Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVIning
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVIning
Qarori
DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMGʻARMASI TOMONIDAN AJRATILGAN MABLAGʻLARNI QAYTARISh UChUN GʻALLA, UN VA ShOLI SOTIShDAN TUShAYOTGAN MABLAGʻLARNI AKKUMULATSIYA QILISh TARTIBIGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-sentabrda 653-6-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 19-sentabrdagi 82, 281-V-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla va un sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1627, 05.10.2006-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-maydagi PF-3610-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2005-y., 21-son, 152-modda) Farmoni ilovasining 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 8-fevralda 10-01 va 111-V-son bilan tasdiqlangan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish Tartibi”ga (roʻyxat raqami 653, 1999-yil 27-fevral) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S.B. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-avgust,
73-son
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-avgust,
111-V-6-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 270-modda)