O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar va korxonalar ro‘yxati 1, 2-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 281-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 362-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi apparati tuzilmasi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi apparatining namunaviy tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlarining tuzilmasi, apparati xodimlarining toifalariga ko‘ra cheklangan soni 4b-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi hamda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar 6, 6a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida 15 kishidan iborat hay’at tuziladi. Hay’at tarkibiga Qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoqlari va sohalari muammolarini hal etish bo‘yicha kengashlar raislari kiradi. Hay’atning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xizmat ko‘rsatuvchi, tayyorlov hamda qayta ishlash korxonalari va tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan o‘zaro munosabatlariga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalariga xo‘jaliklar tomonidan g‘o‘za va don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishga doir tavsiyalarga rioya etishlari ustidan nazoratni ta’minlash yuklanadi.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari, tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, tumanlar hokimliklariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga bo‘ysunadilar va hisob beradilar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi;
viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari rahbarlari viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi;
tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari rahbarlari tumanlar hokimlari taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri hamda viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.
6. Tumanlar hokimliklariga viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari bilan kelishgan holda, xodimlarning mazkur qarorda tasdiqlangan cheklangan sonidan (4b-ilova) hamda tumanlarning qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvidan kelib chiqib 1, 2 va 3-toifaga kiruvchi qishloq tumanlari uchun belgilangan yagona tarif setkasiga qat’iy muvofiq holda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari apparati xodimlarining aniq sonini va shtat jadvalini belgilash huquqi berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, shuningdek tegishli uyushmalar, tashkilotlar va korxonalar muassislarining 7-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlarni tugatish, qayta tashkil etish hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorga 7-ilovaga muvofiq korxonalar va tashkilotlarning belgilangan tartibda tugatilishini, qayta tashkil etilishini ta’minlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Hukumat qarorlari loyihasini kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, Respublika chorvadorlar ilg‘or tajribasi maktabida va Respublika bog‘bonlar maktabida 2008-yildan boshlab o‘qishga qabul qilinadigan o‘quvchilarni o‘qitish budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga 7-ilovaga muvofiq xo‘jalik birlashmalarining, tashkilotlar va korxonalarning tugatilishi bosqichma-bosqich O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqarilishi, hamda qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shayotgan binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkdan samarali foydalanish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi respublika tashkilotlari va hududiy bo‘linmalarining davlat korxonalarini kelgusida xususiylashtirish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 28-iyun,
290-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-iyundagi 257-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plamlari, 2004-y., 22-23-son, 262-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar va korxonalar
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
2. G‘o‘za urug‘chiligi respublika markazi
3. “O‘zzoovetta’minotxizmat” respublika birlashmasi
4. “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi
5. “Suvmaxsusta’mirqurilish” uyushmasi
6. “O‘zsuvxorijiyqurilish” respublika tashqi iqtisodiy korxonasi
7. “O‘zmaxsussuvdrenaj” uyushmasi
8. “O‘zsuvloyiha” uyushmasi
9. “O‘zirta’mirqurilish” uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1049-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 5-son, 36-modda)
11. Suv xo‘jaligi sanoat korxonalari uyushmasi
12. SANIIRI ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
13. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi
14. Veterinariya bosh davlat boshqarmasi va uning bo‘linmalari
15. “O‘zsuvta’mirfoydalanish” respublika birlashmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 933-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son)
17. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi
18. “O‘zdavtexnazorat” mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi
19. “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi
20. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi
21. Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi (“O‘zdavurug‘nazoratmarkaz”)
22. Davlatlararo muvofiqlashtirish suv xo‘jaligi komissiyasining ilmiy-axborot markazi
Oldingi tahrirga qarang.
Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48-50-son, 488-modda)
24. Markaziy texnologiya va dispetcherlik xizmati
25. Toshkent davlat agrar universiteti
26. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
27. Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti
28. Andijon qishloq xo‘jaligi instituti
29. Suv xo‘jaligining foydalanish va boshqa tashkilotlari
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. “Pilla” hududiy birlashmalari.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori asosida 31-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 281-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 362-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi apparati tuzilmasi
Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi apparatining namunaviy tuzilmasi
Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlarining tuzilmasi va apparati xodimlarining cheklangan soni
|
Lavozimlar nomi |
Qishloq tumanlari toifalari | ||
|
I guruh |
II guruh |
III guruh | |
| Tuman bo‘limi boshlig‘i |
1 |
1 |
1 |
| Bo‘lim boshlig‘ininig o‘rinbosari |
2 |
2 |
1 |
| Bosh mutaxassis |
3 |
2 |
1 |
| Etakchi mutaxassis |
4 |
2 |
2 |
| Mutaxassis |
4 |
3 |
2 |
| Suvdan foydalanish va yerlarni melioratsiyalash masalalari: |
| | |
| Boshliq o‘rinbosari |
1 |
1 |
1 |
| Bosh mutaxassis |
1 |
1 |
1 |
| Etakchi mutaxassis |
3 |
2 |
1 |
| mutaxassis |
4 |
3 |
2 |
| Jami xodimlarning cheklangan soni |
23 |
17 |
12 |
Izoh: mutaxassis atamasiga agronomlar, mexanizatorlar, muhandislar, iqtisodchilar, buxgaltyerlar, melioratorlar, chorvadorlar hamda qishloq va suv xo‘jaligiga taalluqli boshqa mutaxassisliklar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
4. Vazirlik qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi, o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘z tasarrufidagi respublika organlari va hududiy organlar orqali hal etadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
5. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga egadir.
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Vazirlikning vazifalari hisoblanadi:
qishloq xo‘jaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan yagona agrotexnika siyosatini amalga oshirish;
zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatayotgan tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijara munosabatlarini, oila pudratini, fermer xo‘jaliklarini keng rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligini yuritishni va qishloq xo‘jaligi ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
seleksiya, urug‘chilik, naslchilik ishlari, sohasida davlat siyosatini olib borish hamda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 933-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son)
irrigatsiya tizimlarini havzalar bo‘yicha boshqarish prinsiplari asosida yer usti suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplarini joriy etish;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
davlat suv xo‘jaligi tizimidan foydalanilishini va uning zamonaviylashtirilishini ta’minlash;
ilgaridan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni o‘zlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya siyosatini ishlab chiqishda qatnashish;
(6-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
er va suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
o‘ziga qarashli tashkilotlar va korxonalarni ilmiy-texnik va axborot bilan ta’minlash;
qishloq va suv xo‘jaligi rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
(6-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qaroriga asosan chiqarilgan —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
7. Yuklangan vazifalarga muvofiq Vazirlik quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
qishloq va suv xo‘jaligi sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, ularni ro‘yobga chiqarish strategiyasi va mexanizmlari bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqadi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori konyunkturasi marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi, qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarini zarur axborot bilan ta’minlaydi;
qishloq va suv xo‘jaligiga tashqi va ichki investitsiyalarni jalb etishda ishtirok etadi, budjet mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlaydi;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
qishloq va suv xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
navlarni sinash, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi istiqbolli navlarini yaratish va ko‘paytirishga ixtisoslashtirilgan o‘ziga qarashli elita va urug‘chilik xo‘jaliklari ishini muvofiqlashtiradi;
tarmoqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish va mehnatni tashkil etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 933-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son)
seleksiya-naslchilik ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
suv resurslari balansini ishlab chiqadi, suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilaydi;
suvdan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli tartibi amalga oshirilishini ta’minlaydi;
(7-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa birlashmalarini tashkil etish va rivojlantirishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
(7-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
havza prinsipi asosida yer usti suv resurslari boshqarilishini amalga oshiradi;
suv resurslaridan foydalanishda o‘zaro munosabatlarning bozor prinsiplarini va iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yerlarni o‘zlashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;
kanallar va kollektorlardan, suv omborlari, nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlaridan va boshqa davlat suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishni tashkil etadi;
(7-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv iste’molchilari uyushmalarining suv xo‘jaligi obyektlaridan texnik foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
(7-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv resurslari hisobini olib boradi va ulardan foydalanilishini nazorat qiladi, “Suvdan foydalanish” bo‘limi bo‘yicha davlat suv kadastrini yuritishda qatnashadi;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, sug‘orish va kollektor-drenaj suvlari sifati ustidan monitoringni amalga oshiradi;
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik sun’iy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suv iste’moliga ruxsatnomalar beradi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlariga tabiiy yuza suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish va suv iste’moliga ruxsatnoma berish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
(7-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqadi;
transchegara suv resurslari va obyektlarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
qishloqning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning yigirma oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot, loyihalash-qidiruv va konstruktorlik ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, ularni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, ularning natijalari amaliyotga joriy etilishiga ko‘maklashadi;
(7-bandning yigirma yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
qishloq va suv xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlik qilishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
(7-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
