Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2020 16.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1791
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 16.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1791
Kuchga kirish sanasi
26.04.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNI TAShISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-aprelda 1791-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 17-martdagi 19, 113-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1791-1, 28.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi 315-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan o‘n kundan so‘ng kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari G‘.T. Qodirov va Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmalariga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 17-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 17-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2008-yil 17-martdagi 4, 3-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi 315-son qaroriga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat yuritish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni (bundan keyingi o‘rinlarda GPP deb yuritiladi) tashish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida GPPlarning tashish mazkur Nizomda belgilangan tartibda avtomobil, havo va temir yo‘l transporti orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom qoidalari ichki ishlar, milliy xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida GPPlardan foydalanishda tatbiq etilmaydi. Ushbu organlar tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan GPPlarni tashish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. GPPlarni yuridik shaxslar tomonidan avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish mazkur Nizomda belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-iyuldagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish to‘g‘risida”gi 293-son qarorining 3, 4-ilovalarida keltirilgan II, III ro‘yxatlariga kiritilmagan murakkab (tarkibida GPPlar mavjud bo‘lgan) dori vositalarini tashishda ruxsatnoma rasmiylashtirilishi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. GPPlarni tashish uchun ichki ishlar organlari tomonidan ruxsatnomalarning berilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. GPPlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish uchun ruxsatnoma ichki ishlar organlari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan namuna asosida besh ish kuni ichida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. GPPlarni kam miqdorlarda tashish maqsadida yillik ruxsatnomani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlarni kam miqdorlarda tashish huquqini beruvchi yillik ruxsatnomani olish to‘g‘risida ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar imzosi va yuridik shaxs muhri bilan tasdiqlangan, yukni tashish uchun mas’ul shaxs tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida GPPlarni katta partiyada tashish uchun bir martalik ruxsatnoma ichki ishlar organlari tomonidan besh ish kuni ichida (2-ilova) yukning nomi va miqdori, yuk jo‘natilishining to‘liq marshruti, yukni tashishga mas’ul shaxs va kuzatuvchi shaxslar (qo‘riqlash tarkibi), tashishga jalb etilgan transport vositasi va ularning haydovchilari haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan yuridik shaxs rahbarining arizasi asosida quyidagi hujjatlari ilova qilingan holda beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir martalik ruxsatnoma olish to‘g‘risida ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukning har bir alohida tashishlariga javobgar shaxsni belgilanganligi to‘g‘risida buyruq nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlarni olish uchun tuzilgan kontrakt (shartnoma) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan avtomobilning joriy yil uchun texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi uning amal qilish muddati ko‘rsatilgan texnik pasporti va haydovchilarining haydovchilik guvohnomalari nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlar yuklarni avtomobil transportida tashish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida tashish holatlariga tegishli shartnoma nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. GPPlarni tashish huquqini