Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi
Kuchga kirish sanasi
01.04.1999
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 14.03.2022 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining UY-JOY KODEKSI | Oʻzbekiston Respublikasining UY-JOY KODEKSI |
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR | I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR |
1-bob. ASOSIY QOIDALAR | 1-bob. ASOSIY QOIDALAR |
1-modda. Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik | 1-modda. Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. | Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. |
Agar uy-joy munosabatlari uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinmagan boʻlsa, yerga oid qonunchilik hamda arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonunchilikning ana shu munosabatlarni tartibga solishga taalluqli qismi qoʻllaniladi. | Agar uy-joy munosabatlari uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinmagan boʻlsa, yerga oid qonunchilik hamda arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonunchilikning ana shu munosabatlarni tartibga solishga taalluqli qismi qoʻllaniladi. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
2-modda. Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlar | 2-modda. Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlar |
Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining quyidagi masalalar boʻyicha munosabatlarini tartibga soladi: | Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik fuqarolar, yuridik shaxslar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi masalalar boʻyicha munosabatlarini tartibga soladi: |
turar joylarga mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqining yuzaga kelishi, amalga oshirilishi, oʻzgarishi hamda bekor boʻlishi; | turar joylarga mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqining yuzaga kelishi, amalga oshirilishi, oʻzgarishi hamda bekor boʻlishi; |
uy-joy fondini hisobga olish; | uy-joy fondini hisobga olish; |
uy-joy fondini saqlash, qarash va taʼmirlashni taʼminlash; | uy-joy fondini saqlash, qarash va taʼmirlashni taʼminlash; |
fuqarolarning uy-joy huquqlariga rioya etilishi va uy-joy fondidan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish. | fuqarolarning uy-joy huquqlariga rioya etilishi va uy-joy fondidan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish. |
Uylarni qurish, turar joylarni qayta qurish va oʻzgartirish, muhandislik qurilmalaridan foydalanish, kommunal xizmatlar bilan taʼminlash bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. | Uylarni qurish, turar joylarni qayta qurish va oʻzgartirish, muhandislik qurilmalaridan foydalanish, kommunal xizmatlar bilan taʼminlash bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. |
Agar qonunda yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoidalari chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi uy-joy munosabatlariga nisbatan qoʻllaniladi. | Agar qonunda yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoidalari chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi uy-joy munosabatlariga nisbatan qoʻllaniladi. |
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari | 3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida: |
uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini yuritadi, uy-joy sohasini rivojlantirishning davlat kompleks dasturlarini qabul qiladi; | uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini yuritadi, uy-joy sohasini rivojlantirishning davlat kompleks dasturlarini qabul qiladi; |
uy-joy xoʻjaligi va kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha davlat boshqaruv organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi; | uy-joy xoʻjaligi va kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi; |
turar joylarni taqsimlash hamda arenda, ijara shartnomalari boʻyicha fuqarolarga berish, shuningdek ularni almashtirish hamda sotish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; | turar joylarni taqsimlash hamda arenda, ijara shartnomalari boʻyicha fuqarolarga berish, shuningdek ularni almashtirish hamda sotish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; |
uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash tizimini tartibga soladi; | uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash tizimini tartibga soladi; |
kompensatsiya, kredit hamda ssudalar berish tartibi va shartlarini tartibga soladi; | kompensatsiya, kredit hamda ssudalar berish tartibi va shartlarini tartibga soladi; |
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. | qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. |
5-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari | 5-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari |
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: | Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: |
uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlash; | uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlash; |
uy-joy fondini va kommunal obyektlarni boshqarishni tashkil etish; | uy-joy fondini va kommunal obyektlarni boshqarishni tashkil etish; |
oʻz tasarrufidagi hududda kommunal xizmatlarga oid tarif siyosatini belgilangan tartibda shakllantirish; | oʻz tasarrufidagi hududda kommunal xizmatlarga oid tarif siyosatini belgilangan tartibda shakllantirish; |
uy-joy fondini hisobga olish; | uy-joy fondini hisobga olish; |
davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berish; | davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berish; |
davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ulardan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yuridik shaxslarga arenda shartnomasi shartlari asosida berish; | davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ulardan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yuridik shaxslarga arenda shartnomasi shartlari asosida berish; |
uy-joy fondidan foydalanilishi va uning asralishi, aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar sifati ustidan nazoratni taʼminlash; | uy-joy fondidan foydalanilishi va uning asralishi, aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar sifati ustidan nazoratni taʼminlash; |
aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam taʼminlangan toifalari orasidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularni aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan taʼminlash; | aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam taʼminlangan toifalari orasidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularni aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan taʼminlash; |
fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam taʼminlangan toifalari uchun uy-joy qurish; | fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam taʼminlangan toifalari uchun uy-joy qurish; |
uy-joy quruvchilarga uy-joy qurish uchun, shuningdek uy-joy mulqdorlarining shirkatlariga doimiy foydalanishga belgilangan tartibda yer uchastkalari berish; | uy-joy quruvchilarga uy-joy qurish uchun, shuningdek uy-joy mulqdorlarining shirkatlariga doimiy foydalanishga belgilangan tartibda yer uchastkalari berish; |
uy-joy fondiga xizmat koʻrsatuvchi kommunal xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va transport infratuzilmasi obyektlarining lozim darajada saqlanishi hamda rivojlantirilishini taʼminlash; | uy-joy fondiga xizmat koʻrsatuvchi kommunal xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va transport infratuzilmasi obyektlarining lozim darajada saqlanishi hamda rivojlantirilishini taʼminlash; |
davlat uy-joy fondining turar joylarini bronlashtirish va almashtirish; | davlat uy-joy fondining turar joylarini bronlashtirish va almashtirish; |
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. | qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. |
6-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki | 6-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida: | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida: |
fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini taʼminlashda koʻmaklashadi; | fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini taʼminlashda koʻmaklashadi; |
kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; | kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; |
kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; | kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; |
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. | qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. |
2-bob. UY-JOY FONDI. TURAR JOY | 2-bob. UY-JOY FONDI. TURAR JOY |
7-modda. Uy-joy fondi | 7-modda. Uy-joy fondi |
Uy-joy fondi – inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylardan (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylardan) iborat boʻlgan fond. | Uy-joy fondi – inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylardan (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylardan) iborat boʻlgan fond. |
Uylarda joylashgan savdo, maishiy va nosanoat yoʻnalishidagi oʻzga ehtiyojlarga moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan joylar uy-joy fondiga kirmaydi. | Uylarda joylashgan savdo, maishiy va nosanoat yoʻnalishidagi oʻzga ehtiyojlarga moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan joylar uy-joy fondiga kirmaydi. |
8-modda. Uy-joy fondi turlari | 8-modda. Uy-joy fondi turlari |
Uy-joy fondi xususiy va davlat uy-joy fondlaridan iboratdir. | Uy-joy fondi xususiy va davlat uy-joy fondlaridan iboratdir. |
Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi: | Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi: |
fuqarolar mulki boʻlgan uy-joy fondi (yakka tartibda qurilgan uylar, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda olingan kvartiralar va uylar, uy-joy qurish hamda uy-joy kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari toʻliq toʻlangan kvartiralar, fuqarolar tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda mulk qilib olingan kvartiralar va uylar); | fuqarolar mulki boʻlgan uy-joy fondi (yakka tartibda qurilgan uylar, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda olingan kvartiralar va uylar, uy-joy qurish hamda uy-joy kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari toʻliq toʻlangan kvartiralar, fuqarolar tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda mulk qilib olingan kvartiralar va uylar); |
xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki boʻlgan va ularning mablagʻlari hisobidan qurilgan yoki auksionda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan uy-joy fondi. | xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki boʻlgan va ularning mablagʻlari hisobidan qurilgan yoki auksionda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan uy-joy fondi. |
Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi: | Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi: |
mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi; | mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi; |
davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining toʻla xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan idoraviy uy-joy fondi; | davlat muassasalari va tashkilotlarining operativ boshqaruvida boʻlgan idoraviy uy-joy fondi; |
mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi. | mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi. |
9-modda. Turar joy, undan foydalanish maqsadi | 9-modda. Turar joy, undan foydalanish maqsadi |
Fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan, belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi. | Fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan, belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi. |
Turar joy koʻchmas mulk hisoblanadi. | Turar joy koʻchmas mulk hisoblanadi. |
Koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni sanoat ehtiyojlari uchun ishlatish, ijara yoki arendaga berish man etiladi. Koʻp kvartirali uydagi turar joyga boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni ushbu joy yashash uchun moʻljallanmagan joylar turkumiga belgilangan tartibda oʻtkazilganidan keyingina joylashtirish mumkin. | Koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni sanoat ehtiyojlari uchun ishlatish, ijara yoki arendaga berish man etiladi. Koʻp kvartirali uydagi turar joyga boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni ushbu joy yashash uchun moʻljallanmagan joylar turkumiga belgilangan tartibda oʻtkazilganidan keyingina joylashtirish mumkin. |
Belgilangan tartibda kasanachilik mehnati amalga oshirilayotgan turar joylarni yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab etilmaydi. | Belgilangan tartibda kasanachilik mehnati amalga oshirilayotgan turar joylarni yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab etilmaydi. |
10-modda. Turar joylarning turlari | 10-modda. Turar joylarning turlari |
Turar joylarga quyidagilar kiradi: | Turar joylarga quyidagilar kiradi: |
uylar; | uylar; |
koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar; | koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar; |
boshqa imoratlardagi yashash uchun moʻljallangan xonalar va oʻzga turar joylar. | boshqa imoratlardagi yashash uchun moʻljallangan xonalar va oʻzga turar joylar. |
11-modda. Turar joyga boʻlgan mulk huquqi | 11-modda. Turar joyga boʻlgan mulk huquqi |
Turar joy xususiy yoki davlat mulki boʻlishi va qonunchilikda belgilangan tartibda mulkchilikning bir shaklidan boshqa shakliga oʻtishi mumkin. | Turar joy xususiy yoki davlat mulki boʻlishi va qonunchilikda belgilangan tartibda mulkchilikning bir shaklidan boshqa shakliga oʻtishi mumkin. |
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat turar joyga boʻlgan mulk huquqining subyektlaridir. | Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat turar joyga boʻlgan mulk huquqining subyektlaridir. |
Turar joyga boʻlgan mulk huquqi muddatsiz boʻlib, fuqarolar va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda shaxsning oʻziga tegishli turar joyga oʻz xohishi va manfaatlariga koʻra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek oʻzining mulk huquqi buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Turar joylarning koʻrinishini oʻzgartirishga, ularni qayta qurish yoki buzishga mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomasi boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. | Turar joyga boʻlgan mulk huquqi muddatsiz boʻlib, fuqarolar va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda shaxsning oʻziga tegishli turar joyga oʻz xohishi va manfaatlariga koʻra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek oʻzining mulk huquqi buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Turar joylarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish, ularni qayta qurish yoki buzish shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. |
Uylar, kvartiralar, uyning bir qismi, kvartiraning bir qismiga (bundan buyon matnda uylar, kvartiralar deb yuritiladi) boʻlgan xususiy mulk miqdor, oʻlcham va qiymat jihatdan cheklanmaydi. | Uylar, kvartiralar, uyning bir qismi, kvartiraning bir qismiga (bundan buyon matnda uylar, kvartiralar deb yuritiladi) boʻlgan xususiy mulk miqdor, oʻlcham va qiymat jihatdan cheklanmaydi. |
Xususiy mulk boʻlgan uylar, kvartiralar olib qoʻyilishi, mulkdor esa uyga, kvartiraga mulk huquqidan mahrum etilishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. | Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi taʼminlanadi. |
Turar joy faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda sudning qaroriga asosan majburiy tarzda olib qoʻyilishi mumkin. | Turar joy faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda sudning qaroriga asosan majburiy tarzda olib qoʻyilishi mumkin. |
12-modda. Mulkchilik, egalik qilish munosabatlarining oʻzgarishi | 12-modda. Mulkchilik, egalik qilish munosabatlarining oʻzgarishi |
Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari mulkchilikning boshqa shakliga oʻtganda yoki ular qayta tashkil etilganda ularning toʻla xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi ushbu korxona, muassasa va tashkilotlar huquqiy vorislariga (agar ular aniqlangan boʻlsa), boshqa yuridik shaxslarga mulk qilib yoxud ularning toʻla xoʻjalik yuritishiga yoki operativ boshqaruviga yoxud belgilangan tartibda fuqarolarning barcha uy-joy huquqlarini, shu jumladan uy-joyni xususiylashtirish huquqini saqlagan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga oʻtkazilishi lozim. Bunda uy-joyning yangi mulkdori, egasi ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi boʻlib qoladi. | Davlat muassasalari va tashkilotlari mulkchilikning boshqa shakliga oʻtganda yoki ular qayta tashkil etilganda ularning operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi ushbu muassasa va tashkilotlar huquqiy vorislariga (agar ular aniqlangan boʻlsa), boshqa yuridik shaxslarga mulk qilib yoxud ularning operativ boshqaruviga yoxud belgilangan tartibda fuqarolarning barcha uy-joy huquqlarini, shu jumladan uy-joyni xususiylashtirish huquqini saqlagan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufiga oʻtkazilishi kerak. Bunda uy-joyning yangi mulkdori, egasi ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi boʻlib qoladi. |
13-modda. Turar joyga boʻlgan mulk huquqini, boshqa ashyoviy huquqlarni hamda turar joyga oid bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish | 13-modda. Turar joyga boʻlgan mulk huquqini, boshqa ashyoviy huquqlarni hamda turar joyga oid bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish |
Turar joyga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqaga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart. | Turar joyga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqaga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart. |
Turar joyga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni hamda uy-joyga oid bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda amalga oshirilib, ushbu organ mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki bitim roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida hujjat beradi yoxud roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozib qoʻyadi. | Turar joyga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni hamda uy-joyga oid bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda amalga oshirilib, ushbu organ mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki bitim roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida hujjat beradi yoxud roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozib qoʻyadi. |
Turar joyga boʻlgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni hamda turar joyga oid bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish yoxud roʻyxatdan oʻtkazish muddatlari buzilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. | Turar joyga boʻlgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni hamda turar joyga oid bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish yoxud roʻyxatdan oʻtkazish muddatlari buzilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. |
14-modda. Turar joyga boʻlgan mulk huquqi vujudga kelishi, boshqaga oʻtishining xususiyatlari | 14-modda. Turar joyga boʻlgan mulk huquqi vujudga kelishi, boshqaga oʻtishining xususiyatlari |
Belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida yangi qurilayotgan uyga mulk huquqi uy davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. | Belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida yangi qurilayotgan uyga mulk huquqi uy davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. |
Uyning, kvartiraning oldi-sotdi va ayirboshlash shartnomasi yozma shaklda, taraflar imzolaydigan bitta hujjatni tayyorlash yoʻli bilan tuziladi hamda u notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart. | Uyning, kvartiraning oldi-sotdi va ayirboshlash shartnomasi yozma shaklda, taraflar imzolaydigan bitta hujjatni tayyorlash yoʻli bilan tuziladi hamda u notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart. |
Uyning, kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Sotib oluvchi sotib olganidan keyin qonunga muvofiq turar joydan foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan shu uy, kvartirani oldi-sotdi shartnomasining muhim sharti – bu shaxslarning roʻyxatini sotilayotgan turar joydan foydalanish huquqlari koʻrsatilgan holda tuzishdan iboratdir. | Uyning, kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Sotib oluvchi sotib olganidan keyin qonunga muvofiq turar joydan foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan shu uy, kvartirani oldi-sotdi shartnomasining muhim sharti – bu shaxslarning roʻyxatini sotilayotgan turar joydan foydalanish huquqlari koʻrsatilgan holda tuzishdan iboratdir. |
Umrbod taʼminlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qoidalariga rioya etilgan holda notarial tasdiqlanishi kerak. | Umrbod taʼminlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qoidalariga rioya etilgan holda notarial tasdiqlanishi kerak. |
Turar joyni almashtirishga ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda yoʻl qoʻyiladi. | Turar joyni almashtirishga ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda yoʻl qoʻyiladi. |
Uyni, kvartirani hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart. | Uyni, kvartirani hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart. |
Davlatga qarashli uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi. | Davlatga qarashli uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi. |
Kooperativ uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari aʼzolari pay badallarini toʻliq toʻlab boʻlganidan keyin vujudga keladi. | Kooperativ uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari aʼzolari pay badallarini toʻliq toʻlab boʻlganidan keyin vujudga keladi. |
Uy-joy obligatsiyalarini olish va ularning qolgan qiymatini bank kreditlari hisobiga toʻlash yoʻli bilan qurilgan va olingan uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi kredit toʻliq qaytarilgandan keyin vujudga keladi. | Uy-joy obligatsiyalarini olish va ularning qolgan qiymatini bank kreditlari hisobiga toʻlash yoʻli bilan qurilgan va olingan uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi kredit toʻliq qaytarilgandan keyin vujudga keladi. |
Xususiy mulkdagi uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mulkiga oʻtkazilishi mumkin. | Xususiy mulkdagi uyga, kvartiraga boʻlgan mulk huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mulkiga oʻtkazilishi mumkin. |
Uyga, kvartiraga boʻlgan meros tariqasida oʻtadigan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga koʻra vujudga keladi. | Uyga, kvartiraga boʻlgan meros tariqasida oʻtadigan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga koʻra vujudga keladi. |
15-modda. Turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazish | 15-modda. Turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazish |
Yashash uchun yaroqli boʻlgan turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga koʻra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Yashash uchun yaroqli boʻlgan turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga koʻra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
16-modda. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish | 16-modda. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish |
Fuqarolar va yuridik shaxslar koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan bevosita belgilangan maqsadda foydalanishlari shart. | Fuqarolar va yuridik shaxslar koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan bevosita belgilangan maqsadda foydalanishlari shart. |
Fuqarolar va yuridik shaxslar yashash uchun moʻljallanmagan joylarni, qurilmalarni hamda inventarni tegishli tartibda saqlashlari, zarur taʼmirlash ishlarini bajarishlari, sanitariya va yongʻinga qarshi qoidalarga rioya etishlari, yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash choralarini koʻrishlari shart. | Fuqarolar va yuridik shaxslar yashash uchun moʻljallanmagan joylarni, qurilmalarni hamda inventarni tegishli tartibda saqlashlari, zarur taʼmirlash ishlarini bajarishlari, sanitariya va yongʻinga qarshi qoidalarga rioya etishlari, yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash choralarini koʻrishlari shart. |
Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylarga sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday joylarda amalga oshirilishi ruxsat etilgan faoliyat turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylarga sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday joylarda amalga oshirilishi ruxsat etilgan faoliyat turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylarga nosanoat yoʻnalishidagi korxona, muassasa, tashkilotlarni, ofislarni qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. | Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylarga nosanoat yoʻnalishidagi korxona, muassasa, tashkilotlarni, ofislarni qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. |
161-modda. Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari | 161-modda. Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari |
Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joyga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlgan fuqarolar yoki yuridik shaxslar koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari boʻlishi mumkin. | Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joyga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlgan fuqarolar yoki yuridik shaxslar koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari boʻlishi mumkin. |
Yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilaridir. | Yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilaridir. |
Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari bunday joylarning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini taʼminlashi, joylarni oʻz hisobidan joriy va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirishi, koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va taʼmirlash boʻyicha umumiy xarajatlarni oʻz zimmasiga olishi shart. | Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari bunday joylarning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini taʼminlashi, joylarni oʻz hisobidan joriy va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirishi, koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va taʼmirlash boʻyicha umumiy xarajatlarni oʻz zimmasiga olishi shart. |
