Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2020 12.12.2006 yildagi 256-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2020
Hujjat 12.12.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI IRRIGATSIYA VA DRENAJ MILLIY QOʻMITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiniig ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 12-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarori bilan tashkil etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi iqtisodiyotning suv isteʼmol qiladigan va suvdan foydalanadigan oʻzaro bogʻliq tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda suv resurslari keskin tanqis boʻlgan va vujudga kelgan noqulay ekologik vaziyat sharoitlarida, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha chet el ijobiy tajribasidan foydalangan holda yagona iqtisodiy, ilmiy-texnik suv xoʻjaligi va meliorativ siyosatni hayotga tatbiq qilishga daʼvat etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadigan kollegial organ hisoblanadi, uning tarkibiga turli vazirliklar va idoralar rahbarlaridan, irrigatsiya, drenaj va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat boʻlgan aʼzolar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining joʻnatiladigan xat-xabarlari Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi ramzidan foydalangan holda maxsus blankada rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining yuridik manzili: 700004, Toshkent shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 4-uy.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining maqsadi, vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika suv xoʻjaligini rivojlantirishga, suv resurslaridan samarali, ehtiyotlab foydalanishga, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga va unumdorligini oshirishga yoʻnaltirilgan yagona iqtisodiy va ilmiy-texnik suv xoʻjaligi siyosatini hayotga tatbiq etishga eng yuqori darajada koʻmaklashish, Oʻzbekistonning tarixiy tajribasini hamda boshqa mamlakatlarning ijobiy tajribasini chuqur oʻrganish va umumlashtirish asosida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash va tabiiy muhitni ekologik sogʻlomlashtirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqqan va amalga oshirgan holda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni taʼminlaydigan sugʻorishning ilgʻor texnikasi va texnologiyalarini joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi va uning doimiy ishchi guruhlari ishida ularning tarkibiga yetakchi mutaxassislar va olimlarni kiritish yoʻli bilan qatnashish, xalqaro kongresslar va mintaqaviy konferensiyalarni, shuningdek Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining seminarlari, simpoziumlari va boshqa anjumanlarini tashkil etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligini rivojlantirish sxemalarini tuzishni tashkil etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligining, yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari va tizimlarini modernizatsiya qilishning muammoli masalalarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya, drenaj sohasidagi oʻzaro bogʻliq tarmoqlarning umumiy manfaatlarini muvofiqlashtirish, suv resurslarini boshqarishni yaxshilash, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi boshqa milliy qoʻmitalari va xalqaro tashkilotlar tajribasini hisobga olgan holda suvlarning atrof muhit ekologiyasiga va shu kabilarga salbiy taʼsirini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlarning samarali loyihalari natijalari boʻyicha, suv resurslarini boshqarish, yerlarni irrigatsiyalash va melioratsiyalash sohasida respublikada bajarilayotgan qoʻshma loyihalar boʻyicha maʼlumotlar bankini tashkil etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa mamlakatlarning milliy qoʻmitalari bilan ilmiy, texnik va boshqa axborotlarni almashish yoʻli bilan boshqa mamlakatlarning sugʻoriladigan dehqonchilik borasidagi ilgʻor tajribasini targʻib qilish, eng yangi ilmiy va amaliy axborotlarni ommalashtirish, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi bosma nashrlarida eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining rejadagi majlislarini tashkil etish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslarini oqilona boshqarish, irrigatsiya va drenaj tizimlarini takomillashtirish, sugʻoriladigan yerlarni melioratsiyalashni yaxshilash, daryolar oʻzanlarini tartibga solish, suv resurslarini boshqarishni yaxshilash, shuningdek suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish muammolari boʻyicha davriy majlislar, seminarlar va konferensiyalarni tashkil etish va oʻtkazishda yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar potensialini va tashkiliy potensialni rivojlantirish maqsadida irrigatsiya, drenaj, suv resurslari, suv toshqinlarini tartibga solish sohasidagi mutaxassislar va rahbar xodimlar malakasini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolari va vakillarining Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarda, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining irrigatsiya va drenaj boʻyicha ishchi organlarida samarali ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining bosma nashrlarini (ilmiy jurnal, oylik va choraklik axborot nashrlarini) ommalashtirish, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga aʼzo mamlakatlarning milliy qoʻmitalari oʻrtasida ilmiy-texnik axborotlarni oʻzaro almashishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda irrigatsiya va drenaj muammolari boʻyicha ilmiy maqolalar va axborot tusidagi materiallarni Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining va Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan nashrlarida eʼlon qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya, drenaj, suv resurslari, shuningdek suv resurslariga nisbatan tejamli va ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish boʻyicha jamoatchilik fikrini shakllantirish tadbirlarida qatnashish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi huzurida tashkil etilgan yosh mutaxassislar guruhlari ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz tarkibiga jamoa va yakka tartibdagi aʼzolarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga aʼzolik badallarining oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining har yilgi hisobotlarini tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatiga uning raisi — lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari — Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi ustaviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi raisi rahbar organ — Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining Xalqaro Doimiy Kengashi aʼzosi hisoblanadi va Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining hisobot yilidagi faoliyati yakunlari boʻyicha Xalqaro Doimiy Kengashning har yilgi majlislarida qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoʻyilgan vazifalarning tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasida 7—9 kishidan iborat tarkibda Ishchi prezidium faoliyat koʻrsatadi. Ishchi prezidium aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolaridan, har ikki yilda ular tarkibiy sonining uchdan bir qismini almashtirish yoʻli bilan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlislarini joriy yilgi ish rejasiga muvofiq