O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zavtoyo‘l” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 14-noyabrdagi PQ-511-sonli qaroriga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ba’zi hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar,
PF-3846-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 19-avgustdagi PF-3292-sonli Farmonida:
1-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
3-banddagi “hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlari” so‘zlari “hududiy yo‘l-ekspluatatsiya tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-sonli qarorida:
a) 1-ilovadagi 18-bandning ikkinchi xatboshidagi “hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlari” so‘zlari “hududiy yo‘l-ekspluatatsiya tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi 4-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshidagi hamda 8-bandning o‘n oltinchi xatboshidagi “hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlari” so‘zlari “hududiy yo‘l-ekspluatatsiya tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) o‘n to‘rtinchi xatboshidagi “hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlari” so‘zlari “hududiy yo‘l-ekspluatatsiya tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovada:
7-bandning “e” kichik bandidagi “pul yutuqli o‘yin avtomatlarini ishlatishdan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
9-bandning to‘rtinchi xatboshidagi va 30-banddagi “hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlari” so‘zlari “hududiy yo‘l-ekspluatatsiya tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi, 29-bandning “b” kichik bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshidagi “hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlari” so‘zlari “hududiy yo‘l-ekspluatatsiya tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
29-bandning “g” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlari” so‘zlari “hududiy yo‘l-ekspluatatsiya tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 3-son, 22-modda)