Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.06.2020 07.06.2007 yildagi PQ-649-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.06.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik jihatdan oʻrganish, shuningdek konlarni qidirish va razvedka qilish hamda uglevodorodlarni qazib olish, uglevodorodlarni saqlash uchun yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish maqsadida yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlar tomonidan kon ajratish dalolatnomasi asosida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun, shuningdek ishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish asosida tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish uchun ilgari olingan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi tegishli ravishda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarga qaytadan rasmiylashtirilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyani olish uchun koʻrib chiqilayotgan va yangidan berilgan buyurtmanomalar Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari toʻgʻrisida mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga qatʼiy muvofiq ravishda oʻrnatilgan umumiy tartibda koʻrib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi ikki oy muddatda korxonalar va tashkilotlarga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ilgari berilgan ruxsatnomalarning qaytadan rasmiylashtirilishi va ularga belgilangan namunadagi tegishli litsenziyalar berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari korxonalar va tashkilotlar tomonidan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni olmasdan turib foydali qazilmalarni qazib olishga yoʻl qoʻymaslik ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-649-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkalari ulardan foydalanish huquqini beradigan litsenziya asosida quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologik jihatdan oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar qazib chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom noruda foydali qazilmalarga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanish huquqini beradigan tartib va shartlarga tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Litsenziya, qoida tariqasida, mazkur Nizomning 1-bandida belgilangan yer qaʼridan foydalanishning har bir turiga alohida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizom, agar mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yer qaʼri uchastkalari mahsulot taqsimotiga oid bitim asosida foydalanishga berilganda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasida nazarda tutilgan hollarda litsenziya olish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya tadbirkorlik tavakkalchiligi (yer qaʼridan foydalanuvchining oʻz mablagʻlari hisobiga) va mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydali qazilma konlarini qidirish, baholash, razvedka qilish huquqini tasdiqlaydi. Litsenziya, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun moʻljallangan yer qaʼri uchastkalarini belgilash va baholash maqsadida yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik oʻrganish uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish davlat dasturlari doirasida Davlat budjeti mablagʻlari hamda tashkilotlarning shaxsiy mablagʻlari hisobidan uni geologik oʻrganishda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi paydo boʻlishi uchun asos hisoblanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasiga foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilma konlarini sanoat yoʻli bilan ishga tushirishning oqilona usullari va metodlarini tanlash, shuningdek texnogen mineral hosilalardan foydalanish maqsadida yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish jarayonida foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qattiq foydali qazilmalarni baholash va razvedka qilish bosqichlarida loyiha-smeta hujjatlarida asoslangan va foydali qazilmalar zaxirasini hisoblab chiqish va uning sifatini baholash uchun yetarli boʻlgan hajmda tajriba (namuna) uchun kavlab olishga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Uglevodorodlarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish geologik jihatdan oʻrganish (qidirish va razvedka qilish) jarayonida alohida joylashgan maydonlarda yoki ularning vakillik uchastkalarida, murakkab joylashgan maydonlarda esa belgilangan tartibda tasdiqlangan zaxiralar bilan razvedka qilingan konlar doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uglevodorodlarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish konlarning geologik modelini tuzish, uglevodorodlar zaxirasini va ulardagi mavjud qoʻshimcha foydali komponentlarni baholash va hisoblab chiqish, uglevodorod konlarini sanoat koʻlamida ishga tushirish loyihasini tuzish uchun zarur boʻlgan mavjud maʼlumotlarni aniqlashtirish va qoʻshimcha maʼlumotlar olish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Uglevodorodlarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olishga tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish davrida tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish loyihasi tasdiqlangan sanada foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansining belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki tezkor hisobga olingan kavlab olinadigan zaxiralarning besh foizidan ortiq boʻlmagan jami uglevodorodlar kavlab olingan holda uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qattiq foydali qazilmalarni tajriba-sanoat usulida qazib olishga tajriba-sanoat usulida qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq berilgan maydonda (uchastkada) chamalab baholangan tasdiqlangan (hisobga olingan) zaxiralarning toʻrt foizigacha boʻlgan hajmlarda yoʻl qoʻyiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasiga, agar litsenziya shartlarida yoki mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimda oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, foydali qazilma konlarini ishga solish, kavlab olinadigan mineral xomashyoni qayta ishlash, shu jumladan kavlab olish jarayonida olingan texnogen mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash) huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydali qazilmalar zaxirasi tasdiqlangan konlarni ishga tushirish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya, agar bu umuman olganda konlarni ishga tushirishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtirmasa va konlarning boshqa qismlarini ishga tushirish uchun toʻsqinlik qilmasa, konning alohida uchastkasida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bir konning bir nechta yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilishi uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-oktabrdagi PF-4374-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 43-44-son, 461-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar bajarilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga muvofiq konlarning faqat bir nafar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan birgalikda ishga tushirilishi rentabelli hisoblansa, bir-biriga yaqin joylashgan konlarni ishga solish uchun yer qaʼridan bir nafar foydalanuvchiga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan bir nechta litsenziya biryoʻla berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mineral xomashyosi qurilish materiallari hamda boshqa materiallar va buyumlarning alohida turlarini ishlab chiqarish uchun zarur komponent hisoblangan foydali qazilmalarning har xil turlari konlarini ishga tushirish uchun yer qaʼridan bir nafar foydalanuvchiga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan bir nechta litsenziya bir