Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2020 12.12.2006 yildagi 256-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI Suv xo‘jaligi vazirligi HUZURIDAGI IRRIGATSIYA VA DRENAJ MILLIY QO‘MITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiniig ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 12-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarori bilan tashkil etilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi iqtisodiyotning suv iste’mol qiladigan va suvdan foydalanadigan o‘zaro bog‘liq tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda suv resurslari keskin tanqis bo‘lgan va vujudga kelgan noqulay ekologik vaziyat sharoitlarida, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha chet el ijobiy tajribasidan foydalangan holda yagona iqtisodiy, ilmiy-texnik suv xo‘jaligi va meliorativ siyosatni hayotga tatbiq qilishga da’vat etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatadigan kollegial organ hisoblanadi, uning tarkibiga turli vazirliklar va idoralar rahbarlaridan, irrigatsiya, drenaj va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat bo‘lgan a’zolar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining jo‘natiladigan xat-xabarlari Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi ramzidan foydalangan holda maxsus blankada rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining yuridik manzili: 100000, Toshkent shahri, Qori Niyozi ko‘chasi, 39-uy, “A” korpus.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining maqsadi, vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika suv xo‘jaligini rivojlantirishga, suv resurslaridan samarali, ehtiyotlab foydalanishga, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga va unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan yagona iqtisodiy va ilmiy-texnik suv xo‘jaligi siyosatini hayotga tatbiq etishga eng yuqori darajada ko‘maklashish, O‘zbekistonning tarixiy tajribasini hamda boshqa mamlakatlarning ijobiy tajribasini chuqur o‘rganish va umumlashtirish asosida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash va tabiiy muhitni ekologik sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqqan va amalga oshirgan holda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni ta’minlaydigan sug‘orishning ilg‘or texnikasi va texnologiyalarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi va uning doimiy ishchi guruhlari ishida ularning tarkibiga yetakchi mutaxassislar va olimlarni kiritish yo‘li bilan qatnashish, xalqaro kongresslar va mintaqaviy konferensiyalarni, shuningdek Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining seminarlari, simpoziumlari va boshqa anjumanlarini tashkil etishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xo‘jaligini rivojlantirish sxemalarini tuzishni tashkil etishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xo‘jaligining, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari va tizimlarini modernizatsiya qilishning muammoli masalalarini ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya, drenaj sohasidagi o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning umumiy manfaatlarini muvofiqlashtirish, suv resurslarini boshqarishni yaxshilash, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi boshqa milliy qo‘mitalari va xalqaro tashkilotlar tajribasini hisobga olgan holda suvlarning atrof muhit ekologiyasiga va shu kabilarga salbiy ta’sirini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlarning samarali loyihalari natijalari bo‘yicha, suv resurslarini boshqarish, yerlarni irrigatsiyalash va melioratsiyalash sohasida respublikada bajarilayotgan qo‘shma loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar bankini tashkil etishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa mamlakatlarning milliy qo‘mitalari bilan ilmiy, texnik va boshqa axborotlarni almashish yo‘li bilan boshqa mamlakatlarning sug‘oriladigan dehqonchilik borasidagi ilg‘or tajribasini targ‘ib qilish, eng yangi ilmiy va amaliy axborotlarni ommalashtirish, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi bosma nashrlarida e’lon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining rejadagi majlislarini tashkil etish va o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslarini oqilona boshqarish, irrigatsiya va drenaj tizimlarini takomillashtirish, sug‘oriladigan yerlarni melioratsiyalashni yaxshilash, daryolar o‘zanlarini tartibga solish, suv resurslarini boshqarishni yaxshilash, shuningdek suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish muammolari bo‘yicha davriy majlislar, seminarlar va konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazishda yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar potensialini va tashkiliy potensialni rivojlantirish maqsadida irrigatsiya, drenaj, suv resurslari, suv toshqinlarini tartibga solish sohasidagi mutaxassislar va rahbar xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi a’zolari va vakillarining Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarda, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining irrigatsiya va drenaj bo‘yicha ishchi organlarida samarali ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining bosma nashrlarini (ilmiy jurnal, oylik va choraklik axborot nashrlarini) ommalashtirish, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga a’zo mamlakatlarning milliy qo‘mitalari o‘rtasida ilmiy-texnik axborotlarni o‘zaro almashishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda irrigatsiya va drenaj muammolari bo‘yicha ilmiy maqolalar va axborot tusidagi materiallarni Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining va O‘zbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan nashrlarida e’lon qilishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya, drenaj, suv resurslari, shuningdek suv resurslariga nisbatan tejamli va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish bo‘yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish tadbirlarida qatnashish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan yosh mutaxassislar guruhlari ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z tarkibiga jamoa va yakka tartibdagi a’zolarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga a’zolik badallarining o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining har yilgi hisobotlarini tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi faoliyatiga uning raisi — lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri rahbarlik qiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi ustaviga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi raisi rahbar organ — Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining Xalqaro Doimiy Kengashi a’zosi hisoblanadi va Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasining hisobot yilidagi faoliyati yakunlari bo‘yicha Xalqaro Doimiy Kengashning har yilgi majlislarida qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qo‘yilgan vazifalarning tezkorlik bilan hal etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasida 7—9 kishidan iborat tarkibda Ishchi prezidium faoliyat ko‘rsatadi. Ishchi prezidium a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi a’zolaridan, har ikki yilda ular tarkibiy sonining uchdan bir qismini almashtirish yo‘li bilan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi majlislarini joriy yilgi ish rejasiga muvofiq har chorakda bir marta tashkil qiladi va o‘tkazadi. Zaruriyatga ko‘ra, Ishchi prezidium qarori bo‘yicha ish rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Ish rejasiga kiritiladigan masalalar O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining Ishchi prezidiumi va tegishli tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar va shu kabilar) tomonidan tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi majlisiga materiallar O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi majlisi kun tartibiga kiritish uchun masalalarni tavsiya qilgan vazirliklar va idoralarning tegishli boshqarmalari, bo‘limlari tomonidan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Suv va yer resurslaridan foydalanish, yerlarni melioratsiyalashni yaxshilash va shu kabilar sohasidagi ayrim muhim va kompleks vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining hamda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlarning unumdorligini oshirish muammolarini hal etish kengashining qo‘shma majlislarida muhokama qilinishi mumkin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Majlislar oralig‘ida zudlik bilan hal etishni talab qiladigan masalalar O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining Ishchi prezidiumi tomonidan, tegishli qaror qabul qilgan holda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining tashkiliy-funksional vazifalari va majburiyatlarini bajarish rais o‘rinbosari (bosh kotib), ilmiy kotib, tarjimon va kotib-referentdan iborat tarkibdagi ishchi guruh tomonidan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi majlislari qarori majlisda O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi a’zolarining yarmidan ko‘pi qatnashganda, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais va O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lganda rais paydo bo‘lgan kelishmovchilik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda o‘z qarorini hayotga tatbiq qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi a’zolari esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z mulohazalarini yozma ravishda taqdim etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi faoliyatini moliyalashtirish va hisobot berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi ishchi guruhi faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi tomonidan Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga har yilgi a’zolik badallarini to‘lash budjet mablag‘lari hisobiga, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining umumiy smetasi doirasida amalga oshiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi ishchi guruhi xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishchi prezidium har yilgi ish rejasini ishlab chiqadi va yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni tuzadi. Hisobot va ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi majlisida ko‘rib chiqilgandan keyin rais tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasining hisobot yilidagi faoliyati to‘g‘risida axborot jo‘natiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘zbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi faoliyati belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 12-dekabrdagi
256-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

