Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.02.2007 05.09.2000 yildagi 340-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.02.2007
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘ZKO‘RGAZMASAVDO” DOIMIY IShLOVChI RESPUBLIKA YaRMARKA SAVDOSI MARKAZINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-fevraldagi 35-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy ishlovchi yarmarka savdosi tizimini tashkil etish yo‘li bilan bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish, mamlakatimiz eksport imkoniyatlarini yanada keng targ‘ib etish, vatanimiz tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan ishlab chiqarish-texnika va iste’mol tovarlarini reklama qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 4-martdagi 97-son qaroriga muvofiq “Alpomish” majmuini rekonstruksiya qilish ishlari tugallanganligi va uning negizida respublika yarmarka savdosi markazi faoliyatini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyati muassislarining “O‘zsavdomarkaz” aksiyadorlik jamiyatini “O‘zko‘rgazmasavdo” respublika yarmarka savdosi markazi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatsiyalangan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan eksportga mo‘ljallangan tovarlarning doimiy ishlovchi respublika va mintaqaviy ko‘rgazma-yarmarkalarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— iste’mol tovarlari, ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi tovarlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlari konyunkturasi marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, ushbu axborotni yarmarka savdolari qatnashchilariga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, viloyatlar va Toshkent shahridan eksportga mo‘ljallangan tovarlarni tanlab olishga hamda respublika va mintaqaviy yarmarka savdolariga qo‘yishga ko‘maklashish, keyinchalik ichki bozorlarda ularning marketingini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bo‘yicha mavsumiy savdo yarmarkalari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlarni xorijiy bozorlarga olib kirish maqsadida reklama-axborot faoliyatiga doir tadbirlar kompleksini amalga oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xalqaro tajribani o‘rganish asosida, elektron savdolar tizimidan foydalangan holda yarmarka savdosining zamonaviy usullarini, shu jumladan, fyuchers-forvard bitishuvlari va opsionlarni ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— yarmarka kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish, ularni tuzish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga moliyaviy xizmat ko‘rsatish va ularni bajarish bo‘yicha yarmarka savdolari qatnashchilariga kompleks xizmatlar ko‘rsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Faoliyat ko‘rsatayotgan savdo-ko‘rgazma infratuzilmasidan samarali foydalanish hamda “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “O‘zekspomarkaz RSKM o‘rtasidagi funksiyalarni farqlash uchun “O‘zekspomarkaz” RSKM faoliyati xalqaro va xorijiy mavzuli ko‘rgazmalar, shuningdek, chet elda respublika ko‘rgazmalari o‘tkazilishiga jamlanishi belgilansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati markaziy apparatining, xodimlarining cheklangan soni 47 kishidan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz) iborat bo‘lgan tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin, ularning xarajatlari Markazning daromadlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati ko‘rsatiladigan servis xizmatlarining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash va yarmarka faoliyatini tashkil etish uchun Markaz huzurida ixtisoslashtirilgan shu’ba korxonalar tashkil etishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yarmarka savdolari o‘tkazish va kontraktlar tuzish to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan ko‘rgazma-yarmarka faoliyatining me’yoriy-huquqiy va metodologiya bazasi xalqaro standartlar talablariga muvofiq doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Raqobatni rivojlantirish, respublika mintaqalarida eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish o‘sishini rag‘batlantirish va kichik biznes subyektlarining tovar-xomashyo resurslaridan keng foydalanishlarini ta’minlash uchun “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ekspozitsiyalar muntazam ravishda yangilanib turiladigan doimiy ishlovchi pavilonlarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tuzilmasida reklama-axborot markazi tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro savdoning elektron tizimiga ulangan holda eksportga mo‘ljallangan tovarlarning ma’lumotlar bankini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston tovarlarining xalqaro bozorlarga kiritish maqsadida kommunikatsiyalarning zamonaviy vositalari asosida yirik xorijiy birjalar, ko‘rgazmalar va yarmarka markazlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportga taklif qilinayotgan tovarlar to‘g‘risida bukletlar, axborot byulletenlari va boshqa reklama mahsulotlari tayyorlash va nashr etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tushumidan bir yilga reklamaga xarajatlar normativi istisno tariqasida 10 foiz miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mintaqalarida mahsulotlar va tovarlarni tanlash bo‘yicha tijorat agentlari tarmog‘i tashkil etish, bunda yarmarka savdolariga qo‘yish uchun kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga asosiy e’tiborni qaratish, agentlarning ish haqini shartnoma asosida sotiladigan tovarlar hajmiga qarab vositachilik haqi hisobiga shakllantirish;