vaqtda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Zaxirasi uch tonnagacha boʻlgan qimmatbaho metallarning mayda oʻzak konlarini razvedka qilish va yer osti usuli bilan ishlatish muddatlari va xarajatlarini qisqartirish maqsadida qimmatbaho metallarni kavlab olish uchun yer qaʼrining ushbu uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya bunday konni geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya bilan bir vaqtda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaning egasi foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlgan yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni unga berilgan kon ajratmasi doirasida, ushbu ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi)da davlat hisobiga olinishi sharti bilan qoʻshimcha litsenziyasiz amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasining tarkibida foydali komponentlar mavjud boʻlgan kon kavlash va qayta ishlash ishlab chiqarishlarining chiqindilarini qayta ishlash huquqini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalarga mulk huquqi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish muddatida litsenziya egasida saqlanib qoladi. Ushbu holatda texnogen mineral hosilalardan foydalanishga (qayta ishlashga) litsenziya olish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya yer qaʼridan foydalanuvchining balansida boʻlmagan konni kavlash va qayta ishlash ishlab chiqarishlari chiqindilarini qayta ishlash uchun yoxud texnogen mineral hosilalar belgilangan tartibda boshqa yer qaʼridan foydalanuvchiga sotilgan yoki berilgan taqdirda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agar texnogen mineral hosilalar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan mulkiy ulush sifatida yangi korxonaning ustav fondiga qoʻshilgan boʻlsa, yer qaʼri uchastkasidan foydalanish (qayta ishlash) uchun undan foydalanish huquqini beradigan litsenziya talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasining yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, shu jumladan uglevodorodlarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash uchun yer qaʼrining muayyan uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya faqat yuridik shaxslarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya faqat Davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirdagina berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanishga yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyani berish uchun shuningdek, foydalanishga beriladigan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha geologik materiallarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari Davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ZDK deb yuritiladi) ijobiy xulosasi ham mavjud boʻlishi zarur.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yer osti inshootlariga quyidagilar kirmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishning tegishli loyihalari bilan belgilangan chuqurlikda joylashgan binolar va inshootlarning poydevori va yer osti qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti aloqa liniyalari, elektr-, gaz-, issiqlik- va suv taʼminoti hamda kanalizatsiya obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metropoliten inshootlari va boshqa transport tonnellari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral va kon quvurlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft va neft mahsulotlarini saqlash uchun yerga chuqur joylashtirilgan rezervuarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻorish kanallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo korxonalarining ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo va materiallarni saqlash uchun yerga chuqur joylashtirilgan rezervuarlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
(6-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasining ilmiy va oʻquv poligonlari, geologik qoʻriqxonalar, tabiat yodgorliklari hamda ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik va boshqa ahamiyatga molik boʻlgan oʻzgacha obyektlarni belgilash, shuningdek gʻorlar hamda boshqa yer osti boʻshliqlaridan ilmiy, davolash-sogʻlomlashtirish yoki turistik maqsadlarda foydalanish huquqini tasdiqlaydi.
(23-bandOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Gʻorlar hamda boshqa yer osti boʻshliqlaridan davolash-sogʻlomlashtirish yoki turistik maqsadlarda foydalanish maqsadida muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya ushbu obyektlarga muhofaza qilinadigan geologik obyektlar maqomi berilgandan keyin berilishi mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Toʻplash deganda nodir tosh xomashyosining yakka-yolgʻiz namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni tabiiy jinslardan, tabiiy yer osti boʻshliqlari (gʻorlar), ishlatib boʻlingan konlardan, kon qazish korxonalarining agʻdarmalaridan (kon ajratmasi egasi bilan kelishuv boʻyicha) yer qaʼridan yuzaga chiqarib olish, shuningdek kon ishlari va maxsus ishlarning boshqa turlarini amalga oshirmasdan (yer qaʼri yaxlitligini buzmasdan) daryolarning qayirlarida namunalarni toʻplash tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Nodir tosh xomashyosining namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash maqsadida yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish uchun yer uchastkalari berish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nodir tosh xomashyosining namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya, mineralogiya, paleontologiya va oʻlkashunoslik muzeylarining ilmiy kolleksiyalarini butlash va toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarining oʻquv kolleksiyalarini butlash va toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-maʼrifiy va estetik maqsaddagi xususiy geologiya va paleontologiya kolleksiyalarini butlash va toʻldirish uchun (tarkibida qimmatbaho toshlar va metallar mavjud boʻlgan namunalardan tashqari) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Nodir tosh xomashyosining namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarning toʻplangan namunalari yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblanadi hamda ular tomonidan ilmiy, ilmiy-maʼrifiy, tijorat maqsadlarida va oʻzga maqsadlarda, badiiy hunarmandchilik va boshqa hunarmandchilik maqsadlarida foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Yer qaʼridan foydalanish litsenziyada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq, yer qaʼri uchastkasi mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan hollarda esa — mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Yer qaʼridan foydalanish turlariga qarab “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33, 35, 36, 37, 39, 40, 41, 43, 44 va 45-moddalarida belgilangan shartlar yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda va mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda shuningdek yer qaʼridan foydalanish maqsadlariga bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha shartlar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda qoʻshimcha ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarining eng kam hajmi, ularni bajarish muddatlari, olingan geologik va boshqa axborotni hisobga olish, saqlash va tizimlashtirish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etish tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni, shu jumladan uglevodorodlarni, sanoatda foydalaniladigan yer osti suvlarini tajriba (namuna) uchun va tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash uchun materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi va muddatlari;