beruvchi bir martalik ruxsatnoma tegishli ichki ishlar organlari tomonidan beriladi, unda tashilayotgan GPPlar turi va miqdori, yuk tashish amalga oshirilishi lozim bo‘lgan avtotransportning markasi (markalari) va davlat raqami (davlat raqamlari), shuningdek yuk tashish uchun mas’ul shaxsning pasport ma’lumotlari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ruxsatnomalar 3 oy muddatgacha beriladigan (GPPlarni aniq partiyasini tashish uchun) bir martalik va 6 oy muddatgacha beriladigan GPPlarni bir necha partiyalarini tashish uchun ko‘p martalik bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlarning aniq partiyalarini ko‘p martalik ruxsatnoma asosida tashish holatlarida yuridik shaxs ushbu partiya uchun umumiy miqdori chegarasida ularni tashish huquqiga ega. Bunda har bir tashish sanasi, GPPlarning turi va miqdori ko‘rsatilib ruxsatnomaning orqa tomoni rahbar imzosi va yuridik shaxs muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bunday ruxsatnoma ichki ishlar organiga topshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Transport vositasining markasi, davlat raqami, yukni tashish uchun mas’ul shaxs o‘zgargan hollarda bir martalik ruxsatnoma uch kunlik muddatda belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. GPPlarni tuman (shahar) hududida tashish ruxsatnomasisiz baza rahbari yoki yuk jo‘natuvchi tomonidan berilgan yo‘l-kuzatuvchi hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. GPPlarni avtomobil transportida tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi hududida GPPlarni avtomobil transportida tashish avtomobil transportiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar yoki GPPlarni tashish uchun beriladigan litsenziyaga ega bo‘lgan yuk jo‘natuvchi/yuk qabul qiluvchi bilan tuzilgan tashish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan boshqa yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobil transportida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalarining 50 kilogramm (brutto og‘irlik) va undan ko‘prog‘i va psixotrop moddalarning 100 kilogramm (brutto og‘irlik) va undan ko‘prog‘ini avtomobil transportida tashish bir martalik ruxsatnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qo‘riqlash xizmati jalb etilgan holda mazkur Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kam miqdordagi GPPlarni (giyohvandlik vositalari 50 kilogrammdan kam (brutto og‘irlik) va psixotrop moddalari 100 kilogrammdan kam (brutto og‘irlik) tashish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qo‘riqlash xizmatini jalb etmasdan amalga oshiriladi, bunda bir yillik ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida GPPlarni avtomobil transportida tashish uchun yuk jo‘natuvchi/yuk qabul qiluvchilar mas’uldirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qo‘riqlash xizmati xodimlari kuzatuvisiz tashishga ruxsat etilgan prekursorlarning kam miqdori mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. GPPlarni avtomobil transportida tuman (shahar) ichida tashishda yukni kuzatib borish uchun mas’ul shaxs tayinlanadi. Ushbu funksiyalarni transport vositasining haydovchisiga yuklash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuvchi shaxslarni to‘g‘ri tanlash va ularning tayyorgarligi uchun yuk jo‘natuvchi/ yuk qabul qiluvchi tashkilotlar rahbarlari javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. GPPlarni kam miqdorda avtomobil transportida tashishda yuk jo‘natuvchi/yuk qabul qiluvchi tashkilot buyrug‘i asosida yukni tashish va qabul qilib olish uchun mas’ul shaxs tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi hududida GPPlarni kam miqdorda avtomobil transportida tashishda kuzatuvchi (mas’ul shaxs) o‘zi bilan quyidagi hujjatlarni olib yurishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlarni tashish uchun hududiy ichki ishlar organlari tomonidan berilgan yillik ruxsatnomaning rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk jo‘natuvchi tashkilot rahbari yoki moddiy-javobgar shaxs imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan tashilayotgan yukning yuk kuzatuv hujjatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. GPPlarni tashishda ishtirok etuvchi kuzatuvchi shaxslar hamda haydovchilar tashish qoidalari, yukning tavsifi, ortilishi va tushirilishida texnika xavfsizligiga rioya qilish to‘g‘risida