Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMGʻARMASI TOMONIDAN AJRATILGAN MABLAGʻLARNI QAYTARISh UChUN GʻALLA, UN VA ShOLI SOTIShDAN TUShAYOTGAN MABLAGʻLARNI AKKUMULATSIYA QILISh TARTIBIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 1-noyabrda 653-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 19-sentabrdagi 82, 281-V-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla va un sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1627, 05.10.2006-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-avgust 376-sonli “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasini “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2004-y., 31-son, 358-modda) qarorining 11-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 8-fevralda tasdiqlangan 10-01-sonli va 111-V-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish Tartibi”ga (roʻyxat raqami 653, 1999-yil 27-fevral) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S.B. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-oktabr,
113-son
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-oktabr,
111-V-4-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
va Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 15-oktabr,
№ 113 va № 111-V-4
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Moliya vazirligi
va Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 15-oktabr,
№ 113 va № 111-V-4
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish Tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Tartibning butun matni boʻyicha “Oʻzdonmahsulot” DAK” soʻzlari “Oʻzdonmahsulot” AK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzdonmahsulot” AK Boshqaruv raisi E. QUDRATOV
2004-yil 14-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 44-son, 465-modda)