Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2007 11.10.2000 yildagi 393-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2007
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QO‘ShMA KORXONALAR TAShKIL ETIShGA XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB QILISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika mintaqalarida eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini yanada rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-noyabrdagi 459-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq joylarida yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarishni boshlagan vaqtdan boshlab uch yil muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shma korxonalar uchun ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyingi ikki yil davomida daromad (foyda) solig‘i stavkasi amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmalari bo‘yicha qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berishni va ularni uzaytirib berishni, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatga olishni va vaqtinchalik ro‘yxatda turishni uzaytirib berishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 11-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
393-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 344-modda; 2006-y., 51-52-son, 507-modda)