12.07.1999 yildagi 342-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.11.2010
 LexUZ sharhi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, ta’lim tizimidagi islohotlarga muvofiq 1999/2000 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga qabulni uyushqoqlik va tartibli ravishda tashkil etish, qobiliyatli yoshlarni adolatli tanlov asosida saralashni amalga oshirish, shuningdek test sinovlarining yuqori darajada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 195-modda)
5. Ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish tojik tilida (3-ilova) yoki qozoq tilida (4-ilova)* olib boriladigan o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida test sinovlari o‘rniga Oliy ta’lim vazirligining alohida Nizomi bilan belgilanadigan mazkur mutaxassislik uchun mo‘ljallangan o‘qitish tilida ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha imtihon sinovlari o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Xorijiy fuqarolar o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolarni o‘qitish to‘g‘risida” 1994-yil 24-maydagi 266-son qaroriga ko‘ra hamda hukumatlararo bitimlarga muvofiq yoki Davlat komissiyasi bilan yozma ravishda kelishilgan shartlarda to‘lov kontrakt asosida qabul qilinadilar.
12. Abituriyentlar mutaxassisliklar guruhlari (mutaxassislik)ga ko‘ra 1-ilovaga* muvofiq ikki fan majmuasi bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi Farmoniga muvofiq hamda O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan o‘tkazilgan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan maktab va bilim yurtlari o‘quvchilarini rag‘batlantirish tartibi asosida Xalq ta’limi vazirligining guvohnomasini olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari, test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qabul qilinadilar.
(15-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 191-modda)
16. O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muddatli xizmat harbiy xizmatchilarga va ularning oila a’zolariga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida” 1994-yil 3-oktabrdagi 496-son qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qismlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarga o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga qabul qilinishida, test sinovlarida ular to‘plagan ballarga eng ko‘p to‘planishi mumkin bo‘lgan ballar miqdorining 10 foizini qo‘shgan holda imtiyozli sharoitlar beriladi.