Yashash uchun moʻljallanmagan joy mulkdorining koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va taʼmirlash boʻyicha umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli yashash uchun moʻljallanmagan joy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi. | Yashash uchun moʻljallanmagan joy mulkdorining koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va taʼmirlash boʻyicha umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli yashash uchun moʻljallanmagan joy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi. |
Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joy mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan oʻziga qarashli joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi hamda bu joyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart. | Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joy mulkdori tegishli ruxsatnoma olmasdan oʻziga qarashli joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi hamda bu joyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart. |
17-modda. Bogʻdorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan imoratlarni uylar deb tan olish | 17-modda. Bogʻdorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan imoratlarni uylar deb tan olish |
Bogʻdorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan hamda ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan imoratlarga ega boʻlgan shaxslar shu imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirishni talab qilishga haqlidirlar. Bu imoratlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab uylar deb tan olinadi. | Bogʻdorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan hamda ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan imoratlarga ega boʻlgan shaxslar shu imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirishni talab qilishga haqlidirlar. Bu imoratlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab uylar deb tan olinadi. |
18-modda. Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish | 18-modda. Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish |
Eskirganligi, avariya holatidaligi yoki boshqa asoslarga koʻra yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Eskirganligi, avariya holatidaligi yoki boshqa asoslarga koʻra yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylar kelgusida boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda qayta qurilishi mumkin yoki bunday uylar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga binoan buzib tashlanadi. | Yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylar kelgusida boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda qayta qurilishi mumkin yoki bunday uylar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga binoan buzib tashlanadi. |
19-modda. Davlat tomonidan tekinga uy-joy berish | 19-modda. Davlat tomonidan tekinga uy-joy berish |
Turar joylari avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar koʻrganligi belgilangan tartibda tan olingan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tekinga uy-joy beriladi. | Turar joylari avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar koʻrganligi belgilangan tartibda tan olingan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tekinga uy-joy beriladi. |
20-modda. Uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish | 20-modda. Uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish |
Uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yagona tizim boʻyicha amalga oshiriladi. | Uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yagona tizim boʻyicha amalga oshiriladi. |
21-modda. Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash ustidan davlat nazorati | 21-modda. Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash ustidan davlat nazorati |
Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash, shuningdek turar joylardan foydalanish hamda ularni saqlashning normativ texnik talablarga muvofiqligi ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. | Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash, shuningdek turar joylardan foydalanish hamda ularni saqlashning normativ texnik talablarga muvofiqligi ustidan davlat nazorati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. |
II BOʻLIM. XUSUSIY UY-JOY FONDI | II BOʻLIM. XUSUSIY UY-JOY FONDI |
3-bob. UMUMIY QOIDALAR | 3-bob. UMUMIY QOIDALAR |
22-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslarning turar joyni xususiy mulk qilib olishi asoslari | 22-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslarning turar joyni xususiy mulk qilib olishi asoslari |
Fuqarolar va yuridik shaxslar quyidagi yoʻllar bilan turar joyni xususiy mulk qilib olish huquqiga ega: | Fuqarolar va yuridik shaxslar quyidagi yoʻllar bilan turar joyni xususiy mulk qilib olish huquqiga ega: |
yakka tartibda uy-joy qurish; | yakka tartibda uy-joy qurish; |
yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish; | yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish; |
uy-joy obligatsiyalarini olish; | uy-joy obligatsiyalarini olish; |
uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish; | uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish; |
oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash; | oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash; |
umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish; | umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish; |
meros olish; | meros olish; |
qonunda belgilangan tartibda xususiylashtirish. | qonunda belgilangan tartibda xususiylashtirish. |
Fuqarolar va yuridik shaxslar turar joylarni qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga binoan ham xususiy mulk qilib olishlari mumkin. | Fuqarolar va yuridik shaxslar turar joylarni qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga binoan ham xususiy mulk qilib olishlari mumkin. |
23-modda. Fuqarolarga va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan va yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish | 23-modda. Fuqarolarga va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan va yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish |
Xususiy mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar ulardan oʻzlari va oila aʼzolari yashashi uchun foydalanadilar. Ular uyiga, kvartirasiga boshqa fuqarolarni koʻchirib kiritishga, shuningdek turar joylarni ushbu Kodeksda hamda oʻzga qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda ijaraga berish shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga yashash uchun berishga haqlidirlar. | Xususiy mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar ulardan oʻzlari va oila aʼzolari yashashi uchun foydalanadilar. Ular uyiga, kvartirasiga boshqa fuqarolarni koʻchirib kiritishga, shuningdek turar joylarni ushbu Kodeksda hamda oʻzga qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda ijaraga berish shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga yashash uchun berishga haqlidirlar. |
Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar ulardan boshqa fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan holda boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar. | Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar ulardan boshqa fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan holda boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar. |
Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan yuridik shaxslar ularni ijaraga, arendaga berishga hamda ulardan uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar. | Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan yuridik shaxslar ularni ijaraga, arendaga berishga hamda ulardan uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar. |
Ichki ishlar organlari tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan hamda yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birgalikda amalga oshiradi. | Ichki ishlar organlari tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan hamda yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birgalikda amalga oshiradi. |
24-modda. Uy, kvartira mulkdorining huquq va majburiyatlari | 24-modda. Uy, kvartira mulkdorining huquq va majburiyatlari |
Uy, kvartira mulkdori xususiy uy-joy fondini boshqarishda ishtirok etish, uyning texnik holati masalalarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish, uy, kvartiraga xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlash usulini tanlash huquqiga egadir. | Uy, kvartira mulkdori xususiy uy-joy fondini boshqarishda ishtirok etish, uyning texnik holati masalalarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish, uy, kvartiraga xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlash usulini tanlash huquqiga egadir. |
Uy, kvartira mulkdori uy, kvartiraning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini taʼminlashi, ularni oʻz hisobidan joriy va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirishi shart. | Uy, kvartira mulkdori uy, kvartiraning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini taʼminlashi, ularni oʻz hisobidan joriy va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirishi shart. |
Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori oʻziga qarashli joyga koʻp kvartirali uyga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar yoki avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillari umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, uning borligida kirishlarini taʼminlashi shart. | Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori oʻziga qarashli joyga koʻp kvartirali uyga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar yoki avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillari umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, uning borligida kirishlarini taʼminlashi shart. |
Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori avariya holati yuzaga kelgan taqdirda, avariyani bartaraf etish uchun tegishli avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillari oʻziga qarashli joyga kirishlarini darhol taʼminlashi shart. Kvartira mulkdori yoʻqligida avariyani bartaraf etish uchun bu joyga kirish ichki ishlar organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari ishtirokida tegishli avariya-taʼmirlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi. | Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori avariya holati yuzaga kelgan taqdirda, avariyani bartaraf etish uchun tegishli avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillari oʻziga qarashli joyga kirishlarini darhol taʼminlashi shart. Kvartira mulkdori yoʻqligida avariyani bartaraf etish uchun bu joyga kirish ichki ishlar organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari ishtirokida tegishli avariya-taʼmirlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi. |
Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan oʻziga qarashli joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi hamda bu joyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart. | Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori tegishli ruxsatnoma olmasdan oʻziga qarashli joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi hamda bu joyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart. |
25-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiralardagi turar joylarni ijaraga, arendaga berish | 25-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiralardagi turar joylarni ijaraga, arendaga berish |
Uy, kvartira mulkdori oʻzi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila aʼzolarining roziligi bilan yoki yuridik shaxsning vakolatli organi qaroriga binoan uyni, kvartirani yoxud ularning bir qismini fuqarolarga va yuridik shaxslarga ijaraga yoki arendaga berishga haqlidir. | Uy, kvartira mulkdori oʻzi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila aʼzolarining roziligi bilan yoki yuridik shaxsning vakolatli organi qaroriga binoan uyni, kvartirani yoxud ularning bir qismini fuqarolarga va yuridik shaxslarga ijaraga yoki arendaga berishga haqlidir. |
Taraflarning huquq va majburiyatlari, ijara yoki arenda shartnomasi tuzilayotgan muddat, toʻlov haqi miqdori va boshqa shartlar, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi. | Taraflarning huquq va majburiyatlari, ijara yoki arenda shartnomasi tuzilayotgan muddat, toʻlov haqi miqdori va boshqa shartlar, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi. |
Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi (roʻyxatdan oʻtkazilishi) lozim. | Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi (roʻyxatdan oʻtkazilishi) lozim. |
Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeks qoidalari qoʻllaniladi. Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasining ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan munosabatlari fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi. | Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeks qoidalari qoʻllaniladi. Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasining ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan munosabatlari fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi. |
26-modda. Turar joyni almashtirish | 26-modda. Turar joyni almashtirish |
Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar barcha voyaga yetgan oila aʼzolarining, shu jumladan vaqtincha boʻlmagan oila aʼzolarining yozma roziligiga binoan oʻzlari egallab turgan turar joyni boshqa turar joy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativining aʼzosi bilan, shu jumladan boshqa aholi punktida yashayotganlar bilan almashtirishga haqlidirlar. Bunda oilaning voyaga yetmagan aʼzolari roziligi ota-onalar tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa – vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi. | Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar barcha voyaga yetgan oila aʼzolarining, shu jumladan vaqtincha boʻlmagan oila aʼzolarining yozma roziligiga binoan oʻzlari egallab turgan turar joyni boshqa turar joy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativining aʼzosi bilan, shu jumladan boshqa aholi punktida yashayotganlar bilan almashtirishga haqlidirlar. Bunda oilaning voyaga yetmagan aʼzolari roziligi ota-onalar tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa – vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi. |
Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan yuridik shaxslar uni boshqa turar joy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativi aʼzosi bilan almashtirishga haqlidirlar. | Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan yuridik shaxslar uni boshqa turar joy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativi aʼzosi bilan almashtirishga haqlidirlar. |
27-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan uyi (kvartirasi) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolarni turar joy bilan taʼminlash | 27-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan uyi (kvartirasi) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolarni turar joy bilan taʼminlash |
Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi boʻyicha va taraflar kelishuviga koʻra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan sahndagi, barcha qulayliklari boʻlgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati toʻlanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati toʻliq hajmda toʻlanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda esa, ushbu farq mulkdor tomonidan qaytarilishi talab etilmaydi. | Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi boʻyicha va taraflar kelishuviga koʻra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan sahndagi, barcha qulayliklari boʻlgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati toʻlanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati toʻliq hajmda toʻlanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda esa, ushbu farq mulkdor tomonidan qaytarilishi talab etilmaydi. |
Buzilayotgan uylar oʻrniga turar joyni mulk qilib berish va uylar, boshqa imoratlar, inshootlar hamda dov-daraxtlar qiymatini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Buzilayotgan uylar oʻrniga turar joyni mulk qilib berish va uylar, boshqa imoratlar, inshootlar hamda dov-daraxtlar qiymatini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
28-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilganda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish | 28-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilganda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish |
Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi beriladi. Bunda yer uchastkasini oʻzlashtirish davriga uch yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilib, buzilayotgan uylarning (kvartiralarning), imoratlarning, inshootlarning va koʻchirib tashlangan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bozor qiymatlari oʻrtasidagi farqlar toʻliq hajmda qoplanadi. | Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi beriladi. Bunda yer uchastkasini oʻzlashtirish davriga uch yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilib, buzilayotgan uylarning (kvartiralarning), imoratlarning, inshootlarning va koʻchirib tashlangan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bozor qiymatlari oʻrtasidagi farqlar toʻliq hajmda qoplanadi. |
29-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni yuridik shaxslarga qoplash | 29-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni yuridik shaxslarga qoplash |
Yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uy, boshqa imoratlar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan holda unga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk beriladi va yetkazilgan boshqa zararlar oʻrni qoplanadi yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zarar toʻlaligicha qoplanadi. | Yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uy, boshqa imoratlar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan holda unga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk beriladi va yetkazilgan boshqa zararlar oʻrni qoplanadi yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zarar toʻlaligicha qoplanadi. |
30-modda. Buzilishi lozim boʻlgan uylar, imoratlar va inshootlarning koʻchirilishi | 30-modda. Buzilishi lozim boʻlgan uylar, imoratlar va inshootlarning koʻchirilishi |
Fuqarolar va yuridik shaxslarning xohishiga koʻra ularga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, buzilishi lozim boʻlgan uylar, imoratlar hamda inshootlar koʻchirilishi va yangi joyda tiklanishi mumkin. | Fuqarolar va yuridik shaxslarning xohishiga koʻra ularga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, buzilishi lozim boʻlgan uylar, imoratlar hamda inshootlar koʻchirilishi va yangi joyda tiklanishi mumkin. |
Uylar, imoratlar va inshootlarni koʻchirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Uylar, imoratlar va inshootlarni koʻchirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
31-modda. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun yangi joyda uylar, imoratlar barpo etish | 31-modda. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun yangi joyda uylar, imoratlar barpo etish |
Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun ularning tanlovi boʻyicha yangi joyda teng qimmatli uylar, imoratlar barpo etiladi hamda ularga mulk qilib beriladi. Bunda koʻchirib tashlanayotgan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda berilayotgan va olib qoʻyilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bozor qiymatlari oʻrtasidagi farq pul bilan toʻliq hajmda qoplanadi. | Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun ularning tanlovi boʻyicha yangi joyda teng qimmatli uylar, imoratlar barpo etiladi hamda ularga mulk qilib beriladi. Bunda koʻchirib tashlanayotgan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda berilayotgan va olib qoʻyilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bozor qiymatlari oʻrtasidagi farq pul bilan toʻliq hajmda qoplanadi. |
4-bob. TURAR JOY MULKDORI OILA AʼZOLARINING, IJARAGA VA ARENDAGA OLUVCHILARNING TURAR JOYDAN FOYDALANISHI | 4-bob. TURAR JOY MULKDORI OILA AʼZOLARINING, IJARAGA VA ARENDAGA OLUVCHILARNING TURAR JOYDAN FOYDALANISHI |
32-modda. Mulkdor oila aʼzolarining, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning huquq va majburiyatlari | 32-modda. Mulkdor oila aʼzolarining, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning huquq va majburiyatlari |
Uy, kvartira mulkdorining oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni koʻchirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan boʻlmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga oʻzlarining voyaga yetmagan farzandlarini koʻchirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa aʼzolarini esa, uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina koʻchirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi. | Uy, kvartira mulkdorining oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni koʻchirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan boʻlmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga oʻzlarining voyaga yetmagan farzandlarini koʻchirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa aʼzolarini esa, uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina koʻchirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi. |
Turar joy mulkdorining oila aʼzolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega boʻlmagan boʻlsa, faqat oʻzaro kelishuvga binoan mulkdorning oila aʼzolari deb tan olinishi mumkin. | Turar joy mulkdorining oila aʼzolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega boʻlmagan boʻlsa, faqat oʻzaro kelishuvga binoan mulkdorning oila aʼzolari deb tan olinishi mumkin. |
Mehnatga qobiliyatsiz boqimandalar, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan fuqarolar, agar ular mulkdor bilan umumiy xoʻjalik yuritayotgan va uning turar joyida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsalar, uning oila aʼzosi deb topilishlari mumkin. | Mehnatga qobiliyatsiz boqimandalar, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan fuqarolar, agar ular mulkdor bilan umumiy xoʻjalik yuritayotgan va uning turar joyida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsalar, uning oila aʼzosi deb topilishlari mumkin. |
Mulkdorning voyaga yetmagan oila aʼzolari yashayotgan turar joyni, ularning ota-onasi boʻlmagan taqdirda, vasiylik va homiylik organining roziligi bilan boshqa shaxsga berish mumkin. | Mulkdorning voyaga yetmagan oila aʼzolari yashayotgan turar joyni, ularning ota-onasi boʻlmagan taqdirda, vasiylik va homiylik organining roziligi bilan boshqa shaxsga berish mumkin. |
Xususiylashtirilgan kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila aʼzolari va uy-joyning xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar ham ularning umumiy mulki boʻlmish xususiylashtirilgan kvartira yoki uyga nisbatan qonunda belgilangan tartibda teng huquqlarga ega boʻladilar va teng majburiyatlarni bajaradilar. | Xususiylashtirilgan kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila aʼzolari va uy-joyning xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar ham ularning umumiy mulki boʻlmish xususiylashtirilgan kvartira yoki uyga nisbatan qonunda belgilangan tartibda teng huquqlarga ega boʻladilar va teng majburiyatlarni bajaradilar. |
Xususiylashtirilgan kvartirani yoki uyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga berish kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila aʼzolarining va kvartirani yoki uyni xususiylashtirish uchun rozilik bergan shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi. Xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorining voyaga yetmagan oila aʼzolari manfaatlarini ularning ota-onasi, ular boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organlari ifodalaydi. | Xususiylashtirilgan kvartirani yoki uyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga berish kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila aʼzolarining va kvartirani yoki uyni xususiylashtirish uchun rozilik bergan shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi. Xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorining voyaga yetmagan oila aʼzolari manfaatlarini ularning ota-onasi, ular boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organlari ifodalaydi. |
Xususiylashtirilgan bir kvartira yoki uyda turar joy mulkdorlari yashay olmaydigan holda, sudning qaroriga binoan mulkdorlardan biri koʻchirilib, boshqasining zimmasiga kvartira yoki uyning tegishli qismi uchun koʻchirilgan mulkdorga sud ishni koʻrib chiqqan kundagi bozor bahosida pulini toʻlash yoki uning umumiy mulkdagi ulushiga mos keladigan boshqa turar joyni sotib olib berish majburiyati yuklanishi mumkin. | Xususiylashtirilgan bir kvartira yoki uyda turar joy mulkdorlari yashay olmaydigan holda, sudning qaroriga binoan mulkdorlardan biri koʻchirilib, boshqasining zimmasiga kvartira yoki uyning tegishli qismi uchun koʻchirilgan mulkdorga sud ishni koʻrib chiqqan kundagi bozor bahosida pulini toʻlash yoki uning umumiy mulkdagi ulushiga mos keladigan boshqa turar joyni sotib olib berish majburiyati yuklanishi mumkin. |
Uy yoki kvartiraning mulkdori, uning oila aʼzolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar va sobiq oila aʼzosi oʻrtasidagi turar joydan foydalanish hamda qilingan xarajatlardagi ulush miqdori haqidagi nizolar sud tartibida hal etiladi. | Uy yoki kvartiraning mulkdori, uning oila aʼzolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar va sobiq oila aʼzosi oʻrtasidagi turar joydan foydalanish hamda qilingan xarajatlardagi ulush miqdori haqidagi nizolar sud tartibida hal etiladi. Turar joydan foydalanish haqidagi nizolar koʻrib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan mulkdorning tashabbusiga koʻra turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni mulkdorga tegishli mutanosib sharoitlarga ega boʻlgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini toʻlash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkin. |
