Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2007-YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KOʻRSATKICHLARI PROGNOZI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2006-yil 30-noyabrdagi 256-I-son qaroriga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjetining asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining, Respublika yoʻl jamgʻarmasining, budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasining 2007-yilgi asosiy parametrlari 3—5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1—5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. 2007-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish:
respublika budjeti mablagʻlarining 2007-yil boshidagi naqd pul kassa aylanmasining belgilangan normativdan ortiqcha boʻsh qoldiqlari hisobidan;
2007-yil 1-yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan tashqari davlat maqsadli jamgʻarmalarining qoldiq mablagʻlari hisobidan;
boshqa noinflyatsion manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
3. 2007-yil uchun:
yuridik shaxslardan foyda soligʻi stavkalari 6-ilovaga* muvofiq;
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 7 va 8-ilovalarga* muvofiq;
* 7 va 8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
roʻyxat boʻyicha respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan tovarlardan aksiz soligʻi stavkalari 9-1 va 9-2-ilovalarga* muvofiq;
* 9-1 va 9-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 10-ilovaga* muvofiq;
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 11-ilovaga* muvofiq;
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
katodli (tozalangan) mis ishlab chiqarishdan olingan ortiqcha foydadan soliq stavkalari 12-ilovaga* muvofiq;
* 12-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk soligʻi stavkalari 13 va 14-ilovalarga* muvofiq;
* 13 va 14-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
yer soligʻi stavkalari 15-ilovaga* muvofiq;
* 15-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yagona yer soligʻi stavkalari 16 va 17-ilovalarga* muvofiq;
* 16 va 17-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 18-ilovaga* muvofiq;
* 18-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar stavkalari 19 va 20-ilovalarga* muvofiq;
* 19 va 20-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
21-ilovaga* muvofiq belgilangan soliqqa tortish obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga 0,7 foizi miqdorida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga — 1,0 foizi miqdorida majburiy ajratmalar stavkalari tasdiqlansin.
* 21-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4. 2007-yil 1-yanvardan boshlab yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari, mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida 22-ilovada* keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda, 25 foizdan 24 foizgacha pasaytirilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab vaqtinchalik ishga layoqatsizlarga nafaqa toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar:
budjet tashkilotlari tomonidan — mehnat haqi fondiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan — foyda soligʻini hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
* 22-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
5. 2007-yilda:
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan dividendlar va foizlar tarzida olinadigan daromadlardan soliq stavkalari 10 foiz miqdorida;
fuqarolarning ish haqidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida saqlab qolinsin.
6. 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab ilgari toʻlanadigan soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar oʻrniga:
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
tayyorlov, taʼminot-sotish, brokerlik faoliyati, shuningdek komission shartnomalar (topshiriqlar) boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi joriy etilsin.
Yagona soliq toʻlovi stavkalari 23—25-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 23—25-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda yangi tahrirdagi Yagona soliqni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliqlar va majburiy toʻlovlar stavkalarini pasaytirish natijasida boʻshaydigan mablagʻlarni xodimlarning ish haqini oshirishga yoʻnaltirish tavsiya etilsin.
8. 2007-yil 1-yanvardan boshlab Navoiy, Jizzax va Fargʻona viloyatlari qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer soligʻini hisoblab chiqish tatbiq etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini yagona yer soligʻini hisoblab chiqish uchun Navoiy, Jizzax va Fargʻona viloyatlarining barcha qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga belgilangan tartibda yetkazsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarori 4-ilovasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari mikrokreditlash boʻyicha xizmatlarga joriy etilsin.
17. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajadagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlariga belgilab qoʻyiladigan soliq;
respublikada ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar toʻliq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilsin.