tanishtirilgan bo‘lishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. GPPlarni kuzatib borishga mas’ul bo‘lgan shaxs majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukning to‘g‘ri qadoqlanishi va markirovkasi, tamg‘alarining mustahkam saqlanganligini ko‘zdan kechirish, yuk ortish va tushirishni kuzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni jo‘natilayotgan joydan yuk yetib borish manziligacha saqlanishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasining harakat vaqtida va to‘xtab turish joylarida yukni saqlanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy, ommaviy va ekologik xavfsizlik choralarini tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni yetib borish manziliga topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xavfli yuklar toifasiga kiritilgan katta hajmdagi prekursorlarni avtomobil transportida tashishda xavf-xatar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimini talablarga mos holda tashkillashtirish tashishni amalga oshirayotgan avtotransport tashkilotiga yuklatiladi. Bunday tashish avtotransport vositasi xavfli yuklarni tashishga guvohnomaga ega bo‘lganda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan marshrut bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Katta hajmdagi prekursorlarni avtomobil transportida tashishda aholi yashash punktlarida haydovchilarning dam olish uchun to‘xtab turishlari taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositasi to‘xtaganda yoki to‘xtab turganida to‘xtab turish tormozi yoqilgan, qiyalikda esa qo‘shimcha ravishda sirpanib ketishiga qarshi tayanch qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. GPPlarni kolonna bo‘lib (ikkitadan ko‘p bo‘lgan avtotransport vositalarida) tashish kolonna boshida va oxirida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kuzatuvchilarining ikkita avtomobilida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuvchi avtomobillar uchun to‘lovlar yuk jo‘natuvchi yoki yuk qabul qiluvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Prekursorlarni ko‘p miqdorda tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositasi haydovchi va kuzatuvchi shaxsning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tashilayotgan prekursorlarni neytrallash uchun kerakli miqdorda vositalar va individual himoya vositalari bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Katta miqdordagi prekursorlarni tashish uchun mo‘ljallangan avtomobilda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) avtotransport vositasini halokat vaqtida ta’mirlash uchun qo‘l asboblari to‘plami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yong‘inni o‘chirish uchun yong‘in o‘chirgichlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bittadan kam bo‘lmagan sirpanib ketishga qarshi tayanch (tayanchning o‘lchami avtotransport vositasining turi va uning g‘ildiraklari diametriga mos bo‘lishi lozim);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) avtonom yonuvchi ikkita o‘chib-yonuvchi (yoki doimiy) zarg‘aldoq rangdagi chiroq, ular prekursorlarning alangalanishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lmagan holda tuzilgan bo‘lishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) sutkaning qorong‘i vaqtida yoki yaxshi ko‘rinmaslik holatlarda to‘xtab turishda, agar avtotransport vositasining chiroqlari tuzatilmagan bo‘lsa, yo‘lda zarg‘aldoq rangdagi chiroqlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim: bittasi avtotransport vositasining old tarafiga yetmasdan 10 metr masofada, ikkinchisi avtotransport vositasining orqa tarafiga yetmasdan 10 metr masofada o‘rnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) dori qutisi va tashilayotgan yuklarni neytrallashtirish vositalari (birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. GPPlarni havo transportida tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Havo orqali tashish shartnomasidan kelib chiqadigan havo orqali tashuvchining mazkur Nizom qoidalariga tushadigan barcha huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§1. Tashish uchun qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. GPPlarni yuk sifatida aviatashish uchun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat uchun beriladigan litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslardan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. GPPlarni tashishga qabul qilish va tashish tashuvchi-aviakompaniya tomonidan belgilangan qoidalar va standartlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar tashish uchun qabul qilinayotgan GPPlar xavfli yuklar toifasiga kirsa, ularni tashish uchun qabul qilishda IKAOni xavfli yuklarni havoda xavfsiz tashish uchun texnikaviy qo‘llanmasi hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. GPPlar yo‘lovchilar va yuk tashish kemalarida tashilishi mumkin. Doimiy reyslarni bajarayotgan havo kemalarda tashish barcha marshrutlarda tashilayotgan hajmlarni oldindan majburiy bronlashtirilgan shartlarda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli yuklar toifasiga kiruvchi prekursorlarni yo‘lovchi tashish havo kemalarida tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. GPPlarni tashish uchun qabul qilishda ularni shartli ravishda qimmatbaho yuklar toifasiga (VAL) kiritish lozim va bu toifa yuklarga mos bo‘lgan tashish qoidalari va ularni saqlashni ta’minlash reglamenti qo‘llanilishi lozim. Agar tashish uchun qabul qilinayotgan GPPlar xavfli yuklar toifasiga kirsa, unda ham ushbu yuklash toifasi uchun belgilangan tashish qoidalarini qo‘llash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. GPPlarni tashish uchun qabul qilishda ushbu yukni uchish va qo‘nish aeroportda eng kam muddat davomida saqlanilishi va omborga joylashtirilishini ta’minlash maqsadida hamma rasmiyatchiliklarni bajarilishi tartibi yuk jo‘natuvchi bilan oldindan kelishib olinishi lozim. Yukni qabul qilish va berish maxsus xavfsizlik choralari ta’minlangan hollarda rejalashtirilishi va amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Standart xabarlarda yukning aniq nomlanishi (kimyoviy formulasi)dan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 2. Tashish hujjatlari, qadoqlanishi, markirovkasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. GPPlardan iborat yukni qadoqlash quyidagi talablarga ham javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha yuklar o‘ramasi ishonchli yopilgan, nuqsonlari bo‘lmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk shunday o‘ralgan bo‘lishi kerakki, ichidagilarni almashtirish yoki aniq ko‘rinmaydigan holda ichidan olib bo‘lmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukning har bir o‘ramasi yuk jo‘natuvchi va yuk tashuvchi tomonidan muhrlangan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xar bir o‘rama tortilgan bo‘lishi, uning og‘irligi hujjatlardagi og‘irlik bilan solishtirilgan va qutiga yopishtiriladigan yorliqlarda ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. Barcha o‘ramalarda nuqsonlar yo‘qligi tekshirilgan bo‘lishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nuqsonlari bo‘lgan o‘ralgan yuklar tashish uchun qabul qilinmaydi. Transfer yuklarining qutilarida nuqsonlar topilganda transfer punktida (ushbu yoki boshqa yuk tashuvchining boshqa reysiga yukni qayta yuklash) yuk qayta tortib ko‘riladi, yukni buzilishi to‘g‘risida 2 nusxada dalolatnoma tuziladi va zaruriyatga qarab yuk qayta qutilarga qadoqlanadi va yangidan muhrlanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi yuk bilan birga jo‘natiladigan hujjatlarga ilova qilinadi, ikkinchi nusxasi transferning aeroportida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. GPPlarni tashish uchun foydalanilganda konteyner va qulflanadigan qutilarning mustahkamligi tekshirilganda quyidagilar ta’minlanishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklar konteynerning muhrlangan qismidan ajratib olib bo‘lmasligi va yuk tashuvchining muhrini buzmasdan yoki ko‘rinarli izlar bo‘lmagan holda unga qaytadan qo‘yib qo‘yish imkoni bo‘lmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni joylashtirish uchun foydalaniladigan konteynerning hamma tomoni nazorat tartibida ko‘zdan kechirish uchun qulay bo‘lishi kerak, qulflanadigan quti va konteynyerlarda yuklarning qismlari yashirilishi mumkin bo‘lgan yashirin joylari bo‘lmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. GPPlardan iborat bo‘lgan yukning tashish hujjatlarini rasmiylashtirishda quyidagi talablar bajarilishi talab etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avianakladnoyda yukning maxsus qayta ishlanish kodi “VAL”, va zarur hollarda “Nature and Quantity of Goods” (yukning tavsifi va xususiyati) ustunida