33-modda. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joyni ijaraga, arendaga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga, arendaga oluvchining huquqlari | 33-modda. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joyni ijaraga, arendaga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga, arendaga oluvchining huquqlari |
Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uydan, kvartiradan turar joyni ijaraga, arendaga oluvchi oʻzi ijaraga, arendaga olgan xonaga uy, kvartira mulkdorining roziligidan qatʼi nazar, voyaga yetmagan farzandlarini, agar u alohida xonani egallayotgan boʻlsa va ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shuningdek eri (xotini) va mehnatga qobiliyatsiz voyaga yetgan farzandlari hamda ota-onasini koʻchirib kiritish huquqiga ega. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uy, kvartiradagi turar joyni ijaraga, arendaga oluvchi bilan birga yashayotgan oila aʼzolari ijaraga yoki arendaga berish shartnomasidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga ijaraga, arendaga oluvchining oʻzi bilan teng ravishda ega boʻladilar. | Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uydan, kvartiradan turar joyni ijaraga, arendaga oluvchi oʻzi ijaraga, arendaga olgan xonaga uy, kvartira mulkdorining roziligidan qatʼi nazar, voyaga yetmagan farzandlarini, agar u alohida xonani egallayotgan boʻlsa va ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shuningdek eri (xotini) va mehnatga qobiliyatsiz voyaga yetgan farzandlari hamda ota-onasini koʻchirib kiritish huquqiga ega. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uy, kvartiradagi turar joyni ijaraga, arendaga oluvchi bilan birga yashayotgan oila aʼzolari ijaraga yoki arendaga berish shartnomasidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga ijaraga, arendaga oluvchining oʻzi bilan teng ravishda ega boʻladilar. |
Boshqa fuqarolarni faqat uy mulkdorining roziligi bilan koʻchirib kiritish mumkin va ijaraga, arendaga oluvchi tomonidan oʻz oila aʼzosi sifatida koʻchirib kiritilgan ushbu fuqarolar, agar koʻchirib kiritishda ular oʻrtasida boshqacha kelishuv boʻlmagan boʻlsa, ijaraga, arendaga oluvchi hamda uning boshqa oila aʼzolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqqa ega boʻladilar. | Boshqa fuqarolarni faqat uy mulkdorining roziligi bilan koʻchirib kiritish mumkin va ijaraga, arendaga oluvchi tomonidan oʻz oila aʼzosi sifatida koʻchirib kiritilgan ushbu fuqarolar, agar koʻchirib kiritishda ular oʻrtasida boshqacha kelishuv boʻlmagan boʻlsa, ijaraga, arendaga oluvchi hamda uning boshqa oila aʼzolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqqa ega boʻladilar. |
Ijaraga, arendaga oluvchi ijaraga, arendaga beruvchining (mulkdorning) roziligi bilan egallab turgan turar joyini almashtirishga haqlidir. Ijaraga beruvchi — fuqaroning rad javobi ustidan nizolashib boʻlmaydi. Ijaraga beruvchi — yuridik shaxsning rad javobi ustidan sud tartibida nizolashish mumkin. | Ijaraga, arendaga oluvchi ijaraga, arendaga beruvchining (mulkdorning) roziligi bilan egallab turgan turar joyini almashtirishga haqlidir. Ijaraga beruvchi — fuqaroning rad javobi ustidan nizolashib boʻlmaydi. Ijaraga beruvchi — yuridik shaxsning rad javobi ustidan sud tartibida nizolashish mumkin. |
34-modda. Turar joyni ijaraga, arendaga berish haqi | 34-modda. Turar joyni ijaraga, arendaga berish haqi |
Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joyni ijaraga, arendaga berish haqi taraflar kelishuviga binoan shartnomada belgilanib qoʻyiladi. | Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joyni ijaraga, arendaga berish haqi taraflar kelishuviga binoan shartnomada belgilanib qoʻyiladi. |
III BOʻLIM. DAVLAT UY-JOY FONDI | III BOʻLIM. DAVLAT UY-JOY FONDI |
5-bob. UMUMIY QOIDALAR | 5-bob. UMUMIY QOIDALAR |
35-modda. Davlat uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi | 35-modda. Davlat uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi |
Davlat uy-joy fondining (bundan buyon matnda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi deb yuritiladi) uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan bir taraf – turar joyning mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs (ijaraga beruvchi) boshqa taraf (ijaraga oluvchi)ga turar joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish majburiyatini oladi. Ijara shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlari hamda fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa shartlar belgilab qoʻyiladi. Ijara shartnomasida ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Shartnomada ana shunday koʻrsatmalar boʻlmagan taqdirda, bunday shaxslarni koʻchirib kiritish fuqarolik qonunchiligida va ushbu Kodeksning 51-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. | Davlat uy-joy fondining (bundan buyon matnda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi deb yuritiladi) uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan bir taraf – turar joyning mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs (ijaraga beruvchi) boshqa taraf (ijaraga oluvchi)ga turar joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish majburiyatini oladi. Ijara shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlari hamda fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa shartlar belgilab qoʻyiladi. Ijara shartnomasida ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Shartnomada ana shunday koʻrsatmalar boʻlmagan taqdirda, bunday shaxslarni koʻchirib kiritish fuqarolik qonunchiligida va ushbu Kodeksning 51-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondining va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi doimiy yashash uchun yaroqli boʻlgan alohida turar joy (uy, kvartira) turar joyni ijaraga berish shartnomasi obyekti boʻladi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondining va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi doimiy yashash uchun yaroqli boʻlgan alohida turar joy (uy, kvartira) turar joyni ijaraga berish shartnomasi obyekti boʻladi. |
Xonaning bir qismi yoki bitta umumiy kirish joyi orqali boshqa xona bilan bogʻlangan xona (tutash xonalar), shuningdek yordamchi xonalar (oshxona, yoʻlak, hujra va shu kabilar) ijara shartnomasining mustaqil obyekti boʻla olmaydi. | Xonaning bir qismi yoki bitta umumiy kirish joyi orqali boshqa xona bilan bogʻlangan xona (tutash xonalar), shuningdek yordamchi xonalar (oshxona, yoʻlak, hujra va shu kabilar) ijara shartnomasining mustaqil obyekti boʻla olmaydi. |
Koʻp kvartirali uydagi turar joyni ijaraga oluvchi turar joydan foydalanish bilan bir qatorda shu uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan (uyning umumiy joylari, tayanch va toʻsiq konstruksiyalar, kvartiralar oraligʻidagi ihotalangan (oʻralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yertoʻlalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat koʻrsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalar, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasi, shuningdek koʻp kvartirali uydagi koʻchmas mulkning yagona majmuiga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan boshqa obyektlardan) belgilangan tartibda foydalanish huquqiga egadir. | Koʻp kvartirali uydagi turar joyni ijaraga oluvchi turar joydan foydalanish bilan bir qatorda shu uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan (uyning umumiy joylari, tayanch va toʻsiq konstruksiyalar, kvartiralar oraligʻidagi ihotalangan (oʻralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yertoʻlalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat koʻrsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalar, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasi, shuningdek koʻp kvartirali uydagi koʻchmas mulkning yagona majmuiga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan boshqa obyektlardan) belgilangan tartibda foydalanish huquqiga egadir. |
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat bergan organlar bilan turar joyni olayotgan fuqarolar oʻrtasida yozma shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi. Turar joyni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda boʻlishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi. | Turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat bergan organlar bilan turar joyni olayotgan fuqarolar oʻrtasida yozma shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi. Turar joyni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda boʻlishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi. |
Ijara shartnomasi boʻyicha egallab turilgan turar joyga boʻlgan mulk huquqining boshqa shaxsga oʻtishi shartnomaning oʻzgarishiga yoki bekor boʻlishiga olib kelmaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi boʻlib qoladi. | Ijara shartnomasi boʻyicha egallab turilgan turar joyga boʻlgan mulk huquqining boshqa shaxsga oʻtishi shartnomaning oʻzgarishiga yoki bekor boʻlishiga olib kelmaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi boʻlib qoladi. |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. |
36-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasining muddati | 36-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasining muddati |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi. |
Bir yilgacha muddatga tuzilgan turar joyni ijaraga berish (qisqa muddatli ijara) shartnomasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qoidalari qoʻllaniladi. | Bir yilgacha muddatga tuzilgan turar joyni ijaraga berish (qisqa muddatli ijara) shartnomasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qoidalari qoʻllaniladi. |
Yangi muddatga shartnoma tuzishda ijaraga oluvchi imtiyozli huquqqa ega boʻladi. | Yangi muddatga shartnoma tuzishda ijaraga oluvchi imtiyozli huquqqa ega boʻladi. |
Ijaraga beruvchi tomonidan eʼtiroz boʻlmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin ham turar joydan foydalanishni davom ettirsa, shartnoma avvalgi shartlarda qayta tuzilgan deb hisoblanadi. | Ijaraga beruvchi tomonidan eʼtiroz boʻlmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin ham turar joydan foydalanishni davom ettirsa, shartnoma avvalgi shartlarda qayta tuzilgan deb hisoblanadi. |
Davlat uy-joy fondidan ijaraga beruvchi, agar turar joyni ijaraga bermaslikka qaror qilgan boʻlsa, bu haqda ijaraga oluvchini kamida bir yil oldin xabardor etib, yangi muddatga shartnoma tuzishdan voz kechishi mumkin, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi bundan mustasno. | Davlat uy-joy fondidan ijaraga beruvchi, agar turar joyni ijaraga bermaslikka qaror qilgan boʻlsa, bu haqda ijaraga oluvchini kamida bir yil oldin xabardor etib, yangi muddatga shartnoma tuzishdan voz kechishi mumkin, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi bundan mustasno. |
37-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlarining haqiqiy emasligi | 37-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlarining haqiqiy emasligi |
Turar joyni ijaraga berish shartnomasining ijaraga oluvchining holatini qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilganiga nisbatan yomonlashtiruvchi shartlari haqiqiy emas. | Turar joyni ijaraga berish shartnomasining ijaraga oluvchining holatini qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilganiga nisbatan yomonlashtiruvchi shartlari haqiqiy emas. |
6-bob. MUNITSIPAL, IDORAVIY UY-JOY FONDI VA ANIQ MAQSADLI KOMMUNAL UY-JOY FONDIDAGI TURAR JOYLARNI BERISH | 6-bob. MUNITSIPAL, IDORAVIY UY-JOY FONDI VA ANIQ MAQSADLI KOMMUNAL UY-JOY FONDIDAGI TURAR JOYLARNI BERISH |
38-modda. Fuqarolarni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topish asoslari | 38-modda. Fuqarolarni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topish asoslari |
Fuqarolarni munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topish asoslari, shuningdek turar joy berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Fuqarolarni munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topish asoslari, shuningdek turar joy berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
39-modda. Fuqarolarning turar joy olish huquqiga ega boʻlish yoshi | 39-modda. Fuqarolarning turar joy olish huquqiga ega boʻlish yoshi |
Fuqarolar oʻn sakkiz yoshga toʻlgach, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan nikoh tuzganlar, emansipatsiya qilinganlar yoki ishga kirganlar esa qonunda nazarda tutilgan hollarda – tegishli ravishda nikoh tuzgan, emansipatsiya qilingan yoxud ishga kirgan vaqtidan boshlab munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻladilar. | Fuqarolar oʻn sakkiz yoshga toʻlgach, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan nikoh tuzganlar, emansipatsiya qilinganlar yoki ishga kirganlar esa qonunda nazarda tutilgan hollarda – tegishli ravishda nikoh tuzgan, emansipatsiya qilingan yoxud ishga kirgan vaqtidan boshlab munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻladilar. |
40-modda. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalari | 40-modda. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalari |
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va turar joy olish uchun hisobda turgan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan fuqarolar egadirlar. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va turar joy olish uchun hisobda turgan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan fuqarolar egadirlar. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan bir marta turar joy olishga haqlidirlar. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan bir marta turar joy olishga haqlidirlar. |
41-modda. Fuqarolarning munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridan turar joyni mulk qilib olishi | 41-modda. Fuqarolarning munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridan turar joyni mulk qilib olishi |
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida ijaraga, arendaga oluvchining oʻzi egallab turgan, arendaga olgan turar joyni sotib olish huquqi nazarda tutilishi mumkin. Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi bunday turar joylarni sotib olish tartibi qonunchilikda belgilanadi. | Munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida ijaraga, arendaga oluvchining oʻzi egallab turgan, arendaga olgan turar joyni sotib olish huquqi nazarda tutilishi mumkin. Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi bunday turar joylarni sotib olish tartibi qonunchilikda belgilanadi. |
42-modda. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi | 42-modda. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi. |
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga oʻn olti kvadrat metrdan kam boʻlmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – yigirma uch kvadrat metrdan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi. | Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga oʻn olti kvadrat metrdan kam boʻlmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – yigirma uch kvadrat metrdan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi. |
Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin. | Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin. |
Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qoʻshimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki oʻn sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida beriladi. Ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan roʻyxat boʻyicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga koʻra qoʻshimcha maydon zarur boʻlgan fuqarolarga bunday maydon miqdori koʻpaytirilishi mumkin. | Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qoʻshimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki oʻn sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida beriladi. Ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan roʻyxat boʻyicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga koʻra qoʻshimcha maydon zarur boʻlgan fuqarolarga bunday maydon miqdori koʻpaytirilishi mumkin. |
Qoʻshimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalarining roʻyxati, qoʻshimcha maydonni berish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi. | Qoʻshimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalarining roʻyxati, qoʻshimcha maydonni berish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi. |
43-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan uylardagi, shuningdek ulushli ishtirok etish tartibida qurilgan uylardagi turar joyga koʻchib kirish | 43-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan uylardagi, shuningdek ulushli ishtirok etish tartibida qurilgan uylardagi turar joyga koʻchib kirish |
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida boʻshayotgan turar joylar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablagʻlariga qurilgan uylarda boʻshayotgan turar joylar birinchi navbatda ushbu korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan xodimlariga koʻchib kirish uchun beriladi. Bunday koʻchib kirish tartibi, uy berilgan yoki qurilish tugallangan vaqtidan qatʼi nazar, qoʻllanadi. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida boʻshayotgan turar joylar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablagʻlariga qurilgan uylarda boʻshayotgan turar joylar birinchi navbatda ushbu korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan xodimlariga koʻchib kirish uchun beriladi. Bunday koʻchib kirish tartibi, uy berilgan yoki qurilish tugallangan vaqtidan qatʼi nazar, qoʻllanadi. |
44-modda. Kvartirada boʻshagan turar joyga koʻchib kirish | 44-modda. Kvartirada boʻshagan turar joyga koʻchib kirish |
Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidan ikki va undan ortiq ijaraga oluvchi yashaydigan kvartirada boshqa turar joydan alohida boʻlmagan va shu turar joyga tutash xona boʻshab qolsa, bu xona foydalanish uchun tutash xonani ijaraga oluvchiga berilishi kerak. | Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidan ikki va undan ortiq ijaraga oluvchi yashaydigan kvartirada boshqa turar joydan alohida boʻlmagan va shu turar joyga tutash xona boʻshab qolsa, bu xona foydalanish uchun tutash xonani ijaraga oluvchiga berilishi kerak. |
Agar kvartiradagi alohida xona boʻshasa, u belgilangan norma boʻyicha uy-joy maydoni bilan taʼminlanmagan ijaraga oluvchiga beriladi. Agar kvartirada belgilangan norma boʻyicha uy-joy maydoni bilan taʼminlanmagan bir necha ijaraga oluvchi boʻlsa, oilasi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga eng koʻp muhtoj boʻlgan ijaraga oluvchi boʻshagan xonani olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi. | Agar kvartiradagi alohida xona boʻshasa, u belgilangan norma boʻyicha uy-joy maydoni bilan taʼminlanmagan ijaraga oluvchiga beriladi. Agar kvartirada belgilangan norma boʻyicha uy-joy maydoni bilan taʼminlanmagan bir necha ijaraga oluvchi boʻlsa, oilasi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga eng koʻp muhtoj boʻlgan ijaraga oluvchi boʻshagan xonani olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi. |
Ijaraga oluvchi (ijaraga oluvchilar) boʻshagan xonaga joylashishni rad etgan taqdirda, u umumiy tartibda beriladi. | Ijaraga oluvchi (ijaraga oluvchilar) boʻshagan xonaga joylashishni rad etgan taqdirda, u umumiy tartibda beriladi. |
45-modda. Turar joy hujjati (orderi) | 45-modda. Turar joy hujjati (orderi) |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridan turar joy berish toʻgʻrisidagi qaror asosida mahalliy davlat hokimiyati organi fuqaroga berilgan turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻladigan yagona namunadagi hujjat (order) beradi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridan turar joy berish toʻgʻrisidagi qaror asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi fuqaroga berilgan turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻladigan yagona namunadagi hujjat (order) beradi. |
Hujjat (order) faqat boʻsh turgan alohida turar joyga, yangi qurilgan uylarda esa, davlat komissiyasining uyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi tasdiqlanganidan keyingina tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimi qarori bilan berilishi mumkin. | Hujjat (order) faqat boʻsh turgan alohida turar joyga, yangi qurilgan uylarda esa, davlat komissiyasining uyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi tasdiqlanganidan keyingina tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimi qarori bilan berilishi mumkin. |
Order shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Order shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
46-modda. Turar joy hujjatini (orderini) haqiqiy emas deb topish asoslari va tartibi | 46-modda. Turar joy hujjatini (orderini) haqiqiy emas deb topish asoslari va tartibi |
Fuqarolar tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlik toʻgʻrisida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar taqdim etilganda, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslarning hujjatda (orderda) koʻrsatilgan turar joyga boʻlgan huquqlari buzilganda, turar joy berish toʻgʻrisidagi masalani hal etishda mansabdor shaxslar tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar qilinganda, shuningdek turar joy berish tartibi va shartlarining boshqacha buzilishlari sodir etilgan hollarda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyga berilgan hujjat (order) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin. | Fuqarolar tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlik toʻgʻrisida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar taqdim etilganda, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslarning hujjatda (orderda) koʻrsatilgan turar joyga boʻlgan huquqlari buzilganda, turar joy berish toʻgʻrisidagi masalani hal etishda mansabdor shaxslar tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar qilinganda, shuningdek turar joy berish tartibi va shartlarining boshqacha buzilishlari sodir etilgan hollarda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyga berilgan hujjat (order) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin. |
Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab hujjat (order) berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida qoʻzgʻatilishi mumkin. | Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab hujjat (order) berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida qoʻzgʻatilishi mumkin. |
47-modda. Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish oqibatlari | 47-modda. Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish oqibatlari |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyiga berilgan hujjat (order) haqiqiy emas deb topilgan holda gʻayriqonuniy harakatlari oqibatida hujjatni (orderni) olgan shaxslar ularga boshqa turar joy bermasdan koʻchiriladi. Agar hujjatda (orderda) koʻrsatilgan fuqarolar ilgari davlat uy-joy fondining uyidagi turar joydan foydalanib kelgan boʻlsalar, ularga ilgari egallab turgan turar joyi qaytarilishi yoki boshqa turar joy berilishi kerak. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyiga berilgan hujjat (order) haqiqiy emas deb topilgan holda gʻayriqonuniy harakatlari oqibatida hujjatni (orderni) olgan shaxslar ularga boshqa turar joy bermasdan koʻchiriladi. Agar hujjatda (orderda) koʻrsatilgan fuqarolar ilgari davlat uy-joy fondining uyidagi turar joydan foydalanib kelgan boʻlsalar, ularga ilgari egallab turgan turar joyi qaytarilishi yoki boshqa turar joy berilishi kerak. |
Agar hujjat (order) boshqa asoslarga koʻra haqiqiy emas deb topilsa, hujjatda (orderda) koʻrsatilgan fuqarolar ularga boshqa turar joy yoki ilgari oʻzlari egallab turgan turar joy berilgan holda koʻchiriladilar. | Agar hujjat (order) boshqa asoslarga koʻra haqiqiy emas deb topilsa, hujjatda (orderda) koʻrsatilgan fuqarolar ularga boshqa turar joy yoki ilgari oʻzlari egallab turgan turar joy berilgan holda koʻchiriladilar. |
7-bob. MUNITSIPAL, IDORAVIY UY-JOY FONDI VA ANIQ MAQSADLI KOMMUNAL UY-JOY FONDINING UYLARIDAGI TURAR JOYLARDAN FOYDALANISH | 7-bob. MUNITSIPAL, IDORAVIY UY-JOY FONDI VA ANIQ MAQSADLI KOMMUNAL UY-JOY FONDINING UYLARIDAGI TURAR JOYLARDAN FOYDALANISH |
48-modda. Ijaraga berish shartnomasi boʻyicha turar joydan foydalanish | 48-modda. Ijaraga berish shartnomasi boʻyicha turar joydan foydalanish |
Ijaraga berish shartnomasi boʻyicha munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanayotgan ijaraga oluvchi undan belgilangan maqsadda va shartnoma shartlariga muvofiq foydalanishi shart. | Ijaraga berish shartnomasi boʻyicha munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanayotgan ijaraga oluvchi undan belgilangan maqsadda va shartnoma shartlariga muvofiq foydalanishi shart. |
Agar ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramay, turar joydan belgilangan maqsadga va ijaraga berish shartnomasi shartlariga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnomani bekor qilishni va zararni qoplashni talab qilishga haqlidir. | Agar ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramay, turar joydan belgilangan maqsadga va ijaraga berish shartnomasi shartlariga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnomani bekor qilishni va zararni qoplashni talab qilishga haqlidir. |
49-modda. Ijaraga beruvchining ijara shartnomasi boʻyicha majburiyatlari | 49-modda. Ijaraga beruvchining ijara shartnomasi boʻyicha majburiyatlari |
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi boʻsh turar joyni doimiy yashash uchun yaroqli holatda berishi shart. | Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi boʻsh turar joyni doimiy yashash uchun yaroqli holatda berishi shart. |
Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uy lozim darajada saqlanishini amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmatlar koʻrsatishi yoki xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlashi, koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulki taʼmirlanishini taʼminlashi shart. | Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uy lozim darajada saqlanishini amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmatlar koʻrsatishi yoki xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlashi, koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulki taʼmirlanishini taʼminlashi shart. |
