02.05.2008 yildagi 83-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“TOSHKENT TRAKTOR ZAVODI” OCHIQ AKSIYADORLIK JAMIYATINING TASHKILIY TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH VA FAOLIYATINI MAQBULLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent traktor zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni xususiylashtirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayoniga mamlakatimizdagi va xorijiy investorlarni jalb etish, shuningdek zamonaviy gʻildirakli traktorlar, tirkamalar, fermer xoʻjaliklari uchun mashinalar turkumini ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarilishini taʼminlovchi tajriba-konstruktorlik bazasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007—2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-son qaroriga muvofiq “Toshkent traktor zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining 82,75 foizi miqdoridagi aksiyalari davlat paketining xorijiy investorga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, raqobatbardoshli, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha aniq investitsiya majburiyatlari ostida, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda davlatning maxsus huquqini — “oltin aksiya”ni qoʻllagan holda sotilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Toshkent traktor zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirishning zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qoʻllagan holda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasida konstruktorlik ishlari koʻlamini kengaytirish, innovatsiya faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80, 100 va 120 ot kuchiga ega boʻlgan raqobatbardoshli gʻildirakli traktorlar, tirkamalar, ular bazasida turli modifikatsiyalardagi qishloq xoʻjaligi, transport, qurilish va kommunal xoʻjaligi mashinalari, fermer xoʻjaliklari uchun minitexnikalar ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda isteʼmol tovarlari turlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizdagi va xorijiy xaridorlarga mahsulotlar sotish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy ishlab chiqarish bilan kooperatsiyalashgan holda ishlayotgan shuʼba korxonalar faoliyatini rivojlantirish, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish boʻyicha tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasini sotish va ularga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha korxonaning texnika markazlarini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Toshkent traktor zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining korxona xodimlari umumiy sonini 365 nafarga, shu jumladan boshqaruv xodimlarini 145 nafarga qisqartirishni nazarda tutuvchi tashkiliy tuzilmasi hamda uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent traktor zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktoriga Kuzatuvchi kengash bilan kelishgan holda korxona ijro etuvchi apparatining tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning shtatdagi belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishiga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq aksiyalarning davlat paketi xorijiy investorga sotilgungacha boʻlgan davrda “Toshkent traktor zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori, bosh muhandisi, bosh direktori oʻrinbosarlari aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasini aksiyalashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 19-sentabrdagi 327-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2008-yil 13-martdagi 41-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-dekabrdagi PQ-766-son qarori) 1-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 2-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83-son

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 83-son qaroriga
1-ILOVA

“Toshkent traktor zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 83-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent traktor zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Bosh mexanik boʻlimi funksiyasini “TTZ-Dast-Taʼmir” shuʼba korxonasi taʼminlaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 157-modda)