xavfli yuklarning qayta ishlanish kodi ko‘rsatilgan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukning nomlanishi va/yoki yukning tovar nomenklaturasi kodi yukni tashish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan nomlanishiga aniq mos kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk kuzatuv hujjatlarida yukning kilogrammning yuzdan bir qismigacha aniqlikda o‘lchangan butun og‘irligi, hamda har bir o‘ralgan qutining o‘lchami ko‘rsatilgan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus qayta ishlanish kodi “VAL” va zarur hollarda xavfli yuklarning qayta ishlanish kodlari yuk manifestining “Nature of Goods” (yukning tavsifi) ustunida ko‘rsatilgan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlardan iborat bo‘lgan yukni tashishda yuk haqidagi ma’lumotni standart blankiga yoki NOTOS (Special Load Notification to Captain — maxsus yuk to‘g‘risida havo kemasi komandiriga xabarnoma)ga xabar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 3. Tashishni tashkillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. GPPlarni jo‘natish, transfer va yetib borish punktlarida qayta ishlash, ortish/ tushirishda haqiqiy qabul qilib olingan yuk miqdori to‘g‘risida ma’lumot avianakladnoy va yuk manifestida ko‘rsatilgan ma’lumot bilan solishtirilishi zarur. Yuk tashuvchi javobgarligiga berilgan vaqtdan boshlab yuk ruxsatsiz tekshiruvlardan himoyalangan bo‘lishi kerak. Agar yuk biror-bir sabablarga ko‘ra qo‘riqlanadigan hududda saqlana olinmasa, maxsus xavfsizlik va saqlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. GPPlardan iborat bo‘lgan yukni jo‘natish, transfer, manzil aeroportlarida saqlashda maxsus jurnallarda quyidagi ma’lumotlar qayd qilinishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir o‘ralgan qutining tavsifi (o‘lchami, og‘irligi, boshqa farq qiladigan tavsiflari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk qo‘riqlanadigan hududga joylashtirilgan vaqti va sanasi hamda ushbu hududga yukni keltirgan va shu hududga kirishga ruxsati bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk qo‘riqlanadigan hududdan olib ketilgan vaqti va sanasi hamda ushbu hududdan yukni olib ketgan shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir yozuv mansabdor shaxs imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. GPPlardan iborat bo‘lgan yukni to‘la yoki qisman yo‘qolishi kuzatilgan bo‘lsa yoki ruxsatsiz aralashuv izlari topilganda, ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida insidentning rasmiy qayd etilishi uchun darhol zarur tadbirlar ko‘rilishi, shuningdek qidiruvni tashkillashtirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Yukni jo‘natish uchun aeroportga havo kemasi uchishidan 3 soat oldin o‘ralgan qutilar muhrlangan holda olib kelinishi va belgilangan tartibda tashuvchining vakolatli shaxslariga topshirilishi, tashuvchi tomonidan tavsiya etilgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muntazam bo‘limi, havo transporti xavfsizlik xizmati va qo‘riqlash xizmati ishtirokida to‘plangan va havo kemasi bortiga ortilgan bo‘lishi kerak. Zarur hollarda GPPlarni yuk sifatida aviatashishlar vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan kuzatuvchilar ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Yukni kuzatib boruvchilar yo‘lovchi sifatida boradilar, buning uchun ular aviatsiya qoidalari bilan belgilangan barcha uchish oldi rasmiylashtiruvlardan o‘tgan bo‘lishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Havo kemasining yuk-bagaj bo‘limlarida giyohvandlik vositalarini yuk sifatida tashishda kuzatuvchilar yukni havo kemasiga yetkazilishi yoki undan olib ketilishini, yukni ortilishi/tushirilishini kuzatishlari, giyohvandlik vositalari yuklagandan so‘ng yuk bo‘linmalari muhrlanganligini tekshirishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuvchilar barcha yo‘lovchilar salonga chiqib bo‘lganlaridan va yuklar ortib bo‘linganidan so‘ng oxirgi navbatda yo‘lovchilar saloniga kiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Havo kemasining yo‘lovchilar salonida giyohvandlik vositalari partiyasini tashishda, shuningdek psixotrop moddalar va prekursorlar kuzatuvchilar ishtirokida havo yo‘li orqali tashilishi zarur bo‘lganda, bunday moddalarni tashiyotgan shaxslar va tashilayotgan moddalar havo kemasiga boshqa yo‘lovchilardan