50-modda. Ijaraga oluvchining, uning oila aʼzolarining hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning huquq va majburiyatlari | 50-modda. Ijaraga oluvchining, uning oila aʼzolarining hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning huquq va majburiyatlari |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi oila aʼzolari va oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlarini buzganliklari uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻladi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi oila aʼzolari va oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlarini buzganliklari uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻladi. |
Turar joyni ijaraga berish shartnomasiga boshqa fuqarolarni kiritish munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi. Agar boshqa fuqarolarning ijara shartnomasiga kiritilishi bu yerda yashayotganlarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj deb tan olinishiga olib kelsa, shuningdek mulk huquqi asosida turar joyi boʻlgan shaxslar uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan maydonga ega boʻlsa, bunday fuqarolarni ijaraga berish shartnomasiga kiritish mumkin emas. | Turar joyni ijaraga berish shartnomasiga boshqa fuqarolarni kiritish munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi. Agar boshqa fuqarolarning ijara shartnomasiga kiritilishi bu yerda yashayotganlarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj deb tan olinishiga olib kelsa, shuningdek mulk huquqi asosida turar joyi boʻlgan shaxslar uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan maydonga ega boʻlsa, bunday fuqarolarni ijaraga berish shartnomasiga kiritish mumkin emas. |
Oila tarkibining oʻzgarishi ijara shartnomasi tegishli qismining oʻzgarishiga olib keladi. | Oila tarkibining oʻzgarishi ijara shartnomasi tegishli qismining oʻzgarishiga olib keladi. |
Ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqlarga egadirlar. | Ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqlarga egadirlar. |
Ijaraga oluvchining voyaga yetgan oila aʼzolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda turar joyda doimiy yashayotgan barcha fuqarolar ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi bilan solidar javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ijaraga oluvchi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Bunday hollarda ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar sherik ijaraga oluvchi deb hisoblanadilar. | Ijaraga oluvchining voyaga yetgan oila aʼzolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda turar joyda doimiy yashayotgan barcha fuqarolar ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi bilan solidar javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ijaraga oluvchi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Bunday hollarda ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar sherik ijaraga oluvchi deb hisoblanadilar. |
Ijaraga oluvchining sobiq oila aʼzolari egallab turgan turar joyda yashashni davom ettirsalar, ular ijaraga oluvchi ega boʻlgan huquq va majburiyatlarni saqlab qoladilar. | Ijaraga oluvchining sobiq oila aʼzolari egallab turgan turar joyda yashashni davom ettirsalar, ular ijaraga oluvchi ega boʻlgan huquq va majburiyatlarni saqlab qoladilar. |
Ijaraga oluvchi, ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar: | Ijaraga oluvchi, ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar: |
koʻp kvartirali uyning turar joylaridan, umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan belgilangan maqsadda, boshqa fuqarolar va yuridik shaxslarning uy-joy huquqi, oʻzga huquqlarini kamsitmagan holda foydalanishi; | koʻp kvartirali uyning turar joylaridan, umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan belgilangan maqsadda, boshqa fuqarolar va yuridik shaxslarning uy-joy huquqi, oʻzga huquqlarini kamsitmagan holda foydalanishi; |
turar joylarning asralishini taʼminlashi, shuningdek ularni tegishli texnik hamda sanitariya holatida saqlab turishi; | turar joylarning asralishini taʼminlashi, shuningdek ularni tegishli texnik hamda sanitariya holatida saqlab turishi; |
avariya yuz bergan taqdirda, oʻzlari egallab turgan turar joyga tegishli avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillari kirishlarini taʼminlashi; | avariya yuz bergan taqdirda, oʻzlari egallab turgan turar joyga tegishli avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillari kirishlarini taʼminlashi; |
qonunchilikda nazarda tutilgan texnik, sanitariya, ekologik va yongʻinga qarshi talablarni bajarishi; | qonunchilikda nazarda tutilgan texnik, sanitariya, ekologik va yongʻinga qarshi talablarni bajarishi; |
ijara shartnomasi boʻyicha turar joylar haqini va kommunal xizmatlar haqini oʻz vaqtida toʻlashi shart. | ijara shartnomasi boʻyicha turar joylar haqini va kommunal xizmatlar haqini oʻz vaqtida toʻlashi shart. |
51-modda. Ijaraga oluvchining turar joyga oila aʼzolari va boshqa fuqarolarni koʻchirib kiritish huquqi | 51-modda. Ijaraga oluvchining turar joyga oila aʼzolari va boshqa fuqarolarni koʻchirib kiritish huquqi |
Ijaraga oluvchi belgilangan tartibda ijaraga beruvchining roziligi bilan oila aʼzolarini, oilaning voyaga yetgan barcha aʼzolarining bergan yozma roziligiga binoan esa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidagi ijaraga olingan turar joyga boshqa fuqarolarni koʻchirib kiritishga haqlidir. Oilaning voyaga yetmagan aʼzolarini koʻchirib kiritish uchun bunday rozilik talab etilmaydi. | Ijaraga oluvchi belgilangan tartibda ijaraga beruvchining roziligi bilan oila aʼzolarini, oilaning voyaga yetgan barcha aʼzolarining bergan yozma roziligiga binoan esa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidagi ijaraga olingan turar joyga boshqa fuqarolarni koʻchirib kiritishga haqlidir. Oilaning voyaga yetmagan aʼzolarini koʻchirib kiritish uchun bunday rozilik talab etilmaydi. |
Turar joyga boshqa shaxslarni koʻchirib kiritishga qonunchilikning har bir kishiga moʻljallangan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi talablariga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi, voyaga yetmagan bolalarni va mehnatga qobiliyatsiz yolgʻiz ota-onalarni koʻchirib kiritish hollari bundan mustasno. | Turar joyga boshqa shaxslarni koʻchirib kiritishga qonunchilikning har bir kishiga moʻljallangan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi talablariga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi, voyaga yetmagan bolalarni va mehnatga qobiliyatsiz yolgʻiz ota-onalarni koʻchirib kiritish hollari bundan mustasno. |
Turar joyga ijaraga oluvchining oila aʼzosi sifatida koʻchib kelgan va ijara shartnomasiga kiritilgan fuqarolar, agar ular koʻchib kirayotganda bu shaxslar, ijaraga oluvchi va u bilan birga yashovchi oila aʼzolari oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi toʻgʻrisida boshqacha kelishuv tuzilmagan boʻlsa, boshqa oila aʼzolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqlarga ega boʻladilar. | Turar joyga ijaraga oluvchining oila aʼzosi sifatida koʻchib kelgan va ijara shartnomasiga kiritilgan fuqarolar, agar ular koʻchib kirayotganda bu shaxslar, ijaraga oluvchi va u bilan birga yashovchi oila aʼzolari oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi toʻgʻrisida boshqacha kelishuv tuzilmagan boʻlsa, boshqa oila aʼzolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqlarga ega boʻladilar. |
Ijaraga oluvchining turar joyiga vasiy yoki homiy sifatida koʻchib kirgan fuqarolar, shuningdek ijara shartnomasiga kiritilmagan boshqa shaxslar bu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega boʻlmaydilar. | Ijaraga oluvchining turar joyiga vasiy yoki homiy sifatida koʻchib kirgan fuqarolar, shuningdek ijara shartnomasiga kiritilmagan boshqa shaxslar bu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega boʻlmaydilar. |
52-modda. Vaqtincha boʻlmagan fuqarolar turar joyining saqlanishi | 52-modda. Vaqtincha boʻlmagan fuqarolar turar joyining saqlanishi |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha boʻlmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha boʻlmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi. |
Vaqtincha boʻlmaganida fuqarolarning turar joyi quyidagi hollarda olti oydan ortiq muddatga saqlanib turadi: | Vaqtincha boʻlmaganida fuqarolarning turar joyi quyidagi hollarda olti oydan ortiq muddatga saqlanib turadi: |
harbiy xizmatga chaqirilganda – chaqiruv boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida; | harbiy xizmatga chaqirilganda – chaqiruv boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida; |
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirilganda – kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida; | kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirilganda – kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida; |
ish sharoitlari va xususiyati boʻyicha (kema ekipaji, geologiya, qidiruv partiyalarining, ekspeditsiyalarining xodimlari va hokazolar), chet elga xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishi munosabati bilan (studentlar, doktorantlar va boshqalar) doimiy yashash joyidan vaqtincha joʻnab ketilganda – ushbu ishni bajarish, xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishning butun davri mobaynida; | ish sharoitlari va xususiyati boʻyicha (kema ekipaji, geologiya, qidiruv partiyalarining, ekspeditsiyalarining xodimlari va hokazolar), chet elga xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishi munosabati bilan (studentlar, doktorantlar va boshqalar) doimiy yashash joyidan vaqtincha joʻnab ketilganda – ushbu ishni bajarish, xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishning butun davri mobaynida; |
bolalar tarbiyalash uchun bolalar muassasasiga, qarindoshlarga yoki homiylarga, vasiylarga topshirilganda – ular ushbu muassasada, qarindoshlar yoki homiylar, vasiylar qaramogʻida boʻladigan butun davr mobaynida, agar bolalar chiqib ketgan turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar bolalar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, ushbu xona bolalarning muassasada boʻlishi muddati tugaguncha yoki qarindoshlar yoxud homiylar, vasiylar qaramogʻidan qaytib kelgan bolalar voyaga yetguncha, shuningdek tegishli hollarda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida oʻqish tugaguncha yoxud mamlakat Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat muddati tamom boʻlguncha ushbu turar joy ijara shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga berib turilishi mumkin; | bolalar tarbiyalash uchun bolalar muassasasiga, qarindoshlarga yoki homiylarga, vasiylarga topshirilganda – ular ushbu muassasada, qarindoshlar yoki homiylar, vasiylar qaramogʻida boʻladigan butun davr mobaynida, agar bolalar chiqib ketgan turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar bolalar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, ushbu xona bolalarning muassasada boʻlishi muddati tugaguncha yoki qarindoshlar yoxud homiylar, vasiylar qaramogʻidan qaytib kelgan bolalar voyaga yetguncha, shuningdek tegishli hollarda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida oʻqish tugaguncha yoxud mamlakat Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat muddati tamom boʻlguncha ushbu turar joy ijara shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga berib turilishi mumkin; |
homiy, vasiy vazifasini bajarish munosabati bilan joʻnab ketilganda – ushbu vazifalarni bajarishning butun davri mobaynida; | homiy, vasiy vazifasini bajarish munosabati bilan joʻnab ketilganda – ushbu vazifalarni bajarishning butun davri mobaynida; |
davolanish uchun davolash-profilaktika muassasalariga joʻnab ketilganda – davolanishda boʻlgan butun davr mobaynida; | davolanish uchun davolash-profilaktika muassasalariga joʻnab ketilganda – davolanishda boʻlgan butun davr mobaynida; |
qamalganda yoki ushbu turar joyda yashash imkoniyatini istisno etuvchi ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa jazo chorasiga mahkum etilganda – qamoqda boʻlishning yoki jazoni oʻtashning butun davri mobaynida, agar turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar koʻrsatilgan fuqarolar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, bunday fuqarolar qamoqdan ozod boʻlguncha yoki jazoni oʻtab kelguncha boʻlgan muddatga ushbu xona ijara shartnomasi asosida boshqa shaxslarga berib turilishi mumkin. | qamalganda yoki ushbu turar joyda yashash imkoniyatini istisno etuvchi ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa jazo chorasiga mahkum etilganda – qamoqda boʻlishning yoki jazoni oʻtashning butun davri mobaynida, agar turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar koʻrsatilgan fuqarolar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, bunday fuqarolar qamoqdan ozod boʻlguncha yoki jazoni oʻtab kelguncha boʻlgan muddatga ushbu xona ijara shartnomasi asosida boshqa shaxslarga berib turilishi mumkin. |
Vaqtincha boʻlmaganida shaxsning turar joydan foydalanish huquqi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar tugagan kundan boshlab olti oy mobaynida saqlanib qoladi. | Vaqtincha boʻlmaganida shaxsning turar joydan foydalanish huquqi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar tugagan kundan boshlab olti oy mobaynida saqlanib qoladi. |
Agar ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar uzrli sabablarga koʻra turar joyda olti oydan ortiq muddat boʻlishmasa, bu muddat shu shaxslarning arizasiga binoan ijaraga beruvchi tomonidan, nizoli hollarda esa, sud tomonidan uzaytirib berilishi mumkin. | Agar ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar uzrli sabablarga koʻra turar joyda olti oydan ortiq muddat boʻlishmasa, bu muddat shu shaxslarning arizasiga binoan ijaraga beruvchi tomonidan, nizoli hollarda esa, sud tomonidan uzaytirib berilishi mumkin. |
53-modda. Vaqtincha boʻlmaganida fuqarolarning turar joyi saqlanishi muddatlarini qisqartirishga yoʻl qoʻyilmasligi | 53-modda. Vaqtincha boʻlmaganida fuqarolarning turar joyi saqlanishi muddatlarini qisqartirishga yoʻl qoʻyilmasligi |
Vaqtincha boʻlmaganida fuqarolarning munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyi saqlanishi muddatlari ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchining oʻzaro kelishuvi bilan qisqartirilishi mumkin emas. | Vaqtincha boʻlmaganida fuqarolarning munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyi saqlanishi muddatlari ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchining oʻzaro kelishuvi bilan qisqartirilishi mumkin emas. |
54-modda. Fuqarolarni turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish | 54-modda. Fuqarolarni turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish |
Fuqarolarni belgilangan muddatdan ortiq boʻlmaganlari oqibatida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish ijaraga beruvchining yoki ushbu turar joyda yashab qolgan boshqa doimiy foydalanuvchilarning daʼvo arizasiga binoan sud tartibida amalga oshiriladi. | Fuqarolarni belgilangan muddatdan ortiq boʻlmaganlari oqibatida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish ijaraga beruvchining yoki ushbu turar joyda yashab qolgan boshqa doimiy foydalanuvchilarning daʼvo arizasiga binoan sud tartibida amalga oshiriladi. |
55-modda. Vaqtincha boʻlmagan ijaraga oluvchining hamda uning oila aʼzolarining huquq va majburiyatlari | 55-modda. Vaqtincha boʻlmagan ijaraga oluvchining hamda uning oila aʼzolarining huquq va majburiyatlari |
Agar turar joyni ijaraga oluvchi vaqtincha boʻlmasa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyda yashovchi oila aʼzolari oʻzlari egallab turgan barcha turar joylardan avvalgi shartlar asosida foydalanishga haqlidirlar. Bunda ular ushbu turar joyni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar. Vaqtincha boʻlmagan fuqaroning foydalanish huquqi saqlanadigan uy-joy maydoni ortiqcha uy-joy maydoni deb hisoblanmaydi. | Agar turar joyni ijaraga oluvchi vaqtincha boʻlmasa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyda yashovchi oila aʼzolari oʻzlari egallab turgan barcha turar joylardan avvalgi shartlar asosida foydalanishga haqlidirlar. Bunda ular ushbu turar joyni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar. Vaqtincha boʻlmagan fuqaroning foydalanish huquqi saqlanadigan uy-joy maydoni ortiqcha uy-joy maydoni deb hisoblanmaydi. |
56-modda. Ijaraga oluvchining oʻzi egallab turgan turar joy oʻrniga kichikrogʻini olish huquqi | 56-modda. Ijaraga oluvchining oʻzi egallab turgan turar joy oʻrniga kichikrogʻini olish huquqi |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, agar belgilangan normadan ortiqcha turar joy maydoniga ega boʻlsa, voyaga yetgan oila aʼzolarining roziligiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlariga yoki turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilotga belgilangan tartibda murojaat etib, egallab turgan turar joyini kichikroq hajmdagi turar joyga almashtirishni soʻrashi mumkin. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, agar belgilangan normadan ortiqcha turar joy maydoniga ega boʻlsa, voyaga yetgan oila aʼzolarining roziligiga binoan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yoki turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilotga belgilangan tartibda murojaat etib, egallab turgan turar joyini kichikroq hajmdagi turar joyga almashtirishni soʻrashi mumkin. |
57-modda. Turar joyni ikkilamchi ijaraga berish | 57-modda. Turar joyni ikkilamchi ijaraga berish |
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan hamda oʻzi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila aʼzolarining, oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bilan ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga haqlidir. Ijaraga oluvchi oʻzi egallab turgan turar joyning bir qismini, vaqtincha koʻchib ketayotganda esa — barchasini (uning foydalanish huquqi saqlanadigan butun davr uchun) ikkilamchi ijaraga topshirishi mumkin, bunda ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻlib qoladi. | Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan hamda oʻzi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila aʼzolarining, oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bilan ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga haqlidir. Ijaraga oluvchi oʻzi egallab turgan turar joyning bir qismini, vaqtincha koʻchib ketayotganda esa — barchasini (uning foydalanish huquqi saqlanadigan butun davr uchun) ikkilamchi ijaraga topshirishi mumkin, bunda ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻlib qoladi. |
Ijaraga oluvchining turar joyida ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi asosida yashayotgan shaxslar ushbu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega boʻlmaydilar. | Ijaraga oluvchining turar joyida ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi asosida yashayotgan shaxslar ushbu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega boʻlmaydilar. |
Turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati turar joyni ijaraga berish shartnomasining muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas. | Turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati turar joyni ijaraga berish shartnomasining muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas. |
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda u bilan bir vaqtda turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi ham bekor boʻladi. | Turar joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda u bilan bir vaqtda turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi ham bekor boʻladi. |
Yangi muddatga shartnoma tuzishga boʻlgan imtiyozli huquq toʻgʻrisidagi qoida turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan tatbiq etilmaydi. | Yangi muddatga shartnoma tuzishga boʻlgan imtiyozli huquq toʻgʻrisidagi qoida turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi uylarda turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalari qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. | Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi uylarda turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalari qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. |
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylarni ikkilamchi ijaraga berishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylarni ikkilamchi ijaraga berishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
58-modda. Turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga yoʻl qoʻyilmaydigan shart-sharoitlar | 58-modda. Turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga yoʻl qoʻyilmaydigan shart-sharoitlar |
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi: | Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi: |
agar ikkilamchi ijaraga oluvchining koʻchib kirishi oqibatida har bir yashovchiga toʻgʻri keladigan umumiy maydon belgilangan normadan kamayib ketsa; | agar ikkilamchi ijaraga oluvchining koʻchib kirishi oqibatida har bir yashovchiga toʻgʻri keladigan umumiy maydon belgilangan normadan kamayib ketsa; |
agar unda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatdagi ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan shaxslar yashayotgan boʻlsa; | agar unda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatdagi ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan shaxslar yashayotgan boʻlsa; |
ijaraga beruvchining roziligi boʻlmasa; | ijaraga beruvchining roziligi boʻlmasa; |
ijaraga oluvchining. uning voyaga yetgan oila aʼzolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi boʻlmasa; | ijaraga oluvchining. uning voyaga yetgan oila aʼzolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi boʻlmasa; |
turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda. | turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda. |
59-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi boʻyicha turar joydan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq | 59-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi boʻyicha turar joydan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq |
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi boʻyicha foydalanganlik va kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan haq miqdori taraflar kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin uning miqdori shu joy uchun ijaraga oluvchi tomonidan toʻlanayotgan haq hamda kommunal xizmatlar haqidan oshib ketmasligi kerak. | Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi boʻyicha foydalanganlik va kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan haq miqdori taraflar kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin uning miqdori shu joy uchun ijaraga oluvchi tomonidan toʻlanayotgan haq hamda kommunal xizmatlar haqidan oshib ketmasligi kerak. |
60-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini bekor qilish | 60-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini bekor qilish |
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati tugagandan soʻng ikkilamchi ijaraga oluvchi shartnomani qayta tiklashni talab qilishga haqli emas va u egallab turgan turar joyni ijaraga oluvchining talabidan keyin ham boʻshatib bermasa, unga boshqa turar joy berilmagan holda sud tartibida koʻchiriladi. Ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ikkilamchi ijaraga oluvchi unga boshqa turar joy berilmagan holda xuddi shu tartibda koʻchiriladi. | Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati tugagandan soʻng ikkilamchi ijaraga oluvchi shartnomani qayta tiklashni talab qilishga haqli emas va u egallab turgan turar joyni ijaraga oluvchining talabidan keyin ham boʻshatib bermasa, unga boshqa turar joy berilmagan holda sud tartibida koʻchiriladi. Ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ikkilamchi ijaraga oluvchi unga boshqa turar joy berilmagan holda xuddi shu tartibda koʻchiriladi. |
Agar ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi muddati koʻrsatilmay tuzilgan boʻlsa, ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bekor qilinishi haqida ikkilamchi ijaraga oluvchini uch oy oldin ogohlantirishi shart. | Agar ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi muddati koʻrsatilmay tuzilgan boʻlsa, ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bekor qilinishi haqida ikkilamchi ijaraga oluvchini uch oy oldin ogohlantirishi shart. |
Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi, shuningdek ushbu Kodeksning 69-moddasi hamda 119-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ham bekor qilinishi mumkin. | Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi, shuningdek ushbu Kodeksning 69-moddasi hamda 119-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ham bekor qilinishi mumkin. |
61-modda. Vaqtincha yashovchilar | 61-modda. Vaqtincha yashovchilar |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar oʻzaro kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha yashovchilarga (foydalanuvchilarga) turar joyda tekin yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar. Vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati olti oydan oshmasligi kerak. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar oʻzaro kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha yashovchilarga (foydalanuvchilarga) turar joyda tekin yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar. Vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati olti oydan oshmasligi kerak. |
Vaqtincha yashovchilar turar joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega boʻlmaydilar. Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir. | Vaqtincha yashovchilar turar joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega boʻlmaydilar. Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir. |
Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati oʻtganidan keyin, agarda bunday muddat kelishilmagan boʻlsa, ijaraga oluvchi, uning oila aʼzosi yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqaro tomonidan tegishli talab qoʻyilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan yetti kun ichida turar joyni boʻshatishlari shart. Talab rad etilgan taqdirda vaqtincha yashovchilar sud tartibida boshqa turar joy bermasdan koʻchirilishlari lozim. | Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati oʻtganidan keyin, agarda bunday muddat kelishilmagan boʻlsa, ijaraga oluvchi, uning oila aʼzosi yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqaro tomonidan tegishli talab qoʻyilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan yetti kun ichida turar joyni boʻshatishlari shart. Talab rad etilgan taqdirda vaqtincha yashovchilar sud tartibida boshqa turar joy bermasdan koʻchirilishlari lozim. |
Bir kishi hisobiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni ijtimoiy normasi haqidagi qonunchilik talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qoʻyishi mumkin. | Bir kishi hisobiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni ijtimoiy normasi haqidagi qonunchilik talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qoʻyishi mumkin. |
62-modda. Ijaraga berilgan turar joyni taʼmirlash | 62-modda. Ijaraga berilgan turar joyni taʼmirlash |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi ijaraga berilgan turar joyni taʼmirlash, agar turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ijaraga oluvchining majburiyatiga kiradi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi ijaraga berilgan turar joyni taʼmirlash, agar turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ijaraga oluvchining majburiyatiga kiradi. |
Ijaraga berilgan turar joyni kapital taʼmirlash, agar shu turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ijaraga beruvchining majburiyatiga kiradi. | Ijaraga berilgan turar joyni kapital taʼmirlash, agar shu turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ijaraga beruvchining majburiyatiga kiradi. |
Ijaraga berilgan turar joyni ijaraga oluvchining roziligisiz qayta qurishga, oʻzgartirishga, agar bunday qayta qurish va oʻzgartirish uy-joydan foydalanish sharoitlarini tubdan oʻzgartirsa, yoʻl qoʻyilmaydi. | Ijaraga berilgan turar joyni ijaraga oluvchining roziligisiz qayta qurishga, oʻzgartirishga, agar bunday qayta qurish va oʻzgartirish uy-joydan foydalanish sharoitlarini tubdan oʻzgartirsa, yoʻl qoʻyilmaydi. |
63-modda. Uyning kapital taʼmirlanishi munosabati bilan fuqarolarga turar joy berish | 63-modda. Uyning kapital taʼmirlanishi munosabati bilan fuqarolarga turar joy berish |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joy kapital taʼmirlanayotganda, taʼmirlashni ijaraga oluvchini koʻchirmasdan amalga oshirish mumkin boʻlmasa, ijaraga beruvchi taʼmirlanayotgan turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilmagan holda ijaraga oluvchiga, uning oila aʼzolariga va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga kapital taʼmirlash oʻtkazish vaqtida boshqa turar joy berishi shart. Ijaraga oluvchi bu turar joyga koʻchib kirishni rad etgan taqdirda ijaraga beruvchi uning koʻchib oʻtishini sud tartibida talab qilishi mumkin. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joy kapital taʼmirlanayotganda, taʼmirlashni ijaraga oluvchini koʻchirmasdan amalga oshirish mumkin boʻlmasa, ijaraga beruvchi taʼmirlanayotgan turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilmagan holda ijaraga oluvchiga, uning oila aʼzolariga va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga kapital taʼmirlash oʻtkazish vaqtida boshqa turar joy berishi shart. Ijaraga oluvchi bu turar joyga koʻchib kirishni rad etgan taqdirda ijaraga beruvchi uning koʻchib oʻtishini sud tartibida talab qilishi mumkin. |
Kapital taʼmirlash vaqtida beriladigan turar joy sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob berishi hamda shu aholi punkti chegarasi doirasida joylashgan boʻlishi kerak. | Kapital taʼmirlash vaqtida beriladigan turar joy sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob berishi hamda shu aholi punkti chegarasi doirasida joylashgan boʻlishi kerak. |
Ijaraga oluvchini, uning oila aʼzolarini va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarni ular egallab turgan turar joydan boshqa turar joy maydoniga koʻchib oʻtishi va (taʼmirlash tugagach) ilgarigi joyiga qayta koʻchib oʻtishi taʼmirlanishi kerak boʻlgan turar joy tasarrufida boʻlgan ijaraga beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. | Ijaraga oluvchini, uning oila aʼzolarini va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarni ular egallab turgan turar joydan boshqa turar joy maydoniga koʻchib oʻtishi va (taʼmirlash tugagach) ilgarigi joyiga qayta koʻchib oʻtishi taʼmirlanishi kerak boʻlgan turar joy tasarrufida boʻlgan ijaraga beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. |
Ijaraga oluvchi kapital taʼmirlash munosabati bilan boshqa turar joyda yashagan davrda u foydalanish va kommunal xizmatlar uchun kapital taʼmirlash vaqtiga berilgan turar joy uchun haq toʻlaydi. | Ijaraga oluvchi kapital taʼmirlash munosabati bilan boshqa turar joyda yashagan davrda u foydalanish va kommunal xizmatlar uchun kapital taʼmirlash vaqtiga berilgan turar joy uchun haq toʻlaydi. |
Kapital taʼmirlash davrida vaqtinchalik turar joy berish oʻrniga ijaraga oluvchiga, uning oila aʼzolariga va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning roziligi bilan doimiy foydalanish uchun boshqa obod turar joy berilishi mumkin. | Kapital taʼmirlash davrida vaqtinchalik turar joy berish oʻrniga ijaraga oluvchiga, uning oila aʼzolariga va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning roziligi bilan doimiy foydalanish uchun boshqa obod turar joy berilishi mumkin. |
Turar joy taʼmirlab boʻlingach, ijaraga beruvchi turar joyni ijaraga oluvchiga qaytarishdan bosh tortgan holda ijaraga oluvchi sudga murojaat etishga haqlidir. | Turar joy taʼmirlab boʻlingach, ijaraga beruvchi turar joyni ijaraga oluvchiga qaytarishdan bosh tortgan holda ijaraga oluvchi sudga murojaat etishga haqlidir. |
64-modda. Rekonstruksiya yoki kapital taʼmirlash natijasida uy-joy maydoni oʻlchami tubdan oʻzgargan taqdirda ijaraga oluvchiga boshqa turar joy berish | 64-modda. Rekonstruksiya yoki kapital taʼmirlash natijasida uy-joy maydoni oʻlchami tubdan oʻzgargan taqdirda ijaraga oluvchiga boshqa turar joy berish |
Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar egallab turgan munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni rekonstruksiya yoxud kapital taʼmirlash natijasida saqlab qolish mumkin boʻlmaganda yoki u tubdan kengayganda, torayganda ijaraga oluvchiga va uning oila aʼzolariga, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga kapital taʼmirlash boshlangunga qadar shu aholi punkti chegarasi doirasida boshqa obod turar joy berilishi kerak. | Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar egallab turgan munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni rekonstruksiya yoxud kapital taʼmirlash natijasida saqlab qolish mumkin boʻlmaganda yoki u tubdan kengayganda, torayganda ijaraga oluvchiga va uning oila aʼzolariga, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga kapital taʼmirlash boshlangunga qadar shu aholi punkti chegarasi doirasida boshqa obod turar joy berilishi kerak. |
65-modda. Turar joyni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda oʻzgartirish | 65-modda. Turar joyni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda oʻzgartirish |
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi turar joyni hamda yordamchi xonalarni qayta qurish, oʻzgartirish kvartirani yanada obod qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkin va bunga ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila aʼzolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning, ijaraga beruvchining roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi. | Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi turar joyni hamda yordamchi xonalarni qayta qurish, oʻzgartirish kvartirani yanada obod qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkin va bunga ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila aʼzolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning, ijaraga beruvchining roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi. |
Ijaraga beruvchining, ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila aʼzolarining yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning turar joyni va yordamchi xonalarni qayta qurish yoki oʻzgartirishni rad etishi bilan bogʻliq nizolar sud tartibida hal etiladi. | Ijaraga beruvchining, ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila aʼzolarining yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning turar joyni va yordamchi xonalarni qayta qurish yoki oʻzgartirishni rad etishi bilan bogʻliq nizolar sud tartibida hal etiladi. |
Turar joy va yordamchi xonalarni ijaraga beruvchining ruxsatisiz oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan ijaraga oluvchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Turar joy va yordamchi xonalarni ijaraga beruvchining ruxsatisiz oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan ijaraga oluvchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylarni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda oʻzgartirish man etiladi. | Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylarni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda oʻzgartirish man etiladi. |
66-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini oʻzgartirish | 66-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini oʻzgartirish |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi faqat ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila aʼzolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar hamda ijaraga beruvchining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi faqat ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila aʼzolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar hamda ijaraga beruvchining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin. |
Ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning talabi boʻyicha shartnoma voyaga yetgan oila aʼzolaridan biri bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi turar joydan koʻchib ketgan yoki u vafot etgan taqdirda shartnoma ushbu turar joyda yashayotgan voyaga yetgan oila aʼzolaridan biri bilan tuziladi. | Ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning talabi boʻyicha shartnoma voyaga yetgan oila aʼzolaridan biri bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi turar joydan koʻchib ketgan yoki u vafot etgan taqdirda shartnoma ushbu turar joyda yashayotgan voyaga yetgan oila aʼzolaridan biri bilan tuziladi. |
Oila aʼzosining ijaraga oluvchi deb tan olinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi. | Oila aʼzosining ijaraga oluvchi deb tan olinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi. |
67-modda. Ijaraga oluvchi oila aʼzosining talabi boʻyicha turar joyni ijaraga berish shartnomasining oʻzgartirilishi | 67-modda. Ijaraga oluvchi oila aʼzosining talabi boʻyicha turar joyni ijaraga berish shartnomasining oʻzgartirilishi |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi ijaraga oluvchining oila aʼzosi, agar oilaning boshqa aʼzolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar rozi boʻlsa hamda uning ulushiga toʻgʻri keladigan turar joy maydoniga muvofiq yoxud turar joydan foydalanish tartibi toʻgʻrisida tuzilgan kelishuvni hisobga olgan holda unga ushbu Kodeksning 9-moddasi talablariga javob beradigan turar joy ajratilishi mumkin boʻlsa, oʻzi bilan alohida ijara shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidir. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi ijaraga oluvchining oila aʼzosi, agar oilaning boshqa aʼzolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar rozi boʻlsa hamda uning ulushiga toʻgʻri keladigan turar joy maydoniga muvofiq yoxud turar joydan foydalanish tartibi toʻgʻrisida tuzilgan kelishuvni hisobga olgan holda unga ushbu Kodeksning 9-moddasi talablariga javob beradigan turar joy ajratilishi mumkin boʻlsa, oʻzi bilan alohida ijara shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidir. |
Alohida ijara shartnomasi tuzish talab qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi. | Alohida ijara shartnomasi tuzish talab qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi. |
68-modda. Bir oilaga birlashgan ijaraga oluvchilarning talabi boʻyicha turar joyni ijaraga berish shartnomasining oʻzgartirilishi | 68-modda. Bir oilaga birlashgan ijaraga oluvchilarning talabi boʻyicha turar joyni ijaraga berish shartnomasining oʻzgartirilishi |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida alohida ijara shartnomalariga binoan yashayotgan fuqarolar bir oilaga birlashganlari taqdirda oʻzlari egallab turgan barcha turar joy uchun ulardan birortasi bilan yagona ijara shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidirlar. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida alohida ijara shartnomalariga binoan yashayotgan fuqarolar bir oilaga birlashganlari taqdirda oʻzlari egallab turgan barcha turar joy uchun ulardan birortasi bilan yagona ijara shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidirlar. |
Ijaraga beruvchining yagona ijara shartnomasi tuzishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. | Ijaraga beruvchining yagona ijara shartnomasi tuzishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. |
69-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish | 69-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish taraflarning kelishuvi boʻyicha amalga oshiriladi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish taraflarning kelishuvi boʻyicha amalga oshiriladi. |
Turar joyni ijaraga oluvchi oila aʼzolarining hamda oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bilan istalgan vaqtda ijaraga beruvchini uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, ijara shartnomasini bekor qilishi mumkin. Ana shunday ogohlantirishsiz shartnoma bekor qilingan taqdirda ijaraga oluvchi keyingi uch oy uchun turar joy haqini toʻlashi shart. | Turar joyni ijaraga oluvchi oila aʼzolarining hamda oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bilan istalgan vaqtda ijaraga beruvchini uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, ijara shartnomasini bekor qilishi mumkin. Ana shunday ogohlantirishsiz shartnoma bekor qilingan taqdirda ijaraga oluvchi keyingi uch oy uchun turar joy haqini toʻlashi shart. |
Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun joʻnab ketganlarida yoki shu aholi punktidagi boshqa turar joyga koʻchib oʻtganlarida turar joyni ijaraga berish shartnomasi joʻnab ketgan yoki koʻchib oʻtgan kundan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi. | Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun joʻnab ketganlarida yoki shu aholi punktidagi boshqa turar joyga koʻchib oʻtganlarida turar joyni ijaraga berish shartnomasi joʻnab ketgan yoki koʻchib oʻtgan kundan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi. |
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi istalgan tarafning talabi boʻyicha: | Turar joyni ijaraga berish shartnomasi istalgan tarafning talabi boʻyicha: |
agar turar joy doimiy yashash uchun yaroqsiz boʻlib qolsa, shuningdek u avariya holatida boʻlsa; | agar turar joy doimiy yashash uchun yaroqsiz boʻlib qolsa, shuningdek u avariya holatida boʻlsa; |
agar turar joy joylashgan uy buzilishi kerak boʻlsa; | agar turar joy joylashgan uy buzilishi kerak boʻlsa; |
uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda sud tartibida bekor qilinishi mumkin. | uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda sud tartibida bekor qilinishi mumkin. |
Ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining talabi boʻyicha quyidagi hollarda sud tartibida bekor qilinishi mumkin: | Ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining talabi boʻyicha quyidagi hollarda sud tartibida bekor qilinishi mumkin: |
agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchi olti oy ortiq muddat uchun turar joy haqini toʻlamasa, qisqa muddatli ijarada esa, shartnomada belgilangan toʻlov muddatini oʻtkazib ikki martadan ortiq toʻlamasa; | agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchi olti oy ortiq muddat uchun turar joy haqini toʻlamasa, qisqa muddatli ijarada esa, shartnomada belgilangan toʻlov muddatini oʻtkazib ikki martadan ortiq toʻlamasa; |
ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan fuqarolar turar joyni buzsa yoxud shikastlantirsa. Agar turar joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan boshqa fuqarolar turar joydan oʻz maqsadi boʻyicha foydalanmayotgan boʻlsa, yoxud turmush qoidalarini muntazam buzayotgan boʻlsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ogohlantirishi mumkin va bu talablar bajarilmaganda turar joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqlidir. | ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan fuqarolar turar joyni buzsa yoxud shikastlantirsa. Agar turar joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan boshqa fuqarolar turar joydan oʻz maqsadi boʻyicha foydalanmayotgan boʻlsa, yoxud turmush qoidalarini muntazam buzayotgan boʻlsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ogohlantirishi mumkin va bu talablar bajarilmaganda turar joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqlidir. |
Turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilanadi. | Turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilanadi. |
70-modda. Turar joydan koʻchirish | 70-modda. Turar joydan koʻchirish |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi egallab turilgan turar joydan koʻchirishga ushbu Kodeksda belgilangan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi egallab turilgan turar joydan koʻchirishga ushbu Kodeksda belgilangan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. |
Koʻchirish sud tartibida amalga oshiriladi. | Koʻchirish sud tartibida amalga oshiriladi. |
Turar joylarni oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslar prokuror sanksiyasi asosida maʼmuriy tartibda koʻchiriladilar. | Turar joylarni oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslar prokuror sanksiyasi asosida maʼmuriy tartibda koʻchiriladilar. |
Maʼmuriy tartibda koʻchirish toʻgʻrisidagi prokuror qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. | Maʼmuriy tartibda koʻchirish toʻgʻrisidagi prokuror qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. |
71-modda. Fuqarolarga boshqa obod turar joy bergan holda koʻchirish | 71-modda. Fuqarolarga boshqa obod turar joy bergan holda koʻchirish |
Fuqarolarga boshqa obod turar joy bergan holda ular munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan quyidagi hollarda koʻchiriladi: | Fuqarolarga boshqa obod turar joy bergan holda ular munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan quyidagi hollarda koʻchiriladi: |
agar turar joy joylashgan uy buzilishi kerak boʻlsa; | agar turar joy joylashgan uy buzilishi kerak boʻlsa; |
turar joy belgilangan tartibda avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa; | turar joy belgilangan tartibda avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa; |
turar joy yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazilayotgan boʻlsa. | turar joy yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazilayotgan boʻlsa. |
Turar joylar joylashgan munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratilishi munosabati bilan buzilishi kerak boʻlsa yoxud turar joy yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazilishi lozim boʻlsa, ushbu turar joydan koʻchirilayotgan fuqarolarga boshqa obod turar joy beriladi va bu turar joy yer uchastkasi ajratilayotgan yoki yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazilishi lozim boʻlgan turar joy berilayotgan korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan beriladi. | Turar joylar joylashgan munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratilishi munosabati bilan buzilishi kerak boʻlsa yoxud turar joy yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazilishi lozim boʻlsa, ushbu turar joydan koʻchirilayotgan fuqarolarga boshqa obod turar joy beriladi va bu turar joy yer uchastkasi ajratilayotgan yoki yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazilishi lozim boʻlgan turar joy berilayotgan korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan beriladi. |
Agar turar joy avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa, ushbu turar joydan koʻchirilayotgan fuqarolarga mahalliy davlat hokimiyati organi qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa obod turar joy beradi. | Agar turar joy avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa, ushbu turar joydan koʻchirilayotgan fuqarolarga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa obod turar joy beradi. |
Koʻchirilishi munosabati bilan fuqarolarga berilayotgan boshqa obod turar joy ushbu Kodeksning 9-moddasida belgilangan turar joylarga nisbatan qoʻyiladigan talablarga javob berishi, shu aholi punkti chegarasi doirasida boʻlishi va maydoni ilgari egallab turilgan maydondan kichik boʻlmasligi kerak. | Koʻchirilishi munosabati bilan fuqarolarga berilayotgan boshqa obod turar joy ushbu Kodeksning 9-moddasida belgilangan turar joylarga nisbatan qoʻyiladigan talablarga javob berishi, shu aholi punkti chegarasi doirasida boʻlishi va maydoni ilgari egallab turilgan maydondan kichik boʻlmasligi kerak. |
Agar ijaraga oluvchi alohida kvartirani yoki bittadan ortiq xonani egallab turgan boʻlsa, unga tegishligicha alohida kvartira yoxud xuddi shuncha xonali turar joy berilishi lozim. | Agar ijaraga oluvchi alohida kvartirani yoki bittadan ortiq xonani egallab turgan boʻlsa, unga tegishligicha alohida kvartira yoxud xuddi shuncha xonali turar joy berilishi lozim. |
Agar ijaraga oluvchi ortiqcha uy-joy maydoniga ega boʻlgan boʻlsa, turar joy bir kishi hisobiga uy-joy maydonining belgilangan ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan hajmda, qoʻshimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega boʻlgan va amalda undan foydalanib kelgan ijaraga oluvchiga yoki uning oila aʼzolariga – qoʻshimcha uy-joy maydoni normasi hisobga olingan holda beriladi. | Agar ijaraga oluvchi ortiqcha uy-joy maydoniga ega boʻlgan boʻlsa, turar joy bir kishi hisobiga uy-joy maydonining belgilangan ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan hajmda, qoʻshimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega boʻlgan va amalda undan foydalanib kelgan ijaraga oluvchiga yoki uning oila aʼzolariga – qoʻshimcha uy-joy maydoni normasi hisobga olingan holda beriladi. |
Koʻchirilayotgan shaxsga berilayotgan turar joy ijaraga oluvchini koʻchirish toʻgʻrisidagi sud qarorida, maʼmuriy tartibda koʻchirilayotganda esa, prokuror qarorida koʻrsatilgan boʻlishi shart. | Koʻchirilayotgan shaxsga berilayotgan turar joy ijaraga oluvchini koʻchirish toʻgʻrisidagi sud qarorida, maʼmuriy tartibda koʻchirilayotganda esa, prokuror qarorida koʻrsatilgan boʻlishi shart. |
72-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga va Milliy gvardiyasiga qarashli turar joylarni hisobga olish, berish, ulardan foydalanish, ularni bronlashtirish, almashtirish, ularga takroran koʻchib kirish | 72-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga va Milliy gvardiyasiga qarashli turar joylarni hisobga olish, berish, ulardan foydalanish, ularni bronlashtirish, almashtirish, ularga takroran koʻchib kirish |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga va Milliy gvardiyasiga qarashli turar joylarni hisobga olish, berish, ulardan foydalanish, ularni bronlashtirish, almashtirish, ularga takroran koʻchib kirish ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga va Milliy gvardiyasiga qarashli turar joylarni hisobga olish, berish, ulardan foydalanish, ularni bronlashtirish, almashtirish, ularga takroran koʻchib kirish ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. |
73-modda. Boshqa obod turar joy bergan holda harbiy shaharchalardan koʻchirish | 73-modda. Boshqa obod turar joy bergan holda harbiy shaharchalardan koʻchirish |
Harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqan harbiy xizmatchilar hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek ular bilan yashovchi shaxslar harbiy shaharchalardagi oʻzlari egallab turgan turar joydan boshqa obod turar joy berilgan holda koʻchirilishlari mumkin. Harbiy tashkilotlar bilan aloqasini uzgan boshqa shaxslar ham harbiy shaharchalardan xuddi shu tartibda koʻchiriladilar. | Harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqan harbiy xizmatchilar hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek ular bilan yashovchi shaxslar harbiy shaharchalardagi oʻzlari egallab turgan turar joydan boshqa obod turar joy berilgan holda koʻchirilishlari mumkin. Harbiy tashkilotlar bilan aloqasini uzgan boshqa shaxslar ham harbiy shaharchalardan xuddi shu tartibda koʻchiriladilar. |
74-modda. Fuqarolarga boshqa turar joy bermasdan koʻchirish | 74-modda. Fuqarolarga boshqa turar joy bermasdan koʻchirish |
Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joyni buzayotgan yoxud shikastlantirayotgan yoki undan oʻz maqsadi boʻyicha foydalanmayotgan yoxud turmush qoidalarini muntazam buzib boshqalarning u bilan bir kvartira yoki bir uyda yashash imkonini bermayotgan boʻlsalar, bunda ogohlantirishlar va jamoat taʼsir choralari natija bermagan boʻlsa, shuningdek shartnomada uzoqroq muddat belgilanmagani holda ijaraga oluvchi turar joy haqini olti oy toʻlamagan boʻlsa, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan toʻlov muddati oʻtganidan soʻng ikki martadan ortiq toʻlanmagan holda ijaraga beruvchi yoki oʻzga manfaatdor shaxslarning talabi boʻyicha aybdorlarni koʻchirish boshqa turar joy bermasdan amalga oshiriladi. Shuningdek ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar, ota-onalik huquqidan mahrum boʻlganliklari uchun oʻz farzandlari bilan birga yashashi mumkin emas deb topilsa, ular boshqa turar joy bermasdan koʻchirilishlari mumkin. | Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joyni buzayotgan yoxud shikastlantirayotgan yoki undan oʻz maqsadi boʻyicha foydalanmayotgan yoxud turmush qoidalarini muntazam buzib boshqalarning u bilan bir kvartira yoki bir uyda yashash imkonini bermayotgan boʻlsalar, bunda ogohlantirishlar va jamoat taʼsir choralari natija bermagan boʻlsa, shuningdek shartnomada uzoqroq muddat belgilanmagani holda ijaraga oluvchi turar joy haqini olti oy toʻlamagan boʻlsa, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan toʻlov muddati oʻtganidan soʻng ikki martadan ortiq toʻlanmagan holda ijaraga beruvchi yoki oʻzga manfaatdor shaxslarning talabi boʻyicha aybdorlarni koʻchirish boshqa turar joy bermasdan amalga oshiriladi. Shuningdek ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar, ota-onalik huquqidan mahrum boʻlganliklari uchun oʻz farzandlari bilan birga yashashi mumkin emas deb topilsa, ular boshqa turar joy bermasdan koʻchirilishlari mumkin. |
