Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BELGILARNI XALQARO ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDAGI MADRID BITIMIGA DOIR BAYoNNOMAGA (MADRID, 1989 YIL 27-IYUN) QOʻShILIShI HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 23-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda maʼqullangan
2006-yil 23-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda maʼqullangan
Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) quyidagi shartlar inobatga olingan holda qoʻshilinsin:
1) Bayonnomaning 5 (2) (b) moddasiga taalluqli: “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro roʻyxatdan oʻtgan belgini muhofaza bilan taʼminlashni rad etishi toʻgʻrisida Xalqaro byuroning belgini Bayonnomaning 3ter moddasiga muvofiq muhofaza qilish Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllanilishi haqidagi bildirishnomasi olingan sanadan boshlab 18 oydan kechiktirmasdan Xalqaro byuroga maʼlum qiladi”;
2) Bayonnomaning 8 (7) (a) moddasiga taalluqli: “Oʻzbekiston Respublikasida Bayonnomaning 8-moddasida nazarda tutilgan qoʻshimcha va qoʻshilgan bojlardan ajratmaning bir qismi oʻrniga talabnoma beruvchidan yoki xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilgan belgining egasidan belgini muhofaza qilishga taalluqli boʻlganlik yoki xalqaro roʻyxatdan oʻtganlik muddatini uzaytirish toʻgʻrisida xalqaro talabnoma berganlik uchun yakka tartibda boj belgilanadi va undiriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-iyul,
OʻRQ-40-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 258-modda)