alohida yetkaziladi va yo‘lovchilar saloniga ular uchun ajratilgan joyga yo‘lovchilar kirishidan oldin yoki keyin joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 4. Yuk kelgandan so‘ng uni saqlash va berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. GPPlardan iborat bo‘lgan yukni kelishi to‘g‘risidagi xabar bilan yuk qabul qiluvchini ogohlantirish manzil aeroportiga yukni yetkazib bergan havo kemasidan yuk tushirib bo‘lingandan so‘ng 3 soat davomida amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Yuk tashuvchi yukni faqatgina avianakladnoyda ko‘rsatilgan yuk qabul qiluvchiga yoxud u tomonidan avinakladnoyda ko‘rsatilgan vakolat berilgan shaxsga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Yuk tashuvchi yukni yuk nakladnoyida ko‘rsatilgan hamma shartlar bajarilgandan so‘ng yuk qabul qiluvchiga beradi va yuk topshirilganligi faktini yuk qabul qiluvchining yuk avianakladnoyi nusxasida qabul qiluvchi imzosi bilan tasdiqlaydi, bular oxirgi yuk tashuvchida yukni qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tilxat va tashish shartnomasining bajarilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma sifatida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Yuk qabul qiluvchi bo‘lmaganda yoki davlat organi talabiga ko‘ra yukni berish yuk qabul qiluvchiga berish hisoblanadi, bunda yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi yoki yuk qabul qiluvchiga bunday yuk tashib keltirilganligi to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Agar yuk O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan manzilga yetib kelganligi to‘g‘risidagi xabarnoma jo‘natilgandan so‘ng yukni qabul qiluvchi talab qilmasa, bosh tortsa yoki yukni qabul qila olmasa yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchiga yukni yuk qabul qiluvchiga berish imkoni yo‘qligi to‘g‘risida xabar berishi va yuk jo‘natuvchi yuk to‘g‘risida qaror qabul qilguniga qadar yukni yuk jo‘natuvchi hisobidan saqlash uchun o‘zida qoldirishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. GPPlarni temir yo‘l transportida tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. GPPlarni temir yo‘l transportida tashishda quyidagi umumiy talablar belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlarni tashishga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlarni tashish uchun foydalaniladigan idish va qutilarni yaroqliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlarni tashishda nazoratni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlarni tashish uchun quyiladigan talablar yuk jo‘natuvchilari, yuk qabul qiluvchilar, GPPlarni tashish jarayonida ishtirok etadigan, ularni yetkazib borish yo‘lida kuzatib borishni va qo‘riqlashni ta’minlaydigan temir yo‘l transporti xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlarni temir yo‘l transportida tashish tartibiga GPPlar tashiladigan konteynyerlar, harakatlanuvchi yo‘lovchi va yuk vagonlarini ishlab chiqarish, texnik yordam xizmati va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi, shuningdek, yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchiga transport-ekspeditsiya xizmatini ko‘rsatuvchi barcha korxona va tashkilotlar amal qilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. GPPlarni yuklash normalari, ularni tashish uchun yo‘lovchi va yuk vagonlar turini tanlash, texnik va tijorat maqsadlarida ularning yaroqliligini aniqlash, yuklarni vagonlarga mahkamlash temir yo‘l ustavi, yuklarni tashish qoidalari, yo‘lovchi va yuk tashish qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 1. Tashishga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. GPPlarni tashishga qabul qilish va berish yuklarni tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Bunday yuklar tashish uchun umumiy foydalanish joylaridan tashqarida beriladi. Istisno tariqasida umumiy hamda umumiy bo‘lmagan foydalanish joylarida amalga oshiriladigan kichik va konteyner jo‘natmalarida qo‘llanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Aniq yuk faqatgina yuklarni tashish qoidalarida, ushbu mahsulot uchun standart yoki texnik shartlarida ko‘rsatilgan tara va qutilarda yuk jo‘natuvchi tomonidan tashishga taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. GPPlarni tegishli qurilma va ushbu yuklarni ortish va tushirish uchun maxsus qo‘llanmalarga ega