18. 2007-yil uchun:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalar va maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 26-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliq tushumlaridan ajratmalar normativlari 27-ilovaga* muvofiq;
respublika budjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 26—28-ilovalar berilmaydi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
tegishli budjetlarga dotatsiyalar, maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek Davlat budjetining birinchi navbatdagi xarajatlarini (hisoblab yozilgan ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtiriladigan toʻlovlarni) soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish;
respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va Andijon, Samarqand hamda Xorazm viloyatlari mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan miqdorlariga ushbu hududlarda shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olgan holda oʻzaro hisob-kitob qilish orqali daromadlar va xarajatlar oʻrtasida vujudga keladigan kassa boʻyicha tafovutlarni tartibga solgan holda aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.
20. 2007-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamgʻarmalari miqdorlari 29-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 29-ilova berilmaydi.
21. Belgilab qoʻyilsinki, 2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kreditlar hajmi 2006-yildagi xorijiy kreditlar boʻyicha asosiy qarzni toʻlash hajmidan ortiq boʻlmasligi kerak.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda sogʻliqni saqlash muassasalari tarmogʻini tarkibiy qayta qurish va maqbullashtirish, kasalxonalardagi samarasiz foydalanilayotgan oʻrinlar fondini oʻrta hisobda 20 foizga qisqartirish, boʻshaydigan mablagʻlarni ambulatoriya-poliklinika shoxobchalarini rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirish ishlarini yakunlasin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2007-yil 1-yanvardan boshlab kinofilmlar koʻrsatuvchi sayyor punktlarni tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
respublikaning ayrim tumanlari va shaharlaridagi birinchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish muassasalari, umumtaʼlim maktablari, maktab-internatlar va kasb-hunar kollejlarini moliyalashtirishning joriy tartibini koʻrsatilayotgan xizmatlarning amaldagi hajmlariga muvofiq chuqur tahlil etsin, 1 ta odam (1 ta oʻquvchi)ga normativ xarajatlardan kelib chiqqan holda moliyalashtirish mexanizmini maromiga yetkazsin;
2008-yilgi budjet loyihasi bilan bir vaqtda Sogʻliqni saqlash va taʼlim budjet tashkilotlarini 1 ta odam (1 ta oʻquvchi)ga normativ xarajatlardan kelib chiqib moliyalashtirishga oʻtish boʻyicha respublikaning ayrim tumanlari va shaharlarida tajriba oʻtkazish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi quyidagilarni nazarda tutgan holda 2007-yilda Davlat budjetining gʻazna ijrosi mexanizmlarini yanada kengroq tatbiq etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin:
2007-yilning 1-iyuligacha Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida joylashgan budjet tashkilotlari uchun budjetning gʻazna ijrosini bosqichma-bosqich joriy etish;
budjet tashkilotlari xarajatlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida hududiy gʻazna hisobvaraqlaridan toʻlash mexanizmini respublikaning barcha mintaqalarida 2007-yilning oxirigacha tatbiq etish;
Davlat budjetining barcha daromadlarini yagona gʻazna hisobvaragʻida jamlash va u orqali Davlat budjeti xarajatlari toʻlovini amalga oshirish, shuningdek Davlat budjetining yagona hisobvaraqlar rejasi asosidagi ijrosi toʻgʻrisida buxgalterlik hisob-kitobi va hisobotini tashkil etish yagonaligini taʼminlash imkonini beruvchi gʻaznachilik axborot tizimining funksional va texnikaviy tuzilmasi (ISUGF)ni ishlab chiqish uchun Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining qarz mablagʻlarini jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
a) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlarini aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin va:
Davlat budjeti daromadlarini 4263,8 mlrd. soʻm, xarajatlarini — 4332,6 mlrd. soʻm miqdorida hamda budjet taqchilligi hajmini yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,4 foizgacha kamaytirgan holda;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarini daromadlar boʻyicha 1357,3 mlrd. soʻm va xarajatlar boʻyicha — 1329,0 mlrd. soʻm miqdorida tasdiqlansin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2007-yil yanvar oyida 2006-yil uchun barcha darajalardagi budjetlar bilan yakuniy aylanmalar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solishga doir operatsiyalarni, Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda oʻtkazilgan operatsiyalarni aks ettirgan holda, oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi bajarilishini va Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti ijrosini tahlil etish natijalari boʻyicha, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti asosiy parametrlarini budjetning belgilangan taqchilligi doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin.