Birga yashash imkoni boʻlmaganligi sababli boshqa turar joy bermasdan koʻchirilishi lozim boʻlgan shaxslar oʻzlari egallab turgan turar joydan koʻchirilish oʻrniga uni almashtirishdan manfaatdor taraf koʻrsatgan boshqa turar joyga almashtirishga sud tomonidan majbur etilishlari mumkin. | Birga yashash imkoni boʻlmaganligi sababli boshqa turar joy bermasdan koʻchirilishi lozim boʻlgan shaxslar oʻzlari egallab turgan turar joydan koʻchirilish oʻrniga uni almashtirishdan manfaatdor taraf koʻrsatgan boshqa turar joyga almashtirishga sud tomonidan majbur etilishlari mumkin. |
Turar joyni oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar boshqa turar joy bermasdan ushbu Kodeks 70-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda koʻchiriladilar. | Turar joyni oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar boshqa turar joy bermasdan ushbu Kodeks 70-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda koʻchiriladilar. |
IV BOʻLIM. XIZMAT VA MAXSUS TURAR JOYLARNI BERISH, ULARDAN FOYDALANISH | IV BOʻLIM. XIZMAT VA MAXSUS TURAR JOYLARNI BERISH, ULARDAN FOYDALANISH |
8-bob. XIZMAT TURAR JOYLARINI BERISH VA ULARDAN FOYDALANISH | 8-bob. XIZMAT TURAR JOYLARINI BERISH VA ULARDAN FOYDALANISH |
75-modda. Xizmat turar joylari | 75-modda. Xizmat turar joylari |
Xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, oʻz mehnat munosabatlari xususiyatiga koʻra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak boʻlgan fuqarolar koʻchib kirishiga moʻljallangan turar joylar xizmat turar joylari deb hisoblanadi. | Xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, oʻz mehnat munosabatlari xususiyatiga koʻra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak boʻlgan fuqarolar koʻchib kirishiga moʻljallangan turar joylar xizmat turar joylari deb hisoblanadi. |
Saylab qoʻyiladigan lavozimlarni egallab turgan, mehnat shartnomalari boʻyicha ishlayotgan shaxslarga, harbiy xizmatchilarning ayrim toifalariga, shuningdek qonunchilikda belgilangan roʻyxatdagi boshqa shaxslarga beriladigan turar joylar ham xizmat turar joylariga kiritilishi mumkin. | Saylab qoʻyiladigan lavozimlarni egallab turgan, mehnat shartnomalari boʻyicha ishlayotgan shaxslarga, harbiy xizmatchilarning ayrim toifalariga, shuningdek qonunchilikda belgilangan roʻyxatdagi boshqa shaxslarga beriladigan turar joylar ham xizmat turar joylariga kiritilishi mumkin. |
Belgilangan tartibda oilaviy bolalar uyi tashkil etilganda tarbiyasiga olingan bolalar bilan birgalikda yashashi uchun tarbiyachi – ota-ona etib tayinlangan fuqarolarga xizmat uyi yoki xizmat kvartirasi beriladi. | Belgilangan tartibda oilaviy bolalar uyi tashkil etilganda tarbiyasiga olingan bolalar bilan birgalikda yashashi uchun tarbiyachi – ota-ona etib tayinlangan fuqarolarga xizmat uyi yoki xizmat kvartirasi beriladi. |
Xizmat turar joylaridan oʻz maqsadida foydalaniladi. | Xizmat turar joylaridan oʻz maqsadida foydalaniladi. |
Xizmat turar joylari mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga yoki xizmat davriga, saylab qoʻyiladigan lavozim muddati tugagunga qadar beriladi. | Xizmat turar joylari mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga yoki xizmat davriga, saylab qoʻyiladigan lavozim muddati tugagunga qadar beriladi. |
Xizmat turar joylarini berish tartibi, shuningdek ularni olish huquqiga ega boʻlgan xodimlar toifalari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Xizmat turar joylarini berish tartibi, shuningdek ularni olish huquqiga ega boʻlgan xodimlar toifalari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
76-modda. Ijara shartnomasini tuzish | 76-modda. Ijara shartnomasini tuzish |
Xizmat turar joyi ijara shartnomasi shu turar joy mulkdori yoki u vakil qilgan organ bilan ish, xizmat vaqtida undan foydalanish uchun topshirilayotgan shaxs oʻrtasida tuziladi. | Xizmat turar joyi ijara shartnomasi shu turar joy mulkdori yoki u vakil qilgan organ bilan ish, xizmat vaqtida undan foydalanish uchun topshirilayotgan shaxs oʻrtasida tuziladi. |
Xizmat turar joyi ijara shartnomasi yozma shaklda tuziladi. | Xizmat turar joyi ijara shartnomasi yozma shaklda tuziladi. |
77-modda. Xizmat turar joylaridan foydalanish | 77-modda. Xizmat turar joylaridan foydalanish |
Xizmat turar joylaridan foydalanish munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylardan foydalanish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. | Xizmat turar joylaridan foydalanish munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylardan foydalanish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. |
78-modda. Ijara shartnomasini bekor qilish | 78-modda. Ijara shartnomasini bekor qilish |
Xizmat turar joyi ijara shartnomasi mehnat, xizmat munosabatlari tugatilishi bilan bir vaqtda bekor boʻladi. | Xizmat turar joyi ijara shartnomasi mehnat, xizmat munosabatlari tugatilishi bilan bir vaqtda bekor boʻladi. |
Agar mehnat, xizmat munosabatlari tiklansa, xizmat turar joyini ijaraga oluvchi xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin ham ijara shartnomasini qayta tiklashda imtiyozli huquqni saqlab qoladi. | Agar mehnat, xizmat munosabatlari tiklansa, xizmat turar joyini ijaraga oluvchi xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin ham ijara shartnomasini qayta tiklashda imtiyozli huquqni saqlab qoladi. |
79-modda. Boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joylaridan koʻchirish | 79-modda. Boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joylaridan koʻchirish |
Korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzgan xodimlar, shuningdek saylab qoʻyiladigan lavozimlarni egallab turgan shaxslar, harbiy xizmatchilar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ular bilan birga yashayotgan barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joyidan koʻchiriladilar. | Korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzgan xodimlar, shuningdek saylab qoʻyiladigan lavozimlarni egallab turgan shaxslar, harbiy xizmatchilar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ular bilan birga yashayotgan barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joyidan koʻchiriladilar. |
Agar xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagach, ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar shu turar joyni boʻshatib berishdan bosh tortsalar, ular boshqa turar joy bermasdan sud tartibida koʻchiriladilar, ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Agar xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagach, ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar shu turar joyni boʻshatib berishdan bosh tortsalar, ular boshqa turar joy bermasdan sud tartibida koʻchiriladilar, ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. |
80-modda. Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan koʻchirish | 80-modda. Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan koʻchirish |
Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan quyidagilar koʻchiriladilar: | Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan quyidagilar koʻchiriladilar: |
I va II guruh nogironlari; | I va II guruh nogironlari; |
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalmilalchi jangchilar; | 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalmilalchi jangchilar; |
harbiy xizmatni oʻtayotganida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan harbiy xizmatchilarning oilalari; | harbiy xizmatni oʻtayotganida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan harbiy xizmatchilarning oilalari; |
nogiron farzandlari boʻlgan oilalar; | nogiron farzandlari boʻlgan oilalar; |
tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda; | tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda; |
xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida oʻn yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar; | xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida oʻn yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar; |
egallab turgan lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan boʻlib, lavozimidan boʻshagan, lekin turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar; | egallab turgan lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan boʻlib, lavozimidan boʻshagan, lekin turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar; |
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar; | xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar; |
oʻzi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar; | oʻzi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar; |
xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila aʼzolari; | xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila aʼzolari; |
voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolgʻiz shaxslar. | voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolgʻiz shaxslar. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarga shu Kodeksning 9-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida boʻlgan turar joy beriladi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarga shu Kodeksning 9-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida boʻlgan turar joy beriladi. |
9-bob. MAXSUS UYLARDAGI TURAR JOYLARDAN FOYDALANISH | 9-bob. MAXSUS UYLARDAGI TURAR JOYLARDAN FOYDALANISH |
81-modda. Maxsus uylar | 81-modda. Maxsus uylar |
Maxsus uylar fuqarolarning ayrim toifalari qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yashashi uchun moʻljallangandir. | Maxsus uylar fuqarolarning ayrim toifalari qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yashashi uchun moʻljallangandir. |
Maxsus uylar jumlasiga quyidagilar kiradi: | Maxsus uylar jumlasiga quyidagilar kiradi: |
yotoqxonalar; | yotoqxonalar; |
vaqtinchalik uy-joy fondi uylari; | vaqtinchalik uy-joy fondi uylari; |
nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar; | nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar; |
bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar. | bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar. |
82-modda. Yotoqxonalar berish va ulardan foydalanish | 82-modda. Yotoqxonalar berish va ulardan foydalanish |
Xodimlar, xizmatchilar, studentlar, oʻquvchilar, shuningdek boshqa fuqarolarga ishlash, xizmat yoki oʻqish davrida yashash uchun yotoqxonalar berilishi mumkin. Maxsus qurilgan yoki shu yotoqxonalar uchun qayta jihozlangan uylar yotoqxonalar sifatida beriladi. Yotoqxonalar ularda yashaydigan fuqarolarning istiqomat qilishlari, shugʻullanishlari va dam olishlari uchun zarur boʻlgan mebel, boshqa uy-roʻzgʻor asboblari va madaniy-maishiy buyumlar bilan taʼminlangan boʻladi. | Xodimlar, xizmatchilar, studentlar, oʻquvchilar, shuningdek boshqa fuqarolarga ishlash, xizmat yoki oʻqish davrida yashash uchun yotoqxonalar berilishi mumkin. Maxsus qurilgan yoki shu yotoqxonalar uchun qayta jihozlangan uylar yotoqxonalar sifatida beriladi. Yotoqxonalar ularda yashaydigan fuqarolarning istiqomat qilishlari, shugʻullanishlari va dam olishlari uchun zarur boʻlgan mebel, boshqa uy-roʻzgʻor asboblari va madaniy-maishiy buyumlar bilan taʼminlangan boʻladi. |
Yotoqxonalardan joy berish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Yotoqxonalardan joy berish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Uylarni yotoqxonalarga oʻtkazish, shuningdek yotoqxonalarga uylar maqomini berish uy-joy fondining mulkdorlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. | Uylarni yotoqxonalarga oʻtkazish, shuningdek yotoqxonalarga uylar maqomini berish uy-joy fondining mulkdorlari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. |
83-modda. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylarini berish va ulardan foydalanish | 83-modda. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylarini berish va ulardan foydalanish |
Vaqtinchalik uy-joy fondi tegishli uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organning qarori boʻyicha tashkil qilinishi mumkin. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylari ijaraga berish shartnomasi asosida fuqarolar egallab turgan turar joylar kapital taʼmirlanishi, rekonstruksiya, modernizatsiya qilinishi munosabati bilan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ularning vaqtincha yashab turishiga moʻljallangan boʻlib, sanitariya, yongʻinga qarshi va texnik talablarga javob berishi lozim. | Vaqtinchalik uy-joy fondi tegishli uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organning qarori boʻyicha tashkil qilinishi mumkin. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylari ijaraga berish shartnomasi asosida fuqarolar egallab turgan turar joylar kapital taʼmirlanishi, rekonstruksiya, modernizatsiya qilinishi munosabati bilan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ularning vaqtincha yashab turishiga moʻljallangan boʻlib, sanitariya, yongʻinga qarshi va texnik talablarga javob berishi lozim. |
Vaqtinchalik uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga turar joyi kapital taʼmirlanishi lozim boʻlgan, lekin unda yashab turgan fuqarolarni koʻchirmasdan taʼmirlashning imkoni boʻlmagan turar joyning ijaraga beruvchisi tomonidan beriladi. | Vaqtinchalik uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga turar joyi kapital taʼmirlanishi lozim boʻlgan, lekin unda yashab turgan fuqarolarni koʻchirmasdan taʼmirlashning imkoni boʻlmagan turar joyning ijaraga beruvchisi tomonidan beriladi. |
Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylarini berish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylarini berish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
84-modda. Maxsus maqsadli uylardan turar joylar berish | 84-modda. Maxsus maqsadli uylardan turar joylar berish |
Nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylardan, bolalar uylaridan hamda boshqa maxsus maqsadli uylardan, ularni tuzgan organ qaroriga binoan turar joylar beriladi. | Nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylardan, bolalar uylaridan hamda boshqa maxsus maqsadli uylardan, ularni tuzgan organ qaroriga binoan turar joylar beriladi. |
85-modda. Maxsus uylardan koʻchirish | 85-modda. Maxsus uylardan koʻchirish |
Maxsus uylardan koʻchirish ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. | Maxsus uylardan koʻchirish ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. |
Mehnat, xizmat munosabatlarini tugatgan fuqarolar, shuningdek oʻquv yurtlarida oʻqishni tamomlagan shaxslar ularga ishi, xizmati yoki oʻqishi munosabati bilan berilgan yotoqxonadan boshqa turar joy bermasdan koʻchiriladilar. | Mehnat, xizmat munosabatlarini tugatgan fuqarolar, shuningdek oʻquv yurtlarida oʻqishni tamomlagan shaxslar ularga ishi, xizmati yoki oʻqishi munosabati bilan berilgan yotoqxonadan boshqa turar joy bermasdan koʻchiriladilar. |
Ushbu Kodeksning 80-moddasida qayd etib oʻtilgan fuqarolar boshqa turar joy bermasdan yotoqxonadan koʻchirilishlari mumkin emas. | Ushbu Kodeksning 80-moddasida qayd etib oʻtilgan fuqarolar boshqa turar joy bermasdan yotoqxonadan koʻchirilishlari mumkin emas. |
Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylaridan va boshqa maxsus uylardan koʻchirish ushbu turar joy berilishiga olib kelgan sabablar bartaraf etilganligi (kapital taʼmirlash tugaganligi, boshqa turar joy berilganligi yoki olinganligi va hokazo) munosabati bilan, shuningdek ushbu Kodeksda va oʻzga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha ham amalga oshiriladi. | Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylaridan va boshqa maxsus uylardan koʻchirish ushbu turar joy berilishiga olib kelgan sabablar bartaraf etilganligi (kapital taʼmirlash tugaganligi, boshqa turar joy berilganligi yoki olinganligi va hokazo) munosabati bilan, shuningdek ushbu Kodeksda va oʻzga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha ham amalga oshiriladi. |
V BOʻLIM. TURAR JOY ARENDASI | V BOʻLIM. TURAR JOY ARENDASI |
86-modda. Turar joy arendasi shartnomasi | 86-modda. Turar joy arendasi shartnomasi |
Turar joy fuqarolar va yuridik shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun arenda shartnomasi asosida berilishi mumkin. Yuridik shaxs turar joydan faqat fuqarolar yashashi uchun foydalanishi mumkin. | Turar joy fuqarolar va yuridik shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun arenda shartnomasi asosida berilishi mumkin. Yuridik shaxs turar joydan faqat fuqarolar yashashi uchun foydalanishi mumkin. |
Turar joy arendasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi (roʻyxatdan oʻtkazilishi) lozim. | Turar joy arendasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi (roʻyxatdan oʻtkazilishi) lozim. |
Turar joy arendasi shartnomasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: | Turar joy arendasi shartnomasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: |
turar-joyni arendaga berish tartibi va uning qiymati; | turar-joyni arendaga berish tartibi va uning qiymati; |
turar joy arendasining muddatlari; | turar joy arendasining muddatlari; |
turar joyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori, uni toʻlash muddatlari; | turar joyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori, uni toʻlash muddatlari; |
arendaga beruvchi arendaga berayotgan turar joyning, muhandislik qurilmalarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | arendaga beruvchi arendaga berayotgan turar joyning, muhandislik qurilmalarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
shartnoma muddati oʻtishi bilan turar joyni arendaga beruvchiga qaytarish tartibi; | shartnoma muddati oʻtishi bilan turar joyni arendaga beruvchiga qaytarish tartibi; |
arendaga berilgan turar joyga qarash, xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash boʻyicha taraflarning majburiyatlari; | arendaga berilgan turar joyga qarash, xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash boʻyicha taraflarning majburiyatlari; |
arendaga berilgan turar joyni ijaraga berish yoki ikkilamchi arendaga berish imkoniyatlari, shartlari va tartibi; | arendaga berilgan turar joyni ijaraga berish yoki ikkilamchi arendaga berish imkoniyatlari, shartlari va tartibi; |
taraflarning javobgarligi. | taraflarning javobgarligi. |
Turar joy arendasi shartnomasiga taraflarning kelishuvi boʻyicha qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. | Turar joy arendasi shartnomasiga taraflarning kelishuvi boʻyicha qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. |
87-modda. Turar joyni arendaga berish | 87-modda. Turar joyni arendaga berish |
Arendaga beruvchi turar joyni arendaga oluvchiga yashash uchun yaroqli holatda hamda ushbu Kodeksning 9-moddasiga binoan turar joylarga nisbatan qoʻyiladigan talablarga javob beradigan holatda arendaga berishi shart. | Arendaga beruvchi turar joyni arendaga oluvchiga yashash uchun yaroqli holatda hamda ushbu Kodeksning 9-moddasiga binoan turar joylarga nisbatan qoʻyiladigan talablarga javob beradigan holatda arendaga berishi shart. |
Arendaga beruvchi arendaga berilayotgan turar joyning muhandislik qurilmalari va konstruksiyalaridagi shartnoma tuzilayotgan paytda aniqlangan yoki aniqlanmagan barcha nuqsonlar, nosozliklar uchun javobgar boʻladi. | Arendaga beruvchi arendaga berilayotgan turar joyning muhandislik qurilmalari va konstruksiyalaridagi shartnoma tuzilayotgan paytda aniqlangan yoki aniqlanmagan barcha nuqsonlar, nosozliklar uchun javobgar boʻladi. |
88-modda. Arendaga olingan turar joyni tasarruf etish | 88-modda. Arendaga olingan turar joyni tasarruf etish |
Arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berishga va arenda shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijara), arendaga berilgan turar joyni tekin foydalanishga berishga haqlidir. Bunday hollarda arendaga oluvchi arendaga beruvchi oldida shartnoma boʻyicha javobgar boʻlib qoladi. | Arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berishga va arenda shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijara), arendaga berilgan turar joyni tekin foydalanishga berishga haqlidir. Bunday hollarda arendaga oluvchi arendaga beruvchi oldida shartnoma boʻyicha javobgar boʻlib qoladi. |
Turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasi arenda shartnomasi amal qiladigan muddatdan uzoqroq muddatga tuzilishi mumkin emas. | Turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasi arenda shartnomasi amal qiladigan muddatdan uzoqroq muddatga tuzilishi mumkin emas. |
89-modda. Turar joyni keyinchalik sotib olish sharti bilan arendaga berish | 89-modda. Turar joyni keyinchalik sotib olish sharti bilan arendaga berish |
Arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni toʻlaligicha yoki qisman sotib olishi mumkin. Arendaga berilgan turar joyni sotib olish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. | Arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni toʻlaligicha yoki qisman sotib olishi mumkin. Arendaga berilgan turar joyni sotib olish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. |
Turar joyni arendaga berish va sotib olish shartnomasi tuzilayotgan, oʻzgartirilayotgan, bekor qilinayotganda yuzaga keladigan nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi. | Turar joyni arendaga berish va sotib olish shartnomasi tuzilayotgan, oʻzgartirilayotgan, bekor qilinayotganda yuzaga keladigan nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi. |
90-modda. Turar joyning arenda haqi | 90-modda. Turar joyning arenda haqi |
Arenda haqini toʻlash tartibi, shartlari va muddatlari turar joy arendasi shartnomasida belgilab qoʻyiladi. | Arenda haqini toʻlash tartibi, shartlari va muddatlari turar joy arendasi shartnomasida belgilab qoʻyiladi. |
Turar joy arenda haqining miqdori taraflarning kelishuviga koʻra qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilishi mumkin. | Turar joy arenda haqining miqdori taraflarning kelishuviga koʻra qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilishi mumkin. |
91-modda. Arendaga berilgan turar joyda yashash sharoitlarini yaxshilash | 91-modda. Arendaga berilgan turar joyda yashash sharoitlarini yaxshilash |
Turar joyni arendaga oluvchi shaxs, agar arenda shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, arendaga beruvchining roziligi bilan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz mablagʻlari hisobidan turar joylarda yashash sharoitini yaxshilovchi oʻzgartishlar qilish, rekonstruksiyalash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish huquqiga ega. | Turar joyni arendaga oluvchi shaxs, agar arenda shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, arendaga beruvchining roziligi bilan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz mablagʻlari hisobidan turar joylarda yashash sharoitini yaxshilovchi oʻzgartishlar qilish, rekonstruksiyalash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish huquqiga ega. |
Agar arendaga berilgan turar joyning sifati arendaga beruvchining roziligi bilan yaxshilansa, shartnoma muddati oʻtganidan keyin yoki shartnoma bekor qilinganda, basharti arenda shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, arendaga oluvchi ushbu maqsadda qilgan barcha xarajatlari ijaraga beruvchi tomonidan qoplanishini talab qilish huquqiga ega. | Agar arendaga berilgan turar joyning sifati arendaga beruvchining roziligi bilan yaxshilansa, shartnoma muddati oʻtganidan keyin yoki shartnoma bekor qilinganda, basharti arenda shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, arendaga oluvchi ushbu maqsadda qilgan barcha xarajatlari ijaraga beruvchi tomonidan qoplanishini talab qilish huquqiga ega. |
Arendaga berilgan turar joyni yaxshilash uchun arendaga oluvchi tomonidan arendaga beruvchi bilan kelishilmagan holda qilingan xarajatlar qiymati, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qoplanmaydi. | Arendaga berilgan turar joyni yaxshilash uchun arendaga oluvchi tomonidan arendaga beruvchi bilan kelishilmagan holda qilingan xarajatlar qiymati, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qoplanmaydi. |
92-modda. Arendaga beruvchi oʻzgargan taqdirda turar joy arendasi shartnomasining saqlanib qolishi | 92-modda. Arendaga beruvchi oʻzgargan taqdirda turar joy arendasi shartnomasining saqlanib qolishi |
Arendaga berilgan turar joyga nisbatan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqning oʻzga shaxsga oʻtishi arenda shartnomasining oʻzgarishi yoki bekor qilinishi uchun asos boʻlmaydi. | Arendaga berilgan turar joyga nisbatan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqning oʻzga shaxsga oʻtishi arenda shartnomasining oʻzgarishi yoki bekor qilinishi uchun asos boʻlmaydi. |
93-modda. Turar joy arendasi shartnomasining oʻzgarishi yoki bekor qilinishi asoslari | 93-modda. Turar joy arendasi shartnomasining oʻzgarishi yoki bekor qilinishi asoslari |
Turar joy arendasi shartnomasi, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflar kelishuvi boʻyicha oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shartnoma shartlari bir tarafning aybi bilan buzilganda, shuningdek shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda turar joy arendasi shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga binoan sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. | Turar joy arendasi shartnomasi, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflar kelishuvi boʻyicha oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shartnoma shartlari bir tarafning aybi bilan buzilganda, shuningdek shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda turar joy arendasi shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga binoan sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. |