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon ishlanmalari va quduqlarini aholi hayoti va sogʻligi, atrof muhit xavfsizligini taʼminlaydigan holatga keltirish, shuningdek foydalanilmaydigan kon ishlanmalari va quduqlarini tugatish tartibi nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda qoʻshimcha ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon ishlarini rivojlantirish texnik loyihalari va rejalarini, uglevodorod konlarini ishga tushirish va obodonlashtirish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni kavlab olishni boshlash muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni kavlab olishning kelishilgan darajalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kavlab olingan foydali qazilmalarga mulk huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanganlik uchun haq toʻlash shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshilib chiqadigan gazdan foydalanish boʻyicha majburiyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvurlardan va umumiy infratuzilmaning boshqa obyektlaridan foydalanish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoatda foydalaniladigan yer osti suvlarini olishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kesishadigan suvli qatlamlarning ifloslanishi yoki siljishini istisno etadigan quduqlar konstruksiyasiga qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvli qatlamda yer osti suvlarining yoʻl qoʻyiladigan pasayishi darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni kavlab olish korxonalarini tugatish yoki konservatsiya qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning egasi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxsga berishi mumkin boʻlgan shartlar nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda qoʻshimcha ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uglevodorodlarni, boshqa moddalar va materiallarni saqlashning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekologik ekspertizasi va geologiya materiallarining davlat ekspertizasi xulosalari hisobga olingan holda belgilanadigan chiqindilar va ularning konsentratsiyasini saqlash va koʻmib tashlashning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish tufayli atrof muhitga salbiy taʼsir koʻrsatish kompensatsiya qilinishi shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat boʻlganda sanitariya-himoya zonalari tashkil etish shartlari nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Yer qaʼridan foydalanish maqsadlariga, foydali qazilmalar turlariga, yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bajarishning geografik-iqtisodiy shart-sharoitlariga, foydali qazilmalarning tasdiqlangan zaxiralari miqdori va sifatiga, kon-geologiya, gidrogeologiya, kon-texnik shartlariga va foydali qazilma konlarini ishga tushirishning boshqa shartlariga qarab litsenziyalarda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan qoʻshimcha shartlari belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Litsenziya berish vakolatiga ega boʻlgan organ “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida belgilangan holatlarda va tartibda, shuningdek, agar qonun hujjatlari bilan ishlarni bexatar olib borish, yer qaʼrini, atrof muhitni va fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlariga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmaganda, shuningdek litsenziya berilgan paytdagidan jiddiy ravishda farq qiladigan holatlar paydo boʻlganda mineral xomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlariga konyunktura oʻzgarishi munosabati bilan yer qaʼridan foydalanuvchining iltimosnomasi boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi va oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya egasi, bu haqda oltmish kun oldin Davlat geologiya qoʻmitasini yozma ravishda xabardor qilib, foydali qazilmalar kavlab olishni vaqtincha toʻxtatishi va kon ishlanmalarini va yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan infratuzilma obyektlarini belgilangan tartibda konservatsiya qilishi mumkin. Konservatsiya qilish vaqti litsenziya amal qilishining umumiy muddatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yer qaʼridan foydalanish muddatlari va litsenziyaning amal qilish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, shu jumladan tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash, muhofaza qilinadigan geologiya obyektlarini barpo etish, nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qaʼri “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23 va 24-moddalarida belgilangan muddatlarda foydalanish uchun beriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish uchun yer qaʼri yer qaʼrining tegishli uchastkasida yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlari olib boriladigan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Yer qaʼridan foydalanish muddatlari litsenziyada koʻrsatiladi va yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Yer qaʼridan foydalanish muddati yer qaʼridan foydalanuvchining yer qaʼridan foydalanish huquqini bergan organga yoʻllangan arizasi boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan litsenziyada belgilangan shartlar bajarilganda va yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini tugallash, shuningdek foydali qazilmalar konlarini ishga tushirish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish yoxud foydali qazilmalarni kavlab olish korxonalarini va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish zarur boʻlganda yer qaʼridan foydalanish muddati tamom boʻlishidan olti oydan kechikmay uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Yer qaʼridan foydalanish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziyani bergan organ tomonidan ariza tushgan sanadan boshlab 30 kun mobaynida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsensiya berish vakolatiga ega boʻlgan organlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Geologik jihatdan oʻrganish foydali qazilmalarning barcha turlarini kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan uglevodorodlarni yer ostida saqlash inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish, nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya, mazkur Nizomning 44-bandida koʻrsatilgan litsenziyalardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan beriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarning natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berishning umumiy shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar ochiq kimoshdi savdolari yoki yuridik va jismoniy shaxslarning litsenziya berish vakolatiga ega boʻlgan organlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar olib borishi natijasida beriladi (litsenziyalarni berish sxemasi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda* keltirilgan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Uglevodorodlar, qimmatbaho va nodir metallar konlarini, boshqa foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish, foydali qazilmalarning koʻrsatib oʻtilgan turlarini kavlab olish, shuningdek tarkibida rudali foydali komponentlar mavjud boʻlgan texnogen mineral hosilalardan foydalanish maqsadida geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar ochiq kimoshdi savdolari natijalari boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish natijalari boʻyicha yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun moʻljallangan yer qaʼri uchastkalarini ajratish va baholash maqsadida geologik jihatdan oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan uglevodorodlarni saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash uchun yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish;
(47-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash;
Oldingi tahrirga qarang.
