Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2008 02.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1660
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining qarori, 02.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1660
Kuchga kirish sanasi
12.03.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

PROFESSIONAL BAHOLOVChIGA QOʻYILADIGAN MALAKA TALABLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 2-martda 1660-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 2008-yil 16-iyuldagi 01/19-18/09-sonli “Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1840, 04.08.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida” 2003-yil 8-maydagi 210-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Professional baholovchiga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2006-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01/19-18/05-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasining
2006-yil 1-dekabrdagi 01/19-18/05-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Professional baholovchiga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom, Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi 2003-yil 8-maydagi 210-son qaroriga muvofiq, professional baholovchiga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi va professional baholovchi attestatini olish uchun attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtishga hujjatlarni taqdim etish paytida yuridik shaxslarning asosiy ish joyi boʻyicha shtatdagi xodimlari sifatida faoliyat yuritayotgan professional baholovchilarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash tashkiloti — qonunchilikda belgilangan tartibda baholash faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional baholovchi — baholanadigan obyekt qiymatini belgilashni bevosita amalga oshiradigan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv markazi — baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan baholash faoliyati sohasiga oid dasturlar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash (malakasini oshirish)ni amalga oshiruvchi tashkilot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Professional baholovchi quyidagi malaka talablariga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) iqtisodiy, yuridik yoki texnik maʼlumotga hamda oxirgi oʻn yil ichida baholash faoliyati sohasida kamida bir yillik ish stajiga yoki buxgalteriya hisobi va auditorlik sohasida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoxud oliy maʼlumotga hamda oxirgi oʻn yil ichida baholash faoliyati sohasida kamida ikki yillik ish stajiga yoki buxgalteriya hisobi va audit sohasida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoxud iqtisod, yuridik yoki texnik fanlari nomzodi (doktori) ilmiy darajalariga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkor uchun — iqtisodiyot mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi hamda baholovchi sifatida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻquv markazlarida taʼlim olganligi, bunda oʻqish muddati tugagan sanadan boshlab uch yildan ortiq vaqt oʻtmagan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa mamlakatlarda baholash boʻyicha tegishli kurslarni tugatganligi toʻgʻrisida chet el mamlakatining xalqaro darajadagi sertifikatlari mavjud boʻlsa va oʻqish muddati tugagan sanadan boshlab shu vaqtga qadar uch yildan ortiq muddat oʻtmagan taqdirda, oʻquv markazlarida taʼlim olgan boʻlishi shart emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) professional baholovchi attestatiga ega boʻlgandan soʻng, keyingi yildan boshlab har yili oʻquv markazlarida malaka oshirish dasturlari asosida yillik hajmi oltmish soatdan kam boʻlmagan hajmdagi oʻquv kurslarda taʼlim olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa mamlakatlarda oʻquv kurslarining yillik hajmi oltmish soatdan kam boʻlmagan holda (professional baholovchi attestatiga ega boʻlgandan soʻng, keyingi yildan boshlab) malaka oshirish boʻyicha tegishli kurslarni tugatganligi toʻgʻrisida chet el mamlakatining xalqaro darajadagi sertifikatlariga ega boʻlgan taqdirda, oʻquv markazlarida malaka oshirish boʻyicha taʼlim olinishi shart emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan professional baholovchi attestatiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ishchanlik obroʻsiga putur yetmagan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ishchanlik obroʻsiga putur yetganlar — korxona, muassasa va tashkilotlarda sud belgilagan muddat mobaynida baholash yoki moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan, yoxud yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritish huquqidan mahrum boʻlgan shaxslar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomdan kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 25-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 91-modda)