bo‘lmagan umumiy hamda umumiy bo‘lmagan foydalanish joylarida ortish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. GPPlarni tashish yo‘lovchi hamda yuk vagonlarida amalga oshirilishi mumkin. Doimiy reyslar bajaradigan temir yo‘l transportida GPPlarni tashish butun yo‘nalish bo‘yicha tashilayotgan yuklar uchun joylarni oldindan majburiy bronlashtirish sharti asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli yuklar toifasiga kiritilgan prekursorlarni yo‘lovchi tashish poyezdlarida tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. GPPlarni tashish mas’ul shaxs — GPPlarning xossalarini va ular bilan ishlashni biladigan yuk jo‘natuvchi/yuk qabul qiluvchining vakili kuzatuvida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuvchi shaxslarni to‘g‘ri tanlanishiga va ularni tayyorgarligiga yuk jo‘natuvchi/yuk qabul qiluvchi tashkilot rahbari mas’uldirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Yo‘lovchi tashuvchi poyezdlarda giyohvandlik vositalarini tashishda, shuningdek zarur bo‘lganda psixotrop moddalar va prekursorlarni kuzatuvchi va qo‘riqlash xizmati ishtirokida temir yo‘l orqali tashishni amalga oshirishda kuzatuvchilar, qo‘riqlash xizmati va tashiluvchi moddalar boshqa yo‘lovchilardan alohida poyezdga yetkaziladi va mazkur Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mas’ul shaxs va qo‘riqlovchi shaxslar tashilayotgan moddalarni jo‘natilish joyidan manziligacha kuzatib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatilgan yukni qo‘riqlayotgan shaxslar tashishni davom ettirish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK tomonidan yukni tashish uchun topshirish vaqtidan boshlab qo‘riqlangan hollardagina yukni qo‘riqlashdan ozod qilinishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu yuklarni temir yo‘l stansiyasidan omborlarga avtomobil transportida tashishda qabul qiluvchi yukni qo‘riqlashni ta’minlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda tashishda yuk yuk jo‘natuvchi/yuk qabul qiluvchi hisobidan temiryo‘l qurolli qo‘riqlash xizmati bilan majburiy tartibda ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tashish vaqtida GPPlarni yo‘qolganligi (o‘g‘irlanganligi) aniqlanganda bu haqidagi ma’lumot darhol eng yaqin stansiya navbatchisiga yetkaziladi, poyezd boshlig‘i (brigadiri) esa GPPlarni kuzatib boruvchi shaxs bilan birgalikda voqea sodir bo‘lgan joyning daxlsizligini ta’minlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Yuk tarkibida prekursorlar tashilganda favqulodda vaziyat yoki ularning oqib ketishi holatlari yuz berganda yuk tarkibi mashinisti yoki uning yordamchisi bu haqida tegishli choralar ko‘rilishi uchun darhol eng yaqin stansiya navbatchisini xabardor qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday xabar olgan stansiya boshlig‘i transport militsiyasi vakillari bilan birgalikda darhol yukni qo‘riqlashni tashkil qilishi, sababni bartaraf qilish bo‘yicha choralar qo‘llashi va yuk qabul qiluvchini xabardor etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 2 GPPlarni yuklash va tushirishga bo‘lgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. GPPlarni yuklash, tushirish temir yo‘l ustavi, yuklarni tashish qoidalari va boshqa normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Yuk jo‘natuvchi ushbu mahsulotning belgilangan standart normalari yoki texnik shartlaridan oshmagan holda GPPlarni vagonlarga, konteynyerlarga yuklashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. GPPlarni vagon va konteynyerlarga, shuningdek ochiq harakatlanuvchi maxsus konteynyerlarga joylashtirish va mahkamlash yuklarni yuklash va mahkamlash texnik shartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuklarni vagonlar va konteynyerlarga mahkamlash uchun foydalaniladigan material tashilayotgan GPPlarga nisbatan inert bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Og‘irligi 1 kilogrammdan va hajmi 1 litrdan ortiq bo‘lmagan mayda qadoqlangan GPPlarni tashish yuklarni tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. GPPlarni qo‘l yuki sifatida tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. GPPlarni temir yo‘l va havo transportida qo‘l yuki sifatida tashishda yuk jo‘natuvchi bo‘lib mazkur Nizom talablari va yukning xossalarini yaxshi biladigan mas’ul shaxs tayinlanadi. Uning vazifalariga yo‘nalishda yukni holatini kuzatish