respublika o‘quv yurtlarida va ilmiy muassasalarida, shuningdek xorijda shirkat va fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasi oshirilishini va tajriba almashuvini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning o‘ttizinchi — o‘ttiz uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qaroriga asosan chiqarilgan —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
8. Vazirlik:
paxtachilikni rivojlantirish;
g‘allachilikni rivojlantirish;
sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumchilikni rivojlantirish hamda ularni kompleks qayta ishlash;
chorvachilikni rivojlantirish;
er-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish muammolari bo‘yicha Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
III. Vazirlikning huquqlari
9. Vazirlik quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
kelishish uchun o‘ziga taqdim etiladigan yer va suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar loyihalari va takliflar yuzasidan xulosalar berish;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan respublika hududiga jahonning epizootik jihatdan nosog‘lom mintaqalaridan chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari, shuningdek dehqonchilik mahsulotlari va urug‘lik keltirilishini taqiqlash;
suv manbalariga suv kelishi o‘zgargan taqdirda suv olish limitlariga o‘zgartirishlar kiritish;
limitdan ortiq suv olingan, suv resurslaridan xo‘jasizlarcha, nooqilona foydalanilgan taqdirda suv berishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qo‘llash;
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv resurslarini samarali boshqarganlik va ulardan tejamli foydalanganlik uchun suvdan foydalanuvchilarni va suv iste’molchilarini iqtisodiy rag‘batlantirishni tashkil etish;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning to‘qqizinchi xaboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son)
o‘ziga qarashli budjet korxonalari va tashkilotlarida davlat mulkini belgilangan tartibda boshqarish;
ommaviy axborot vositalari ta’sis etish.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari va normativ-huquqiy hujjatlarining vazirliklar, idoralar, muassasalar, joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
IV. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish muammolarini hal etish bo‘yicha Kengashlar
11 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi boshqaruvi markaziy apparati tuzilmasida:
paxtachilikni rivojlantirish;
g‘allachilikni rivojlantirish;
sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumchilikni rivojlantirish hamda ularni kompleks qayta ishlash;
chorvachilikni rivojlantirish;
er-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish muammolarini hal etish bo‘yicha Kengashlar tuziladi.
Kengashlar to‘g‘risidagi nizomlar Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
12. Quyidagilar Kengashlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli tarmoqlarni isloh qilish va rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha aniq tavsiyalarni ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini, ular samaradorligini oshirish yo‘nalishlari va yo‘llarini belgilash;
har bir mintaqaning iqlim, ob-havo sharoitlarini va xususiyatlarini hisobga olgan holda ekinlarni kelgusida va har bir qishloq xo‘jaligi yilida oqilona joylashtirish bo‘yicha aniq agrotexnologiya tavsiyalarini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligida, shuningdek naslchilik ishlarida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
zamonaviy, resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
13. Kengashlarning tarkibiga, egallab turgan lavozimlari va ilmiy unvonlaridan qat’i nazar, fan va amaliyotning tegishli sohalarida obro‘si e’tirof etilgan yetakchi mutaxassislar va olimlar jamoatchilik asosida kiradilar. Kengashlar a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirlik hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
14. Kengashlarning raislari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati a’zolari hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Kengashlarning barcha tavsiyalari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati majlislarida muhokama qilinadi, uning qarorlarining bajarilishi majburiydir.
16. Kengashlarning ishchi organlari funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli boshqarmalari va bo‘limlariga yuklanadi.
V. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
17. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.
Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan besh nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
18. Vazirning suv xo‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘rinbosari ayni vaqtda Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasining boshlig‘i hisoblanadi.
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining bosh direktori lavozimiga ko‘ra vazir o‘rinbosari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari ijtimoiy va maishiy xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48-50-son, 488-modda)
19. Vazir:
Vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va majburiyatlar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va zarurat bo‘lganda xodimlarning shtatda belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining va o‘ziga qarashli budjet tashkilotlarining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega;
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, uning hududiy organlari rahbarlarini, shuningdek tasarrufidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish muammolari bo‘yicha Kengashlar to‘g‘risidagi nizomlarni, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Magistral kanallar (tizimlar) va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek tasarrufidagi budjet tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomlarni (ustavlarni) tasdiqlaydi;
Vazirlikning, uning hududiy organlarining, tasarrufidagi tashkilotlarning xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va yo‘riqnomalar chiqaradi, ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi;
hududiy organlar va tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarni (ko‘rsatmalarni) bekor qiladi;
qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
20. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalari muammolarini hal etish Kengashlari raislari, agrosanoat kompleksi tizimining ayrim bo‘linmalari, vazirliklari va idoralari rahbarlaridan, shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Vazirlik faoliyatining qishloq xo‘jaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan yagona agrotexnika siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish, agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek seleksiya, urug‘chilik, naslchilik ishlari sohasida davlat siyosatini olib borish hamda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, irrigatsiya tizimlarini havzalar bo‘yicha boshqarish prinsiplari asosida yer usti suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplarini joriy etish, shuningdek ilgaridan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 933-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son)
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari hamda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari boshqarmalari Vazirlikning hududiy organlari hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari hamda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga hamda Vazirlikka bo‘ysunadilar va hisob beradilar.
