O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MADRID BITIMIGA DOIR BAYONNOMAGA (MADRID, 1989-YIL 27-IYUN) MUVOFIQ BELGILARNI XALQARO RO‘YXATDAN O‘TKAZISHDA UNDIRILADIGAN YAKKA TARTIBDAGI BOJLARNING STAVKALARINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasining Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun)” qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan undiriladigan yakka tartibdagi bojlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamg‘armasiga tushadigan yakka tartibdagi boj mablag‘lari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
78 foizi — Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobvarag‘iga;
2 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
20 foizi — Adliya vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat obyektlarini va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashganlik uchun a’zolik badallarini to‘lashda ulardan foydalanish uchun (kamida 50 foizi), shuningdek xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamg‘armasida qoldiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-dekabr,
263-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-dekabrdagi 263-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan yakka tartibdagi bojlar stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
| Boj kodi | Bojning nomi | Stavkalar (AQSH dollari) |
| 1. | Belgining xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijasida paydo bo‘ladigan muhofaza qilishni yoyish to‘g‘risidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek hududiy kengaytirish to‘g‘risidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatilganligi uchun: | |
| 1.1. | belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 320 |
| 1.2. | bir klassdan ortiq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning har bir qo‘shimcha klassi uchun: | 130 |
| 2. | Jamoa belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijasida paydo bo‘ladigan muhofaza qilish yoyilishi to‘g‘risidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek hududiy kengaytirish to‘g‘risidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatilganligi uchun: | |
| 2.1. | belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 480 |
| 2.2. | bir klassdan ortiq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning har bir qo‘shimcha klassi uchun | 80 |
| 3. | Ko‘rsatib o‘tilgan Bayonnomaga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgining xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uzaytirilganligi uchun: | |
| 3.1. | belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 160 |
| 3.2. | bir klassdan ortiq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning har bir qo‘shimcha klassi uchun | 107 |
| 4. | Ko‘rsatib o‘tilgan Bayonnomaga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan jamoa belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uzaytirilganligi uchun: | |
| 4.1. | belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 320 |
| 4.2. | bir klassdan ortiq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning har bir qo‘shimcha klassi uchun | 53 |
Izoh.
Yakka tartibdagi bojlar to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyuta “so‘m”da undiriladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son — 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 515-modda; 2011-y., 36-son, 367-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 21-son, 395-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)