06.08.2004 yildagi 376-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZDONMAHSULOT” DAVLAT-AKSIYADORLIK KORPORATSIYASINI “OʻZDONMAHSULOT” AKSIYADORLIK KOMPANIYASIGA AYLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasida boshqaruvni tubdan takomillashtirish, ortiqcha oraliq tuzilmalarni tugatish, tarmoqda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, xususiylashtirish va investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmoni talablariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan 44 korxona, shu jumladan hammasi boʻlib 34 filialga ega boʻlgan 25 korxona roʻyxati, shuningdek, kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun don va urugʻlik xarid qilish, joylashtirish va saqlashni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori sifatli un navlari, yorma, omixta yem, shuningdek non-bulka, makaron va qandalotchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan taʼminlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don mahsulotlari tarmogʻi korxonalarining don yetishtiruvchilar — shirkat va fermer xoʻjaliklari bilan oʻzaro munosabatlari mexanizmlarini, shu jumladan donni qabul qilish, sifatini baholash va hisobga olish masalalarini takomillashtirish, don sifatini taʼsirchan nazorat qilish va uni xolisona baholash tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don mahsulotlari tarmogʻi korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don mahsulotlari tarmogʻi korxonalari va tashkilotlariga axborot xizmatlari koʻrsatish, ularning kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar don mahsulotlari yetishtiruvchilar aksiyadorlik uyushmalarining ularni tugatish toʻgʻrisidagi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan xoʻjalik jamiyatlari umumiy yigʻilishlarining 34 korxonani 1-ilovaga muvofiq filiallarga aylantirish toʻgʻrisidagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparati tuzilmasida 9 shtat birligidan iborat Nazorat-taftish boshqarmasi tashkil etilsin va unga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don mahsulotlari korxonalari tomonidan xarid qilinadigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan davlat don resurslari miqdori va sifatiga doir maʼlumotlarning ishonchliligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor mahsulot chiqishining belgilangan normativlariga rioya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don ekinlari urugʻlari tayyorlanishini va don yetishtiruvchi xoʻjaliklarning ular bilan taʼminlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlanadigan va qayta ishlanadigan don uchun oʻzaro hisob-kitoblarning belgilangan tartibiga rioya qilinishini nazorat va taftish qilish funksiyalari yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” kompaniyasi tarkibiga kiradigan 44 don mahsulotlari korxonalari va ularning 1-ilovaga muvofiq filiallari Oʻzbekistonda yetishtiriladigan bugʻdoyni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni taʼminlovchi boshlangʻich boʻgʻin hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan don mahsulotlari korxonalari qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan bugʻdoy va urugʻlik xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzish, shuningdek davlat zaxirasidagi oziq-ovqat bugʻdoyini saqlash huquqiga egadirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan 44 don mahsulotlari korxonalaridagi davlatga tegishli aksiyalar (paylar) ulushi 25-26 foizni tashkil qiladi, ular “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, qayta tashkil etilayotgan “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi balansida boʻlgan mol-mulk ham “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi belgilangan tartibda shakllantirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovada koʻrsatilgan xoʻjalik jamiyatlariga ularni qayta tashkil etishni amalga oshirishda koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda qayta tashkil etiladigan 1-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari chiqarilishini emissiya prospektini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim undirmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ikki oy muddatda kompaniya ustavini tasdiqlasin va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev attestatsiya komissiyasi tuzsin va ikki oy muddatda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar va ularning filiallari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin, shuningdek baʼzilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 6-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
376-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 6-avgustdagi 376-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tarkibiga kiruvchi don mahsulotlari korxonalari va ularning filiallari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi don mahsulotlari korxonalari‎

Don mahsulotlari korxonalarining
‎filiallari‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎

1.‎

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ‎ “Nokis-un zavodi” AJ
‎“Boʻston don mahsulot” AJ ‎

2.‎

“Chimboy don mahsulotlari” AJ‎ “Qaraozek dan” MCHJ
‎“Taxtakoʻpir dan” AJ ‎

3.‎

“Taxiatosh don mahsulotlari” AJ‎ “Qarabayli gurish” AJ
‎“Xojeyli gurish” AJ
‎“Mangʻit don mahsulot” AJ ‎