22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari rahbarlari viloyatlar hokimlari taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
23. Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari boshliqlari tuman hokimlari taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri hamda viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.
24. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, Magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari boshqarmalari boshliqlari lavozimga Vazir tomonidan tanlov asosida tayinlanadi.
Tanlovni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik va uning hududiy organlari ekspert va maslahat organlari tashkil etishga haqlidir, ular to‘g‘risidagi nizomlar tegishli ravishda Vazir yoki hududiy organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida Vazirlik tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning, shu jumladan qishloq xo‘jaligi korxonalarining xo‘jalik hisobidagi faoliyatidan shartnomalar asosida (ixtiyoriy tartibda) o‘tkaziladigan ajratmalar uning manbalari hisoblanadigan Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari Vazirlikning ilmiy-tadqiqot, noshirlik ishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini, qishloq va suv xo‘jaligi viloyatlar boshqarmalarini va tumanlar bo‘limlarini, vazirlik huzuridagi Loyihalarni amalga oshirish markazini ta’minotiga yo‘naltiriladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-dekabrdagi 336-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 595-modda)
Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
26. Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini, qishloq va suv xo‘jaligi viloyatlar boshqarmalarini va tumanlar bo‘limlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-dekabrdagi 336-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 595-modda)
Bunda budjet mablag‘lari hisobidan — ish haqini va bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni, Jamg‘arma hisobidan esa — bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni va bir oylik maosh miqdoridagi moddiy yordamni to‘lash xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moliyalashtiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
27. Vazirlik faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi to‘g‘risida
Namunaviy nizom
I.Umumiy qoidalar
1. Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining hududiy organi hisoblanadi hamda o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli viloyat hududida amalga oshiradi.
2. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati qarorlariga va Vazirlik buyruqlariga, viloyat hokimligi qarorlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bevosita, shuningdek tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari hamda o‘ziga qarashli tashkilotlar va korxonalar orqali hal etadi.
4. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
5. Boshqarma viloyatda agrar siyosat o‘tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mintaqada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muhim turlarini barqaror yetishtirishni ta’minlovchi dehqonchilik, agrotexnologiyalar va suvdan foydalanishning va suv iste’molining ilg‘or tizimlarini joriy etishga qaratilgan agrar siyosatni amalga oshirish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
g‘o‘za va don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirish yuzasidan tavsiyalarga xo‘jaliklar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, ularning ro‘yobga chiqarilishi va hududda mulkchilik va xo‘jalik yuritishning turli shakllari rivojlantirilishi monitoringini olib borish;
yer resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini, tuproq unumdorligini oshirishni ta’minlash;
kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishi monitoringini olib borish, tuzilgan shartnomalarni umumlashtirish asosida paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni xaridi hajmlari to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘stirishning yangi ilg‘or agrotexnologiyalari joriy etilishini tashkil etish;
seleksiya, urug‘chilik, naslchilik ishlari sohasidagi ilmiy tadqiqotlar yutuqlarini, resurslarni va suvni tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga ko‘maklashish;
investitsiyalarni jalb etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi monitoringida qatnashish;
qishloqda ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi suvdan foydalanuvchilariga ma’muriy tumanlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash va ularga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashish;
(5-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv resurslaridan oqilona foydalanilishiga, ularning samaradorligini oshirishga, suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun boshqa suv iste’molchilari tomonidan suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishga, suvdan foydalanuvchilar tomonidan suvning hisobga olinishini tashkil etishga ko‘maklashish;
(5-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
limitlangan suvdan tejab foydalanish uchun suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun boshqa suv iste’molchilari rag‘batlantirilishini tashkil etish;
(5-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv iste’molchilari uyushmalarining suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish ishlari va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlari bajarilishini, shuningdek suvdan foydalanish va suv iste’molini hisobga olishni tashkil etish, shuningdek ularni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirish;
(5-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
viloyatda suv iste’molchilari uyushmalari tashkil etilishi, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishida ko‘maklashish;
(5-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi, zimmasiga nazorat funksiyalari yuklangan viloyat inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish, ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
6. Yuklangan vazifalarga muvofiq Boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
qishloq va suv xo‘jaligi korxonalariga ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatni tashkil etishda metodik yordam beradi;
fermerlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)ni fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini bozor konyunkturasi to‘g‘risidagi axborot hamda ilg‘or texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash tajribasi haqidagi boshqa ilmiy-texnika va axborot materiallari bilan ta’minlaydi;
kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishi monitoringini yuritadi, tuzilgan shartnomalar asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini yetishtirish hajmlari to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishini nazorat qiladi;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va yer-suv resurslaridan foydalanishdagi ilg‘or texnologiyalar va tajribalarni joriy etish bo‘yicha seminarlar tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun infratuzilmani tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashadi;
mehnatni tashkil etish va ichki xo‘jalik munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni amalga oshiradi;
almashlab ekishni joriy etishni tashkil qilish, ekin maydonlari tarkibini, navlarni almashtirishni va qishloq xo‘jaligi ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishni takomillashtirish, tuproqni himoya qiluvchi va suvni tejovchi samarali texnologiyalarni o‘zlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi;
seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash, sun’iy qochirish tadbirlarini amalga oshiradi, ularning monitoringini olib boradi;
Havza irrigatsiya tizimlarining suv xo‘jaligi kengashlari ishida qatnashadi;
qishloq xo‘jaligi suvdan foydalanuvchilariga ma’muriy tumanlar bo‘yicha suv berish limitlarini belgilash yuzasidan Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga takliflar kiritadi;
umuman viloyat bo‘yicha suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilari bilan suvdan foydalanish va suv iste’moliga shartnomalar tuzish bo‘yicha ishlarga ko‘maklashadi va ularni muvofiqlashtiradi;
(6-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
takliflarni ishlab chiqishda hamda suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishni tashkil etishda qatnashadi;
(6-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv resurslaridan foydalanishni tahlil qiladi va Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasiga limitlangan suvdan tejab foydalanganlik uchun suvdan foydalanuvchilarni va suv iste’molchilarini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
(6-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv iste’molchilari uyushmalarini rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritadi va ularni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ta’minlanishida ko‘maklashadi, ularni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
(6-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv iste’molchilari uyushmalari faoliyati, ularning suv xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash-tiklash ishlari o‘tkazilishi va suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilishi ustidan monitoring olib boradi;
(6-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
xo‘jalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini suv o‘lchash qurilmalari bilan jihozlash ishlariga ko‘maklashadi va ularni muvofiqlashtiradi;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va ularni rekonstruksiya qilish hamda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
korxonalarning qishloq va suv xo‘jaligi kadrlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi, qishloq yoshlarini o‘qishga yuborish uchun tanlashda, shuningdek ularni ishga joylashtirishda yordam ko‘rsatadi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’atining Kengashlar tavsiyalari asosida qabul qilingan qishloq xo‘jaligi salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha qarorlarini amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;
qishloq va suv xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining, shuningdek fermer xo‘jaliklari rahbarlarining malakasini oshirishni tashkil etadi;
tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlariga kadrlar bilan ishlashni takomillashtirishda va ularning malakasini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
III. Boshqarmaning huquqlari
7. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
er va suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risida kelishish uchun unga taqdim etiladigan qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;
er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish to‘g‘risida iltimosnomalar kiritish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
8. Boshqarmaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari boshqarmaning tegishli hududiy organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
IV. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
9. Boshqarmaga viloyat hokimining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
10. Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari viloyat hokimining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
11. Boshqarma boshlig‘i:
boshqarma faoliyatiga yakka boshchilik asosida rahbarlik qiladi va Boshqarmaga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
viloyat boshqarmasi apparati shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va zarurat bo‘lganda tasdiqlangan tuzilmaga shtatdagi xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega;
viloyat boshqarmasi apparati xodimlarini, o‘ziga qarashli tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini, shuningdek tumanlar hokimlarining taqdimnomasiga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
viloyat boshqarmasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, o‘ziga qarashli davlat korxonalari va tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomlarni (ustavlarni) tasdiqlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida boshqarmaning tegishli hududiy organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlarini to‘xtatish va ularning oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi va tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari, o‘ziga qarashli tashkilotlar xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari hamda o‘ziga qarashli tashkilotlarning ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarini (yozma ko‘rsatmalarini) bekor qiladi.