29. 2007-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2007-yilning 1-yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 31-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
31. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-dekabr,
PQ-532-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son qaroriga
30-ILOVA
30-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 636-modda)
2. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Jumhuriyat oʻquvchi-yoshlariga va mutaxassislariga chet tillarni keng koʻlamda oʻqitish tizimini takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga oid tadbirlar toʻgʻrisida” 1991-yil 29-iyuldagi 197-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshi*.
* 2007-yil 1-sentabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoʻshma korxonalar tashkil etishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 11-oktabrdagi 393-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 66-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 720-f-son farmoyishi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalarini oʻtkazishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda) 6-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2003-yil 2-iyuldagi 300-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 56-modda) 1-bandi va 3-bandining uchinchi xatboshi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 218-f-son farmoyishi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qarori) 2006-yil 22-fevraldagi 28-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 12-modda) ilovaning 3-bandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son qaroriga
31-ILOVA
31-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2007-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 636-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar tariflaridagi farqlarni budjetdan qoplash tartibida:
a) 4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshiga “aholi tomonidan markaziy isitishga va issiq suv taʼminotiga normativ boʻyicha isteʼmol qilinadigan issiqlik energiyasini hisobga olgan holda” soʻzlari qoʻshilsin;
b) “Aholi foydalanadigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni budjetdan qoplash hisob-kitobi” jadvali quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“200___ yil _________________________ da (yil choragi, yarim yillik, 9 oy, yil) aholi foydalanadigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni budjetdan qoplash HISOB-KITOBI | |||
| T/r | Koʻrsatkichlar | Oʻlchov birligi | Yilning 1 choragi (1-yarim yillik, 9 oy, yil) koʻrsatkichlari |
| 1. | Jami issiqlik energiyasi shu jumladan: a) ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi b) chetdan olingan issiqlik energiyasi |
Gkal | |
| 2. | Berilgan issiqlik energiyasi — hammasi (2a-band +2v-band) shu jumladan: a) aholiga — hammasi b) aholiga — tasdiqlangan isteʼmol normalariga muvofiq v) boshqa isteʼmolchilarga | Gkal | |
| 3. | Foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlov taqdim etilgan (QQSsiz) — hammasi, shu jumladan: a) aholiga b) boshqa isteʼmolchilarga |
ming soʻm | |
| 4. | Quyidagilarga beriladigan 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun shakllangan oʻrtacha tarif: a) aholiga (3a-band: 2a-band) b) boshqa isteʼmolchilarga (3b-band: 2v-band) |
soʻm | |
| 5. | 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun tariflardagi farq (4b-band - 4a-band) | soʻm | |
| 6. | Tariflardagi farq: a) aholiga beriladigan issiqlik energiyasining barcha hajmi uchun (2a-band x5-band) b) aholiga beriladigan issiqlik energiyasining normativ hajmi uchun (2b-band x 5-band) |
ming soʻm | |
| 7. | Aholi tomonidan normativ doirasida isteʼmol qilinadigan issiqlik energiyasi uchun budjetdan qoplanishi lozim boʻlgan tariflardagi farq (8-band+9a-band) yoki (8-band – 9a-band) | ming soʻm | |
| 8. | Budjetdan amalda qoplangani | ming soʻm | |
| 9. | Natija: a) budjetdan qoʻshimcha oʻtkazish (6b-band – 8-band) b) budjetga qaytarish yoki boʻlajak xarajatlarni qoplashga oʻtkazish (8-band – 6b-band) v) aholi tomonidan normativdan ortiqcha issiqlik energiyasi isteʼmol qilinganligi hisobiga vujudga kelgan xarajatlarni korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalariga oʻtkazish (6a-band – 6b-band) |
ming soʻm | |
| | | | |
| | Rahbar Bosh buxgalter |
| |
Izoh:
1. Hisob-kitob issiq suv taʼminoti va markaziy isitish boʻyicha alohida-alohida toʻldiriladi.
2. Markaziy isitish boʻyicha qoplashni hisoblab chiqarishda 2b-bandda aholi tomonidan issiqlik energiyasini isteʼmol qilish normasi kalendar oydan kelib chiqqan holda hisobga olinadi”.
