Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2022 16.07.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1837
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 16.07.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1837
Kuchga kirish sanasi
26.07.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

BIRJA SAVDOLARIDA POLIETILENNI SOTISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-iyulda 1837-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 8-iyuldagi 55-sonli va Moliya vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 31-sonli ““Birja savdolarida polietilenni sotish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1837-1, 25.07.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilingan Birja savdolarida polietilenni sotish tartibi haqidagi nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2008-yil 30-iyun,

55-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-son

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yildagi 55, 68-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolarida polietilenni sotish tartibi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda) muvofiq polietilenni tovar xomashyo birjalari (bundan keyingi oʻrinlarda Birja deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladigan birja savdolarida sotish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom polietilen ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan korxona va tashkilotlarga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomga muvofiq sotib olingan polietilen faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin, uni eksportga chiqarish va qayta sotish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Polietilenni sotish elektron birja savdolari tizimidan foydalangan holda Birjada real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolari elektron tizimi — birja aʼzolariga respublikaning har bir geografik nuqtasidan aniq vaqt rejimida uzoq masofadan turib birja savdolarida ishtirok etish imkonini beradigan dasturiy apparat vositalari majmuidan iborat global taqsimlangan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitishuv bayonnomasi — xaridor va sotuvchiga birja savdolarini oʻtkazish yakunlari boʻyicha beriladigan, sotuvchi, xaridor vakili va birja brokeri tomonidan imzolangan, taraflarni belgilangan muddatda talab va taklif narxi boʻyicha birja savdolari natijalariga koʻra xarid qilingan hajmda mahsulotning oldi-sotdi shartnomasini tuzish majburiyatini yuklaydigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zakalat — Birjada amalga oshiriladigan bitishuvlar bajarilishi kafolatini taʼminlash uchun xaridorlar va sotuvchi tomonidan Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi depozit hisobvaragʻiga kiritiladigan bitishuvlarni kafolatli taʼminlash mablagʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot — polietilen resurslari va taqsimoti tasdiqlangan balansiga muvofiq birja savdolarida isteʼmolchilarga sotiladigan polietilen;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxlar kotirovkasi — birja savdolarining bir kuni uchun Birjada oʻtkazilgan savdo sessiyalari natijalari boʻyicha aniqlangan mahsulotga oʻrtacha narx;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi — mahsulotni birja savdolariga chiqarish va sotishni amalga oshiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlangan bitishuvlar reyestri — tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq qoplanilishini taʼminlaydigan miqdordagi mablagʻlarning xaridorning HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridorlar — birja savdolarida mahsulotni oʻz ishlab chiqarishida foydalanish uchun sotib oladigan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar. Shu bilan birga, kabel turidagi polietilen xaridorlari boʻlib, faqat kabel-oʻtkazgich simlarini ishlab chiqarish uchun oʻz ixtiyorida polietilenni chuqur qayta ishlov berish quvvatlariga ega, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrtacha belgilangan narx — bir haftalik birja savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadigan mahsulotning oʻrtacha narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitob-kliring palatasi (bundan keyingi oʻrinlarda HKKP deb yuritiladi) — birja bitishuvlari boʻyicha kliring, hisob-kitoblar va oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazilishini taʼminlovchi Birjaning tuzilmaviy boʻlinmasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Polietilen hajmlarini shakllantirish va uni sotish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mahsulotni sotish hajmlari har yili tasdiqlanadigan polietilen resurslar va taqsimoti balansidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sotuvchi keyingi yil uchun polietilen resurslar va taqsimoti balansini olganidan soʻng 10 kundan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda mahsulot sotish uchun uni birja savdolariga chiqarishning har oylik jadvallarini Birjaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sotuvchi har yili Birja bilan birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisida sotuvchining birja savdolarida ishtirok etish shartlari, shartnoma tuzgan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari belgilangan shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdolar ish kunlarida muntazam oʻtkazib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Birja savdolari Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 171-modda) va birja savdolari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Birja savdolarining oʻtkazilishi, birja sessiyalarining davomiyligi, sotuvga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmi, shuningdek mahsulotning joylashgan joyi, ishlab chiqaruvchi-korxona, mahsulotning boshlangʻich narxi toʻgʻrisidagi axborot Birja tomonidan xaridorlarga majburiy tartibda ommaviy axborot vositalari, brokerlar hamda boshqa axborot kanallari, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Birja barcha savdo ishtirokchilariga, ularning respublika hududida joylashishidan qatʼi nazar, elektron savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkonini taʼminlab berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Savdolarni