18.06.2007 yildagi 123-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.06.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QISHLOQ XOʻJALIGIDA LIZING XIZMATLARINI YANADA KENGAYTIRISH HAMDA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI QISHLOQ XOʻJALIGI TOVAR ISHLAB CHIQARUVCHILARINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligini lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan keng jihozlash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati fermer xoʻjaliklarini, shu jumladan oʻz faoliyatini meliorativ jihatdan noqulay boʻlgan yerlarda amalga oshirayotgan fermer xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi (traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi)ni mashina-traktor parklariga va fermer xoʻjaliklariga lizing asosida yetkazib berish boʻyicha oʻtkazilayotgan eksperiment muddati 2015-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari va fermer xoʻjaliklari “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” lizing kompaniyasidan va tijorat banklaridan 10 yilgacha muddatga lizingga olishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 70-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 18-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 18-iyundagi 123-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Belgilansinki, 2001—2014-yillar mobaynida, eksperiment tariqasida, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi (traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi) mashina-traktor parklariga, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar)ga va fermer xoʻjaliklariga ularni quyidagi shartlarda lizingga berish yoʻli bilan yetkazib beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 5-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“lizing muddati 7 yildan iborat boʻlishini nazarda tutsin, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari va fermer xoʻjaliklariga lizingga berish hollari bundan mustasno, ular uchun lizing muddati 10 yilgacha belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga olish tartibi (1-ilova) 9-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga texnika qiymatining qolgan 85 foizini va lizing boʻyicha foizlarni 7 yil mobaynida toʻlaydilar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari va fermer xoʻjaliklariga lizingga berish hollari bundan mustasno, ular uchun koʻrsatib oʻtilgan muddat 10 yilgacha belgilanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 262-modda; 2008-y., 10-11-son, 62-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda)