OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
Buyrugʻi
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI IShTIROKChILARI TOMONIDAN OShKOR ETILIShI ShART BOʻLGAN AXBOROTLARNI “BIRJA” GAZETASIDA MARKAZLAShTIRILGAN TARZDA NAShR ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 7-aprelda 1671-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-12-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan oshkor etilishi shart boʻlgan axborotlarni “Birja” gazetasida markazlashtirilgan tarzda nashr etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1671-2, 31.07.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-475-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2006-2007-yillarda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish Dasturining 2.5-bandiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq buyuraman:
1. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan oshkor etilishi zarur boʻlgan axborotlarni “Birja” gazetasida markazlashtirilgan tarzda nashr etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-mart,
2007-02-son
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining
2007-yil 1-mart 2007-02-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 1-mart 2007-02-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan oshkor etilishi shart boʻlgan axborotlarni “Birja” gazetasida markazlashtirilgan tarzda nashr etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qarori, Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni ochish toʻgʻrisidagi nizomga (2002-yil 18-aprel, roʻyxat raqami 1127 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 8-son) asosan, qonun hujjatlariga muvofiq oshkor etilishi shart boʻlgan axborotlarni “Birja” gazetasida markazlashtirilgan tarzda nashr etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
markazlashtirilgan tarzda nashr etish — qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan oshkor etilishi shart boʻlgan axborotlarni “Birja” gazetasida nashr etilishi;
qimmatli qogʻozlar bozoridagi axborot (bundan keyingi oʻrinlarda axborot deb yuritiladi) — qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan oshkor etilishi shart boʻlgan xabar va faktik maʼlumotlar majmui;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi —Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi;
“Birja” gazetasi — qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan oshkor etilishi shart boʻlgan axborotlarni markazlashtirilgan tarzda nashr etilishi uchun bosma nashri;
buyurtma — qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchisining “Birja” gazetasiga oshkor etilishi shart boʻlgan axborotlarni nashr etish uchun yozma murojaati.
2. Axborotlarni “Birja” gazetasida nashr etish orqali oshkor etishi shart boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari boʻlib:
qimmatli qogʻozlar emitentlari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, investorlar hisoblanadi.
Qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa ishtirokchilari axborotlarni “Birja” gazetasida nashr etish orqali oshkor qilishga haqlidir.
3. Axborotlar “Birja” gazetasida davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, taqdim etilgan eʼlon matnidagi boshqa tillarda ham nashr etiladi.
4. Axborotlarni nashr etish uchun toʻlovlar miqdori tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
5. “Birja” gazetasi tomonidan nashr etish uchun olinadigan toʻlovlarning eng yuqori miqdori, shuningdek gazetani sotilish narxi “Birja” gazetasi tomonidan qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Birja” gazetasining soni haftasiga kamida uch marta chiqarilishi va respublikaning barcha viloyatlariga tarqatilishi lozim.
II. Axborotlarni nashr etish uchun buyurtmalar berish tartibi
7. Axborotlarni nashr etish boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchisi va “Birja” gazetasi oʻrtasida axborot xizmati koʻrsatish shartnomasi tuziladi.
8. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari axborotlarni oshkor etilishi uchun qonunchilikda belgilangan muddatda “Birja” gazetasining buyurtmalarni qabul qilish shohobchasiga eʼlon matnining qogʻoz va elektron koʻrinishlari ilova qilingan buyurtmani berishlari lozim.
Magnit nusxada joylashgan eʼlon matni qogʻoz koʻrinishida taqdim etilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlishi zarur.
9. Axborotlarning nashr etilishiga buyurtma berish shakliga boʻlgan talablar “Birja” gazetasi tomonidan oʻrnatiladi.
10. Yuridik shaxs boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining axborotlari, uning vakolatli mansabdor shaxsi imzosi va qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchisining asosiy muhri bilan tasdiqlangan firma blankida yozma shaklda taqdim etiladi.
Jismoniy shaxs boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining axborotlari, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchisi imzosi bilan yozma shaklda taqdim etiladi.
11. Axborotlari “Birja” gazetasida nashr etilishi lozim boʻlgan buyurtmachilarning roʻyxati, buyurtmalar kelib tushgan sana va unga ilova qilingan eʼlonlar matni boʻyicha shakllantiriladi hamda “Birja” gazetasining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
12. “Birja” gazetasiga kelib tushgan qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining buyurtmalarida aks ettirilgan axborotlar:
“Birja” gazetasining navbatdagi sonini terish muddati tugagunga qadar berilgan boʻlsa — navbatdagi sonida nashr etiladi;
“Birja” gazetasining navbatdagi sonini terish muddati tugaganidan soʻng berilgan boʻlsa — gazetaning keyingi navbatdagi sonida nashr etiladi.
