08.08.2006 yildagi 168-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAN VA TEXNIKA, ADABIYOT, SAN’AT VA ME’MORCHILIK SOHASIDAGI DAVLAT MUKOFOTLARINI TA’SIS ETISH TO‘G‘RISIDA” 2006-YIL 25-IYULDAGI PF-3781-SON FARMONINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risida” 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlariga talabgorlar bo‘yicha tavsiyanomalarni ko‘rib chiqish va adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish bo‘yicha takliflar tayyorlash reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi 953-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 09/19/953/4083-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari bo‘yicha kengashning ishchi organi vazifasini bajarish yuklansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi 953-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 09/19/953/4083-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat mukofotlari qo‘mitasi tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari bo‘yicha kengashi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat mukofotlari qo‘mitasi tugatilishini hamda mazkur qo‘mitaning asosiy vositalari va boshqa mulkining Madaniyat va sport ishlari vazirligi balansiga o‘tkazilishini belgilangan tartibda tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi uch kun muddatda Davlat mukofoti laureatlari diplomi, guvohnomasi va ko‘krak nishonining eng yaxshi namunasi uchun ochiq tanlov e’lon qilsin va ikki oy muddat ichida tanlov yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli taklif taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2007-yildan boshlab “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati” diplomi, faxriy nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash, mukofotga tavsiya etilgan ishlarni mustaqil ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, Davlat mukofotlari laureatlariga pul mukofotini to‘lash uchun respublika budjetidan mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasining adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini to‘lashga pul mablag‘larini ajratish tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi 953-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 09/19/953/4083-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 8-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlariga talabgorlar bo‘yicha tavsiyanomalarni ko‘rib chiqish va Davlat mukofotlarini berish bo‘yicha takliflar tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reglamenti
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi 953-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 09/19/953/4083-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasining adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlariga (keyingi o‘rinlarda Davlat mukofotlari deb ataladi) talabgorlar bo‘yicha tavsiyanomalarni qabul qilish, ularning Davlat mukofotlariga taqdim etilayotgan ishlarini keng muhokama va ekspertizadan o‘tkazish, muhokama natijalari va ekspertiza xulosalari asosida Davlat mukofotlari berish bo‘yicha takliflar tayyorlash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi 953-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 09/19/953/4083-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat mukofotlariga talabgorlar bo‘yicha tavsiyanomalar va talabgorlarning tegishli ishlarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari bo‘yicha kengash (keyingi o‘rinlarda Kengash) ko‘rib chiqadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi 953-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 09/19/953/4083-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kengash faoliyatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kengash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofotlariga talabgorlar bo‘yicha tavsiyanomalar qabul qilish boshlanganligini, hujjatlarni qabul qilish muddatlari va tartibini respublika markaziy nashrlarida mukofot beriladigan yildan avvalgi yilning 25-oktabrigacha e’lon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofotlariga talabgorlarning hujjatlari e’lon chiqqan kundan boshlab uch oy davomida (kechi bilan mukofotlar beriladigan yilning 25-yanvarigacha) ishchi organlar tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi nizom deb ataladi) talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi, Davlat mukofotlariga nomzodlar ro‘yxatini shakllantiradi va bu ro‘yxatni tegishli ishlarning qisqacha tavsifi bilan respublika markaziy nashrlarida (kechi bilan mukofot beriladigan yilning 25-fevraliga qadar) e’lon qiladi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi 953-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 09/19/953/4083-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofotlariga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilingan kundan boshlab uch oy davomida tegishli ishlarning mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishini hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng muhokamasini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza xulosalari va muhokama natijalariga ko‘ra Davlat mukofotlarini berishga oid tegishli taklif tayyorlaydi va uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga (kechi bilan mukofot beriladigan yilning 25-iyuliga qadar) taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning shu’balari va ishchi organlariga tegishli vazifalarni yuklaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofotlariga tavsiyanomalarni qabul qilish va saqlash, mukofotlarga nomzodlar ishlarini mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kengash va uning shu’balari qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kengash a’zolari uning ishida jamoatchilik asosida ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat mukofotiga tavsiyanomalarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat mukofotlariga talabgorlar bo‘yicha tavsiyanomalar Kengashning ishchi organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi 953-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 09/19/953/4083-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adabiyot, san’at va me’morchilik sohalarida — Madaniyat vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat mukofotiga talabgor bo‘yicha tavsiyanomada muallif (mualliflar jamoasi uchun — har bir muallif)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi, yashash manzili, fuqaroligi, ishlash joyi yoki faoliyat turi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, faxriy unvoni, ilmiy, ijodiy ishlari, adabiy, badiiy asarlarining e’tirofi sifatida unga berilgan boshqa mukofot va sovrinlar, Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan mezonlar asosida respublika fani va madaniyatiga qo‘shgan hissasini asoslovchi ma’lumotlar keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanomaga talabgorlarning Davlat mukofotiga taqdim etilayotgan ilmiy, adabiy, badiiy, san’at asarlarining yozma, ovozli yoki video yozuv, tasvir, hajmli-fazoviy va boshqa shakllarda chop etilgan nusxalari va boshqa materiallar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat mukofotlariga tavsiyanomalar va ularning ilovalarini ijrochi organ tomonidan rasmiylashtirish va saqlash, zarur hollarda muallifga qaytarish tartibi Kengash tomonidan tasdiqlanadigan yo‘riqnomaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Davlat mukofotlariga tavsiya qilinayotgan talabgorlar ishlarini ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shu’ba Davlat mukofotiga talabgorlar ishlarining Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiqligi bo‘yicha xulosa chiqaradi, saralaydi, shu asosda Davlat mukofotlariga tanlovga qo‘yiladigan nomzodlar ro‘yxatini shakllantiradi va Kengashga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash shu’ba tomonidan taqdim qilingan ro‘yxatni ko‘rib chiqadi, tasdiqlaydi hamda uni ishlarning nomi va qisqa tavsifi bilan matbuotda e’lon qiladi. Bu e’lon bilan Davlat mukofotiga qo‘yilgan ishlarning rasmiy tanlovi jarayoni boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofoti uchun tanlovga qo‘yilgan ishlar ommaviy axborot vositalari orqali keng muhokama qilinadi va ayni paytda Kengashning tegishli shu’basi tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekspertizaning maqsadi — talabgorning ilmiy, ijodiy ishi yoki adabiy, badiiy, san’at asarining ahamiyatini, uning Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan mezonlarga muvofiqligini baholashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertizaga tegishli sohadagi yetakchi mutasaddi tashkilotlar, taniqli olimlar, madaniyat, adabiyot va san’at arboblari jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza natijasi asoslangan bo‘lishi va unda ishning Davlat mukofotiga loyiqligi to‘g‘risida aniq xulosa keltirilishi lozim. Xulosa ekspertizani o‘tkazgan shaxs, agar ekspertiza tashkilotda o‘tkazilgan bo‘lsa, uning rahbari tomonidan imzolanadi va imzo tegishli tartibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Davlat mukofotiga nomzodning ishi bo‘yicha bir-biridan mustaqil ravishda ikkita ekspert xulosasi olinadi. Mazkur ikki ekspert xulosasi bir-biriga zid bo‘lsa yoki ular asosida yakuniy xulosa chiqarish mumkin bo‘lmasa, uchinchi ekspert xulosasi olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat mukofotiga nomzodlar ishlarining ommaviy axborot vositalari orqali muhokamasi bilan bog‘liq materiallar (gazeta va jurnal maqolalari, radioko‘rsatuv va teleko‘rsatuv materiallari) Kengashning tegishli ishchi organi tomonidan jamlab boriladi va muhokama yakunlangach, 3 kun ichida Kengashning tegishli shu’basiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kengash shu’basi Davlat mukofotiga nomzodlar ishlari, olingan xulosalar va ommaviy axborot vositalari orqali o‘tkazilgan keng muhokama natijalari umumlashtirilgan batafsil ma’lumotnoma tayyorlaydi va uni shu’ba bayonnomasi bilan birga Kengashga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat mukofotlarini berishga oid tegishli taklif tayyorlash bo‘yicha yakuniy muhokama Kengashning umumiy majlisida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarning ishlari va ularga ilova qilingan materiallar mazmuni erkin fikr almashish yo‘li bilan oshkora muhokama qilinadi. Bunda Kengashning har bir a’zosi fikr bildirish huquqiga ega. Muhokama shu’ba qarori va umumlashtirilgan ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlisiga qadar Kengash a’zolari Davlat mukofotlariga nomzodlar va ularning tegishli ishlari bo‘yicha barcha taqdimnomalar, ularning ilovalari, ekspertiza