(47-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxirasi uch tonnagacha boʻlgan qimmatbaho metallarning mayda tub konlarini razvedka qilish va yer osti usulida ishga tushirish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori boʻyicha mazkur Nizomning 46-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar olib borish asosida ochiq kimoshdi savdolari oʻtkazilmasdan berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlari razvedka qilgan konda foydali qazilmalarning zaxiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil mobaynida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olish yuzasidan mutlaq huquqqa egadirlar.
(49-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya geologik jihatdan oʻrganish ishlarini moliyalashtirgan shaxsning buyurtmanomasiga binoan beriladi, unga moliyalashtirish manbaini koʻrsatgan holda konni razvedka qilish ishlarini moliyalashtirish faktini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini oʻz mablagʻlari hisobiga oʻtkazgan shaxs oʻzi razvedka qilgan kondagi foydali qazilmalarni kavlab olish huquqidan voz kechgan taqdirda u ushbu Nizomda belgilangan tartibda boshqa shaxsga berilishi mumkin, bunda birinchi shaxsga uning qilgan xarajatlari, shu jumladan yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotlar qiymati qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini oʻz mablagʻlari hisobiga oʻtkazgan shaxs yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini ushbu Nizomda belgilangan tartibda boshqa shaxsga berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
491. Yer qaʼrini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslarga mutlaq huquq berilgan muddat tugaganidan soʻng ular tomonidan razvedka qilingan konda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olishga ochiq savdolarda ularning ustuvor huquqi saqlanib qoladi.
(491-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olish yuzasidan ochiq savdolar oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Davlat geologiya qoʻmitasi yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyani ochiq savdolar natijalariga koʻra berish tavsiya qilinayotgan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Uglevodorodlar konlarini qidirish va razvedka qilish hamda kavlab olish maqsadida geologik jihatdan oʻrganish uchun foydalanishga beriladigan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha takliflar Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda yer qaʼri uchastkalarini belgilagandan keyin, ochiq savdolar oʻtkazilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organlari qaroriga koʻra ochiq savdolarga qoʻyilayotgan har bir yer qaʼri uchastkasi boʻyicha oltmish kun ichida quyidagilar ishlab chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida geologik jihatdan oʻrganish uchun berilgan taqdirda — yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, shu jumladan uglevodorodlarni, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun berilgan taqdirda — boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslash asosida — Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan, uglevodorodlar boʻyicha esa — “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda ochiq savdolarning boshlangʻich shartlari oʻttiz kun mobaynida ishlab chiqiladi, ularda gʻolibni aniqlash mezonlari, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning asosiy va qoʻshimcha shartlari, ochiq savdolarni oʻtkazish muddatlari va tartibi, shuningdek qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ochiq savdolarning boshlangʻich shartlari, qoidaga koʻra, har bir yer qaʼri uchastkasi boʻyicha yakka tartibda belgilanadi yoki yer qaʼrining bir tipdagi yoki oʻzaro bogʻliq uchastkalari guruhlari uchun umumiy shartlar sifatida belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oshkora savdolarning boshlangʻich shartlari oʻttiz kun mobaynida bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan (uglevodorodlar boʻyicha) kelishib olinadi;
(52-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi ikki hafta muddatda kelishuvlarning yigʻma maʼlumotlarini umumlashtiradi va shakllantiradi, shuningdek yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashni hisobga olgan holda zarur xulosalar va ochiq savdo boshlangʻich shartlarining maqbulligi toʻgʻrisidagi taklif bilan tushuntirish yozuvlarini tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Materiallar ochiq savdolar boshlangʻich shartlarining maqbulligini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻttiz kun mobaynida ochiq savdolar boshlangʻich shartlarining maqbulligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi taqdim etgan materiallarni koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ochiq savdolar boshlangʻich shartlarini maʼqullagan taqdirda bir hafta muddatda ochiq savdolar toʻgʻrisida eʼlon chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlajak ochiq savdolar toʻgʻrisidagi eʼlon ommaviy axborot vositalarida ular oʻtkazilishi sanasidan uch oy oldin, yirik obyektlar boʻyicha esa — olti oy oldin eʼlon qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Boʻlajak ochiq savdolar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi eʼlonda quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq savdolarga qoʻyilayotgan yer qaʼri uchastkalarining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq savdolarning oʻtkaziladigan vaqti va joyi, shu jumladan buyurtmanomalar qabul qilinadigan manzil, buyurtmanomalar berishning tugash sanasi va soati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq savdolarning shartlari va qatnashchilariga qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq savdolarda qatnashish uchun va litsenziya berilganligi uchun yigʻim miqdorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkasi toʻgʻrisidagi geologik paketning va boshqa axborotlarning qiymati haqida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq savdolarni oʻtkazayotgan tashkilotning rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni oʻtkazish uchun yer uchastkasi berish shartlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼridan foydalanish uchun yer uchastkalarini berish Oʻzbekiston Respublikasining yer qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq savdolarning natijalari boʻyicha yer qaʼri uchastkalari foydalanishga berilganda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli yer uchastkalari berilishini kafolatlaydigan qarorini olish Davlat geologiya qoʻmitasi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Davlat geologiya qoʻmitasi (uglevodorodlar boʻyicha — “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda), yer qaʼri uchastkalari mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan hollarda esa — davlat vakolatli organi umumiy geologik xaritalarni hamda ochiq savdolarga qoʻyilayotgan yer qaʼri uchastkasini tavsiflovchi boshqa materiallarni tayyorlash va namoyish qilishni tashkil etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish yuzasidan ochiq savdolarda qatnashish uchun manfaatdor shaxslar ochiq savdolar oʻtkazishni tashkil qilayotgan organ tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha buyurtmanoma beradilar. Buyurtmanomada talabgorning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini bajarish majburiyatini olganligi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ochiq savdolarda qatnashishga buyurtmanomada buyurtma beruvchi soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasi nomini va yer qaʼridan foydalanishning nazarda tutilayotgan turini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining nusxalari;