“Birja” gazetasi har bir sonida “Birja” gazetasi sonini nashr etishga terish muddati tugatilishining aniq vaqtini koʻrsatishi shart.
III. “Birja” gazetasining huquq va majburiyatlari
13. “Birja” gazetasi:
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilaridan faqat toʻgʻri rasmiylashtirilgan buyurtmalarni va eʼlonlar matnini taqdim etilishini talab qilishga;
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari bilan kelishilgan holda eʼlon matni va hajmiga tuzatishlar kiritishga;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega boʻlishga haqli.
14. “Birja” gazetasi:
respublikaning barcha viloyatlarida axborotlarni nashr etish uchun buyurtmalarni qabul qilish shohobchalarini tashkil etishga;
gazeta sonlarini haftasiga kamida uch marta chiqarilishini taʼminlashga;
kelib tushgan buyurtmalar boʻyicha nashr etishni shartnoma tuzilganidan soʻng amalga oshirishga;
“Birja” gazetasining har bir sonini kioskalar tarmogʻi va vaqtli matbuotni tarqatuvchilar orqali yetkazishni taʼminlashga;
axborotlarni nashr etish uchun kelib tushgan buyurtmalar hisobini yuritishga;
toʻgʻri rasmiylashtirilib taqdim etilgan buyurtmalar va eʼlon matniga asosan axborotlarni gazetada nashr etishga;
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan “Birja” gazetasida nashr etish uchun taqdim etilgan eʼlon matnini, nashr etish uchun belgilangan muddatlarda “Birja” gazetasi veb-saytining “korporativ boshqaruv” boʻlimida bepul joylashtirishga;
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining barcha buyurtmalarini qabul qilish va saqlash boʻyicha ichki nazoratni taʼminlashga;
nashr etish uchun taqdim etilgan buyurtmalar va eʼlonlar matnini kamida uch yil saqlashga;
ikki kunlik muddatda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar buzilgan holda nashr qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qilishga;
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotlarni nashr etilishi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi soʻrovi boʻyicha taqdim etishga;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarga rioya etishga majburdir.
IV. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining axborotlarni oshkor etishdagi huquq va majburiyatlari
15. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari axborotlarni oshkor etishda:
shartnoma asosida eʼlon shrifti, rangi va hajmini belgilashga, bunda shriftning eng kichik hajmi 8 dan kichik boʻlmasligi lozim;
“Birja” gazetasidan eʼlonni, belgilangan muddatlarda taqdim etilgan eʼlon matnidagi tilda nashr etilishni talab qilishga;
“Birja” gazetasining aybi bilan axborotlar oʻz vaqtida nashr etilmaganligi tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishga haqlidir.
16. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari axborotlarni oshkor etishda:
axborotlar matnini tegishli shaklda taqdim etishga;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda nashr etilishi shart boʻlgan moliyaviy hisobotlarni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etishga;
ishonchsiz axborotlarni nashr etish holatlari aniqlanganda raddiya (tuzatishlar) chop etilishini talab qilishga;
qonunchilikka muvofiq oshkor etiladigan axborotlar nashrlari hisobini yuritishga;
eʼlon nashr etishga berilgan buyurtmalar “Birja” gazetasi tomonidan qabul qilish noqonuniy ravishda rad etilgan holatlar toʻgʻrisida oqilona muddatda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini xabardor etishga;
“Birja” gazetasining aybi bilan axborotlar muddatlarga rioya etilmagan holda nashr etilishi holatlari toʻgʻrisida oqilona muddatda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini xabardor etishga;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarga rioya etishga majburdir.
V. Yakuniy qoidalar
17. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining axborotlari reklama hisoblanmaydi.
18. Taqdim etilgan axborotlarning ishonchliligi uchun javobgarlik qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchisi zimmasiga yuklanadi.
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan axborotlarga mos kelmagan axborotlarni nashr etganlik uchun javobgarlik “Birja” gazetasi zimmasiga yuklanadi.
19. “Birja” gazetasi qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan axborotlar boʻyicha hisobning toʻliqligini va maʼlumotlar elektron bazasini yuritilishini taʼminlaydi.
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-fevral.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 160-modda; 2010-y., 21-son, 172-modda)