Agar turar joyning arenda haqi shartnomada belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ketma-ket ikki martadan ortiq toʻlanmayotgan boʻlsa, arenda shartnomasi sud tartibida bekor qilinishi mumkin va arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan boshqa turar joy berilmasdan koʻchirilishi kerak. | Agar turar joyning arenda haqi shartnomada belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ketma-ket ikki martadan ortiq toʻlanmayotgan boʻlsa, arenda shartnomasi sud tartibida bekor qilinishi mumkin va arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan boshqa turar joy berilmasdan koʻchirilishi kerak. |
94-modda. Arenda shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining bekor boʻlishi | 94-modda. Arenda shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining bekor boʻlishi |
Turar joy arendasi shartnomasining muddatidan ilgari bekor qilinishi, agar turar joy arendasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining ham bekor boʻlishiga olib keladi. | Turar joy arendasi shartnomasining muddatidan ilgari bekor qilinishi, agar turar joy arendasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining ham bekor boʻlishiga olib keladi. |
Agar turar joy arendasi shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga binoan haqiqiy emas deb topilsa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasi ham haqiqiy emas deb topiladi. | Agar turar joy arendasi shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga binoan haqiqiy emas deb topilsa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasi ham haqiqiy emas deb topiladi. |
95-modda. Turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash | 95-modda. Turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash |
Basharti turar joy arendasi shartnomasi muddati oʻtganidan keyin ham arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan amalda foydalanishni davom ettirsa va arendaga beruvchi shartnoma muddati oʻtgunga qadar bunga eʼtiroz bildirmagan boʻlsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma xuddi oʻsha shartlar asosida qayta tiklangan deb hisoblanadi. | Basharti turar joy arendasi shartnomasi muddati oʻtganidan keyin ham arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan amalda foydalanishni davom ettirsa va arendaga beruvchi shartnoma muddati oʻtgunga qadar bunga eʼtiroz bildirmagan boʻlsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma xuddi oʻsha shartlar asosida qayta tiklangan deb hisoblanadi. |
Turar joy arendasi shartnomasining muddati oʻtganidan keyin shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajargan arendaga oluvchi turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash masalasida boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi. | Turar joy arendasi shartnomasining muddati oʻtganidan keyin shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajargan arendaga oluvchi turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash masalasida boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi. |
VI BOʻLIM. UY-JOY QURISH VA UY-JOY KOOPERATIVLARINING UYLARIDAGI TURAR JOYLAR | VI BOʻLIM. UY-JOY QURISH VA UY-JOY KOOPERATIVLARINING UYLARIDAGI TURAR JOYLAR |
10-bob. UY-JOY QURISH VA UY-JOY KOOPERATIVLARINI TASHKIL ETISH | 10-bob. UY-JOY QURISH VA UY-JOY KOOPERATIVLARINI TASHKIL ETISH |
96-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari | 96-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari |
Uy-joy qurish kooperativi fuqarolar oʻz mablagʻlari bilan birgalikda qurilishda ishtirok etishi yoʻli bilan kelgusida uydan (uylardan) foydalanish va ularning saqlanishini taʼminlash uchun tashkil etiladi. | Uy-joy qurish kooperativi fuqarolar oʻz mablagʻlari bilan birgalikda qurilishda ishtirok etishi yoʻli bilan kelgusida uydan (uylardan) foydalanish va ularning saqlanishini taʼminlash uchun tashkil etiladi. |
Uy-joy kooperativi yangi, rekonstruksiya qilingan imoratlarni sotib olish va kelgusida uydan (uylardan) foydalanish uchun tashkil etiladi. | Uy-joy kooperativi yangi, rekonstruksiya qilingan imoratlarni sotib olish va kelgusida uydan (uylardan) foydalanish uchun tashkil etiladi. |
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil etiladigan matlubot kooperativlari hisoblanadi. Agar kooperativning barcha aʼzolari turar joylarning mulkdorlari boʻlsalar, ular uy-joy mulkdorlari shirkatiga birlashish huquqiga ega boʻladilar. | Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil etiladigan matlubot kooperativlari hisoblanadi. Agar kooperativning barcha aʼzolari turar joylarning mulkdorlari boʻlsalar, ular uy-joy mulkdorlari shirkatiga birlashish huquqiga ega boʻladilar. |
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari belgilangan tartibga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi. | Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari belgilangan tartibga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi. |
97-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlariga kirish huquqi | 97-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlariga kirish huquqi |
Fuqarolar oʻzlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlariga kirish huquqiga egadirlar. | Fuqarolar oʻzlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlariga kirish huquqiga egadirlar. |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyin kirish badalini hamda turar joyning qurilish yoki xarid qiymatiga nisbatan ustavda yoxud shartnomada belgilangan oʻz pay badallari qismini toʻlagan muassis-fuqarolar shu kooperativlarning aʼzosi deb tan olinadi. | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyin kirish badalini hamda turar joyning qurilish yoki xarid qiymatiga nisbatan ustavda yoxud shartnomada belgilangan oʻz pay badallari qismini toʻlagan muassis-fuqarolar shu kooperativlarning aʼzosi deb tan olinadi. |
Kooperativ boshqaruv organining qaroriga binoan belgilangan miqdordagi kirish hamda pay badallarini toʻlagan fuqarolar faoliyat koʻrsatayotgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi boʻlishlari mumkin. | Kooperativ boshqaruv organining qaroriga binoan belgilangan miqdordagi kirish hamda pay badallarini toʻlagan fuqarolar faoliyat koʻrsatayotgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi boʻlishlari mumkin. |
98-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini roʻyxatdan oʻtkazish | 98-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini roʻyxatdan oʻtkazish |
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishi qabul qilgan ustav asosida faoliyat koʻrsatadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatdan oʻtishi kerak. | Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishi qabul qilgan ustav asosida faoliyat koʻrsatadi va davlat xizmatlari markazlarida roʻyxatdan oʻtishi kerak. |
Bitta uyda ikkita uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari, agar ularning ustavida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tuziladi. | Bitta uyda ikkita uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari, agar ularning ustavida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tuziladi. |
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun quyidagilar taqdim etiladi: | Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun quyidagilar taqdim etiladi: |
ariza; | ariza; |
umumiy (taʼsis) yigʻilishning bayonnomasi; | umumiy (taʼsis) yigʻilishning bayonnomasi; |
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining ustavi; | uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining ustavi; |
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar. | qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar. |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining nomida faoliyatining asosiy maqsadi koʻrsatilishi, shuningdek “kooperativ” soʻzi boʻlishi kerak. | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining nomida faoliyatining asosiy maqsadi koʻrsatilishi, shuningdek “kooperativ” soʻzi boʻlishi kerak. |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar belgilangan muddatda koʻrib chiqiladi va shu muddat mobaynida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar belgilangan muddatda koʻrib chiqiladi va shu muddat mobaynida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: |
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida; | uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida; |
taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish muddati toʻgʻrisida; | taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish muddati toʻgʻrisida; |
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida. | uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida. |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini tuzish tartibi va shartlari buzilgan, uning ustavi qonunchilik talablariga muvofiq kelmagan holdagina tegishli kooperativni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi mumkin. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi tuzilishi maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini tuzish tartibi va shartlari buzilgan, uning ustavi qonunchilik talablariga muvofiq kelmagan holdagina tegishli kooperativni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi mumkin. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi tuzilishi maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. | Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. |
11-bob. UY-JOY QURISH VA UY-JOY KOOPERATIVLARI UYLARIDAN TURAR JOY OLISH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI | 11-bob. UY-JOY QURISH VA UY-JOY KOOPERATIVLARI UYLARIDAN TURAR JOY OLISH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI |
99-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uylaridan turar joy olish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshirish shartlari hamda tartibi | 99-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uylaridan turar joy olish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshirish shartlari hamda tartibi |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosiga kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra, pay badali miqdoriga muvofiq, bir yoki bir necha xonadan iborat boʻlgan alohida kvartira beriladi. | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosiga kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra, pay badali miqdoriga muvofiq, bir yoki bir necha xonadan iborat boʻlgan alohida kvartira beriladi. |
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uyidagi kvartiralarga mahalliy davlat hokimiyati organi beradigan orderga muvofiq koʻchib kiriladi. Order berishni rad etish ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. | Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uyidagi kvartiralarga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi beradigan orderga muvofiq koʻchib kiriladi. Order berishni rad etish ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. |
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativi pay badali turar joyning qurilish yoki xarid qiymati umumiy summasiga teng boʻlgan mulkiy (pul) badali hisoblanadi. Uy-joy qurish kooperativi aʼzolariga beriladigan kvartiralarning qiymati uyni qurish uchun amalda qilingan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. | Uy-joy qurish va uy-joy kooperativi pay badali turar joyning qurilish yoki xarid qiymati umumiy summasiga teng boʻlgan mulkiy (pul) badali hisoblanadi. Uy-joy qurish kooperativi aʼzolariga beriladigan kvartiralarning qiymati uyni qurish uchun amalda qilingan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. |
Pay badali uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi tomonidan bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadi. | Pay badali uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi tomonidan bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadi. |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi pay badalining qolgan qismini muddatidan oldin toʻlash huquqiga egadir. | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi pay badalining qolgan qismini muddatidan oldin toʻlash huquqiga egadir. |
100-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosining huquq va majburiyatlari | 100-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosining huquq va majburiyatlari |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi kooperativ ustavida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarga va majburiyatlarga egadir. | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi kooperativ ustavida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarga va majburiyatlarga egadir. |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori boʻlmagan aʼzosi oʻzi bilan birga yashovchi, pay jamgʻarmasiga boʻlgan huquqi tan olingan oila aʼzolarining, shu jumladan vaqtincha boʻlmaganlarining yozma roziligi bilan egallab turgan turar joyini uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori boʻlgan boshqa aʼzosi bilan almashtirishga haqlidir, bunda turar joyni almashtirayotgan shaxs kooperativ aʼzoligiga qabul qilingan boʻlishi va u kredit hamda foizlarning tegishli qismini toʻlash xususidagi kooperativ ustavining talablarini bajarishi kerak. | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori boʻlmagan aʼzosi oʻzi bilan birga yashovchi, pay jamgʻarmasiga boʻlgan huquqi tan olingan oila aʼzolarining, shu jumladan vaqtincha boʻlmaganlarining yozma roziligi bilan egallab turgan turar joyini uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori boʻlgan boshqa aʼzosi bilan almashtirishga haqlidir, bunda turar joyni almashtirayotgan shaxs kooperativ aʼzoligiga qabul qilingan boʻlishi va u kredit hamda foizlarning tegishli qismini toʻlash xususidagi kooperativ ustavining talablarini bajarishi kerak. |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi qonunchilikka muvofiq turar joyni ijaraga yoki arendaga berishga haqlidir. | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi qonunchilikka muvofiq turar joyni ijaraga yoki arendaga berishga haqlidir. |
101-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosining payga boʻlgan huquqi | 101-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosining payga boʻlgan huquqi |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi turar joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga asos boʻladigan pay badaliga boʻlgan huquqqa hamda pay badali hisobiga oʻzi toʻlagan summaga boʻlgan mulk huquqiga egadir. | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi turar joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga asos boʻladigan pay badaliga boʻlgan huquqqa hamda pay badali hisobiga oʻzi toʻlagan summaga boʻlgan mulk huquqiga egadir. |
Payga boʻlgan huquq bir necha shaxsga tegishli boʻlishi mumkin, ularning tarkibi shu shaxslarning roziligi bilan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi tomonidan belgilanadi. | Payga boʻlgan huquq bir necha shaxsga tegishli boʻlishi mumkin, ularning tarkibi shu shaxslarning roziligi bilan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi tomonidan belgilanadi. |
Turar joyda yashaydigan, lekin sherik paychi boʻlmagan shaxslar tegishli turar joydan faqat foydalanish huquqiga egadirlar. | Turar joyda yashaydigan, lekin sherik paychi boʻlmagan shaxslar tegishli turar joydan faqat foydalanish huquqiga egadirlar. |
102-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosida turar joyga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishi | 102-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosida turar joyga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishi |
Agar uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi oʻzi egallab turgan turar joyga nisbatan mulk huquqiga ega boʻladi, paychining pay jamgʻarmasi qismiga huquqi boʻlgan oila aʼzolari esa, pay badalining barcha summasi toʻlangan kundan boshlab umumiy mulk huquqiga ega boʻladilar. | Agar uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi oʻzi egallab turgan turar joyga nisbatan mulk huquqiga ega boʻladi, paychining pay jamgʻarmasi qismiga huquqi boʻlgan oila aʼzolari esa, pay badalining barcha summasi toʻlangan kundan boshlab umumiy mulk huquqiga ega boʻladilar. |
103-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uylaridagi turar joyni boʻlish | 103-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uylaridagi turar joyni boʻlish |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uylaridagi turar joyni sherik paychilar oʻrtasida boʻlishga, agar ularning har biriga alohida turar joy ajratish mumkin boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Alohida boʻlmagan turar joylarni qayta qurish yoki oʻzgartirish hisobiga alohida turar joyga aylantirish mumkin boʻlganda ham turar joylarni qonunchilikda belgilangan tartibda boʻlishga yoʻl qoʻyiladi. | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uylaridagi turar joyni sherik paychilar oʻrtasida boʻlishga, agar ularning har biriga alohida turar joy ajratish mumkin boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Alohida boʻlmagan turar joylarni qayta qurish yoki oʻzgartirish hisobiga alohida turar joyga aylantirish mumkin boʻlganda ham turar joylarni qonunchilikda belgilangan tartibda boʻlishga yoʻl qoʻyiladi. |
Turar joyni boʻlish toʻgʻrisidagi nizolar sud tartibida hal etiladi. | Turar joyni boʻlish toʻgʻrisidagi nizolar sud tartibida hal etiladi. |
104-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzoligidan chiqarish | 104-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzoligidan chiqarish |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi umumiy yigʻilish qarori boʻyicha quyidagi hollarda kooperativdan chiqarilishi mumkin: | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi umumiy yigʻilish qarori boʻyicha quyidagi hollarda kooperativdan chiqarilishi mumkin: |
haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan hujjatlar taqdim etilishi, agar bu hujjatlar kooperativga kirish uchun asos boʻlgan boʻlsa; | haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan hujjatlar taqdim etilishi, agar bu hujjatlar kooperativga kirish uchun asos boʻlgan boʻlsa; |
turar joyni yoki umumiy foydalanishdagi obyektlarni muntazam buzgan yoki shikastlantirgan yoxud ulardan oʻz maqsadi boʻyicha foydalanmayotgan boʻlsa. | turar joyni yoki umumiy foydalanishdagi obyektlarni muntazam buzgan yoki shikastlantirgan yoxud ulardan oʻz maqsadi boʻyicha foydalanmayotgan boʻlsa. |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida va qonunchilikda tegishli kooperativ aʼzoligidan chiqarishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin. | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida va qonunchilikda tegishli kooperativ aʼzoligidan chiqarishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin. |
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperatividan chiqarilgan aʼzo turar joydan koʻchirilishi kerak va uy-joy qurilishi har bir kvadrat metrining qiymati qimmatlashganligi hisobga olingan holda tegishli pay badali unga qaytarib beriladi. | Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperatividan chiqarilgan aʼzo turar joydan koʻchirilishi kerak va uy-joy qurilishi har bir kvadrat metrining qiymati qimmatlashganligi hisobga olingan holda tegishli pay badali unga qaytarib beriladi. |
VII BOʻLIM. TURAR JOYDAN FOYDALANISH HUQUQI | VII BOʻLIM. TURAR JOYDAN FOYDALANISH HUQUQI |
12-bob. TURAR JOYNI ALMASHTIRISH VA AYIRBOSHLASH | 12-bob. TURAR JOYNI ALMASHTIRISH VA AYIRBOSHLASH |
105-modda. Turar joyni almashtirish predmeti | 105-modda. Turar joyni almashtirish predmeti |
Quyidagilar turar joyni almashtirish predmeti boʻlishi mumkin: | Quyidagilar turar joyni almashtirish predmeti boʻlishi mumkin: |
bir yoki bir necha xonadan iborat turar joy; | bir yoki bir necha xonadan iborat turar joy; |
ijaraga oluvchi, pay jamgʻarmasining qismiga huquqi boʻlgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi, turar joy mulkdori ulushiga toʻgʻri keladigan turar joyning qismi, shu jumladan tutash xona yoki ushbu Kodeks 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda, xonaning qismi. | ijaraga oluvchi, pay jamgʻarmasining qismiga huquqi boʻlgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi, turar joy mulkdori ulushiga toʻgʻri keladigan turar joyning qismi, shu jumladan tutash xona yoki ushbu Kodeks 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda, xonaning qismi. |
106-modda. Turar joyni almashtirish | 106-modda. Turar joyni almashtirish |
Ijaraga oluvchilar, pay jamgʻarmasining qismiga huquqi boʻlgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzolari yoxud ularning oila aʼzolari, shuningdek turar joyning umumiy mulki ishtirokchilari oʻz ulushlariga toʻgʻri keladigan uy-joy maydonining qismini boshqa turar joyning ijaraga oluvchilari, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi yoxud ularning oila aʼzolari bilan almashtirishga haqlidirlar, almashtirish oqibatida koʻchib kirayotganlar bu joyda yashash uchun qolayotganlarning oila aʼzosi sifatida yoxud umumiy mulk ishtirokchilari sifatida koʻchib kirishlari kerak. | Ijaraga oluvchilar, pay jamgʻarmasining qismiga huquqi boʻlgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzolari yoxud ularning oila aʼzolari, shuningdek turar joyning umumiy mulki ishtirokchilari oʻz ulushlariga toʻgʻri keladigan uy-joy maydonining qismini boshqa turar joyning ijaraga oluvchilari, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi yoxud ularning oila aʼzolari bilan almashtirishga haqlidirlar, almashtirish oqibatida koʻchib kirayotganlar bu joyda yashash uchun qolayotganlarning oila aʼzosi sifatida yoxud umumiy mulk ishtirokchilari sifatida koʻchib kirishlari kerak. |
Turar joylarni almashtirish uning ishtirokchilari soni cheklanmagan holda amalga oshiriladi. | Turar joylarni almashtirish uning ishtirokchilari soni cheklanmagan holda amalga oshiriladi. |
Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni oʻzaro oʻtkazish tarzida mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga binoan amalga oshiriladi. | Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni oʻzaro oʻtkazish tarzida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qaroriga binoan amalga oshiriladi. |
Turar joylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turar joylarda, shu jumladan turli aholi punktlarida joylashgan turar joylarda yashayotgan fuqarolar oʻrtasida ham amalga oshirilishi mumkin. | Turar joylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turar joylarda, shu jumladan turli aholi punktlarida joylashgan turar joylarda yashayotgan fuqarolar oʻrtasida ham amalga oshirilishi mumkin. |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi va uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining aʼzolari oʻzlari bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila aʼzolarining, shu jumladan ular bilan doimiy yashayotgan, vaqtincha boʻlmagan fuqarolarning yozma roziligiga binoan egallab turgan turar joyini qonunchilikda belgilangan tartibda almashtirishga haqlidirlar. Bunda voyaga yetmagan oila aʼzolarining roziligi ota-onalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi va uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining aʼzolari oʻzlari bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila aʼzolarining, shu jumladan ular bilan doimiy yashayotgan, vaqtincha boʻlmagan fuqarolarning yozma roziligiga binoan egallab turgan turar joyini qonunchilikda belgilangan tartibda almashtirishga haqlidirlar. Bunda voyaga yetmagan oila aʼzolarining roziligi ota-onalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi. |
Korxona, muassasa, tashkilotlarning uylari, kvartiralaridagi turar joylarni faqat ularning roziligi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Almashtirishga rozilik berilmaganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. | Korxona, muassasa, tashkilotlarning uylari, kvartiralaridagi turar joylarni faqat ularning roziligi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Almashtirishga rozilik berilmaganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. |
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyning ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyni faqat shu uy-joy fondining turar joyida yashovchi ijaraga oluvchi bilan almashtirishi mumkin. | Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyning ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyni faqat shu uy-joy fondining turar joyida yashovchi ijaraga oluvchi bilan almashtirishi mumkin. |
107-modda. Oila aʼzolarining roziligi boʻlmagan taqdirda turar joyni almashtirish | 107-modda. Oila aʼzolarining roziligi boʻlmagan taqdirda turar joyni almashtirish |
Agar turar joyning mulkdori va uning voyaga yetgan oila aʼzolari, ijaraga oluvchi va uning voyaga yetgan oila aʼzolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi va pay jamgʻarmasining qismiga huquqi boʻlgan uning oila aʼzolari oʻrtasida turar joyni almashtirish toʻgʻrisida kelishuvga erishilmagan boʻlsa, ulardan har biri egallab turgan turar joyini turli uylar, kvartiralardagi turar joylarga majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga haqlidir. Bunda almashtirilayotgan turar joyda yashayotgan shaxslarning manfaatlari hisobga olinadi. | Agar turar joyning mulkdori va uning voyaga yetgan oila aʼzolari, ijaraga oluvchi va uning voyaga yetgan oila aʼzolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi va pay jamgʻarmasining qismiga huquqi boʻlgan uning oila aʼzolari oʻrtasida turar joyni almashtirish toʻgʻrisida kelishuvga erishilmagan boʻlsa, ulardan har biri egallab turgan turar joyini turli uylar, kvartiralardagi turar joylarga majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga haqlidir. Bunda almashtirilayotgan turar joyda yashayotgan shaxslarning manfaatlari hisobga olinadi. |
Sud turar joyni majburan almashtirish toʻgʻrisida qaror chiqarganda turar joyga boʻlgan huquqdagi ulushlarning tengligidan kelib chiqadi, quyidagi hollar bundan mustasno: | Sud turar joyni majburan almashtirish toʻgʻrisida qaror chiqarganda turar joyga boʻlgan huquqdagi ulushlarning tengligidan kelib chiqadi, quyidagi hollar bundan mustasno: |
