Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 19.09.2007 yildagi PQ-695-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘ZEKSPOMARKAZ” MILLIY KO‘RGAZMA MAJMUASI” OAJ KO‘RGAZMA-YaRMARKA FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rgazma-yarmarka faoliyati sohasida tadbirlar qatnashchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va turlarini ko‘paytirish hamda “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati negizida O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro savdo-ko‘rgazma markazini yanada tashkillashtirish uchun shart-sharoitlarni shakllantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan “O‘zekspomarkaz” MKM” OAJning ilovaga* muvofiq hududi va obyektlarini shaxsiy hamda qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirib qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha tayyorlandi va uni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zekspomarkaz” MKM” OAJ hududi va obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha mazkur loyihani amalga oshirish doirasida olib kelinadigan asbob-uskunalar, qurilish materiallari va mebellar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq, bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro savdo-ko‘rgazma kompleksi qurilishini tugallash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 8-noyabrdagi 386-sonli qarorining 7-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2011-yilning 1-mayigacha uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, ushbu Qarorda nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar, “O‘zekspomarkaz” MKM” OAJ hududi va obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun jalb qilingan kreditlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zekspomarkaz” MKM” OAJ hududi va obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Investitsiya dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-695-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 9-son, 462-modda)