Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2020 29.11.2007 yildagi 674-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.11.2007 yildagi 674-I-son
Kuchga kirish sanasi
29.11.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASINING KENGASHI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING KENGASHI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

“XALQ SOʻZI” VA “NARODNOYE SLOVO” GAZETALARI TAHRIRIYATI” DAVLAT KORXONASINING USTAVI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 27-fevraldagi 150-V/KQ-17-V-sonli ““Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi faoliyatini tashkil etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan 214-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat korxonasining ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi (A. Toʻxtayev) “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat korxonasini, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (B. Alimov) “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari X.N. Doʻstmuhamedov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosari F.F. Muhitdinova va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.N. Aripovga muassislar bilan “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi oʻrtasida shartnoma tuzish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatining Ustavi va tahrir hayʼatining tarkibi toʻgʻrisida”gi 585–II/564-sonli Qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2007-yil 29-noyabr,

674-I-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 29-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
402-I-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 29-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi, Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 29-noyabrdagi 674-I, 402–I, 248-son qarorlari bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat korxonasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTAVI

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu ustav Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat korxonasining (bundan buyon matnda “Tahririyat” deb yuritiladi) huquqiy maqomini, faoliyati xususiyatlarini, Muassislarning, Tahririyatning huquq va majburiyatlarini, Tahririyat va Muassislar oʻrtasidagi mulkiy munosabatlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tahririyatning muassislari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda “Muassislar” deb yuritiladi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tahririyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur ustavga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tahririyat oʻziga tezkor boshqarish huquqi asosida berilgan davlat mulki negizida tashkil etilgan davlat unitar korxonasidir. Tahririyat oʻziga berilgan mulkdan qonunga, oʻz faoliyatining maqsadlari va vazifalariga, mulkdorning (vakolatli davlat organining) topshiriqlariga muvofiq foydalanadi hamda uni tasarruf etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tahririyatning nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek tilida — “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rus tilida — Gosudarstvennoye predpriyatiye “Redaksiya gazet “Xalk suzi” i “Narodnoye slovo”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tahririyat yuridik shaxs boʻlib, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank hisob-kitob varaqlariga, shu jumladan valyuta hisob-kitob varaqlariga, oʻz ramzi va logotiplariga, shtamplari va blankalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻzining toʻliq rasmiy nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tahririyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz zimmasiga mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlar va majburiyatlar olishga hamda ularni amalga oshirishga, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tahririyat davlatning boshqa korxonasi muassisi boʻlishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent shahri, Matbuotchilar koʻchasi, 32-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tahririyatning asosiy faoliyati “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” ijtimoiy-siyosiy va ommaviy nashrlarini chiqarishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Xalq soʻzi” gazetasi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy nashr boʻlib, oʻzbek tilida, haftada 5-marta, A-2 bichimida, 4 yoki 6 (keyinchalik undan ham koʻp) sahifada chop etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Narodnoye slovo” gazetasi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy nashr boʻlib, rus tilida, haftada 5-marta, A-2 bichimida, 4 yoki 6 (keyinchalik undan ham koʻp) sahifada chop etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tahririyatning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tahririyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida materiallar chop etish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tuzilmalar faoliyatini xolis yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari matnlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Muassislar hamda ularning organlari qarorlari va farmoyishlarini, ularning majlislari va yigʻilishlariga doir materiallarni chop etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat va dunyo ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy hayotida sodir boʻlayotgan demokratik oʻzgarishlarni, voqealarni xolis va haqqoniy tarzda yorituvchi materiallar hamda axborotlarni muntazam eʼlon qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Asosiy vazifalariga muvofiq Tahririyat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqolalar va axborot-maʼlumotlarning yuksak professional darajada tayyorlanishini, ularning xolisligi va toʻgʻriligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarixiy, umuminsoniy, maʼnaviy, madaniy qadriyatlarga, milliy anʼanalarga qiziqish oʻsib borayotganligi munosabati bilan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va yoʻnalishlarini keng yoritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adabiy-badiiy ilovalar, albomlar chiqaradi, yuridik va jismoniy shaxslarning reklama hamda eʼlonlarini belgilangan tartibda eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijodiy jamoada qulay ish