O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq iste’mol tovarlari ko‘rgazmalari va yarmarkalarini o‘tkazish sohasida “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi faoliyatini faollashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 29-dekabrdagi 270-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tomonidan xalq iste’mol tovarlari ko‘rgazmalari va yarmarkalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2007-yil 16-fevral,
35-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 16-fevraldagi 35-son qaroriga
ILOVA
2007-yil 16-fevraldagi 35-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro yarmarka savdosi respublika markazini tashkil etish to‘g‘risida” 1999-yil 4-martdagi 97-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zko‘rgazmasavdo” doimiy ishlovchi respublika yarmarka savdosi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 5-sentabrdagi 340-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 56-modda) va qarorga ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qaroriga ilovaning 21-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 5-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 24-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-9-son, 48-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 7-8-son, 66-modda)