(8-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo aylanmalari kengayishiga qarab ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari infratuzilmasini omborxona terminallari, saqlanadigan joylar, sovutkichlar tashkil etish yo‘li bilan yarmarka savdolari qatnashchilari uchun yanada kengaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yarmarka kontraktlarini rasmiylashtirish, sertifikatsiyalash, ro‘yxatdan o‘tkazish, transport ekspeditsiyasi bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, bank xizmati va sug‘urta himoyasi xizmati ko‘rsatish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zdavstandart” markazi bir oy muddatda “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati hududida maslahat shoxobchalarini joylashtirsin, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zbekinvest” kompaniyasi va boshqa moliyaviy muassasalar esa filiallar va bo‘linmalar ochsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi xorijiy mamlakatlarning firmalari va kompaniyalarini, savdo-sanoat palatalari a’zolarini “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining ko‘rgazma-yarmarkalariga keng jalb qilish masalalari bo‘yicha “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatiga yordam ko‘rsatsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “O‘zstandart” agentligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan sertifikatsiyalash bo‘yicha xalqaro inspeksiya kompaniyalari bilan birgalikda “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkaziladigan yarmarka-ko‘rgazmalar orqali sotiladigan tovarlarni sertifikatsiyalashni tashkil etsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
340-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 5-sentabrdagi 340-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi apparati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy soni — 47 kishi (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 5-sentabrdagi 340-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yarmarka savdolari o‘tkazish va kontraktlar tuzish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Mazkur Nizom “O‘zko‘rgazmasavdo” respublika yarmarka savdosi markazi aksiyadorlik jamiyati va uning shu’ba tuzilmalari (keyingi o‘rinlarda “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati deb yuritiladi)da yarmarka savdosini tashkil etish va o‘tkazishni va yarmarka kontraktlari tuzish xususiyatlarini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yarmarka savdolarini o‘tkazish va kontraktlar tuzish O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni, texnologiya asbob-uskunalarini, ilmiy-texnik ishlanmalarni sotish bo‘yicha yarmarkalar, ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati qatnashchilarga maxsus jihozlangan o‘rinlar taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. YaRMARKA SAVDOLARI QATNAShChILARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar (norezidentlar) mazkur Nizomga muvofiq “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilayotgan yarmarkalarda tovarlarni sotish va xarid qilishlari mumkin, sotish taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Yarmarka savdolari qatnashchilari (sotuvchilar) o‘rinni olish to‘g‘risidagi kafolat xati asosida Yarmarka savdolari qatnashchisining guvohnomasini oladilar. Kataloglar, namunalar, modellar, reklama prospektlari, tovar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, sifat sertifikati va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etadilar. Shundan keyin sotuvchilar yarmarka savdolarida ishtirok etish hamda “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ko‘rsatiladigan barcha xizmatlardan foydalanish huquqini oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yarmarka savdolari qatnashchilari shartnoma asosida “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatiga o‘zlarining manfaatlarini ifodalash huquqini berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Korxonalar (sotuvchilar va xaridorlar)ning vakillari kontraktlar tuzish uchun birinchi shaxsning (yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning) imzosi qo‘yilgan, korxonaning muhri bilan tasdiqlangan zarur darajada rasmiylashtirilgan vakolatga ega bo‘lishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. YaRMARKA SAVDOLARI O‘TKAZISh VA YaRMARKA KONTRAKTLARINI TUZISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Yarmarka savdolarida naqd (real) tovarlar bilan bitishuvlar, shuningdek, fyuchers-forvard bitishuvlar — tovarlarni ham ichki bozorda milliy valyuta — so‘mga, ham eksportga, shu jumladan, erkin almashtiradigan