OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
DON NARXLARI OʻRTASIDAGI FARQNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-oktabrda 1729-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 26-fevraldagi 13-sonli, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 24-fevraldagi 27-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 22-fevraldagi 2021-05-sonli ““Don narxlari oʻrtasidagi farqni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1729-2, 10.03.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 31-dekabrdagi “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha hisob-kitoblar uchun Fond tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-2165-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ilova qilinayotgan Don narxlari oʻrtasidagi farqni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 10-sentabr,
83-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 10-sentabr,
28-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 10-sentabr,
2007-51-son
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining
2007-yil 10-sentabrdagi 83, 28, 2007-51-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 10-sentabrdagi 83, 28, 2007-51-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Don narxlari oʻrtasidagi farqni tartibga solish toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 31-dekabrdagi “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha hisob-kitoblar uchun Fond tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-2165-son Farmoniga muvofiq don narxlari oʻrtasidagi farqni tartibga solishni belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat ehtiyojlari uchun don xarid qilish, saqlash, qayta ishlash hamda sotish faoliyatini amalga oshiruvchi, “Oʻzdonmahsulot” tarkibiga kiruvchi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, jumladan don qabul qilish korxonalari, elevatorlar, tegirmonlar, yorma, omixta yem va urugʻni qayta ishlash korxonalari va boshqa don mahsulotlari korxonalari (keyingi oʻrinlarda — korxonalar)ga tatbiq etiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan holda don ekinlarining preyskurant xarid narxini belgilaydi va tasdiqlaydi;
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda don ekinlarining oʻrtacha xarid narxidan va qayta ishlash korxonalarining xarajatlaridan kelib chiqib don, qoʻshimcha mahsulotlar va donni dastlabki qayta ishlashdan hosil boʻladigan chiqindilarning erkin ulgurji-sotish narxini va davlat resursidagi unning ulgurji-sotish hamda undan pishiriladigan qolipli non chakana narxining chegaralangan darajasini belgilaydi.
21. Donning ulgurji-sotish narxini belgilashda donning ulgurji-sotish narxiga qoʻllaniladigan ustama va donni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan don qabul qilish korxonalarigacha va don qabul qilish korxonalaridan donni qayta ishlash korxonalarigacha transportda tashish xarajatlari, don tayyorlash bilan bogʻliq hisob-kitoblar uchun ajratilgan kredit foizlari hisobga olinmaydi va ushbu xarajatlar keyinchalik don tannarxi tarkibida donni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar tannarxiga kiritiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 25-iyuldagi 43, 6, 2011-21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1729-1, 16.08.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 32-33-son, 340-modda)
3. Don va don mahsulotlari qoldigʻi va harakati, shuningdek moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan ishonchli nazoratni oʻrnatish maqsadida, korxona ularning qiymatini ulgurji-sotish narxida hisobga olib boradi.
II. Narxlar oʻrtasidagi farqlardan mablagʻlarni tashkil etish va foydalanish tartibi
4. Davlat ehtiyojlari uchun don sotib olishda donning xarid va ulgurji-sotish narxlari oʻrtasida ijobiy yoki salbiy farq yuzaga keladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 25-iyuldagi 43, 6, 2011-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 1729-1, 16.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 32-33-son, 340-modda)
5. Don narxlari oʻrtasidagi farq (ijobiy yoki salbiy) don, qoʻshimcha mahsulotlar va donni dastlabki qayta ishlashdan hosil boʻladigan chiqindilarning ulgurji-sotish narxlarini qayta koʻrib chiqilishi natijasida, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi barcha korxonalardagi haqiqiy qoldiqlarining qayta baholanishi hisobiga ham yuzaga keladi.
6. Don mahsulotlari korxonalarida donning xarid va ulgurji-sotish narxlari oʻrtasidagi hamda don, qoʻshimcha mahsulotlar va donni dastlabki qayta ishlashdan hosil boʻladigan chiqindilarning avval amalda belgilangan va yangi kiritilayotgan ulgurji-sotish narxlari boʻyicha qayta baholashdan yuzaga kelgan ijobiy farqlar summasi (keyingi oʻrinlarda — ijobiy farq va qayta baholash mablagʻlari) mutanosib ravishda 1810 “Donning respublika ichidagi ulgurji-sotish va xarid narxlari oʻrtasidagi ijobiy (salbiy) farqlar” va 1820 “Respublika ichida ulgurji-sotish narxlarining oʻzgarishi munosabati bilan don narxini oshirish (kamaytirish)” balans hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 25-iyuldagi 43, 6, 2011-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 1729-1, 16.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 32-33-son, 340-modda)
7. Ijobiy farq va qayta baholash summalari korxonaning daromadi hisoblanmaydi va don mahsulotlari korxonalari ushbu mablagʻni 23208 maxsus hisob raqamidan don, qoʻshimcha mahsulotlar va donni dastlabki qayta ishlashdan hosil boʻladigan chiqindilarni sotilish hajmiga mutanosib ravishda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining budjetdan tashqari maxsus hisobvaragʻiga keyinchalik 2 bank kunida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisobvaragʻiga koʻchirishi uchun oʻtkazib beradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 25-iyuldagi 43, 6, 2011-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 1729-1, 16.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 32-33-son, 340-modda)
8. Don mahsulotlari korxonalarida saqlanayotgan davlat zaxirasidagi don yangi qoʻllaniladigan ulgurji-sotish narxi darajasida qayta baholanadi va qayta baholash hisobiga vujudga kelgan summa Davlat budjeti mablagʻi sifatida hisobga olinadi hamda davlat zaxirasidagi donni saqlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
9. Donning xarid narxi ulgurji-sotish narxidan yuqori boʻlgan hamda don, qoʻshimcha mahsulotlar va donni dastlabki qayta ishlashdan hosil boʻladigan chiqindilarning qoldiqlari ulgurji-sotish narxlarni oʻzgarishi hisobiga arzonlashtirilgan holatlarda salbiy farq yuzaga keladi va bu farq keyinchalik qayd qilingan mahsulotlarni sotilish hajmiga mutanosib ravishda korxonalarning 1810 “Donning respublika ichidagi ulgurji-sotish va xarid narxlari oʻrtasidagi ijobiy (salbiy) farqlar” va 1820 “Respublika ichida ulgurji-sotish narxlarining oʻzgarishi munosabati bilan don narxini oshirish (kamaytirish)” balans hisobvaraqlarida mos ravishda hisobga olib borilgan ijobiy farq va qayta baholash mablagʻlari hisobidan qoplab boriladi.
III. Narxlar oʻrtasidagi farqlardan mablagʻlarning tashkil etilishi va foydalanishini nazorat qilish tartibi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning joylardagi boʻlinmalari belgilangan tartibda:
xarid va ulgurji-sotish narxlari oʻrtasida ijobiy farqni hamda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilingan don, qoʻshimcha mahsulotlar va chiqindilar qoldiqlarini qayta baholash hisobiga ular qiymatining oshishi natijasida yuzaga keladigan mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻliq jamlanishi hamda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining budjetdan tashqari maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishi va keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazilishi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 25-iyuldagi 43, 6, 2011-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 1729-1, 16.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 32-33-son, 340-modda)
donning xarid narxi ulgurji-sotish narxidan yuqori boʻlganda hamda don, qoʻshimcha mahsulotlar va donni dastlabki qayta ishlashdan hosil boʻladigan chiqindilarning qoldiqlari ulgurji-sotish narxlarni oʻzgarishi hisobiga arzonlashtirilganda yuzaga keladigan salbiy farqni hisobga olishni toʻgʻriligi ustidan tekshirishlarni amalga oshiradi.
11. Xarid va ulgurji-sotish narxlari oʻrtasida ijobiy (salbiy) farq hamda davlat ehtiyoji uchun xarid qilingan don, qoʻshimcha mahsulotlar va chiqindilar qoldiqlarini qayta baholash hisobiga ular qiymatining oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlarning obyektivligi va haqqoniyligiga don korxonalarining rahbarlari va bosh buxgaltyerlari javobgar boʻladilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 25-iyuldagi 43, 6, 2011-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 1729-1, 16.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 32-33-son, 340-modda)
IV. Yakuniy qoida
12. Ushbu Nizom “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining raisi E. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 10-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 434-modda; 2011-y., 32-33-son, 340-modda)