1. Hisob-kitob issiq suv taʼminoti va markaziy isitish boʻyicha alohida-alohida toʻldiriladi.
2. Markaziy isitish boʻyicha qoplashni hisoblab chiqarishda 2b-bandda aholi tomonidan issiqlik energiyasini isteʼmol qilish normasi kalendar oydan kelib chiqqan holda hisobga olinadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlaridagi davlat ulushi boʻyicha dividendlar tarzidagi barcha daromadlarni hisobga olish va ularning monitoringi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1.5 boʻlimiga quyidagi mazmundagi 1.5.13-band qoʻshilsin:
“1.5.13. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq, ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi boʻyicha nafaqalar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar”;
b) 2.2 boʻlimiga quyidagi mazmundagi 2.2.17-band qoʻshilsin:
“2.2.17. Maʼmuriy maqsadlar uchun foydalaniladigan inventarlar va xoʻjalik anjomlari qiymatini hisobdan chiqarish boʻyicha xarajatlar hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar”;
v) 2.3 boʻlimiga quyidagi mazmundagi 2.3.21-band qoʻshilsin:
“2.3.21. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq, boshqaruv xodimlarining, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan boshqa xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi boʻyicha nafaqalar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar”;
g) 2.3.21-band 2.3.22-band deb hisoblansin;
d) 1-ilovada:
1.43-banddagi “2.3.21” raqamlari “2.3.22” raqamlari bilan almashtirilsin;
II boʻlim chiqarib tashlansin;
e) 2-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezervga ajratmalar”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Meʼyorlanadigan ayrim xarajatlar normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 9-apreldagi 166-son qarorida:
a) qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining monopol birlashmalar (korxonalar) Davlat reyestriga kiritilgan tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopol korxonalar tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar)ni shakllantirishda xarajatlarning ayrim moddalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Vakillik maqsadlariga xarajatlar normativlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 2-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“reklama uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushum yillik hajmining 2,0 foizi miqdorida”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tasdiqlangan normativlarni tabiiy monopoliyalar subyektlariga va monopol korxonalarga yetkazsin”;
d) 2-ilovadagi “2” raqami chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda):
a) 6-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni toʻlashga”;
b) Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibida:
26-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni toʻlashga”;
27-bandning birinchi xatboshidagi “budjet tashkilotida” soʻzlaridan keyin “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha toʻlanmagan nafaqalar” soʻzlari qoʻshilsin, “ushbu qarzni” soʻzlari esa “ushbu qarzlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-bandning birinchi xatboshidagi “kreditorlik qarzlar mavjud boʻlmasa yoxud ular” soʻzlari “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha toʻlanmagan nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud boʻlmasa yoxud ushbu qarzlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini sanitariya jihatidan tozalash tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 3-avgustdagi 302-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshidagi “obodonlashtirish ishlariga tushadigan yigʻimlar hisobiga” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalari oʻtkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda) 7-bandi uchinchi xatboshidagi “yalpi tushumdan yagona soliq” soʻzlari “yagona soliq toʻlovi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-martdagi PF-4209-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 92-modda)
12. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Salomatlik-2” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-yanvardagi 34-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, ular boʻyicha vositachilik toʻlovlari” soʻzlari “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Salomatlik-1) va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (Salomatlik-2) kreditlari boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, ular boʻyicha foizlar va vositachilik toʻlovlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) 3-ilovasiga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh. Tejalgan mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda ushbu mablagʻlar xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi boʻyicha toʻlanmagan nafaqalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda; 2007-y., 14-son, 138-modda; 2010-y., 13-son, 92-modda; 2017-y., 28-son, 636-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)