(58-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning rahbarlari, bevosita egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq savdolar shartlarida koʻrsatilgan faoliyatning asosiy turlarini bajarish va mahsulotlar olish boʻyicha buyurtmachining texnik va texnologik imkoniyatlari toʻgʻrisidagi, shuningdek bunday ishlarni bajarish uchun uning tomonidan pudratchilar sifatida jalb etiladigan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
(58-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq savdolar oʻtkazilishini tashkil qiluvchi organ yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ochiq savdolarda ishtirok etish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotni belgilangan tartibda axborot sohasidagi hamkorlik vositasida, shu jumladan elektron koʻrinishida mustaqil ravishda oladi, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborot bundan mustasno.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Buyurtmanoma ochiq savdolarda ishtirok etishi uchun yigʻim buyurtmachi tomonidan toʻlangandan keyin va u ochiq savdolarni oʻtkazuvchi organda buyurtmanomalarni qabul qilishning eʼlon qilingan muddati oʻtgungacha roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin berilgan hisoblanadi. Ochiq savdolarda qatnashish uchun yigʻim miqdori yer qaʼri uchastkasidan foydalanishning maqsadi va foydali qazilmalarning turlariga bogʻliq holda tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Ochiq savdolarda qatnashish uchun berilgan buyurtmanomalar buyurtmachining moliyaviy ahvolini va texnik jihatdan layoqatliligini tekshirish maqsadida ochiq savdolarni oʻtkazayotgan organda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomaning qabul qilinganligi yoki uni qabul qilishni asoslangan holda rad etilganligi toʻgʻrisida buyurtmachi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab yigirma kundan kechikmay xabardor qilinadi. Buyurtmanomani qabul qilish rad etilgan taqdirda ochiq savdolarda qatnashish uchun yigʻim buyurtmachiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomalar quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmanoma uni qabul qilishning belgilangan sanasidan va tugaydigan vaqtidan keyin berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmanoma belgilangan talablar buzilgan holda berilganda, shu jumladan agar uning mazmuni ochiq savdolarning eʼlon qilingan shartlariga muvofiq boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizachi taqdim etgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi oʻzida ochiq savdolar shartlarida yer qaʼri uchastkasidan foydalanish uchun zarur moliyaviy va texnik vositalar mavjudligini yoki mavjud boʻlishini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etmaganda yoki taqdim etishi mumkin boʻlmaganda rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Buyurtmachi oʻzi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar berganligini tasdiqlovchi faktlar ochiq savdolarni oʻtkazish jarayonida aniqlansa mazkur buyurtmachi ochiq savdolar qantashchilari jumlasidan chiqarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Buyurtmanoma qabul qilingandan keyin arizachiga Maxfiylik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash bilan bir vaqtda soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa axborotlar paketi realizatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paketda geologik, kon-texnika, texnologik va buyurtmachi tomonidan quyidagilarni tayyorlash uchun yetarli boʻlgan boshqa axborotlar hajmi mavjud boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik jihatdan oʻrganish uchun foydalanishga berilganda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, jumladan uglevodorodlar, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun berilgan taqdirda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydalanishga beriladigan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha yer qaʼridan foydalanish huquqini berishning bundan keyingi tartibi mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Buyurtmachi olingan geologik va boshqa axborotlar asosida ochiq savdolar shartlarida belgilangan muddatda soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlaydi hamda ularni koʻrib chiqish uchun tanlov komissiyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslash bilan ayni bir vaqtda tanlov komissiyasiga yer qaʼri uchastkasi (uchastkalari)dan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan oʻz moliyaviy imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (yillik balanslarni va oxirgi uch yildagi moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarni, zarurat boʻlganda, bankning yoki boshqa kreditorning kredit berish toʻgʻrisidagi kafolatini) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ochiq savdolar oʻtkazilishini taʼminlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha taqdim etilgan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarning va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslashning ochiq savdolarda eʼlon qilingan shartlarga muvofiqligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq savdolar qatnashchilari tomonidan tayyorlangan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslashni qiyoslash va baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq savdolar gʻolibini aniqlash va unga yer qaʼri tegishli uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlash maqsadida tanlov komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyasi ochiq savdolar natijalari boʻyicha oraliq va yakuniy protokollarni rasmiylashtiradi, ular tanlov komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Tanlov komissiyasi tarkibiga davlat boshqaruvi organlarining (vakolati boʻyicha) vakolatli vakillari, shuningdek kon va neft-gaz kavlab oluvchi korxonalarning, ilmiy, loyihalash va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Tanlov komissiyalarining shaxsiy tarkibi, vazifalari va vakolatlari Davlat geologiya qoʻmitasining manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilgan taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyasi oʻzining ish tartibini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Ochiq savdolar shartlariga javob beradigan hamda eng yaxshi texnik va texnologik yechimlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni taʼminlaydigan hamda yer qaʼrini va atrof muhitni muhofaza qilish talablarini, odamlar mehnati va salomatligi xavfsizligini taʼminlaydigan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslashni taqdim etgan buyurtmachi gʻolibni aniqlash