xulosalari va muhokama natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma bilan tanishib chiqishi ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Muhokama yakunlariga ko‘ra Kengash Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi nizom talablari asosida har bir soha bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajali Davlat mukofoti berish to‘g‘risida taklif yuzasidan qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat mukofotlari tanlovi g‘oliblari Kengash majlisida ochiq va nomma-nom ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Majlisda qatnashayotgan Kengash a’zolarining uchdan ikki qismining ovozini olgan nomzodgina Davlat mukofoti bilan taqdirlanishga tavsiya etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kengash qarori Kengash raisi tasdiqlaydigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ekspertiza natijalari tegishli mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar tomonidan ham, Kengash a’zolari tomonidan ham oshkor qilinmaydi. Kengashning yakuniy majlisi qarori oshkor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kengashning majlisi Kengash a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatga ega bo‘ladi. Kengash qarori a’zolar umumiy sonining yarmidan ko‘pi ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar Davlat mukofotiga nomzodlikka Kengash a’zosining ishi tavsiya qilingan bo‘lsa, uning muallifi Kengash ishida ishtirok etmaydi hamda Kengashning shu masala yuzasidan qarori va boshqa materiallar bilan tanishish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat mukofotlari berishga taalluqli Kengashga kiritilgan barcha materiallar, Kengash majlisi materiallari belgilangan tartibda hisobga olinadi va saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi
Davlat mukofotlarini to‘lashga pul mablag‘larini ajratish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini to‘lashga pul mablag‘larini budjetdan ajratish va to‘lash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birinchi darajali Davlat mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida, ikkinchi darajali Davlat mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida to‘lanadi va jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqqa tortilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari miqdori ushbu mukofotlarni taqdirlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolangan paytda belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblab yoziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Insonni uning vafotidan keyin mukofotlash paytida mukofotlash haqidagi hujjat va pul mukofoti mukofotlangan shaxsning vorisiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mukofoti laureati” diplomi, ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash, mukofotga tavsiya etilgan ishlarni mustaqil ekspertizadan o‘tkazish va Davlat mukofotlari laureatlariga pul mukofotini to‘lash bilan bog‘lik xarajatlarni respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjetni tasdiqlash paytida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida rejalashtiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofoti bilan mukofotlangan shaxslar to‘g‘risidagi Farmon nusxasini olgandan so‘ng, 5 bank kuni davomida zarur mablag‘larni oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini Xalq bankining yozib berish yuklangan tegishli bo‘limiga hisoblab o‘tkazadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalq bankining tegishli bo‘limi mukofotlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni nusxasini olgandan so‘ng oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini yozib berishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mukofotlarni to‘lash oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining barcha muassasalari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hisob-kitob cheklari tovarlar va xizmatlarga haq to‘lash uchun taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. To‘langan hisob-kitob cheklariga doir xarajatlarni qoplash to‘langan hisob-kitob cheklari talablari va reyestrlari asosida hisob-kitob cheklarini yozib bergan Xalq banki bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar moliya organlari tomonidan budjetlar daromadlari va xarajatlari tasnifi 201-bo‘limining 69-paragrafi 1.9.00-moddasida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi O‘zbekiston SSJ Davlat mukofoti to‘g‘risida” 1991-yil 5-martdagi 57-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 3-son, 6-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 13-fevraldagi 58-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi O‘zbekiston SSJ Davlat mukofoti to‘g‘risida” 1991-yil 5-martdagi 57-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1996-yil 13-fevraldagi 59-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 2-son, 7-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 13-fevraldagi 58-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1997-yil 26-martdagi 158-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qarori 2-ilovasining 24-pozitsiyasi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 322-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 09/19/953/4083-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)