va qo‘riqlash, shuningdek zarur xavfsizlik choralarini qo‘llash kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashish davomiyligi 8 soatdan oshsa unga ikkinchi kuzatuvchi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday tashishlar uchun tayinlangan shaxslar poyezd jo‘nashidan 2 soat oldin kechikmasdan stansiya, vokzal boshlig‘i huzuriga yetib kelishi va qo‘l yuki sifatida tashilayotgan yukni ko‘rsatishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stansiya, vokzal boshlig‘i yuk o‘ramining tashqi holatini va zarur bo‘lganda yukning og‘irligini (brutto) tekshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlarni qo‘l yuki sifatida havo transportida tashish vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan aviatsiya qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. GPPlarni temir yo‘l orqali qo‘l yuki sifatida tashuvchi yuk jo‘natuvchi/yuk qabul qiluvchining mas’ul shaxsiga barcha joylar uchun to‘langan alohida kupe, yo‘l hujjati (bilet) mavjud bo‘lganda kupening barcha joylari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Temir yo‘l transportining yo‘lovchi tashish poyezdlarida GPPlar yuridik shaxs vakili tomonidan qo‘l yuki sifatida bir qo‘lda tashishning normalarida belgilangan miqdori tashilishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Yuk jo‘natuvchi/yuk qabul qiluvchining GPPlarni qo‘l yuki sifatida tashiyotgan yuk tashish uchun mas’ul shaxsini xuddi shunday yuk olib o‘tayotgan boshqa yo‘lovchi bo‘lmaganda navbatsiz poyezdga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPPlarni qo‘l yuki sifatida tashiyotgan mas’ul shaxsni o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida stansiya yoki vokzal boshlig‘i poyezd boshlig‘i yoki bosh konduktori va transport militsiyasi organlariga xabar berishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq bildirgida va poyezd marshrutida bu haqida belgi qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Tashilayotgan yukka xavf tug‘ilgani aniqlansa, (yong‘in, vagonning buzilishi) bu yukni olib ketayotgan mas’ul shaxs talab qilinadigan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishi va yukni boshqa vagonga olib o‘tish yo‘li bilan saqlanilishini ta’minlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sodir bo‘lgan voqea to‘g‘risida kuzatuvchi va poyezd boshlig‘i ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Yuk jo‘natuvchi/yuk qabul qiluvchining GPPlarni qo‘l yuki sifatida tashishga mas’ul bo‘lgan shaxsi tashilayotgan GPPlarning saqlanishiga shaxsan javobgar hisoblanadi va o‘g‘irlangan, yo‘qolgan yoki boshqa shaxsga ko‘zda tutilmagan hollarda berilishi holatlari aniqlanganda poyezd boshlig‘i yoki bosh konduktorni, shuningdek militsiya xodimlarini belgilangan tartibda darhol xabardor etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. GPPlarni qo‘l yuki sifatida avtomobil transportining jamoat turlarida ularning miqdorlaridan qat’i nazar, tashilishi qat’iyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy xulosa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh Prokuratura, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zdavavianazorat va O‘zdavtemiryo‘lnazorat bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy Xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 4-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 4-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh Prokuror R. QODIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 7-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i A. ABDUVALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 7-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘i X. TROBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 7-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Davlat temir yo‘l nazorat inspeksiyasi boshlig‘i R. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 7-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari qo‘riqlovisiz tashishga ruxsat etilgan prekursorlarning kam miqdorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Prekursorlar nomi‎ Ruxsat etilgan miqdor ‎
1.‎ Sulfat kislotasi ‎ 10 tn‎
2.‎ Xlorid kislotasi ‎ 10 tn‎
3.‎ Toluol‎ 12 kg (l)‎
4.‎ Etil efiri‎ 12 kg (l)‎
5.‎ Atseton‎ 12 kg (l)‎
6.‎ Kaliy permanganat‎ 12 kg (l)‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 16-son, 121-modda)