valyutaga bitishuv tuzilgan paytda qayd etilgan narx bo‘yicha va operatsiyalarni muayyan davr oralig‘idan keyin bajargan holda tovarlar oldi-sotdisini ifodalovchi bitishuvlar amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tovar-xomashyo birjalari orqali qonun hujjatlariga muvofiq faqat erkin almashtiriladigan valyutaga eksportga sotiladigan tovarlar ro‘yxati “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining yarmarka savdolarida sodir etiladigan eksport bitishuvlariga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Yarmarkada tovar (ishlar, xizmatlar)ni sotish uchun kontraktlar korxonalar tomonidan taqdim etilgan namunalar, mahsulot modellari, kataloglar, prospektlar, reklama byulletenlari va mahsulotni tavsiflovchi boshqa hujjatlar bo‘yicha tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Naqd (real) tovar sotishga taqdim qilinganda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi yoki xo‘jalik faoliyatining boshqa subyekti) yarmarkaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu tovar haqiqatdan ham sotuvchining mulki (yoki korxona, xo‘jalik ixtiyorida qoladigan uning bir qismi) hisoblanishini tasdiqlovchi tovar egasining hujjatini, shuningdek, uning mavjudligi to‘g‘risida birinchi shaxs (yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxs) tomonidan va bosh buxgalter tomonidan imzolangan muhr bilan tasdiqlangan hujjatni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifat sertifikatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa vakolatli organlarning xulosasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Fyuchers-forvard bitishuvlar bo‘yicha sotuvchi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan tovar ishlab chiqarilishini kafolatlovchi hujjatlar taqdim etiladi, ular belgilangan tartibda rahbar va bosh buxgalter tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Yarmarkada kontraktlar bo‘yicha sotib olingan tovarlar uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ichida tovarlar yetkazib berish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi valyutasi “so‘mlar”da;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktlari bo‘yicha — qoidaga ko‘ra erkin almashtiriladigan valyutada, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa — milliy valyuta “so‘mlarda” belgilangan tartibda hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kontraktlar erkin almashtiriladigan valyutada tuzilgan hollarda valyuta tushumini majburiy sotish respublika qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari yarmarka savdolarida sotib olingan tovar uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotishdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyati daromadlaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import kontraktlar bo‘yicha tovarlarni sotish, shu jumladan, konsignatsiya shartlarida, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yo‘li bilan olingan mablag‘lar hisobiga ham haq to‘lashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. Yarmarkada kontraktlar tuzishda xaridor-norezident O‘zbekiston Respublikasi valyutasining kelib chiqishi qonuniyligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi (mablag‘lar manbaiga bog‘liq ravishda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy valyuta konvertatsiya qilinganligi to‘g‘risida vakolatli bankning ma’lumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki bozorda sotish uchun tovarni olib kirish uchun kontrakt (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining tovar-xomashyo birjalari birja savdolarida tuzilgan kontraktlar)ni va olib kirilgan tovarga yuk bojxona deklaratsiyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘mlarning kelib chiqishi qonuniyligini tasdiqlovchi bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risidagi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan dividendlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.8. Real tovar bilan bitishuvlar bo‘yicha xaridor kontraktda kelishilgan muddatlarda tovarning har bir turkumi uchun oldindan haq to‘laydi. Tovarni ortish oldindan to‘langan haq hajmiga qarab amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.9. Fyuchers bitishuvlari tuzishda xaridor kontrakt rasmiylashtirilgandan keyin 10 kun ichida sotuvchiga avans o‘tkazadi. Bitishuv bo‘yicha avans miqdori tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va kontrakt qiymatining kamida 15 foizini tashkil etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.10. Bitishuv tuzilgandan keyin yarmarka kontraktlarni muhr bilan tasdiqlaydi va ularni yarmarka savdolari qatnashchilariga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.11. Yarmarkada tuzilgan barcha kontraktlar tegishli ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va yarmarkada hisobga olinishi kerak. Bunda kontrakt tuzilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs bo‘yicha AQSh dollaridagi ekvivalent ko‘rsatib o‘tiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.12. Respublika tashqarisiga olib chiqishga mo‘ljallanayotgan mahsulot va tovarlar