OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
MAHALLIY SOLIQLAR VA YIGʻIMLARNI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 22-martda 1217-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 5-fevraldagi 28, 2003-23-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2003-yil 16-fevral, roʻyxat raqami 1217 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 4-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
21-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
2006-10-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 107-modda)