28.02.2007 yildagi PQ-594-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.02.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining gʻazna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi Davlat budjetining gʻazna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining gʻaznachilik boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligini va uning hududiy boʻlinmalarini moliya organlari boʻyicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Gʻaznachilik zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar oʻrtasida taqsimlash, budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisida hisobot tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlarini yagona gʻaznachilik hisob raqami, shuningdek, tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni taʼminlaydigan hududiy gʻaznachilik hisob raqamlarini joriy etish orqali boshqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qurilish boʻyicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar va maqsadlarga qatʼiy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibini joriy etish orqali budjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati taʼminlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlar smetasi va roʻyxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qatʼiy summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet mablagʻlari oluvchilar nomidan va ularning topshirigʻi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish orqali toʻlov intizomiga soʻzsiz rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti gʻazna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborot yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari tashkiliy tuzilmasi 1—4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarur hollarda gʻaznachilikning markaziy apparati va uning boʻlinmalari tuzilmasiga moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachilik boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasiga asosan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻaznachilik boshligʻi lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻaznachilik xodimlariga moliya organlari xodimlari uchun belgilangan mehnat haqi shartlari tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda — moliya organlari, shuningdek, budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimi faoliyat yuritishi sharoitlarida ishlashga tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazini tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda — gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalarini zarur binolar, kompyuterlar, tashkiliy texnika va boshqa anjomlar bilan taʼminlash, shuningdek, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda — Davlat budjeti gʻazna ijrosi tizimining joriy etilishi munosabati bilan muayyan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarni moliyaviy taʼminlash xususiyatiga qarab budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini maqbullashtirish va 25 foizgacha qisqartirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlarini jalb etgan holda Davlat budjetining barcha daromadlarini yagona gʻazna hisob raqamiga jamlash va undan xarajatlar toʻlovini amalga oshirish imkonini beruvchi Davlat budjeti gʻazna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, budjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek, buyurtmachilarning Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qurilishga oid shartnomalari gʻaznachilikda roʻyxatga olinishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining maʼlumotlar tarmogʻini tashkil etish uchun yer usti raqamli aloqa kanallarini berish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasini bajarish funksiyalari gʻaznachilikka berilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga budjet mablagʻlari oluvchilarga xizmat koʻrsatish bilan band boʻlgan bank xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi Toshkent shahar, X. Sulaymonova koʻchasi, 29-uy manzilidagi binoga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy meʼyoriy hujjatlarning mazkur qaror talablariga mos ravishda muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 28-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-594-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Gʻaznachiligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻi — moliya vaziri oʻrinbosari

Gʻaznachilik boshligʻining birinchi oʻrinbosari

Gʻaznachilik boshligʻi oʻrinbosari — Amaliyot boshqarmasi boshligʻi

Uslubiyot, moliyaviy resurslarni va hisoblarni boshqarish boshqarmasi

12 nafar

Davlat budjetining gʻazna ijrosini tahlil va nazorat qilish boshqarmasi

13 nafar

t

Amaliyot boshqarmasi

63 nafar

Yuriskonsult

1 nafar

Budjetning gʻazna ijrosi uslubiyoti boʻlimi

5 nafar

Davlat budjetining gʻazna ijrosini yigʻma tahlil qilish boʻlimi

3 nafar

Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va narxlarni monitoring qilish boʻlimi

14 nafar

Ish yurituvchi-

inspektor

1 nafar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmalari

Moliyaviy majburiyatlar va toʻlovlarni roʻyxatga olish boʻlimi

40 nafar

Moliyaviy resurslarni tartibga solish boʻlimi

3 nafar

Gʻazna operatsiyalarini nazorat qilish boʻlimi

5 nafar

Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga olish, harbiylashtirilgan idoralar tashkilotlarining toʻlovlarini amalga oshirish boʻlimi

4 nafar

Ichki va tashqi qarz boʻyicha hisob-kitoblar boʻlimi

3 nafar

Buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi

4 nafar

Tumanlar (shaharlar) Gʻaznachilik boʻlinmalari

Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga olish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar toʻlovlarini amalga oshirish boʻlimi