mezonlari asosida yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish yuzasidan ochiq savdolar gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Taqdim etilgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslashning ochiq savdolar shartlariga (iqtisodiy, texnologik, ekologik va boshqa shartlarga) muvofiqligi toʻgʻrisidagi qaror tanlov komissiyasi tomonidan yigirma kun mobaynida qabul qilinadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 30 kun mobaynida tanlov komissiyasining qarorini tasdiqlash yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Agar ochiq savdolarning ikki va undan koʻp qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslash ochiq savdolar shartlariga javob bersa gʻolib ochiq savdolarning tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadigan qoʻshimcha shartlariga muvofiq eʼtirof etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq savdolarning ishtirokchisi tomonidan moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan holda yer qaʼrini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni moliyalashtirganini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilganda, boshqa teng shart-sharoitlarda u ochiq savdolar gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Ochiq savdolar gʻoliblari tomonidan taqdim etilgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslash tegishli yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya shartlariga kiritilishi kerak yoxud mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim shartlariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Tanlov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qarori yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berishga vakolatli organ tomonidan litsenziya berish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkasi mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan taqdirda tanlov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qarori mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimni tuzish boʻyicha materiallar tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Agar buyurtmachilardan birortasining ham yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslashi ochiq savdolar shartlari va mezonlariga javob bermasa ochiq savdolar oʻtkazilmagan deb hisoblanadi. Ochiq savdolar qatnashchilarining qilgan xarajatlari qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Agar ochiq savdolarda qatnashish uchun faqat bitta buyurtmachidan buyurtmanoma tushsa, u holda soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda ushbu buyurtmachiga berilishi mumkin, bunda buyurtmachi tomonidan tayyorlangan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslash eʼlon qilingan ochiq savdolarning shartlari va mezonlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar natijalari boʻyicha berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Talabgor yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar natijalari boʻyicha olish uchun litsenziya berishga vakil qilingan tegishli organga buyurtmanoma beradi, buyurtmanomaga ushbu Nizomning 58-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmanomaning qabul qilinganligi yoki uni qabul qilishning asosli ravishda rad etilganligi toʻgʻrisida buyurtmachi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida, nodir tosh xomashyo namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun litsenziya berishga buyurtmanomalar boʻyicha esa — oʻn kun mobaynida yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan buyurtmanoma koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Buyurtmanoma koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziya berishga vakolatli organ hisobiga oʻtkaziladi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Buyurtmanoma qabul qilingandan keyin litsenziya berishga vakolatli organ, uglevodorodlar boʻyicha esa — Davlat geologiya qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda yer qaʼri uchastkasidan foydalanishning litsenziyaga kiritiladigan shartlari loyihasini oʻttiz kun mobaynida ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim shartlarida yer qaʼri uchastkasini foydalanishga berish tartibi va shartlari mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar haqidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihasi oʻttiz kun mobaynida, yirik va eng murakkab obyektlar boʻyicha esa materiallar kelib tushgan paytdan boshlab oltmish kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan (uglevodorodlar boʻyicha) bir vaqtning oʻzida kelishib olinadi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarining kelishilgan loyihasi tanishish uchun litsenziya talabgoriga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Talabgor yer qaʼridan foydalanishning taklif qilinayotgan shartlariga rozi boʻlgan taqdirda unga oʻn kun muddatda quyidagilarni tayyorlash uchun yetarli boʻlgan soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa axborotlar belgilangan tartibda taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida geologik jihatdan oʻrganish uchun, shuningdek foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish uchun berilgan taqdirda — yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, shu jumladan uglevodorodlar, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun berilgan taqdirda — yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkasi chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun berilgan taqdirda — moʻljallanayotgan faoliyatning atrof muhitga taʼsirini baholash loyihasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologik va boshqa axborotlarni taqdim etgan organ ayni bir vaqtda talabgor bilan Maxfiylik toʻgʻrisidagi bitimni imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Talabgor kelishilgan muddatlarda, yer qaʼri uchastkasidan foydalanishning qoʻyilgan shartlarini va yer qaʼridan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni tayyorlaydi hamda ularni ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasiga, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga (uglevodorodlar boʻyicha) taqdim etadi;
(84-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlaydi va uni ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasiga, Iqtisodiyot vazirligiga, Moliya vazirligiga, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga (uglevodorodlar boʻyicha) taqdim etadi;
(84-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moʻljallanayotgan faoliyatning atrof muhitga taʼsirini baholash loyihasini tayyorlaydi va uni davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslashni ekspertizadan oʻtkazish ular taqdim qilingan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda ushbu Nizomning 84-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshida koʻrsatilgan organlar tomonidan aynan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atrof muhitga taʼsirni baholash loyihasini ekspertizadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Talabgor ekspertiza natijalariga koʻra, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslashga kelishilgan muddatlarda zarur tuzatishlar kiritadi hamda ularni ekspertizani bajargan organlarga kelishish uchun joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Ijobiy xulosa olgan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslash talabgor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi ikki hafta muddatda ekspertizaning yigʻma materiallarini umumlashtiradi va shakllantiradi, shuningdek zarur xulosalar hamda talabgorga yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga tegishli litsenziya berish toʻgʻrisidagi taklif bilan birga tushuntirish xati tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Materiallar koʻrib chiqish va yer uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