Xamrayev Sh.R.

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri, Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi raisi

Muxamednazarov L.X.

Rais o‘rinbosari (Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi bosh kotibi)

lavozimi bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi

Adxamjanov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

Ernazarov N.Sh.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i

Sanginov A.A.

“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi

Mirzayev T.E.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agrosanoat kompleksini moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Allabergenov N.I.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Yerlar melioratsiyasi boshqarmasi boshlig‘i

Quchqorov Sh.Z.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Suvdan foydalanish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i

Durmatov J.R.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya tizimlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i

Shomayramov M.A.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i

Myagkov S.V.

“O‘zgidromet” markazi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o‘rinbosari

Abdullayev U.V.

“UZGIP” MChJ texnik direktori

Maxmudov I.E.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Sokolov V.I.

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining GEF agentligi rahbari

Tojiyev X.M.

“Suvloyiha” davlat unitar korxonasi bosh direktori

Najimov M.F.

“O‘zsuvloyiha” OAJ direktori

Xikmatov F.X.

O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, geografiya fanlari doktori

Umirzaqov U.P.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori

Maxramov M.Y.

“Amudaryo” havza suv xo‘jaligi birlashmasining boshlig‘i

Irmatov F.M.

“Sirdaryo” havza suv xo‘jaligi birlashmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Mamatov S.A.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Axborot-tahlil va resurs markazi direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Milliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, qo‘mita tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48-50-son, 488-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 20-son, 362-modda, 34-son, 899-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)