17.01.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 74-MODDASIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI LOYIHASINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASIGA KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais oʻrinbosari B. Mirboboyev, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga amal qilgan holda, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 74-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqida”gi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masala “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining bosh direktori X. Muhitdinov va “OʻzMADparranda-xolding” kompaniyasining bosh direktori A. Sodiqovning Konstitutsiyaviy sudga murojaatlari munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovaning tashabbusi bilan kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud maʼruzachi sudya U. Bozorovning axborotini eshitib, mazkur masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik boʻlimining mudiri B. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari B. Jamolov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining birinchi oʻrinbosari N. Ahmonov, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari X-M. Isoqov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari R. Muhitdinov, Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashi raisining oʻrinbosari, Toshkent davlat yuridik instituti Xalqaro xususiy huquq kafedrasining mudiri X. Rahmonqulov, shu kafedra professori vazifasini bajaruvchi S. Gulyamov, shu kafedra katta oʻqituvchisi V. Ergashevning fikrlarini tahlil etib, ish boʻyicha mavjud materiallarni oʻrganib chiqib quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yoʻllangan murojaatlarda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 74-moddasining uchinchi qismi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 135 va 138-moddalari oʻrtasida nomuvofiqlik mavjudligi va bu nomuvofiqlik amaliyotda jiddiy qiyinchiliklarga sabab boʻlayotganligi koʻrsatib oʻtilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining birinchi qismida “Aksiyadorlik jamiyatini tuzish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatining muassislari deb tan olinadi”, deb koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun 74-moddasining uchinchi qismida “Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida yozma ishonchnoma asosida ish koʻradi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ismi yoki nomi, turar joyi yoki joylashgan manzili, pasport maʼlumotlari) aks ettirilgan boʻlishi lozim. Ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi lozim”, deb mustahkamlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 134-moddasining birinchi qismi va 135-moddasining birinchi qismida bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanishi hamda ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtirilishi nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeks 135-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq “Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonun hujjatlari bilan ishonchnomaning oʻzgacha shakli belgilab qoʻyilgan boshqa hollar bundan mustasno”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu Kodeks 138-moddasining birinchi qismida “Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosiladi”, deb koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yuqorida koʻrsatilgan normalari yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial shaklda rasmiylashtirilishi emas, balki rahbar tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosilishi kerakligini, ammo “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 74-moddasining uchinchi qismi esa aksiyador tomonidan ovoz berishga doir berilgan ishonchnoma, u jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs boʻlishidan qatʼi nazar, notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi lozimligini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holat esa “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 74-moddasining uchinchi qismi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 135-moddasining ikkinchi qismi va 138-moddasining birinchi qismi oʻrtasida nomuvofiqlik mavjudligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi normalari fuqarolik qonun hujjatlarining barcha tizimi uchun muhim negiz boʻlib hisoblangan qoidalar yigʻindisi ekanligi nuqtai nazaridan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 3-moddasining ikkinchi qismidagi “Boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridagi fuqarolik qonun hujjatlari normalari ushbu Kodeksga mos boʻlishi shart”ligi haqidagi qoidaga asosan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining koʻrsatilgan normalari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining normalariga muvofiqlashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayon qilinganlarga asoslanib va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10, 25, 26, 27-moddalariga, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5, 26-moddalariga amal qilgan holda Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 74-moddasining uchinchi qismini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 135-moddasining ikkinchi qismi va 138-moddasining birinchi qismiga muvofiqlashtirish maqsadida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 74-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilsin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi U. Bozorov ushbu Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish uchun vakil etib tayinlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qaror “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Axborotnomasi”da eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 17-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudining
2007-yil 17-yanvardagi
qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 74-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan __________da qabul qilingan ‎
‎Senat tomonidan _______________da maʼqullangan ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) 74-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yuridik shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 3-son, 28-modda)