OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
“OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT AKSIYADORLIK TEMIR YOʻL KOMPANIYASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
“OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT AKSIYADORLIK TEMIR YOʻL KOMPANIYASINING
Qarori
XALQARO TEMIR YOʻL ALOQALARIDAGI HISOB-KITOBLARDA TEMIR YOʻL MAʼMURIYATLARI OʻRTASIDAGI OʻZARO HISOBLASHISHLAR TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 7-iyulda 1696-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi faoliyatini tashkil qilish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK qaror qiladi:
1. Xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisob-kitoblarda temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlar tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab, oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 30-may,
61-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 30-may,
2007-36-son
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK raisi A. RAMATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 30-may,
151-N-son
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasining
2007-yil 30-maydagi 61, 2007-36, 151-N-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 30-maydagi 61, 2007-36, 151-N-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisob-kitoblarda temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlar tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom xalqaro temir yoʻl aloqalarida temir yoʻl tashishlari va hisob-kitoblarni tartibga soluvchi xalqaro bitimlar, shartnomalar va qoidalarda ishtirok etadigan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ deb yuritiladi) va boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlar tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom talablari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning — Xalqaro yuk va yoʻlovchi temir yoʻl aloqalarida hisob-kitoblar qoidalari toʻgʻrisida shartnoma, Xalqaro yuk va yoʻlovchi temir yoʻl aloqalarida hisob-kitoblar toʻgʻrisida qoidalar, Xalqaro yoʻlovchi aloqalari toʻgʻrisida kelishuv, Xalqaro temir yoʻl yuk aloqalari toʻgʻrisida kelishuv, MDH, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi kompleks hisob-kitoblar qoidalari, boshqa davlatlar mulki boʻlgan yuk tashuvchi vagonlardan foydalanganlik uchun hisob-kitoblar, raqamli hisob va ekspluatatsiya qoidalari, Xalqaro aloqalarda vagonlardan foydalanish qoidalari va Xalqaro aloqalarda vagonlardan foydalanish qoidalari toʻgʻrisida shartnoma, Iqtisodiy javobgarlik toʻgʻrisida kelishuv va xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisob-kitoblarda temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlarni tartibga soluvchi boshqa xalqaro qoidalar va kelishuvlar (keyingi oʻrinlarda matnda Xalqaro Qoidalar deb yuritiladi) ishtirokchilari bilan xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisoblashishlarni amalga oshirishda tatbiq qilinadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama shartnomalarda Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hujjatlarni tuzish va taqdim etish tartibi va muddatlari, akseptlash, toʻlov valyutasi turi, oʻzaro hisoblashishlar tartibining alohida holatlari belgilanishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xalqaro aloqalardagi temir yoʻl xizmatlari uchun temir yoʻl maʼmuriyatlari bilan oʻzaro hisoblashishlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning tarkibiy boʻlinmasi — “Oʻztemiryoʻlhisob” markazi amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
4. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
a) temir yoʻl maʼmuriyati — bir davlat hududida joylashgan barcha temir yoʻllar boʻyicha masʼul hisoblangan, davlatning vakolatli tegishli tarkibiy tuzilmasi;
b) xalqaro temir yoʻl aloqalari — ikki davlat hududida joylashgan ikki bekatlar oʻrtasidagi temir yoʻl tashuvlari yoki bitta davlatda joylashgan, biroq qatnash yoʻnalishi hamkor davlatlar temir yoʻl hududlarini qamrab olgan bekatlar oʻrtasidagi temir yoʻl tashuvlari;
v) hisob-kitob moddalari — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatiladigan xizmat turlari;
g) koʻrsatilgan xizmatlar summasi — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda ikki tomonlama shartnomaga va/yoki Xalqaro Qoidalarga muvofiq buxgalteriya koʻchirmasi yoki qoldiq vedomostiga kiritilgan, hisob-kitob moddalari boʻyicha xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar qiymati;
d) hisob-kitob hujjatlari — xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar summasini aks ettiruvchi va Xalqaro Qoidalarga muvofiq, hisob-kitoblarning muayyan moddalari uchun tuzilgan hujjat;
e) qoldiq vedomosti — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda ikki tomonlama shartnomaga va/yoki Xalqaro Qoidalarga muvofiq, xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar summasi qoldigʻi chiqariladigan, hisob-kitob hujjatlari asosida tuziladigan hujjat;
j) buxgalteriya koʻchirmasi — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda ikki tomonlama shartnomaga va/yoki Xalqaro Qoidalarga muvofiq, xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisob-kitob hujjatlari asosida tuzilgan hujjat;
z) toʻlov (qoldiq) vedomosti — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda ikki tomonlama shartnomaga va/yoki Xalqaro Qoidalarga muvofiq, koʻrsatilgan xizmatlar summasi qoldigʻini chiqaradigan temir yoʻl maʼmuriyatining buxgalteriya koʻchirmasiga asosan tuzilgan hujjat;
i) toʻlov qoldigʻi — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda ikki tomonlama shartnomaga va/yoki Xalqaro Qoidalarga muvofiq olinadigan yoki toʻlanadigan yakuniy qoldiq;
k) oʻzaro hisoblashishlarni amalga oshirish — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda ikki tomonlama shartnomada va/yoki Xalqaro Qoidalarda belgilangan tartibda toʻlov qoldigʻi summasini toʻlash yoki olish;
l) koʻp tomonlama qoplash — oʻzaro manfaatdor temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida oʻzaro qarzdorliklarni qoplash toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq oʻzaro qarzdorliklarni qoplash;
m) joriy qarzdorlik — xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha oxirgi toʻlov qoldigʻiga asosan maʼlum sanada hosil boʻlgan debitorlik yoki kreditorlik qarzlari summasi;
n) debitor temir yoʻl maʼmuriyati — toʻlov qoldigʻini toʻlovchi temir yoʻl maʼmuriyati;
o) kreditor temir yoʻl maʼmuriyati — toʻlov qoldigʻini oluvchi temir yoʻl maʼmuriyati.
II. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida hisob-kitob hujjatlarini tuzish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi hisob-kitoblar Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hisob-kitob moddalari boʻyicha amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida temir yoʻl xizmatlari koʻrsatilganda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida hisob-kitob hujjatlari tuziladi va taqdim etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
7. Hisob-kitob hujjatlarini tuzish va taqdim etish huquqi 1 yil muddat bilan chegaralanadi va u ish bajarilgan yoki xizmat koʻrsatilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblanadi, harakatdagi tarkibning yoki temir yoʻlning boshqa vositalari yoʻqolganligi yoki shikast yetkazilgani uchun hisob-kitoblarda – mazkur harakatdagi tarkib yoki boshqa vositalar berilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblanadi. Hisob-kitob hujjatlarining taqdim etilgan kuni deb faks, telegramma, teleks joʻnatilgan sana yoki pochta aloqasining xatni joʻnatish uchun qabul qilgan sanasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ har bir hisob-kitob moddasi boʻyicha alohida hisob-kitob hujjatlarini har oyda tuzadi va tegishli temir yoʻl maʼmuriyatlariga joʻnatadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
III. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar qoldigʻini hisoblash
9. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun hisob-kitob hujjatlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qoldigʻi hisoblanadi.
10. Qoldiqni hisoblash hisob-kitob hujjatlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar summasini qoldiq vedomostiga kiritish yoki hisob-kitob hujjatlari asosida tuzilgan buxgalteriya koʻchirmasining yakuniy summasini toʻlov (qoldiq) vedomostiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
a) har oyda qoldiq vedomosti boʻyicha — bevosita ikkita manfaatdor temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida;
b) har oyda buxgalteriya koʻchirmalari boʻyicha — bevosita ikkita manfaatdor temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Buxgalteriya koʻchirmasi yoki qoldiq vedomosti asosida hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va manfaatdor temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama shartnomada belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
13. Akseptlash tartibi boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshiriladigan hisob-kitob moddalari qoldiq vedomosti yoki buxgalteriya koʻchirmasiga temir yoʻl maʼmuriyati tomonidan aksept olingandan soʻng kiritiladi. Belgilangan muddatlarda akseptlanmagan hollarda, temir yoʻl maʼmuriyati joʻnatilgan, lekin akseptlanmagan hisob-kitob hujjatlarini ikki tomonlama shartnomalarda va/yoki Xalqaro Qoidalarda koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda qoldiq vedomosti yoki buxgalteriya koʻchirmasiga kiritishi mumkin.
14. Qoldiq vedomostiga temir yoʻl maʼmuriyati tomonidan qoldiq vedomostini tuzish sanasigacha tuzilgan va joʻnatilgan hisob-kitob hujjatlari va ushbu muddatgacha olingan boshqa temir yoʻl maʼmuriyati tomonidan akseptlangan hujjatlar kiritiladi.
15. Qoldiq vedomosti har oyning oxirgi sanasiga tuziladi va hisob-kitob moddalarining yakuniy summalari qoldigʻini chiqargan holda ikki tomonlama shartnoma va/yoki Xalqaro Qoidalarga muvofiq belgilangan muddatlarda tegishli temir yoʻl maʼmuriyatlariga joʻnatiladi. Shundan soʻng qoldiq vedomostini tuzgan temir yoʻl maʼmuriyati tomonidan toʻlov qoldigʻi chiqariladi.
16. Buxgalteriya koʻchirmalariga buxgalteriya koʻchirmalarini moddalar boʻyicha tuzish muddatlarigacha rasmiylashtirilgan va temir yoʻl maʼmuriyatlariga taqdim etilgan akseptsiz tartibda qoʻshiladigan hisob-kitob hujjatlari va ushbu muddatgacha boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlaridan olingan akseptlangan hisob-kitob hujjatlari kiritiladi.
17. Buxgalteriya koʻchirmalari har oyning oxirgi sanasiga tuziladi va Xalqaro Qoidalarda belgilangan muddatlardan kechikmagan holda tegishli temir yoʻl maʼmuriyatlariga joʻnatiladi.