12. Boshqarma huzurida tarkibiga boshqarma boshlig‘i (Kengash raisi), lavozimiga ko‘ra Kengash tarkibiga kiruvchi boshliq o‘rinbosarlari, shuningdek boshqa yuqori malakali xodimlar kiradigan Kengash tashkil etiladi. Kengash 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Kengashning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi, Kengash qarorlari Boshqarma boshlig‘ining buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Boshqarma boshqa ekspert yoki maslahat organlarini ham tashkil etishi mumkin, ular to‘g‘risidagi nizomlar viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
13. Budjet mablag‘lari hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, suv resurslarini boshqarish bo‘yicha esa — budjet mablag‘lari Boshqarmani moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Bunda budjet mablag‘lari hisobidan — ish haqini va bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan esa — bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni va bir oylik maosh miqdoridagi moddiy yordamni to‘lash xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moliyalashtiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
14. Boshqarma faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi to‘g‘risida
Namunaviy nizom
I.Umumiy qoidalar
1. Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining hududiy organi hisoblanadi hamda o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli tuman hududida amalga oshiradi.
2. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati qarorlariga va Vazirlik buyruqlariga, viloyat hokimligi qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, Kengash qarorlariga hamda viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi buyruqlariga, tuman hokimligi qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Bo‘lim yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
II. Tuman bo‘limining vazifalari
4. Bo‘lim tumanda agrar siyosat o‘tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
seleksiya, urug‘chilik va agrotexnologiyalarni yaxshilash ishlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirishning yangi agrotexnologiyalarini joriy etish;
qishloqda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi, qishloq xo‘jaligida ijara va pudrat munosabatlari rivojlantirilishi ishlarini tashkil etish va monitoringini yuritish;
fermer xo‘jaliklarining keng rivojlanishiga har tomonlama ko‘maklashish;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bozor infratuzilmasi rivojlantirilishini tashkil etish;
er va suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tuman suv iste’molchilari uyushmalari bo‘yicha suv olish limitlarini belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash, bozor prinsiplari va mexanizmlari amalga oshirilishiga ko‘maklashish, shuningdek limit bo‘yicha suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya qilish;
(4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
limitlangan suvdan tejab foydalanilishi uchun suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklarini va tumanning boshqa qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilarini rag‘batlantirishni tashkil etish;
(4-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv iste’molchilari uyushmalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilari tomonidan suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilishda qatnashish;
(4-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv iste’molchilari uyushmalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni ta’minlash, ularning tashkil etilishiga va samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish;
(4-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
xo‘jalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini, suvni hisobga olish tizimlarini ta’mirlash va rivojlantirish hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
ilg‘or tajribani, ilmiy tadqiqotlar yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ishlarini tashkil etish;
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridi bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilishi monitoringini tashkil etish;
naslchilik ishlarini, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi, zimmasiga nazorat funksiyalari yuklangan tuman inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
mutaxassislar malakasini oshirishni tashkil etish.
5. Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida shartnomalar tuzilishini tashkil etishda ko‘maklashadi;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish hajmlari to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;
kontraktatsiya shartnomalari bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi shirkatlari boshqaruvi, oilaviy pudratchilar va ijarachilar o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik ichki shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va ularning bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, ekologiya jihatidan xavfsiz texnologiyalarni joriy etish tadbirlarini tashkil qiladi;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mineral va organik o‘g‘itlardan samarali foydalanishda yordam ko‘rsatadi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish bo‘yicha himoya va oldini olish kompleks tadbirlarini o‘tkazishda ko‘maklashadi;
chorvachilikda seleksiya-naslchilik ishlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, veterinariya va servis xizmatlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 933-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son)