(88-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(88-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ularni ishlatish uchun foydalanishga beriladigan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi ijobiy boʻlgan taqdirda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi va (yoki) Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻttiz kun mobaynida koʻrib chiqadi hamda ular yer qaʼri uchastkasidan foydalanishning belgilangan shartlariga muvofiq boʻlgan taqdirda litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Litsenziya berishga vakolatli tegishli organ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyani oʻttiz kun mobaynida rasmiylashtiradi va beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Yer qaʼridan foydalanuvchiga litsenziya berilgandan keyin, yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha yakuniy texnik-iqtisodiy asoslashni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa axborotlarning toʻliq paketi realizatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Aynan bitta yer qaʼri uchastkasi uchun ikki va undan koʻp buyurtmanomalar berilgan taqdirda ushbu yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya eng yaxshi iqtisodiy koʻrsatkichlarni taʼminlaydigan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslashni, shuningdek yer qaʼri va atrof muhitni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan texnik yechimlarni taqdim etgan talabgorga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Ushbu Nizom 79—93-bandlarining amal qilishi nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplashga yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish hollariga tatbiq etilmaydi. Ushbu litsenziya buyurtmanoma tushgandan keyin oʻttiz kun mobaynida Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish, ushbu huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda davlat hisobiga olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish va ularni yer qaʼridan foydalanuvchiga berish litsenziya berishga vakolatli organlar tomonidan, litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin oʻttiz kun mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziya yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar birlashmasiga berilgan taqdirda litsenziya bunday birlashmaning qatnashchilaridan bittasiga beriladi, ushbu litsenziyada mazkur qatnashchining birlashma nomidan vakillik qilishi, shuningdek barcha qatnashchilar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Litsenziyalar litsenziya berishga vakolatli organning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadigan maxsus blankalarda (ushbu Nizomga 4-ilova*) rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoya darajasiga ega boʻlgan qatʼiy hisobotdagi hujjatlardir. Litsenziyaga litsenziyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadigan quyidagi matnli, chizma va boshqa ilovalar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni geologik jihatdan oʻrganish yoki toʻplash uchun foydalanishga berilgan kon ajratmasi yoki yer qaʼri uchastkasi maydonining taxminiy parametrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkasini tavsiflovchi chizma materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni olib borish uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisida yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining kafolatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirishga u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish litsenziya berishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Yer qaʼri uchastkalari mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydalanishga berilgan taqdirda litsenziya mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim imzolangandan keyin besh ish kuni mobaynida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan taqdirda Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondi yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir loyiha-smeta hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish reyestrga tegishli yozuvni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishga vakolatli organ reyestrlarni yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning har bir turi boʻyicha belgilangan tartibda alohida-alohida yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Har bir reyestrda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanuvchi toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar, ularda yuridik shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (roʻyxatdan oʻtkazish sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami), pochta manzili, telefon va faks raqami, elektron pochta manzili; jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, telefon va faks raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkasining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkasining turi va undan foydalanish maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanish muddatlari va litsenziyaning amal qilish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asosi va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish yoki toʻxtatishning asosi va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomda belgilangan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlaridagi maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarga tanishish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestridan yer qaʼridan bir nafar foydalanuvchi boʻyicha maʼlumotlar berish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
(103-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlaridan maʼlumotlar bepul beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Reyestrdan maʼlumotlar berilganligi uchun yigʻim summasi yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarning tegishli reyestrini yurituvchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Yer qaʼridan foydalanish huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkasi davlat hisobiga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarini davlat hisobiga olish Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondi tomonidan, tegishli yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish materiallari olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan kon ajratmasi tarzida beriladigan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya asosida foydalanish uchun beriladi.
