Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAN VA TEXNIKA, ADABIYOT, SANʼAT VA MEʼMORCHILIK SOHASIDAGI DAVLAT MUKOFOTI” LAUREATI DIPLOMI NAMUNASI HAMDA KOʻKRAK NISHONINING TAVSIFINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2006-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati I darajali diplomining namunasi 1-ilovaga*;
“Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati I darajali koʻkrak nishonining eskizi 2-ilovaga*;
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
“Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati I darajali koʻkrak nishonining tavsifi 3-ilovaga;
“Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati II darajali diplomining namunasi 4-ilovaga*;
“Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati II darajali koʻkrak nishonining eskizi 5-ilovaga*;
* 4 va 5-ilovalar berilmaydi.
“Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati II darajali koʻkrak nishonining tavsifi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (R. Qurbonov) hamda Fanlar akademiyasi (Sh. Solixov) ikki oy muddatda “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati koʻkrak nishoni, diplomi va guvohnomalarining belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-iyun,
113-son
“Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati I darajali koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati I darajali koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan 925 probali kumush metalldan tayyorlanadi, u diametri 34 millimetrli doira shakliga ega.
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning naqsh bilan hoshiyalangan tekis old tomonida milliy ramzga aylanayotgan Oʻzbekiston xaritasi tasviri tushirilgan globus ustida koʻkka parvoz qilishga intilayotgan uchta turna tasviri berilgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va uning tagida “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASINING I DARAJALI DAVLAT MUKOFOTI LAUREATI” soʻzlari gorizontal holatda joylashtirilgan.
Tasvir va yozuvlar qabariqdir.
Koʻkrak nishonining qirralari gardish bilan hoshiyalangan.
Koʻkrak nishoni halqachalar va ilgakcha yordamida ustki qismiga ega 24 millimetrli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻich (kolodka) bilan tutashtiriladi. Qadagʻichning orqa tomonida taqma toʻgʻnogʻich bor.
“Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va msmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati II darajali koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati II darajali koʻkrak nishoni 925 probali kumush metalldan tayyorlanadi, u diametri 34 millimetrli doira shakliga ega.
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning naqsh bilan hoshiyalangan tekis old tomonida milliy ramzga aylanayotgan Oʻzbekiston xaritasi tasviri tushirilgan globus ustida koʻkka parvoz qilishga intilayotgan uchta turna tasviri berilgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va uning tagida “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASINING II DARAJALI DAVLAT MUKOFOTI LAUREATI” soʻzlari gorizontal holatda joylashtirilgan.
Tasvir va yozuvlar qabariqdir.
Koʻkrak nishonining qirralari gardish bilan hoshiyalangan.
Koʻkrak nishoni halqachalar va ilgakcha yordamida ustki qismiga eni 24 millimetrli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻich (kolodka) bilan tutashtiriladi. Qadagʻichning orqa tomonida taqma toʻgʻnogʻich bor.