sharoitlarini yaratadi, xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan texnika vositalari va boshqa jihozlar bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning ijodiy muvaffaqiyatlarini maʼnaviy va moddiy jihatdan ragʻbatlantirib boradi, ularning kasbiy mahoratini oshirishga koʻmaklashadi, turmush sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Muassislarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Muassislar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyat faoliyatining turlari, maqsadi, predmetini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyatning tashkiliy-huquqiy tuzilmasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyat ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyat bosh muharriri bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muddatidan oldin tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyatni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatuvchini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyat mulki bilan bogʻliq bitimlarni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyatning ortiqcha yoki foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish yoki tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda Tahririyatni xususiylashtirish yoki davlat mulkidan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyatga yetkazilgan zararlarni undirish toʻgʻrisida Tahririyat rahbariga nisbatan daʼvo taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosma mahsulotning qonun hujjatlari talablari va davlat standartlariga mosligini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyatning qonuniy manfaatlarini davlat muassasalari va chet davlatlar oldida himoya qilish, uning faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyat tomonidan boshqa shaxslarga foydalanishga berilgan mol-mulkdan olingan foydaning hammasini yoki bir qismini ustavga muvofiq olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida, ushbu Ustavda, shuningdek Muassislar bilan Tahririyat oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan vakolatlar doirasida Tahririyat faoliyatini boshqarishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyatdan qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini xolisona yoritishni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Muassislarning normativ-huquqiy hujjatlari, matbuotda eʼlon qilish uchun moʻljallangan materiallar belgilangan muddatlarda chop etilishini talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Muassislar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyat Ustavini tasdiqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyat bilan shartnoma tuzishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyat tomonidan ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyat bosh muharririni tayinlashi, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq u bilan mehnat shartnomasi tuzishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh muharrir oʻrinbosarini, masʼul kotibni tayinlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkni tasarruf etish uchun Tahririyatga ruxsat berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda Tahririyatga moddiy-texnikaviy, moliyaviy va boshqa yordam koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyatning moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan belgilangan tartibda tekshirishlar va audit oʻtkazilishini, nazorat olib borilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyatga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishini va uning lozim darajada saqlanishini nazorat qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Muassislar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi, shuningdek ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tahririyatning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tahririyat quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotni izlash, olish va tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot olish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, boshqa tashkilotlarga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼlon qilishga tayyorlangan materiallarni tekshirish uchun vakolatli tashkilotlarga va mutaxassis-ekspertlarga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot, reklama, dizayn, matbaa xizmatlari koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gazetalarni chiqarish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz foydasining bir qismini Tahririyat faoliyatini rivojlantirishga hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga belgilangan tartibda yoʻnaltirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tahririyat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gazetalardagi maqolalarning mazmunan yuksak saviyali va maʼnosi tushunarli boʻlishini, dolzarbligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Muassislar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni, ular faoliyatini yorituvchi boshqa materiallarni bepul eʼlon qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassislarga Tahririyatning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning lozim darajada saqlanishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tahririyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi, shuningdek uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tahririyat oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Tahririyatning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda Muassislar Tahririyat majburiyatlari boʻyicha belgilangan tartibda subsidiar javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tahririyat Muassislarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tahririyatning mol-mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tahririyatning ustav fondi 21.011,0 (yigirma bir million oʻn bir) ming soʻmni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tahririyatning mol-mulki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyatga tezkor boshqarish huquqi asosida berilgan mol-mulk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyatning oʻz faoliyatidan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tahririyat mol-mulkining qiymati Tahririyatning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tahririyat