18. Debitor temir yoʻl maʼmuriyati olingan va joʻnatilgan buxgalteriya koʻchirmasi asosida Xalqaro Qoidalarda belgilangan muddatlardan kechikmagan holda toʻlov (qoldiq) vedomostini tuzadi va kreditor temir yoʻl maʼmuriyatiga joʻnatadi, va shundan soʻng toʻlov qoldigʻini chiqaradi.
IV. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha oʻzaro hisoblashishlarni amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
19. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi toʻlov qoldigʻi summalari boʻyicha oʻzaro hisoblashishlar quyidagicha amalga oshiriladi:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
a) debitor temir yoʻl maʼmuriyati tomonidan kreditor temir yoʻl maʼmuriyati schyotiga toʻlov qoldigʻini oʻtkazish yoʻli bilan;
b) koʻp tomonlama qoplash yoʻli bilan;
v) oʻzaro qarzdorliklarni ikki tomonlama qoplash Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hukumat kelishuvi boʻyicha;
g) Xalqaro Qoidalarga zid boʻlmagan temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvlarning boshqa usullari bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ oʻziga tegishli summalarni quyidagicha olishi lozim:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
a) buxgalteriya koʻchirmalari orqali hisob-kitob qilinganda toʻlov (qoldiq) vedomosti tuzilgan oyning oxirgi sanasidan kechikmagan holda;
b) qoldiq vedomosti boʻyicha hisob-kitob qilinganda qoldiq vedomosti joʻnatilgan oyning oxirgi sanasidan kechikmagan holda.
21. Bir nechta qoldiq yoki toʻlov (qoldiq) vedomostlari boʻyicha qarzdorliklar mavjud boʻlsa, ularning qoplanishi vujudga kelish tartibida amalga oshiriladi.
22. Toʻlovni amalga oshirish uchun asos boʻlib toʻlov (qoldiq) vedomosti, qoldiq vedomosti, hamda oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomalari xizmat qiladi.
23. Temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama shartnomalar bilan toʻlov qoldigʻining qisman toʻlovi tartibga solinishi mumkin.
24. Oʻrnatilgan muddatlarda toʻlovlarni amalga oshirmagan debitor temir yoʻl maʼmuriyati kreditor temir yoʻl maʼmuriyatiga oʻzaro qarzdorliklarni qoplash Shartnomasida koʻrsatilgan tartibda oʻz vaqtida toʻlanmagan umumiy summadan barcha kechiktirilgan kunlar uchun yoki koʻp tomonlama qarzlarni qoplashning barcha toʻlanmagan kunlari uchun belgilangan miqdorda tegishli foizni (penyani) toʻlashi lozim.
25. Toʻlovlarni kechiktirganligi uchun hisoblangan penyaning hisob-kitob vedomosti, mazkur vedomost boʻyicha belgilangan muddatlarda javob olinmasa, kreditor temir yoʻl maʼmuriyati tomonidan ikki tomonlama shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda va tartibda buxgalteriya koʻchirmasi va qoldiq vedomostiga kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
26. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xalqaro temir yoʻl aloqalarida debitor (kreditor) temir yoʻl maʼmuriyatining vagonlarini qabul qilishni rad etishi mumkin emas, Xalqaro Qoidalarda koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
V. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha daromadlar va xarajatlarning buxgalteriya hisobi
Oldingi tahrirga qarang.
27. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatgan xizmatlarini sotishdan daromad deb xizmatlarning haqiqatda koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hisob-kitob hujjatlari boʻyicha taqdim etilgan va tasdiqlangan summasi tushuniladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
28. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar toʻlangan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qatʼi nazar, qaysi davrga taalluqli boʻlsa, oʻsha hisobot davrida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Buxgalteriya koʻchirmasi yoki qoldiq vedomostiga oʻrnatilgan tartibda kiritilgan xalqaro temir yoʻl aloqasida taqdim qilingan (olingan) hisob-kitob hujjatlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun summalar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning daromadlari va xarajatlarini hisobga oluvchi tegishli schyotlarida aks ettiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
VI. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish
30. Toʻlov qoldigʻi amalga oshirilgan oʻzaro hisoblashishlarni hisobga olgan holda joriy debitorlik yoki kreditorlik qarzdorlikni yuzaga keltiradi va buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
31. Xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi tashishlar boʻyicha joriy qarzdorlik, amalga oshirilgan oʻzaro hisoblashishlarni hisobga olgan holda oxirgi qoldiq vedomosti yoki toʻlov (qoldiq) vedomosti tuzilgan sanada yuzaga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(VII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
VIII. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
35. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi oʻzaro hisob-kitoblarni oʻz vaqtida va toʻgʻri olib borilishi uchun Xalqaro Qoidalarda va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 266-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 10-iyundagi 2025-11-son va Transport vazirligining 2025-yil 30-maydagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1696-1, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Agar xalqaro Kelishuvlar, Shartnomalar va Qoidalarda mazkur Nizomda va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilansa, u holda xalqaro qoidalar, kelishuvlar va shartnomalar qoidalari qoʻllaniladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 291-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)