi hamkorligini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga intilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar oʻz milliy qonunchiliklariga muvofiq agrosanoat majmuasi sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlik olib boradilar, va shuningdek mulk shaklidan va boʻysunishdan qatʼi nazar, ikki davlatning xoʻjalik subyektlari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim qoidalarini bajarish boʻyicha Tomonlarning vakolatli organlari quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turkmaniston Hukumati nomidan — Turkmaniston Qishloq xoʻjaligi vazirligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatli organlarning nomlari yoki vazifalari oʻzgargan taqdirda, Tomonlar diplomatik kanallar orqali oʻz vaqtida xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar agrosanoat majmuasining quyidagi sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) gʻoʻza, gʻalla ekinlari va qishloq xoʻjaligi ekinlarining boshqa turlarini yetishtirish, va shuningdek urugʻchilik sohasida tajriba almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) bozor iqtisodiyoti, xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini joriy qilish tajribasini almashish, fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish va faoliyatining samaradorligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) chorvachilik va parrandachilik sohasida, shu jumladan qishloq xoʻjaligi hayvonlarining genetikasi, koʻpayishi va fiziologiyasi sohasida tajriba almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) oʻsimliklarni biologik va kimyoviy usullar bilan himoya qilish, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini birgalikda tekshirish va qayd etish boʻyicha fan yutuqlarini joriy qilishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) qishloq xoʻjalik mahsulotini yetishtirish va unga boʻlgan talabni tahlil qilish hamda oldindan aytib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) tuproqni tekshirish va eroziyani nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi sohasida suv xoʻjaligi, suv resurslarini boshqarish tizimlari va irrigatsiyani rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik mahsuloti, texnika va mineral oʻgʻitlarni sotib olish va yetkazib berish boʻyicha bahamjihat harakat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, bunga konsentratlar ishlab chiqarish texnologiyasi ham kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hamkorlikning boshqa yoʻnalishlari Tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq qoʻshimcha tartibda kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim doirasida hamkorlik quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy axborot, ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ekspert olimlarning ishtirokida ikki tomonlama simpoziumlar, seminarlar, malaka oshirish kurslari anjumanlarini hamda Tomonlarning oʻzaro kelishuvi bilan aniqlangan boshqa shakllarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ikki davlat tashkilotlari va mutaxassislari oʻrtasida oʻzaro manfaatli boʻlgan qoʻshma loyihalar va dasturlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) qishloq xoʻjaligi uchun ilmiy kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) qishloq xoʻjalik ekinlari va chorvachilik, shu jumladan parrandachilik, genetik materiallari bilan almashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar, oʻzaro kelishib, hamkorlikning boshqa shakllaridan ham foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar ushbu Bitimni bajarish maqsadida hukumat va boshqa davlat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, va shuningdek mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalar oʻrtasida hamkorlik va aloqalarga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik Tomonlarning milliy qonunchiliklariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim doirasida Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra mazkur Bitim asos boʻlgan muayyan loyihalar yuzasidan kontraktlar, bitimlar, protokollar tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra ushbu Bitimga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin, ular alohida protokollar bilan rasmiylashtiriladi va Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllash munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan bahslar va kelishmovchiliklarni Tomonlar maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim besh yil muddatda tuziladi va Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlardan birontasi ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida tegishli muddat tugashidan kamida olti oy ilgari boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, u oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning amal qilish muddati toʻxtatilishi unga muvofiq tuzilgan va hozirgi vaqtga qadar oxiriga yetkazilmagan joriy bitimlar, kontraktlar yoki loyihalarning davom ettirilishiga taʼsir qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2008-yil 10-martda (Novruz) ikki nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2008-y., 3-4-son)