20.03.2007 yildagi 53-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.03.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING GʻAZNACHILIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 20-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 20-martdagi 53-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining (keyingi oʻrinlarda Gʻaznachilik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Gʻaznachilik oʻzining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda Davlat budjetining gʻazna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tizimiga bevosita unga boʻysunadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Gʻaznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) Gʻaznachilik boʻlimlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Gʻaznachilik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda oʻz faoliyatiga tegishli boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Gʻaznachilik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda bevosita va oʻzining hududiy boʻlinmalari orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Gʻaznachilik faoliyatini moliyalashtirish respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Gʻaznachilik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Gʻaznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) Gʻaznachilik boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Gʻaznachilik boshqarmalari yuridik shaxslar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Gʻaznachilikning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Gʻaznachilikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar oʻrtasida taqsimlash, budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisida hisobot tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlarini yagona gʻaznachilik hisob raqami, shuningdek tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni taʼminlaydigan hududiy gʻaznachilik hisob raqamlarini joriy etish orqali boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qurilish boʻyicha buyurtmachilarning shartnomalari (keyingi oʻrinlarda budjet tashkilotlari va buyurtmachilar shartnomalari deb ataladi) xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar va maqsadlarga qatʼiy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibini joriy etish orqali budjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati taʼminlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda, qoidaga koʻra, vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlar smetasi va roʻyxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qatʼiy summalar doirasida tovarlar yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar)ning bevosita hisob raqamlariga budjetdan mablagʻ oluvchilar nomidan va ularning topshirigʻi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish orqali toʻlov intizomiga soʻzsiz rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti gʻazna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborotlarni toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Gʻaznachilikning funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Gʻaznachilik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablagʻlari bilan toʻlanadigan boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun Gʻaznachilikning bank hisob raqamlariga mablagʻlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetida ular uchun mablagʻlar nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlariga sudning qarori boʻyicha yagona gʻaznachilik hisob raqamidan yoki Gʻaznachilikning boshqa hisob raqamlaridan mablagʻlar oʻtkazadi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida yagona gʻaznachilik hisob raqamida va hududiy gʻaznachilik hisob raqamlarida mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan mablagʻ oluvchilarga ular uchun Gʻaznachilikda yoki uning hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlaridan koʻchirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga budjet mablagʻlari oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan toʻlov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manbalar boʻyicha tegishli budjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti ijrosi jarayonida respublika budjeti daromadlari tushumi va xarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya organlarining topshirigʻi boʻyicha yuqori budjetlarda nazarda tutilgan rejali dotatsiyalar, subvensiyalar, budjet ssudalari summasini va boshqa toʻlovlarni quyi budjetlarning shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan mablagʻ oluvchilar nomidan roʻyxatga olingan shartnomalarda yoki budjet mablagʻlarini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga oʻtkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar)ning bevosita bank hisob raqamlariga toʻlovlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlarini, jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati taʼminlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini hamda, qoidaga koʻra, vositachilik xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
schyot-fakturalar va tovarlar yetkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar koʻrsatilishi) holatini tasdiqlaydigan yoki budjetdan mablagʻ oluvchilarga soliqlar, yigʻimlar hamda budjetga va budjetdan tashqari davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar uchun budjet mablagʻlarini oʻtkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida budjet mablagʻi oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi hujjatlar asosida Davlat budjeti gʻazna ijrosining tahliliy va sintetik buxgalteriya hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining ijro etilishi haqida axborotlarni toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilish asosida Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisida hisobot tuzadi va ushbu hisobotni belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi qarzlariga xizmat koʻrsatadi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining hududiy boʻlinmalari faoliyatini tahlil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarni va metodologik materiallarni, shu jumladan Gʻaznachilik hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni maqbullashtirish, Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi buxgalteriya hisobini va hisobotlarni takomillashtirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va metodologik materiallarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Gʻaznachilikning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Gʻaznachilik quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida Gʻaznachilikning bank hisob raqamlarini ochish va yopish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan mablagʻ oluvchilardan Davlat budjetini ijro etish jarayonidagi daromadlar va xarajatlarning qisqa muddatli prognozini tuzish uchun zarur boʻlgan hisobot maʼlumotlarini soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlaridan ular tomonidan Gʻaznachilikka roʻyxatdan oʻtkazishga taqdim etiladigan shartnomalarning sifatini, maqsadga muvofiqligini va narx yechimlarini baholash uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyati topshirigʻiga binoan Davlat budjeti boʻsh mablagʻlarini bank depozitlariga va boshqa aktivlarga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek budjet ssudalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari va buyurtmachilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetalarida, qurilishlarning adresli va titul roʻyxatlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hajmidan oshib ketadigan hajmda budjet mablagʻlari hisobiga haq toʻlanishini nazarda tutuvchi shartnomalarini, shuningdek budjet tashkilotlari va buyurtmachilarning toʻlov jadvalisiz, sifati, maqsadga muvofiqligi va narx yechimlari boʻyicha belgilangan talablarga javob bermaydigan shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan mablagʻ oluvchilar va buyurtmachilarning schyot-fakturalarsiz hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish faktini tasdiqlovchi yoki budjetdan mablagʻ oluvchilar zimmasiga budjet mablagʻlarini oʻtkazishni yuklovchi boshqa hujjatlarsiz taqdim etilgan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan pul toʻlamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan mablagʻ oluvchilar va buyurtmachilarning ularning tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan Gʻaznachilikda (uning hududiy boʻlinmalarida) roʻyxatdan oʻtkazilmagan shartnomalaridan kelib chiqadigan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari toʻlovi boʻyicha toʻlov hujjatlarini ijro etish uchun qabul qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlovni budjet tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalarida nazarda tutilgan summa doirasida cheklash, shuningdek budjet tashkilotlari va buyurtmachilar shartnomalari predmetiga muvofiq boʻlmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilgan hollarda toʻlovni toʻxtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda ularning budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan xarajatlari toʻlovini moliya organlari topshirigʻiga binoan toʻxtatib qoʻyish, bu toʻgʻrida tegishli vazirliklar, idoralar, budjetdan mablagʻ oluvchilarni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlarining Gʻaznachilikda (uning boʻlinmalarida) roʻyxatdan oʻtkazilmagan shartnomalar boʻyicha moliyaviy majburiyatlarini hisobga qabul qilmaslik, qonun hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzilmasdan moliyaviy majburiyatlar qabul qilinishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlardan bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar boʻyicha budjetdan mablagʻ oluvchilardan toʻlov muddati oʻtgan qarzlar summasini budjetdan mablagʻ oluvchilarning bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan yozma murojaatlari asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Gʻaznachilik quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti xarajatlarini yagona gʻaznachilik hisob raqamidan yoki Gʻaznachilikning boshqa bank hisob raqamlaridan belgilangan muddatlarda va tegishli ravishda respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlar, davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari qoldiqlari doirasida amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar tomonidan budjet mablagʻlaridan noqonuniy foydalanilishi, budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining sunʼiy koʻpaytirilishi, budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan kreditorlik qarzlar summasining asossiz oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga va uning hududiy boʻlinmalariga berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga berilgan huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish hamda oʻz faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻaznachilik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Gʻaznachilik xodimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada ijro etmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa qonun buzilishlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Gʻaznachilik tuzilmasi va uning faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Gʻaznachilik tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Gʻaznachilikni lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari hisoblanadigan boshliq boshqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻaznachilik boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Gʻaznachilik boshligʻi oʻrinbosarlari Gʻaznachilik boshligʻining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Gʻaznachilikning hududiy boʻlinmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda Gʻaznachilik boshligʻi taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Gʻaznachilikning hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil qiladi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga boʻysunishi va hisobot berishi asosida faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Gʻaznachilik oʻziga berilgan vakolatlarga muvofiq oʻz hududiy boʻlinmalari faoliyati ustidan tezkor boshqaruvni va nazoratni amalga oshiradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 12-son, 109-modda; 2009-y., 5-son, 41-modda; 2011-y., 14-son, 137-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2020-y., 09/20/262/0516-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)