(106-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish va toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi, toʻxtatib turilishi yoki muddatidan oldin toʻxtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish yoki muddatidan oldin toʻxtatish litsenziyani bergan organlar tomonidan, davlat budjeti mablagʻlari hisobiga geologik oʻrganish uchun foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalariga nisbatan esa — yer qaʼrini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni qoʻriqlash ustidan davlat nazorati organlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash barcha uchastkada yoxud uning bir qismida paydo boʻlgan xavf-xatarlar yoki yer qaʼridan foydalanish talablari va shartlarining, yer qaʼrini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni yuritish normalari va qoidalarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlari bartaraf etilgungacha, lekin uch oydan koʻp boʻlmagan muddatga ishlarning muayyan turlari amalga oshirilishining taqiqlab qoʻyilishiga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqining toʻxtatib turilishi toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgungacha, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda ishlarning barcha turlari amalga oshirilishining taqiqlab qoʻyilishiga sabab boʻladi, kon ishlanmalarining saqlanishini taʼminlash, imoratlar, inshootlar va asbob-uskunalarni avariyasiz, odamlar va atrof muhit uchun xavfsiz holatda saqlash ishlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Paydo boʻlgan xavf-xatar yoki “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida koʻrsatib oʻtilgan yoʻl qoʻyilgan buzilishlar yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash yoki toʻxtatib turish yoʻli bilan bartaraf etilishi mumkin boʻlmagan yoki muntazam tusga ega boʻlgan yoxud yer qaʼrining mazkur uchastkasidan foydalanish huquqiga nisbatan ilgari cheklash va (yoki) toʻxtatib turish joriy etilgan hollarda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi muddatidan oldin toʻxtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼridan foydalanish huquqi toʻxtatilgan taqdirda foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanishda buzilgan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy obyektlarni ulardan kelgusida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish ishlarini amalga oshirishga, shuningdek kon ishlanmalarini hamda ushbu yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish va (yoki) yoʻq qilish ishlarini boshlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish huquqini bergan organlardan oʻzi yoʻl qoʻygan buzilishlar toʻgʻrisida yozma bildirishnoma olgan kundan boshlab uch oy oʻtgandan keyin, agar foydalanuvchi koʻrsatib oʻtilgan muddatda ushbu buzilishlarni toʻliq bartaraf etmaganda, qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi toʻxtatilgan taqdirda yer qaʼri uchastkasi foydalanish uchun berilgan yuridik shaxs tugatilganda yoki yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati toʻxtatilganda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini bergan organ tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya, yer qaʼri uchastkasi mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim shartlarida berilgan hollarda esa — boshqaruvchi qoʻmita kon ishlanmalarini hamda ushbu yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish va (yoki) yoʻq qilish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi masalalarni hal etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan hollarda yer qaʼri uchastkasi tegishli ravishda litsenziya bergan organ boshqaruviga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi toʻxtatib turilganda va (yoki) toʻxtatilganda bu toʻgʻrida qaror qabul qilgan organ uch kun mobaynida manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga tegishli axborot joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqidan oʻzga shaxs foydasiga voz kechish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Foydali qazilmalarni qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilgan litsenziya egasi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxsga, agar ushbu shaxs litsenziyada belgilangan shartlarni bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga olsa, berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi oʻziga oʻtayotgan shaxs litsenziya egasiga qoʻyilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxsga berish “Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxsga berishni kelishib olish litsenziya egasi tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasiga ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Arizada yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish sabablari, yer qaʼridan foydalanish huquqi boshqa shaxsga qisman berilgan taqdirda esa — talabgorning foydali qazilmalarni yoki texnogen mineral hosilalarni qazib olish, qayta ishlash bilan bogʻliq faoliyatining moʻljallanayotgan turi koʻrsatiladi. Arizaga yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi oʻziga oʻtayotgan shaxsning litsenziya egasiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Davlat geologiya qoʻmitasi tushgan materiallarni kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va “Oʻzbekneftgaz” MXKga (uglevodorodlar boʻyicha) uch kun mobaynida yuboradi. Koʻrsatib oʻtilgan organlar oʻn kun mobaynida oʻz xulosalarini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi toʻrt kun mobaynida ekspertizaning yigʻma materiallarini umumlashtiradi va shakllantiradi, shuningdek yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga (toʻliq yoki qisman) berish mumkinligi toʻgʻrisida zarur xulosalar va taklif bilan tushuntirish yozuvlarini tayyorlab, materiallarni koʻrib chiqish va yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxsga berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat mobaynida yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxsga berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror arizachiga qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida yozma shaklda joʻnatiladi. Kelishib olishning rad etilishi asoslangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini berishni qayta kelishib olishda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini berishni kelishib olish rad etilgan avvalgi qarorda koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha uni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olinganligi tomonlarning huquqni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi tegishli shartnomani tuzish va yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi (toʻliq yoki qisman) berilayotgan shaxsga vakolatli organ tomonidan litsenziya berilishi uchun asos hisoblanadi.
(117-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-iyuldagi PQ-2213-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 366-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XII. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki uning nomi oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga ega yuridik shaxslar qoʻshib yuborilgan taqdirda;
(118-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi qisman boshqa shaxsga berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish muddati uzaytirilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyani bergan organ tomonidan, litsenziya egasining arizasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki uning nomi oʻzgarganda ariza litsenziya egasi tomonidan, qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun muddatda berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizaga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda tegishli reyestrga oʻzgartirishlar kiritiladi, litsenziya esa yangi blankada rasmiylashtiriladi, bunda ilgari berilgan litsenziya litsenziyani bergan organda qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish zarur hujjatlar ilova qilingan ariza tushgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida amalga oshiriladi, ushbu Nizomda belgilangan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziya berishga buyurtmanoma koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim summasi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyani berishga vakolatli tegishli organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIII. Yer qaʼridan foydalanish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni qoʻriqlash ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIV. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlari tayyorlagan, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya berish uchun vakolatli organlarga taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 247-modda; 2010-y., 52-son, 510-modda; 2011-y., 43-44-son, 461-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda, 45-son, 512-modda; 2014-y., 30-son, 366-modda, 52(I)-son, 641-modda; 2016-y., 46-son, 529-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)