sug‘orishning ilmiy asoslangan rejimlari, suvni tejovchi tadbirlar va texnologiyalar joriy etilishini tashkil etadi;
magistral kanallar (tizimlar) va irrigatsiya tizimlari boshqarmalarining Suv xo‘jaligi kengashlari ishida qatnashadi;
irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga tuman suv iste’molchilari uyushmalari bo‘yicha suv olish limitlarini belgilash yuzasidan takliflar kiritadi;
(5-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
tumanda suvdan foydalanish yuzasidan suv iste’molchilari uyushmalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilari bilan shartnomalar tuzish ishlariga ko‘maklashadi va ularni muvofiqlashtiradi;
(5-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
takliflar ishlab chiqishda hamda suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishni tashkil etishda qatnashadi;
(5-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
sug‘orish suvidan foydalanilishini tahlil qiladi hamda suv iste’molchilari uyushmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilarini limitlangan suvdan tejab foydalanganligi uchun rag‘batlantirish bo‘yicha viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasiga takliflar kiritadi;
(5-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv iste’molchilari uyushmalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ta’minlanishiga ko‘maklashadi, ular bajarilishining monitoringini olib boradi, ularni tashkil etishda va ularning faoliyat ko‘rsatishida metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
(5-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
xo‘jalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini suvni o‘lchash qurilmalari bilan jihozlash ishlariga ko‘maklashadi va ularni muvofiqlashtiradi;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilish hamda tuproq unumdorligini oshirish ishlarini tashkil etadi;
xo‘jalik ichki gidromelioratsiya tizimlarini ta’mirlash va ularni rivojlantirish, shuningdek suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlarini umumiy muvofiqlashtirishni olib boradi;
“O‘zsuvnazorat” inspeksiyasi bilan birgalikda, shuningdek irrigatsiya tizimlari boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlikda suvdan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashadi;
(5-bandning yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasiga sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritadi;
axborot ta’minotini amalga oshiradi hamda fan yutuqlari, agrotexnika, resurslarni va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda ko‘maklashadi;
muqobil mashina-traktor parklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi va ularning monitoringini olib boradi;
qishloq va suv xo‘jaligi rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirishni tashkil etadi.
III. Bo‘limning huquqlari
6. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
er va suv resurslaridan foydalanishga doir qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;
er to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida iltimosnomalar kiritish;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunlar buzilishini to‘xtatish va ularning oqibatlarini tugatish to‘g‘risida o‘z vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini ko‘zlab xo‘jalik sudlariga da’vo arizalari berish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
7. Bo‘limning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
IV. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish
8. Bo‘limga tuman hokimining taqdimnomasiga ko‘ra viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
9. Bo‘lim boshlig‘i:
bo‘lim faoliyatiga yakka boshchilik asosida rahbarlik qiladi va bo‘limga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
boshliq o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun nomzodlarni viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasiga taqdim etadi;
Bo‘lim apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Bo‘lim xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi.
10. Budjet mablag‘lari hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Bo‘limni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Bunda budjet mablag‘lari hisobidan — ish haqini va bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan esa — bir oylik maosh miqdoridagi mukofotni va bir oylik maosh miqdoridagi moddiy yordamni to‘lash xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moliyalashtiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
11. Bo‘lim faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
Tugatiladigan, qayta tashkil etiladigan hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqariladigan tashkilotlar va korxonalar
RO‘YXATI
|
T/r |
Tashkilotlar va korxonalar nomi |
Qayta tashkil etish va tugatish |
| 1. | Mehnat bo‘yicha respublika normativ-tadqiqot stansiyasi | Uning funksiyalari va mutaxassislarini Agrasanoat kompleksida bozor islohotlari O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot institutiga bergan holda tugatiladi |
| 2. | Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi | Mol-mulki va shtatlar sonini tashkil etilayotgan tumanlararo xo‘jalik sudlariga bergan holda tugatiladi |
| 3. | Respublika suv xo‘jaligi kengashi (Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha milliy qo‘mita) | Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha milliy qo‘mitaga aylantiriladi |
| 4. | “O‘zsabzavotnavurug‘lari” uyushmasi | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqariladi |
| 5. | “O‘zparrandasanoat” uyushmasi | Uning tarkibiga kiruvchi korxonalarni xususiy mulk etib qayta o‘zgartirgan holda tugatiladi |
| 6. | “Asal” uyushmasi | Uning tarkibiga kiruvchi xo‘jaliklarni hududiy qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari tasarrufiga bergan holda tugatiladi |
| 7. | “O‘zmevasabzavot” uyushmasi | Uning tarkibiga kiruvchi xo‘jaliklarni hududiy qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari tasarrufiga bergan holda tugatiladi |
| 8. | “Suvmaxsusta’mirqurilish” ishlab chiqarish-moliya uyushmasi | Boshqaruvning 2 bo‘g‘inli tizimiga o‘tkaziladi |
| 9. | “O‘zirta’mirqurilish” uyushmasi | Boshqaruvning 2 bo‘g‘inli tizimiga o‘tkaziladi |
| 10. | “USUB” AJ (“O‘zsuvuskunabutlash”) | To‘liq xususiylashtirishni hisobga olgan holda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqariladi |
| 11. | “Suvinshootmash” uyushmasi | “NEM” uyushmasi bilan suv xo‘jaligi sanoat korxonalarining yagona uyushmasiga birlashtiriladi |
| 12. | “NEM” nasos-kuch va energetika mashinasozligi uyushmasi | “Suvinshootmash” uyushmasi bilan suv xo‘jaligi sanoat korxonalari yagona uyushmasiga birlashtiriladi |
| 13. | “O‘zmeliosuvtrans” uyushmasi | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqariladi |
| 14. | “Nasl-xizmat” respublika uyushmasi | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqariladi |
| 15. | O‘zbekiston veterinariya sanitariyasi va akarologiya ilmiy-tadqiqot instituti | Mol-mulki va shtatlar sonini O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutiga bergan holda tugatiladi |
| 16. | “Plemelita” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi huzuridagi respublika chorvadorlar ilg‘or tajriba maktabi | “Plemelita” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tasarrufiga beriladi |
| 17. | Respublika bog‘bonlar maktabi | “Meva-sharbat” bog‘dorchilik, uzumchilik va vino ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi tasarrufiga beriladi |
| 18. | “Mevasabzavot” Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 19. | “Mevasabzavot” Andijon hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 20. | “Mevasabzavot” Jizzax hududiy birlashmasi” | Tugatiladi |
| 21. | “Mevasabzavot” Qashqadaryo hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 22. | “Mevasabzavot” Namangan hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 23. | “Mevasabzavot” Samarqand hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 24. | “Mevasabzavot” Surxondaryo hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 25. | “Mevasabzavot” Toshkent hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 26. | “Mevasabzavot” Farg‘ona hududiy birlashmasi | Tugatiladi |
| 27. | Samarqand viloyatidagi Bulung‘ur agrofirmasi | Tugatiladi |
| 28. | Samarqand viloyatidagi Nurobod agrofirmasi | Tugatiladi |
| 29. | Samarqand viloyatidagi Samarqand agrofirmasi | Tugatiladi |
| 30. | Samarqand viloyatidagi Qo‘shrabot agrofirmasi | Tugatiladi |
| 31. | Samarqand viloyatidagi Toyloq agrofirmasi | Tugatiladi |
| 32. | Namangan viloyatidagi Yangiqo‘rg‘on agrofirmasi | Tugatiladi |
| 33. | Toshkent viloyatidagi Ohangaron agrofirmasi | Tugatiladi |
| 34. | Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq agrofirmasi | Tugatiladi |
| 35. | Toshkent viloyatidagi Zangiota agrofirmasi | Tugatiladi |
| 36. | Toshkent viloyatidagi Qibray agrofirmasi | Tugatiladi |
| 37. | Toshkent viloyatidagi Parkent agrofirmasi | Tugatiladi |
| 38. | Toshkent viloyatidagi Toshkent agrofirmasi | Tugatiladi |
| 39. | Farg‘ona viloyatidagi So‘x agrofirmasi | Tugatiladi |
| 40. | Farg‘ona viloyatidagi Quvasoy agrofirmasi | Tugatiladi |
| 41. | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi loyihalar ekspertizasi bo‘limi | Suv xo‘jaligi kompleksidagi loyihalar ekspertizasi bo‘yicha injiniring firmasiga aylantiriladi |
| 42. | Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridagi jamoa xo‘jaliklariaro kengashlar | Tegishli viloyatlarning qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasiga aylantiriladi |
| 43. | Amudaryo energetika nasos stansiyalari va aloqa boshqarmasi | Qoraqalpog‘iston energetika nasos stansiyalari va aloqa boshqarmasi bilan birlashtiriladi |
| 44. | Denov hududiy nasos stansiyalari boshqarmasi | Surxondaryo energetika nasos stansiyalari va aloqa boshqarmasi bilan birlashtiriladi |
| 45. | Qashqadaryo viloyati kollektor-drenaj tarmoqlari boshqarmasi | Qashqadaryo viloyati gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyasiga aylantiriladi |
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 33-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qarorining 1—3 va 6-bandlari va qarorga 1—8-ilovalar (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 2-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Suv xo‘jaligi departamenti, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 32-modda) 1-bandining ikkinchi va oltinchi xatboshi, shuningdek qarorga 1 va 5-ilovalar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 12-son, 98-modda; 2004-y., 22-23-son, 262-modda; 2006-y., 48—50-son, 488-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda, 52-son, 534-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda; 2014-y., 50-son, 595-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 20-son, 362-modda, 30-son, 734-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son; 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son)