oʻtkazish, qoʻyilgan zakalat summasiga muvofiq har bir savdo boʻyicha ishtirokchilarni kiritish va chetlatish, elektron birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish elektron birja savdolari tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitishuvni roʻyxatdan oʻtkazish kuni Birja brokerga bitishuv bayonnomasi va namunaviy oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oldi-sotdi shartnomasi bitishuv bayonnomasida nazarda tutilgan shartlarda u olingan kunda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitishuv bayonnomasi shartlarining bajarilishi tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Savdolarda sotilmay qolgan mahsulotlar hajmi keyingi savdolarga koʻchiriladi. Bunda, sotuvchi mahsulotni toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha birja savdolariga qoʻyilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolari natijalarida vujudga kelgan oʻrtacha narxlar boʻyicha sotish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Birja tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar haqi sotuvchi va xaridorlar uchun Birja tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Birja xizmatlari tariflariga muvofiq oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha mahsulotni sotish oldindan toʻlovni toʻliq toʻlash yoki yetkazib beriladigan mahsulotning har bir partiyasi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish sharti bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xaridor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, sotuvchi mahsulotni qayta savdoga qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Polietilen narxlarini aniqlash va oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mahsulotni birja savdolariga qoʻyishning boshlangʻich narxi sotuvchi tomonidan deklaratsiyalanadigan narx (monopolist korxonalar uchun) va ulgurji sotish narxi (boshqa korxonalar uchun) darajasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Birja savdolarida shakllangan mahsulot narxi uning boshlangʻich narxidan oshishi natijasida sotuvchi tomonidan olingan qoʻshimcha daromad uning ixtiyorida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bajarilishining moliyaviy kafolatini taʼminlash uchun birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblar Birjaning HKKPsi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida, HKKP Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda xaridorlar va sotuvchining mablagʻlarini saqlash va birja bitishuvlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻini ochadi. Ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda birjaning ikkilamchi depozit hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi arizasiga muvofiq ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sotuvchi va xaridorlarning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidagi mablagʻlari harakatini nazorat qilish uchun HKKP sotuvchi va xaridorga foydalanuvchining shaxsiy raqamiga (bundan keyingi oʻrinlarda FShR deb yuritiladi) mos keluvchi alohida shaxsiy hisobvaraq ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi va xaridorlarning mablagʻlari ushbu shaxsiy hisobvaraqlarda HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi doirasida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. HKKP mijozning soʻroviga muvofiq unga xizmat koʻrsatish shartlari, ushbu mijozning qolgan mablagʻlari toʻgʻrisida axborot berib turishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HKKP tomonidan mijozning shaxsiy hisobvaragʻi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etilishi man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Birja mijozlarning soʻrovlariga muvofiq ularni birja kliringi natijalari, ularning mablagʻlari holati va joriy kunda belgilangan savdolar limitlari pul mablagʻlari toʻgʻrisida xabardor qilib turishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sotuvchi va xaridorlar Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga birja savdolariga qoʻyilgan mahsulot umumiy qiymatining va moʻljallanayotgan bitishuv hajmining 10 foizigacha miqdoridagi zakalatni qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Xaridorlar Birjada deponentga qoʻyilgan zakalat hisobga olingan holda toʻlash moʻljallanayotgan mablagʻ hajmida bitishuvlar tuzishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidagi sotuvchi va xaridorlarning mablagʻlaridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitishuvlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishi, xarajatlar qismida va ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishilgan muddat davomida, bitishuv amalga oshirilmagan yoki belgilangan tartibda bekor qilingan taqdirda, mijozning bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qaytarish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentga qoʻyilgan mablagʻlar hisobidan Birja xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Birja bitishuvi roʻyxatga olinganidan keyin besh bank ish kunida xaridor tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qoʻshimcha mablagʻlarni oʻtkazishi shart. Bunda, mablagʻlarni oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasining “toʻlov maqsadlari” ustunida xaridorning FShRi majburiy tartibda koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. HKKP xaridordan mablagʻlar kelib tushgan vaqtdan boshlab bir bank ish kunida sotuvchiga xaridor tomonidan oʻz majburiyatlarini toʻliq hajmda bajarganligini tasdiqlovchi toʻlangan bitishuvlar reyestrini taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Agar xaridor ushbu Nizomning 27-bandida belgilangan muddatlarda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq mablagʻlarni toʻliq hajmda oʻtkazilishini taʼminlamasa, HKKP koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin sotuvchi hamda Birjaga bitishuv bekor qilinganligi toʻgʻrisida bir ish kuni mobaynida maʼlum qiladi va Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun sotuvchining hisobvaragʻiga jarima chorasi sifatida zakalat miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitishuv boʻyicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qoʻyiladi.