4.‎

“Konirat un zavodi” AJ‎ “Qanlikoʻl gurish zavodi” AJ‎

5.‎

“Toʻrtkoʻl don mahsuloti” MCHJ‎ “Beruniy don” MCHJ‎


‎Andijon viloyati‎‎‎

6.‎

“Andijondonmahsulotlari” AJ‎

7.‎

“Asaka don mahsulotlari” AJ‎

8.‎

“Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ‎

‎‎
‎Buxoro viloyati‎

9.‎

“Buxorodonmahsulotlari” AJ‎

10.‎

“Qorakoʻldonmahsulotlari” AJ‎

11.‎

“Kogondonmahsulotlari” AJ‎

‎‎
‎Jizzax viloyati‎

12.‎

“Jizzaxdonmahsulotlari” AJ‎ “Baxmal DKK” AJ‎

13.‎

“Zarbdor elevatori” AJ‎

14.‎

“Doʻstlik don mahsulotlari” AJ‎

‎‎
Qashqadaryo viloyati‎

15.‎

“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ‎ “Gʻuzor DMKKK” MCHJ
‎“Ayritom DMKK” AJ ‎

16.‎

“Koson DMKK” MCHJ‎ “Muborak don” MCHJ‎

17.‎

“Don xalq rizqi” AJ‎ “Kitob don” MCHJ‎

18.‎

“Dunyo M” AJ‎ “Shahrisabz don” MCHJ
‎“Bahoriston don” MCHJ ‎

19.‎

“Qamashi DKK” AJ‎


‎Navoiy viloyati‎‎‎

20.‎

“Navoiydonmahsulotlari” AJ‎ “Navoiy DMKKK” MCHJ‎

21.‎

“Qiziltepa un zavodi” AJ‎

‎‎
‎Namangan viloyati‎

22.‎

“Namangandonmahsulotlari” AJ‎ “Chortoq don mahsulotlari” AJ‎

23.‎

“Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari” AJ‎ “Haqqulobod DMKKK” AJ‎

24.‎

“Popdonmahsulotlari” AJ‎ “Chust DMKK” AJ‎

‎‎
‎Samarqand viloyati‎

25.‎

“Samarqanddonmahsulotlari” AJ‎ “Nurobod don” AJ
‎“Osiyo-Afrosiyob” AJ ‎

26.‎

“Oqtosh don” AJ‎ “Kattaqoʻrgʻon don” AJ‎

27.‎

“Juma elevatori” AJ‎

28.‎

“Jomboy don mahsulotlari” AJ‎

‎‎
‎Surxondaryo viloyati‎

29.‎

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ‎

30.‎

“Sariosiyo don” MCHJ‎ “Tabarruk” MCHJ‎

31.‎

“Shoʻrchi don mahsulotlari” AJ‎

‎‎
‎Sirdaryo viloyati‎

32.‎

“Xovos don mahsulotlari” AJ‎ “Guliston don” MCHJ
‎“Shuhrat” AJ ‎

33.‎

“Oqoltin don mahsulotlari” AJ‎

‎‎
‎Toshkent viloyati‎

34.‎

“Toshkentdonmahsulotlari” AJ‎ “Toshkent guruch” AJ
‎“Chinoz don” AJ ‎

35.‎

“Ohangaron don” AJ‎ “Bekobod un” AJ‎

36.‎

“Gʻalla-Alteg” AJ‎ “Toshkent shahar DKKK” AJ‎

‎‎
‎Fargʻona viloyati‎

37.‎

“Fargʻonadonmahsulotlari” AJ‎ “Margʻilon don” AJ‎

38.‎

“Bagʻdod don mahsulotlari” AJ‎ “Oltiariq DMKKK” MCHJ‎

39.‎

“Quva don mahsulotlari” AJ‎ “Quva un” AJ‎

40.‎

“Qoʻqon don mahsulotlari” AJ‎ “Qoʻqon DMKK” AJ‎

‎‎
‎Xorazm viloyati‎

41.‎

“Xorazmdonmahsulotlari” AJ‎

42.‎

“Shovot don mahsulotlari” AJ‎

43.‎

“Bogʻot don” AJ‎

44.‎

“Xonqa don mahsulotlari” AJ‎
‎‎

‎________________‎

*‎

‎‎Filiallarga aylantirilayotgan xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari) ularning mol-mulki ustav jamgʻarmalariga berilayotgan xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalariga (ulushlariga) konvertatsiya qilinadi.‎
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 6-avgustdagi 376-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirishlar kiritilayotgan va oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari boshqaruv xodimlar sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovaning IV. “Agrosanoat kompleksi” boʻlimida 6-ustunda 41-banddagi “2704” raqami “2811” raqami bilan, “66” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-iyundagi 311-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida don mahsulotlarini sotishni tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 2-noyabrdagi 532-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-maydagi 226-36-son qaroriga 1-ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 358-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)