bo‘yicha kontraktlar muhr, shtamp bilan tasdiqlanadi va chopar orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga yoki uning hududiy bojxona xizmatlariga yuboriladi, agar kontraktlar viloyat bo‘linmalari savdolarida tuzilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlari kelishilgan jadval bo‘yicha yarmarka kuryeridan tasdiqlangan kontraktlarni reyestr bo‘yicha qabul qiladigan, imzolaydigan, ularni muhr bilan tasdiqlaydigan va kuryerga qaytaradigan mas’ul xodimlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir reyestrdagi kontraktlarni bojxona organlari ular tushgan paytdan boshlab ikki kecha-kunduz ichida rasmiylashtirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan tasdiqlangan kontraktga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar yarmarkaning yozma holdagi arizasiga ko‘ra kiritiladi, bunda o‘zgartirishlar kiritish sabablari ko‘rsatib o‘tiladi. O‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish tartibi kontraktlarni tasdiqlashdagi tartib kabidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi yoki uning hududiy xizmatlari tomonidan tasdiqlangan kontraktlar olingan paytdan boshlab yarmarka bir ish kuni mobaynida ularni yarmarka savdolari qatnashchilariga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatib o‘tilgan kontraktlar yuk bojxona deklaratsiyalarini to‘ldirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan rasmiylashtirilgan eksport kontraktlari bo‘yicha tovarlar olib ketilayotganda yuk ortilayotgan joydagi bojxona bo‘linmalariga mazkur Tartibning 3.7-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning nusxalaridan tashqari quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar haqi to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning kelib chiqish sertifikati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk bojxona deklaratsiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.16. Bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun kontraktda ko‘rsatib o‘tilgan yuk jo‘natuvchi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.17. Tovarlarni olib ketish uchun kontraktlarni rasmiylashtiruvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar xaridor va sotuvchidan bitishuvga tegishli bo‘lmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.18. Yuk jo‘natuvchi belgilangan tartibda bojxona yig‘imlari to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. YaRMARKA IMPORT KONTRAKTLARINI TUZISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Yarmarka savdolarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) va xomashyo xarid qilish bo‘yicha import kontraktlarini tuzish tartibi ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda haq to‘lash va hisob-kitob qilish nazarda tutiladigan kontraktlarga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Yarmarka savdolariga sotish uchun import tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qo‘yishda sotuvchi — norezident yarmarkaga quyidagilarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotish uchun qo‘yilgan tovar haqiqatdan ham sotuvchining mulki ekanligini hamda unda naqd mavjudligini tasdiqlovchi, rahbar yoki mulk egasi tomonidan imzolangan hujjat (ma’lumotnoma, kafolat xati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi tomonidan imzolangan tovar tayyorlanishi to‘g‘risidagi kafolat xati (agar tovar mavjud bo‘lmasa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import tovarni yarmarka savdosi orqali sotishga buyurtmanoma, unda kontrakt tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha shartlar ko‘rsatiladi (tovarning to‘liq nomi, o‘lchov birligi, miqdori, sifat sertifikati, bir birlikning narxi, kelib chiqish sertifikati va zaruriyat bo‘lsa boshqa ma’lumotlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa vakolatli organlarning xulosalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Kafillik shartnomalari, banklarning, boshqa kredit muassasalari va sug‘urta tashkilotlarining belgilangan tartibda berilgan kafolatlari yarmarka savdolarida so‘mlarda haq to‘lash asosida tuzilgan import kontraktlarini ta’minlash shakllari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. Yarmarka savdolarida tuzilgan import kontraktlari bo‘yicha narxlar darajasi to‘g‘risida konsalting xizmatlarining ekspert xulosasi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.5. Belgilangan hujjatlar taqdim etilgandan keyin “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati import kontraktini ro‘yxatdan o‘tkazadi, yarmarka savdolarida tuziladigan kontraktlarga identifikatsiya raqamlari berishning belgilangan Tartibiga muvofiq uni tasdiqlaydi. Yarmarka import kontrakti bo‘yicha ma’lumotlar va taqdim etiladigan hujjatlarning ishonchliligi uchun ushbu ma’lumotlarni taqdim etgan shaxs javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6. “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining yarmarka savdolarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan import kontraktlari ikki ish kuni mobaynida ularni hisobga qo‘yish uchun chopar orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga yoki uning hududiy organlariga yuboriladi, agar ko‘rsatib o‘tilgan kontraktlar viloyat bo‘linmalari savdolarida tuzilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.7. Bojxona organlari kelishilgan jadval bo‘yicha yarmarka kuryeridan tasdiqlangan kontraktlarni reyestr bo‘yicha qabul qilib oladigan, imzolaydigan, muhr bilan tasdiqlaydigan va kuryerga qaytaradigan mas’ul xodimlarni belgilaydi. Bir reyestrdagi kontraktlarni bojxona organlari ular tushgan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida rasmiylashtirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.8. Import kontraktlari bojxona organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin vakolatli banklar ularni tegishli xizmat ko‘rsatishga qabul qilib oladi. Yarmarka savdolarida tuzilgan import kontraktlariga kontrakt shartlari va import bitishuv pasporti asosida haq to‘lanadi. Faksimil aloqa orqali olingan va “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati muhri bilan tasdiqlangan kafolat xatlaridan, keyinchalik navbatdagi o‘n kalendar kun mobaynida asl nusxani taqdim etish sharti bilan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.9. Yarmarka savdolarida tuzilgan import kontraktlari bo‘yicha import bitishuv pasporti belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.10. Tuzilgan import kontraktlari bo‘yicha hisob-kitoblar “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining hisob-kitob-kliring palatasi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import kontrakti tuzilgandan keyin xaridor 3 bank kuni ichida kontraktda ko‘rsatilgan haq to‘lash shartlariga muvofiq, biroq bitishuv summasining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan pul mablag‘larini sotuvchi-norezidentning “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati hisob-kitob-kliring palatasida ochilgan hisob raqamiga o‘tkazadi. Haq to‘lanishi kontrakt bojxona organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun yetarlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yarmarka import kontraktlari bo‘yicha tovarni keltirishda tovar tushgan joydagi bojxona bo‘linmalariga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning kelib chiqish sertifikati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk bojxona deklaratsiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi uchun ushbu hujjatlarni taqdim etgan shaxslar javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.12. Tovar yarmarka import kontraktlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelgandan va u belgilangan tartibda xaridor tomonidan qabul qilib olingandan keyin O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — “so‘mlardagi” mablag‘lar sotuvchi — norezidentning “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyatining hisob-kitob-kliring palatasida ochilgan hisob raqamiga o‘tkaziladi, ularga sotuvchi yarmarka va birja savdolarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) va xomashyo xarid qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. IXTISOSLAShTIRILGAN YaRMARKA SAVDOLARINI TAShKIL ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati iste’molchilarning ayrim guruhlari ehtiyojlarini qondirish yoki bir xil guruhdagi tovarlarni sotish maqsadida ixtisoslashtirilgan yarmarkalar tashkil etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolari tashkil etishdan oldin “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati korxonalar, tashkilotlar, tadbirkorlar, boshqa bozor tuzilmalari, shu jumladan, xorijiy bozor tuzilmalari bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolariga qo‘yiladigan tovarga bo‘lgan taklifni o‘rganish, tovar ishlab chiqaruvchilarning takliflarini aniqlash bo‘yicha oldindan ish olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolariga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning har qanday turlari qo‘yilishi mumkin, sotish taqiqlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Ixtisoslashtirilgan yarmarkalarni tashkil etish va ularga tezkor rahbarlik qilish uchun yarmarka qo‘mitalari (yarmarkaqo‘m) tashkil etiladi. Yarmarkaqo‘m tarkibiga “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati vakillaridan tashqari davlat va tijorat tuzilmalari vakillari kiritilishi mumkin. Yarmarkaqo‘m tarkibi manfaatdor tomonlarning vakillari ishtirokida “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. Yarmarkaqo‘m:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolari muddatlari va ularni o‘tkazish joylarini belgilaydi hamda savdoni o‘tkazishning barcha masalalarini hal etadi, paydo bo‘luvchi nizoli masalalarni ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolarining ishchi organlarini (hisobga olish, ro‘yxatdan o‘tkazish guruhlari va hokazolarni) tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.5. Ixtisoslashtirilgan yarmarka savdolarini tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari Yarmarkaqo‘m tomonidan tasdiqlanadigan tartibda va miqdorlarda qatnashchilar hisobiga amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2005-y., 34—36-son, 264-modda)