30. Sotuvchi tomonidan mahsulotni xaridorga oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda yuklab joʻnatish boʻyicha majburiyatlar bajarilmasa, HKKP shartnomada belgilangan muddat oʻtganidan keyin Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda mahsulotni yetkazib berish uchun belgilangan qiymatdan 10 foizgacha miqdordagi mablagʻni jarima chorasi sifatida xaridor hisobiga oʻtkazadi va xaridor, sotuvchi va Birjaga bitishuv bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitishuv boʻyicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. HKKP tomonidan sotuvchiga taqdim etilgan toʻlangan bitishuvlar reyestri sotuvchining mahsulotni xaridorga yuklab joʻnatishga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi mahsulotni xaridor oʻzining majburiyatlarini bajarganligi faktini HKKPning tasdigʻisiz joʻnatgan taqdirda, Birja roʻyxatdan oʻtkazilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha xaridor tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mahsulot avtomobil transporti orqali joʻnatilganligi va qabul qilib olinganligi faktini xaridor va sotuvchi imzolari bilan tasdiqlangan yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot temir yoʻl transporti orqali joʻnatilganda, mahsulot joʻnatilganligi faktini temir yoʻl yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk xati nusxasining taqdim etilishi HKKP uchun bir bank ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 20-bandiga muvofiq ochilgan ikkilamchi talab qilib oligungacha depozit hisobvaragʻidan sotuvchining unga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy talab qilib olingungacha depozit hisobvaragʻiga, xaridorning shaxsiy hisobvaragʻi koʻrsatilgan holda oʻtkazish, shuningdek, bitishuvni yopish uchun asos va majburiyat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mahsulotni xaridorlarga yuklab berish oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan muddatlarda sotuvchining naryadlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Tomonlarning javobgarligi va nizolarning hal etilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Birja aʼzolari, birja savdolari ishtirokchilari va ularning mijozlari oʻrtasidagi birja savdo qoidalarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha yuzaga keladigan nizolar Birja arbitraj komissiyasi yoki sud orqali hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arbitraj komissiyasi tomonidan nizolarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar undirilishi man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arbitraj komissiyasi qarorining nusxasi tomonlarning arizasiga binoan uch ish kuni mobaynida taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xaridor bilan sotuvchi oʻrtasidagi nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Axborot taʼminoti va mazkur nizom bajarilishi yuzasidan monitoring
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Birja kotirovka hayʼati oʻtkazilgan birja savdolari natijalari boʻyicha Birjaning birjada sotilgan mahsulot baholarining birja kotirovkalarini aniqlaydi va ularni har hafta ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi sahifalarida eʼlon qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Sotuvchi va Birja hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga birja savdosiga qoʻyilgan, sotilgan mahsulot hajmi hamda savdolarda hosil boʻlgan oʻrtacha sotish narxlari haqida maʼlumot beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja har kuni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasiga savdoga qoʻyilgan va sotilgan mahsulot hajmlari, shuningdek, savdolarda shakllangan oʻrtacha narxlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekneftegaz” MXK va “OʻzRMXB” OAJ bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-iyun

Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftegaz” MXK Raisi N. AXMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzRMXB” OAJ Boshqaruvi raisi T. TOXTABAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 289-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)