Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
2006-yil 2-mayda Islomobod shahrida imzolangan (Pokiston Islom Respublikasi):
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida Kichik va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻsimliklar karantini sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimlar tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalarni kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosarlari va tegishli vazirlik, idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-oktabr,
PQ-496-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 425-modda)