har chorakda bir marta tashkil qiladi va oʻtkazadi. Zaruriyatga koʻra, Ishchi prezidium qarori boʻyicha ish rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ish rejasiga kiritiladigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining Ishchi prezidiumi va tegishli tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, qoʻmitalar va shu kabilar) tomonidan tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlisiga materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlisi kun tartibiga kiritish uchun masalalarni tavsiya qilgan vazirliklar va idoralarning tegishli boshqarmalari, boʻlimlari tomonidan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Suv va yer resurslaridan foydalanish, yerlarni melioratsiyalashni yaxshilash va shu kabilar sohasidagi ayrim muhim va kompleks vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlarning unumdorligini oshirish muammolarini hal etish kengashining qoʻshma majlislarida muhokama qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Majlislar oraligʻida zudlik bilan hal etishni talab qiladigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining Ishchi prezidiumi tomonidan, tegishli qaror qabul qilgan holda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining tashkiliy-funksional vazifalari va majburiyatlarini bajarish rais oʻrinbosari (bosh kotib), ilmiy kotib, tarjimon va kotib-referentdan iborat tarkibdagi ishchi guruh tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlislari qarori majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashganda, oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais va Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolari oʻrtasida kelishmovchilik boʻlganda rais paydo boʻlgan kelishmovchilik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda oʻz qarorini hayotga tatbiq qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolari esa, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz mulohazalarini yozma ravishda taqdim etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatini moliyalashtirish va hisobot berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi ishchi guruhi faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi tomonidan Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga har yilgi aʼzolik badallarini toʻlash budjet mablagʻlari hisobiga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining umumiy smetasi doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi ishchi guruhi xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali belgilangan tartibda tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishchi prezidium har yilgi ish rejasini ishlab chiqadi va yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotni tuzadi. Hisobot va ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi majlisida koʻrib chiqilgandan keyin rais tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining hisobot yilidagi faoliyati toʻgʻrisida axborot joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyati belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 12-dekabrdagi
256-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

Hamrayev Sh.R. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
‎ oʻrinbosari – Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi — Irrigatsiya
‎ va drenaj milliy qoʻmitasi raisi ‎
Muxamednazarov L.X.‎ —‎‎ Rais oʻrinbosari (Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi bosh kotibi) ‎
Alixonov B.B. ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi ‎
Ishanov H.H.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasi qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi
‎mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari
‎ axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi‎
Kamolov T.K.‎ —‎‎ “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisi ‎
Abdurahmonov B.A.‎ —‎‎ “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi
‎raisining birinchi oʻrinbosari‎
Toʻychiyev I.T.‎ —‎‎ Moliya vazirligi Agrosanoat kompleksini moliyalashtirish boshqarmasi boshligʻi‎
Azimov U.A.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari ‎
Primov Sh.O.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Yerlarni melioratsiyalash boshqarmasining boshligʻi‎
Toshev A.X.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Suv resurslari balansi va suvni tejaydigan
‎texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasining boshligʻi ‎
Myagkov S.V.‎ —‎‎ “Oʻzgidromet” markazi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti
‎direktorining oʻrinbosari‎
Abdullayev U.V.‎ —‎‎ “UZGIP” masʼuliyati cheklangan jamiyat raisi‎
Mahmudov E.J.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Suv muammolari institutining direktori ‎
Yusupov Sh.T.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi
‎ huzuridagi manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi markazi direktori ‎
Raximov Sh.X.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining SANIIRI ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
‎ bosh direktori ‎
Srajitdinov R.Z.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvtaʼmirfoydalanish” respublika
‎birlashmasi boshligʻi ‎
Jigarev S.D.‎ —‎‎‎ “GIDROPROEKT” ochiq aksiyadorlik jamiyatining direktori ‎
Liskov Y.N.‎ —‎‎‎ “Energiya” birlashgan dispetcherlik markazi boshligʻi (kelishuv boʻyicha)‎
Boʻronov U.K.‎ —‎‎‎ Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasining GEF agentligi rahbari vazifasini
‎bajaruvchi (kelishuv boʻyicha)‎
Antonov V.I.‎ —‎‎‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Suvloyiha” ishlab chiqarish birlashmasi
‎texnik direktori ‎
Umarov U.U.‎ —‎‎‎‎‎ Oʻzbekiston Milliy universitetining professori‎
Hamidov M.X.‎ —‎‎‎‎‎ Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti gidromelioratsiya fakultetining dekani‎
Xudoyberganov Y.X.‎ —‎‎‎‎‎ “Amudaryo” havza suv xoʻjaligi birlashmasining boshligʻi (kelishuv boʻyicha)‎
Rahmatov N.R.‎ —‎‎‎‎‎‎ “Sirdaryo” havza suv xoʻjaligi birlashmasi boshligʻining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda qoʻmita tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaning 23-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi”;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 va 3a-ilovalarning “Vazirning birinchi oʻrinbosari — Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi” blokidagi, shuningdek 5-ilova 18-bandining birinchi xatboshidagi “birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻrinbosar” soʻzi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Suv xoʻjaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 21-iyuldagi 320-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 65-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovadagi “Irrigatsiya va drenaj boʻyicha respublika qoʻmitasi” soʻzlari “Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-ilovaning 7-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “oʻrinbosari” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Irrigatsiya va drenaj boʻyicha respublika qoʻmitasi” soʻzlari “Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2004-yil 4-iyundagi 257-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 51-modda) ilovadagi “Irrigatsiya va drenaj boʻyicha respublika qoʻmitasi” soʻzlari “Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.