Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.11.2002 yildagi 386-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQARO SAVDO-KOʻRGAZMA KOMPLEKSI QURILIShINI TUGALLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksi faoliyatini kengaytirish, marketing va axborot taʼminoti sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish, yarmarka va koʻrgazmalarni yuqori xalqaro darajada oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining “Oʻzekspomarkaz” RKSM markaziy pavilonini rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzekspomarkaz” RKSM markaziy pavilonini foydalanishga tayyor holda rekonstruksiya qilishning “Ay-Sel” (Turkiya) firmasi tomonidan qurilayotgan Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksi loyihasi doirasida amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tomonidan “Oʻzekspomarkaz” RKSM markaziy pavilonini rekonstruksiya qilish yuzasidan “Ay-Sel” firmasi bilan asosiy kontraktga 2464,0 ming AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha bitim imzolanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha bitim qiymatining 2094,4 ming AQSh dollari miqdoridagi 85 foizini mablagʻ bilan taʼminlash Turkeksimbank mablagʻlarini qayta moliyalash yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha bitim qiymatining 369,6 ming AQSh dollari miqdoridagi 15 foiziga haq toʻlash Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksi qurilishida ulush qoʻshib qatnashish shartlarida tashqi savdo kompaniyalarining mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish boʻyicha milliy valyutadagi xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlashning “Oʻzekspomarkaz” RKSMning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini hamda kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni toʻlash kredit bitimlari shartlariga muvofiq tashqi savdo kompaniyalari va “Oʻzekspomarkaz” RKSM majburiyatlariga koʻra ular mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilangan tartibda qarz bitimi tuzsin hamda Turkeksimbank mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga qayta moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri jalb etilayotgan kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari boʻyicha Turkeksimbankka Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati yuzasidan qarz bitimiga ilovada belgilangan shakl boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Oʻzekspomarkaz” RKSM markaziy pavilonini rekonstruksiya qilish loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi Investitsiya dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzekspomarkaz” RKSM obyekt foydalanishga topshirilgan vaqtdan boshlab besh yil muddatga istisno tariqasida daromad (foyda) soligʻi, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-martdagi 71-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 11-son, 143-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Suvga choʻkkanlarni qutqarish jamiyati va “Serveko” qoʻshma korxonasining ularni joylashtirish uchun boshqa binolar bergan holda bir oy muddatda “Oʻzekspomarkaz” RKSM hududidan chiqarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzekspomarkaz” RKSM buyurtmasiga koʻra bosh pudratchining xorijiy xizmatchilari va mutaxassislariga hamda jalb etiladigan xorijiy sheriklarga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi bilan koʻp martalik kelish vizalari konsullik yigʻimlari undirmasdan berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzekspomarkaz” RKSM buyurtmasiga koʻra bosh pudratchining xorijiy xizmatchilari va mutaxassislari hamda jalb etiladigan xorijiy sheriklarning davlat boji undirmasdan vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Oʻzekspomarkaz” RKSM buyurtmasiga koʻra “Oʻzekspomarkaz” RKSMning markaziy pavilonini rekonstruksiya qilishga jalb etiladigan bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlarning xorijiy xodimlariga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsatnomalar (litsenziyalar) oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 8-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
386-son