Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 20.07.2007 yildagi PQ-672-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007 — 2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhim strategik tarmoqlar korxonalarining ustav jamg‘armalarida davlat ulushini keskin kamaytirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda xususiy mulkchilikning rolini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, shu asosda sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishni ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-apreldagi PQ-1743-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-iyuldagi “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3897-sonli Farmoniga muvofiq berilgan “oltin aksiya”ni joriy etish bo‘yicha huquqni paxtani qayta ishlash sanoatining xususiylashtiriladigan korxonalariga, “Toshkent traktor zavodi” OAJga nisbatan qo‘llash maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan korxonalarni xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini (“oltin aksiya”) boshqarishda davlatning ishtirok etishiga oid maxsus huquqni qo‘llash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflarni o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 3-noyabrdagi PQ-1427-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 377-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 28-son, 337-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat aktivlarini investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotishda investorlar tomonidan chet el valyutasidagi pul mablag‘lari shaklida kiritiladigan investitsiyalari korxonalarning alohida hisobvarag‘iga o‘tkazilishini ko‘zda tutuvchi tartib joriy etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mablag‘ va mulk foyda, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda qo‘shilgan qiymat soliqlariga tortilmaydi, shuningdek, investitsiya davri mobaynida tuziladigan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq korxonaning oldingi qarzini qoplash hisob raqamiga majburiy tarzda undirib olinmaydi.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 107-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-apreldagi PQ-1743-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-apreldagi PQ-1743-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-iyuldagi “2006—2008-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi PQ-407-sonli qarorining 1, 2 va 3-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 20-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-672-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 29-30-son, 300-modda; 2008-y., 14-15-son, 99-modda, 20-21-son, 171-modda, 24-25-son, 221-modda; 2009-y., 10-11-son, 107-modda, 37-son, 408-modda; 2010-y., 44-45-son, 377-modda; 2011-y., 7-8-son, 56-modda; 2014-y., 28-son, 337-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 3-son, 106-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)