mol-mulki boʻlinmas boʻlib, u kiritilgan hissalar (ulushlar, paylar) boʻyicha, shu jumladan Tahririyat xodimlari oʻrtasida ham taqsimlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tahririyat mol-mulkini tasarruf etish quyidagi hollarda Muassislar bilan kelishilgan holda Tahririyat rahbari tomonidan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalarini (ulushlarini) sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jamiyatining davlat korxonasiga tegishli boʻlgan aksiyalarini (ulushlarini) sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkni Tahririyat faoliyatining ustavida belgilangan maqsad va vazifalarga nomuvofiq boshqa maqsadlarda tasarruf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tahririyatning ustav fondi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kamaytirilishi yoki olingan foyda yoxud Muassislar tomonidan unga berilgan qoʻshimcha mol-mulk hisobiga koʻpaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Budjetga va budjetdan tashqari fondlarga barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foyda Tahririyat tasarrufiga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tahririyat tasarrufida qoladigan sof foyda belgilangan tartibda zaxira fondi va boshqa fondlarni tashkil etishga yoʻnaltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tahririyatning boshqaruv organlarini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Joriy masalalarni va istiqbolga moʻljallangan vazifalarni hal etish uchun tahrir hayʼati tashkil etiladi. Tahrir hayʼati Tahririyatning ijro etuvchi organi boʻlib, uning tarkibiga: bosh muharrir, Muassislar vakillari, bosh muharrir oʻrinbosarlari, masʼul kotiblar va yetakchi boʻlimlarning muharrirlari, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari kiradilar. Tahrir hayʼatining shaxsiy tarkibi va aʼzolari soni bosh muharrir tavsiyasiga binoan Muassislar qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tahririyatga bosh muharrir boshchilik qiladi. Bosh muharrir Muassislar qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh muharrir oʻrinbosarlari va masʼul kotiblar bosh muharrirning tavsiyasiga binoan Muassislar qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Bosh muharrir Muassislar oldida Tahririyat faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Bosh muharrir Muassislar bilan kelishgan holda Tahririyatning shtat jadvalini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Bosh muharrir oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz oʻrinbosarlarini hamda masʼul kotiblarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish boʻyicha Muassislarga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyat oldiga qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etadi, tahrir hayʼati va Tahririyat mehnat jamoasi ishiga boshchilik qiladi, Tahririyat nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatadi, buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahririyat xodimlarining lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Bosh muharrir oʻz vakolatlarini va mansab vazifalarini bajarishda Tahririyat manfaatlarini koʻzlab harakat qiladi, budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar, soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar, xodimlarning ish haqi va ish haqiga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishini, mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan qonuniy talablarning qanoatlantirilishini, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ehtiyojlar uchun pul mablagʻlari oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Bosh muharrir oʻz harakatlari (harakatsizligi) uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Bosh muharrir vaqtincha yoʻqligida uning vazifasini uning oʻrinbosarlaridan biri bajarib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Tahririyat xodimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tahririyat shtatida turgan, materiallarni toʻplash, tahrir, tahlil qilish, tayyorlash bilan shugʻullanuvchi shaxslar, shuningdek texnik va xizmat koʻrsatuvchi personal Tahririyat xodimlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tahririyat xodimlari tarkibiga kiruvchi ijodiy xodimlarga: bosh muharrir, uning oʻrinbosarlari, masʼul kotiblar, adabiy kotiblar, boʻlimlarning muharrirlari, sharhlovchilar, oʻz muxbirlari va katta muxbirlar, muxbirlar, fotomuxbirlar, rassomlar hamda tarjimonlar, reklama boʻlimi xodimlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tahririyat jamoasidagi mehnatga oid munosabatlar qonun hujjatlari, ushbu Ustav, jamoa shartnomasi talablari asosida, ichki mehnat tartibi qoidalari, mansab yoʻriqnomalari hamda Tahririyat qabul qilgan boshqa normativ hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi. Tahririyat xodimlariga yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tahririyat xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shakli, tizimi, miqdori, shuningdek qalam haqi miqdori Tahririyat tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Gazetalarning chiqarilishini toʻxtatib turish yoki tugatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Gazetalarning chiqarilishini toʻxtatib turish yoki tugatish “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Tahririyat faoliyatini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tahririyat hisobot davri tugagach, vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Tahririyat hujjatlarning saqlanishini va ularning belgilangan tartibda davlat arxiviga saqlash uchun topshirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tahririyatning xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatidagi faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Muassislar va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Tahririyatni qayta tashkil etish yoki tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tahririyat qonun hujjatlariga muvofiq Muassislar qaroriga koʻra yoki sud qarori asosida qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tahririyat tugatilganda uning pul mablagʻlari, mol-mulki va boshqa aktivlari kreditorlar bilan barcha hisob-kitoblar qilinganidan soʻng belgilangan tartibda Muassislar tasarrufiga oʻtkaziladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 481-modda)