5 nafar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Umumiy cheklangan shtat birligi — 144 nafar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* shundan boshqaruv xodimlari — 30 nafar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* ishlab chiqarish xodimlari — 63 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga
2-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Gʻaznachilik boshqarmalarining

NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqarma boshligʻi

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

Amaliyot boʻlimi

9 — 18 nafar

Yuriskonsult

1 nafar

Moliyaviy resurslarni tartibga solish va yigʻma tahlil boʻlimi

2-3 nafar

Yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish va narxlarni monitoring qilish guruhi

2 — 5 nafar

Umumiy boʻlim

(kadrlar boʻyicha mutaxassis, kanselyariya mudiri, buxgalter)

3 nafar

Gʻaznachilik amaliyotlarini nazorat qilish shuʼbasi

2-3 nafar

Moliyaviy majburiyatlar va toʻlovlarni roʻyxatga olish guruhi

4 — 8 nafar

Tuman va shahar Gʻaznachilik boʻlinmalari

Buxgalteriya hisobi va hisoboti shuʼbasi

2-3 nafar

Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga olish, harbiylashtirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar toʻlovlarini amalga oshirish guruhi

2 — 4 nafar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Umumiy cheklangan shtat birligi — 21 — 33 nafar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* shundan boshqaruv xodimlari — 11 — 13 nafar
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Gʻaznachilik boshqarmalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHEKLANGAN SONI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(nafar)

T/r

Hududlarning nomlanishi

Gʻaznachilik boshqarmalarining cheklangan shtat birliklari

Shu jumladan boshqaruv xodimlari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

27

12

2.

Andijon viloyati

22

11

3.

Buxoro viloyati

25

12

4.

Jizzax viloyati

24

12

5.

Qashqadaryo viloyati

28

13

6.

Navoiy viloyati

26

12

7.

Namangan viloyati

27

13

8.

Samarqand viloyati

33

13

9.

Surxondaryo viloyati

25

12

10.

Sirdaryo viloyati

25

12

11.

Toshkent viloyati

21

11

12.

Fargʻona viloyati

33

13

13.

Xorazm viloyati

26

12

Jami

342

158

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga
3-ILOVA

Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Boshqarma boshligʻi

Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari

Amaliyot boʻlimi

33 nafar

Yuriskonsult

1 nafar

Moliyaviy resurslarni tartibga solish va yigʻma tahlil boʻlimi

4 nafar

Yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish va narxlarni monitoring qilish guruhi

12 nafar

Umumiy boʻlim

(kadrlar boʻyicha mutaxassis, ish yurituvchi-inspektor, buxgalter)

3 nafar

Gʻazna operatsiyalarini nazorat qilish guruhi

2 nafar

Moliyaviy majburiyatlar va toʻlovlarni roʻyxatga olish guruhi

20 nafar

Buxgalterlik hisobi va hisoboti guruhi

3 nafar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Umumiy cheklangan shtat birligi — 48 nafar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* shundan boshqaruv xodimlari — 13 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Izoh: Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasi, shuningdek, Bektemir, Uchtepa va Sergeli tumanlaridan tashqari tuman mahalliy budjetlaridan mablagʻ oluvchilarga ham xizmat koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman Gʻaznachilik boʻlinmasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Boʻlinma boshligʻi

Boʻlinma boshligʻi oʻrinbosari — yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish va narxlarni monitoring qilish shuʼbasi boshligʻi

Moliyaviy resurslarni tartibga solish, buxgalterlik hisobi va hisoboti boʻyicha mutaxassis

1 nafar

Yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish va baholarni monitoring qilish guruhi

1-2 nafar

Gʻaznachilik amaliyotlarini nazorat qilish boʻyicha mutaxassis

1 nafar

Moliyaviy majburiyatlar va toʻlovlarni roʻyxatga olish guruhi

1 — 5 nafar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Umumiy cheklangan shtat birliklari — 6 — 11 nafar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* shundan boshqaruv xodimlari — 4 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda; 52-son, 534-modda; 2008-y., 52-son, 515-modda; 2009-y., 7-son, 68-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)