agar mulkdor va uning voyaga yetgan oila aʼzolari oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi toʻgʻrisida ushbu turar joydan foydalanishga boʻlgan huquqlarning teng emasligini nazarda tutuvchi kelishuvga erishilgan boʻlsa; | agar mulkdor va uning voyaga yetgan oila aʼzolari oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi toʻgʻrisida ushbu turar joydan foydalanishga boʻlgan huquqlarning teng emasligini nazarda tutuvchi kelishuvga erishilgan boʻlsa; |
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi va uning oila aʼzolarining pay jamgʻarmasiga boʻlgan huquqlari teng boʻlmasa; | uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosi va uning oila aʼzolarining pay jamgʻarmasiga boʻlgan huquqlari teng boʻlmasa; |
turar joyga umumiy mulk huquqida mulkdorlarning ulushlari teng boʻlmasa. | turar joyga umumiy mulk huquqida mulkdorlarning ulushlari teng boʻlmasa. |
108-modda. Homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning turar joyini almashtirish | 108-modda. Homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning turar joyini almashtirish |
Homiylikka yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishida yoxud mulkida boʻlgan turar joyni almashtirish uchun tegishli homiylik va vasiylik organining roziligi talab qilinadi. | Homiylikka yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishida yoxud mulkida boʻlgan turar joyni almashtirish uchun tegishli homiylik va vasiylik organining roziligi talab qilinadi. |
Almashtirishga rozilik bermaslik ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. | Almashtirishga rozilik bermaslik ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. |
109-modda. Turar joyni almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydigan shart-sharoitlar | 109-modda. Turar joyni almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydigan shart-sharoitlar |
Quyidagi hollarda turar joyni almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar: | Quyidagi hollarda turar joyni almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar: |
ijaraga oluvchiga nisbatan turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etilgan boʻlsa; | ijaraga oluvchiga nisbatan turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etilgan boʻlsa; |
jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi munosabati bilan turar joy xatlangan (boshqa shaxsga berish taqiqlab qoʻyilgan) boʻlsa; | jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi munosabati bilan turar joy xatlangan (boshqa shaxsga berish taqiqlab qoʻyilgan) boʻlsa; |
almashtirish soxta tusda boʻlsa; | almashtirish soxta tusda boʻlsa; |
turar joy texnik nosoz holatda boʻlib, buziladigan yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta quriladigan yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun beriladigan boʻlsa; | turar joy texnik nosoz holatda boʻlib, buziladigan yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta quriladigan yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun beriladigan boʻlsa; |
turar joy yashash xonalarini qayta qurish yoki oʻzgartirish bilan kapital taʼmirlanishi lozim boʻlsa; | turar joy yashash xonalarini qayta qurish yoki oʻzgartirish bilan kapital taʼmirlanishi lozim boʻlsa; |
almashtiriladigan turar joylardan biri aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyida boʻlsa; | almashtiriladigan turar joylardan biri aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyida boʻlsa; |
joy xizmat turar joyi boʻlsa yoki yotoqxonada boʻlsa; | joy xizmat turar joyi boʻlsa yoki yotoqxonada boʻlsa; |
almashtirish munosabati bilan almashayotgan taraflardan birining uy-joy sharoitlari tubdan yomonlashib, buning oqibatida fuqarolar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlib qolsalar. | almashtirish munosabati bilan almashayotgan taraflardan birining uy-joy sharoitlari tubdan yomonlashib, buning oqibatida fuqarolar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlib qolsalar. |
Qonunchilikda turar joy almashtirilishini man etuvchi boshqa hollar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. | Qonunchilikda turar joy almashtirilishini man etuvchi boshqa hollar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. |
110-modda. Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtiruvchi organlar | 110-modda. Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtiruvchi organlar |
Bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondining turar joylarini almashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rasmiylashtiriladi. | Bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondining turar joylarini almashtirish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan rasmiylashtiriladi. |
Agar turar joylar turli aholi punktlarida boʻlsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan joydagi (almashtirish ishtirokchilarining xohishiga koʻra) mahalliy davlat hokimiyati organlarida rasmiylashtiriladi. | Agar turar joylar turli aholi punktlarida boʻlsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan joydagi (almashtirish ishtirokchilarining xohishiga koʻra) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida rasmiylashtiriladi. |
Xususiy uy-joy fondidagi turar joylarni almashtirish notarial guvohlantiriladi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. | Xususiy uy-joy fondidagi turar joylarni almashtirish notarial guvohlantiriladi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. |
111-modda. Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisida ariza | 111-modda. Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisida ariza |
Turar joylarni almashtirish istagida boʻlgan fuqarolar mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan shaklda arizani topshiradilar. | Turar joylarni almashtirish istagida boʻlgan fuqarolar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga belgilangan shaklda arizani topshiradilar. |
Mulkdor, ijaraga oluvchi, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosining arizasiga quyidagilar ilova qilinadi: | Mulkdor, ijaraga oluvchi, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosining arizasiga quyidagilar ilova qilinadi: |
turar joyga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjat yoki turar joy orderi; | turar joyga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjat yoki turar joy orderi; |
soliqlar, turar joydan foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma; | soliqlar, turar joydan foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma; |
idoraviy uy-joy fondining uyidagi turar joyni almashtirishda — shu fond egasining turar joyni almashtirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi; | idoraviy uy-joy fondining uyidagi turar joyni almashtirishda — shu fond egasining turar joyni almashtirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi; |
turar joyning bir qismi almashtirilayotganda shu almashtirilayotgan turar joyda yashash uchun qolayotgan u yoki bu shaxs bilan nikohda boʻlganligi yoki qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar; | turar joyning bir qismi almashtirilayotganda shu almashtirilayotgan turar joyda yashash uchun qolayotgan u yoki bu shaxs bilan nikohda boʻlganligi yoki qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar; |
oilaning barcha voyaga yetgan, shu jumladan vaqtincha boʻlmagan aʼzolarining, davlat uy-joy fondi uylarida esa, shuningdek ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning yozma roziligi; | oilaning barcha voyaga yetgan, shu jumladan vaqtincha boʻlmagan aʼzolarining, davlat uy-joy fondi uylarida esa, shuningdek ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning yozma roziligi; |
homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishidagi turar joy almashtirilayotganida homiylik va vasiylik organining roziligi; | homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishidagi turar joy almashtirilayotganida homiylik va vasiylik organining roziligi; |
turar joyini kooperativ aʼzosi bilan almashtirayotgan shaxs kooperativga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruvining qaroridan koʻchirma yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi; | turar joyini kooperativ aʼzosi bilan almashtirayotgan shaxs kooperativga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruvining qaroridan koʻchirma yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi; |
bitta kooperativ aʼzolari oʻrtasida turar joylar almashtirilayotganda — uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruvining almashtirishga roziligi toʻgʻrisidagi qaroridan koʻchirma yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi. | bitta kooperativ aʼzolari oʻrtasida turar joylar almashtirilayotganda — uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruvining almashtirishga roziligi toʻgʻrisidagi qaroridan koʻchirma yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi. |
Barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ariza qabul qilingan deb hisoblanadi. | Barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ariza qabul qilingan deb hisoblanadi. |
112-modda. Turar joylarni almashtirishni rasmiylashtirish | 112-modda. Turar joylarni almashtirishni rasmiylashtirish |
Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma turar joylarni almashtirish rasmiylashtirilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan almashtiruv hujjatlari (orderlari) olingan paytdan boshlab kuchga kiradi. | Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma turar joylarni almashtirish rasmiylashtirilgan joydagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan beriladigan almashtiruv hujjatlari (orderlari) olingan paytdan boshlab kuchga kiradi. |
Agar fuqarolar bir oilaga birlashish maqsadida almashtirish natijasida bir kvartirada xonalarni olsalar, ularga bitta order beriladi. | Agar fuqarolar bir oilaga birlashish maqsadida almashtirish natijasida bir kvartirada xonalarni olsalar, ularga bitta order beriladi. |
Orderlar turar joylarni almashtirishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan yoxud ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxslar tomonidan bir vaqtda olinishi lozim, majburiy almashtirilayotgan hollar bundan mustasno. | Orderlar turar joylarni almashtirishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan yoxud ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxslar tomonidan bir vaqtda olinishi lozim, majburiy almashtirilayotgan hollar bundan mustasno. |
Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni munitsipal yoki idoraviy uy-joy fondining uyidagi yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uyidagi turar joylarga almashtirish almashtiruv hujjati (orderi) va turar joylarni almashtirish shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. | Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni munitsipal yoki idoraviy uy-joy fondining uyidagi yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uyidagi turar joylarga almashtirish almashtiruv hujjati (orderi) va turar joylarni almashtirish shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. |
Almashtirish shartnomasida almashtirilayotgan turar joyning tavsifi (manzili, umumiy va yashash maydoni, xonalar soni, inventarizatsiya qiymati), turar joyga mulk huquqining vujudga kelish asoslari hamda ijaraga oluvchi, uy-joy qurish, uy-joy kooperativlarining aʼzosi turar joyga koʻchib kirishining asoslari toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar, turar joyga mulk huquqini olayotgan shaxs (shaxslar), agar turar joyga mulk huquqi bir necha shaxsda vujudga keladigan boʻlsa, ularning umumiy mulk huquqidagi ulushlari, shuningdek taraflardan birining bergan arizasiga muvofiq kelishuvga erishilishi kerak boʻlgan boshqa shartlar koʻrsatiladi. | Almashtirish shartnomasida almashtirilayotgan turar joyning tavsifi (manzili, umumiy va yashash maydoni, xonalar soni, inventarizatsiya qiymati), turar joyga mulk huquqining vujudga kelish asoslari hamda ijaraga oluvchi, uy-joy qurish, uy-joy kooperativlarining aʼzosi turar joyga koʻchib kirishining asoslari toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar, turar joyga mulk huquqini olayotgan shaxs (shaxslar), agar turar joyga mulk huquqi bir necha shaxsda vujudga keladigan boʻlsa, ularning umumiy mulk huquqidagi ulushlari, shuningdek taraflardan birining bergan arizasiga muvofiq kelishuvga erishilishi kerak boʻlgan boshqa shartlar koʻrsatiladi. |
Davlat uy-joy fondidagi turar joyni almashtirish shartnomasi almashtirish rasmiylashtirilayotgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. | Davlat uy-joy fondidagi turar joyni almashtirish shartnomasi almashtirish rasmiylashtirilayotgan joydagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadi. |
Turar joylarni almashtirish shartnomasini tasdiqlash va almashtiruv orderini (orderlarini) berish bir vaqtda amalga oshiriladi. | Turar joylarni almashtirish shartnomasini tasdiqlash va almashtiruv orderini (orderlarini) berish bir vaqtda amalga oshiriladi. |
Turar joylarning almashtirilishini rasmiylashtirish hujjatlar berilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. | Turar joylarning almashtirilishini rasmiylashtirish hujjatlar berilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. |
Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. | Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. |
113-modda. Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnomani ijro etish | 113-modda. Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnomani ijro etish |
Almashtirish boʻyicha olingan turar joyga koʻchib kirishda fuqaro hujjatni (orderni) uy-joylardan foydalanish tashkilotiga yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruviga topshiradi. Ayni bir vaqtda hujjatga (orderga) kiritilgan oila aʼzolarining shaxsini tasdiqlovchi hamda uning ilgarigi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarilgani toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan hujjatlari koʻrsatiladi. Hujjat (order) qatʼiy hisobda turadigan hujjat sifatida saqlanadi. | Almashtirish boʻyicha olingan turar joyga koʻchib kirishda fuqaro hujjatni (orderni) uy-joylardan foydalanish tashkilotiga yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruviga topshiradi. Ayni bir vaqtda hujjatga (orderga) kiritilgan oila aʼzolarining shaxsini tasdiqlovchi hamda uning ilgarigi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarilgani toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan hujjatlari koʻrsatiladi. Hujjat (order) qatʼiy hisobda turadigan hujjat sifatida saqlanadi. |
Hujjatlarni (orderlarni) olgandan keyin taraflardan birining almashtirishni rad etishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. | Hujjatlarni (orderlarni) olgandan keyin taraflardan birining almashtirishni rad etishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. |
114-modda. Turar joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish | 114-modda. Turar joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish |
Turar joylarni almashtirish sud tomonidan quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin: | Turar joylarni almashtirish sud tomonidan quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin: |
agar u ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda amalga oshirilgan boʻlsa; | agar u ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda amalga oshirilgan boʻlsa; |
bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga koʻra. | bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga koʻra. |
Turar joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab almashtirish amalga oshirilgan kundan boshlab olti oy mobaynida qoʻyilishi mumkin. | Turar joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab almashtirish amalga oshirilgan kundan boshlab olti oy mobaynida qoʻyilishi mumkin. |
Turar joylarni almashtirish haqiqiy emas deb topilgan taqdirda taraflar ilgari egallab kelgan turar joylariga koʻchib oʻtishlari kerak. | Turar joylarni almashtirish haqiqiy emas deb topilgan taqdirda taraflar ilgari egallab kelgan turar joylariga koʻchib oʻtishlari kerak. |
Turar joylarni almashtirish taraflardan birining gʻayriqonuniy xatti-harakati oqibatida haqiqiy emas deb topilgan hollarda aybdor taraf almashtirish tufayli yetkazilgan zararni boshqa tarafga qoplashi shart. | Turar joylarni almashtirish taraflardan birining gʻayriqonuniy xatti-harakati oqibatida haqiqiy emas deb topilgan hollarda aybdor taraf almashtirish tufayli yetkazilgan zararni boshqa tarafga qoplashi shart. |
115-modda. Turar joyni ayirboshlash | 115-modda. Turar joyni ayirboshlash |
Turar joy mulkdori oʻziga tegishli turar joyni boshqa turar joyga yoki oʻzga mol-mulkka Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi qoidalariga binoan ayirboshlashga haqlidir. | Turar joy mulkdori oʻziga tegishli turar joyni boshqa turar joyga yoki oʻzga mol-mulkka Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi qoidalariga binoan ayirboshlashga haqlidir. |
13-bob. MUNITSIPAL, IDORAVIY UY-JOY FONDI VA ANIQ MAQSADLI KOMMUNAL UY-JOY FONDIDAGI TURAR JOYNI BRONLASHTIRISH | 13-bob. MUNITSIPAL, IDORAVIY UY-JOY FONDI VA ANIQ MAQSADLI KOMMUNAL UY-JOY FONDIDAGI TURAR JOYNI BRONLASHTIRISH |
116-modda. Vaqtincha boʻlmagan fuqarolarning saqlash guvohnomasini (bron) olish huquqi | 116-modda. Vaqtincha boʻlmagan fuqarolarning saqlash guvohnomasini (bron) olish huquqi |
Ijaraga oluvchilar, ularning oila aʼzolari va ular bilan doimiy yashayotgan fuqarolar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi oʻzlari egallab turgan turar joylarni chet elga ishga, oʻqishga ketganlarida – chet elda boʻlgan butun vaqt mobaynida, mehnat shartnomasi boʻyicha ishga joʻnab ketganlarida – mehnat shartnomasi amal qilgan butun vaqt mobaynida bronlashtirishga haqlidirlar. | Ijaraga oluvchilar, ularning oila aʼzolari va ular bilan doimiy yashayotgan fuqarolar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi oʻzlari egallab turgan turar joylarni chet elga ishga, oʻqishga ketganlarida – chet elda boʻlgan butun vaqt mobaynida, mehnat shartnomasi boʻyicha ishga joʻnab ketganlarida – mehnat shartnomasi amal qilgan butun vaqt mobaynida bronlashtirishga haqlidirlar. |
Vaqtincha boʻlmaganida turar joyga boʻlgan huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar saqlash guvohnomasi (bron) berilishini talab qilishga haqlidirlar. | Vaqtincha boʻlmaganida turar joyga boʻlgan huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar saqlash guvohnomasi (bron) berilishini talab qilishga haqlidirlar. |
Saqlash guvohnomasi (bron) vaqtincha boʻlmagan fuqarolarga turar joyga boʻlgan huquqining saqlanib qolganini tasdiqlovchi hujjatdir. | Saqlash guvohnomasi (bron) vaqtincha boʻlmagan fuqarolarga turar joyga boʻlgan huquqining saqlanib qolganini tasdiqlovchi hujjatdir. |
Saqlash guvohnomasi (bron) tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimligi tomonidan beriladi. | Saqlash guvohnomasi (bron) tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimligi tomonidan beriladi. |
Saqlash guvohnomasini (bronni) berishni rad etish ustidan sud tartibda shikoyat qilinishi mumkin. | Saqlash guvohnomasini (bronni) berishni rad etish ustidan sud tartibda shikoyat qilinishi mumkin. |
Turar joyni ijaraga berish shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish talabi kimga nisbatan bildirilgan boʻlsa, shu shaxslarga nizo sud tartibida hal etilgunga qadar saqlash guvohnomasi (bron) berilmaydi. | Turar joyni ijaraga berish shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish talabi kimga nisbatan bildirilgan boʻlsa, shu shaxslarga nizo sud tartibida hal etilgunga qadar saqlash guvohnomasi (bron) berilmaydi. |
Turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzosi yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqaro tomonidan turar joyni bronlashtirish, ular joʻnab ketgan paytdan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. | Turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzosi yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqaro tomonidan turar joyni bronlashtirish, ular joʻnab ketgan paytdan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. |
Agar turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar saqlash guvohnomasining (bronning) amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy mobaynida turar joyni oʻzlariga qaytarib berilishini talab qilmasalar, turar joyni ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining daʼvosi boʻyicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin. | Agar turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar saqlash guvohnomasining (bronning) amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy mobaynida turar joyni oʻzlariga qaytarib berilishini talab qilmasalar, turar joyni ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining daʼvosi boʻyicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin. |
Turar joylarni bronlashtirish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Turar joylarni bronlashtirish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
117-modda. Saqlash guvohnomasi (bron) berish toʻgʻrisida ariza | 117-modda. Saqlash guvohnomasi (bron) berish toʻgʻrisida ariza |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joyga boʻlgan huquqlari saqlanib qoladigan, saqlash guvohnomasini (bronni) olish istagidagi vaqtincha boʻlmagan fuqarolar tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimligiga ariza beradilar. Ariza turar joyga boʻlgan huquqi oʻzi boʻlmaganida ham saqlanib qoladigan fuqaro tomonidan imzolanadi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joyga boʻlgan huquqlari saqlanib qoladigan, saqlash guvohnomasini (bronni) olish istagidagi vaqtincha boʻlmagan fuqarolar tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimligiga ariza beradilar. Ariza turar joyga boʻlgan huquqi oʻzi boʻlmaganida ham saqlanib qoladigan fuqaro tomonidan imzolanadi. |
Saqlash guvohnomasi (bron) berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: | Saqlash guvohnomasi (bron) berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: |
turar joy hujjatining (orderining) nusxasi; | turar joy hujjatining (orderining) nusxasi; |
foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisida uy-joylardan foydalanish tashkilotidan maʼlumotnoma; | foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisida uy-joylardan foydalanish tashkilotidan maʼlumotnoma; |
saqlash guvohnomasi (bron) berish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat. | saqlash guvohnomasi (bron) berish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat. |
Ariza barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab berilgan deb hisoblanadi. | Ariza barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab berilgan deb hisoblanadi. |
118-modda. Saqlash guvohnomasini (bronni) berish | 118-modda. Saqlash guvohnomasini (bronni) berish |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joy uchun saqlash guvohnomasi (bron) fuqaroga ariza berilgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida bir nusxada beriladi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joy uchun saqlash guvohnomasi (bron) fuqaroga ariza berilgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida bir nusxada beriladi. |
119-modda. Bronlashtirilgan turar joydan foydalanish | 119-modda. Bronlashtirilgan turar joydan foydalanish |
Ijaraga oluvchi bronlashtirilgan turar joyga saqlash guvohnomasi (bron) amal qiladigan muddat doirasida ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi boʻyicha koʻchirib kiritishga yoki u yerga vaqtincha yashovchilarni joylashtirishga haqlidir. | Ijaraga oluvchi bronlashtirilgan turar joyga saqlash guvohnomasi (bron) amal qiladigan muddat doirasida ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi boʻyicha koʻchirib kiritishga yoki u yerga vaqtincha yashovchilarni joylashtirishga haqlidir. |
Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar qaytib kelgach, bronlashtirilgan turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasidagi belgilangan muddat tugashidan qatʼi nazar, darhol boʻshatishni talab qilishga haqlidirlar. Ikkilamchi ijaraga oluvchilar yoki vaqtincha yashovchilar ushbu turar joyni boʻshatishdan bosh tortgan taqdirda, ular ijaraga oluvchining talabiga koʻra boshqa turar joy bermasdan sud tartibida koʻchiriladilar. | Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar qaytib kelgach, bronlashtirilgan turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasidagi belgilangan muddat tugashidan qatʼi nazar, darhol boʻshatishni talab qilishga haqlidirlar. Ikkilamchi ijaraga oluvchilar yoki vaqtincha yashovchilar ushbu turar joyni boʻshatishdan bosh tortgan taqdirda, ular ijaraga oluvchining talabiga koʻra boshqa turar joy bermasdan sud tartibida koʻchiriladilar. |
120-modda. Saqlash guvohnomasini (bronni) haqiqiy emas deb topish | 120-modda. Saqlash guvohnomasini (bronni) haqiqiy emas deb topish |
Saqlash guvohnomasi (bron) berilishiga asos boʻlgan taqdim etilgan hujjatlardagi vaqtincha boʻlmaslik sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelmasligi aniqlangan hollarda saqlash guvohnomasi (bron) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin. | Saqlash guvohnomasi (bron) berilishiga asos boʻlgan taqdim etilgan hujjatlardagi vaqtincha boʻlmaslik sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelmasligi aniqlangan hollarda saqlash guvohnomasi (bron) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin. |
14-bob. TURAR JOYLARDAN UMRBOD FOYDALANISH HUQUQI | 14-bob. TURAR JOYLARDAN UMRBOD FOYDALANISH HUQUQI |
121-modda. Turar joylardan umrbod foydalanish huquqining vujudga kelish asoslari | 121-modda. Turar joylardan umrbod foydalanish huquqining vujudga kelish asoslari |
Turar joylardan umrbod foydalanish huquqi quyidagi hollarda vujudga keladi: | Turar joylardan umrbod foydalanish huquqi quyidagi hollarda vujudga keladi: |
umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi tuzilganda; | umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi tuzilganda; |
vasiyat qiluvchi turar joyga boʻlgan xususiy mulk huquqi oʻtadigan merosxoʻr zimmasiga ushbu turar joyni umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklagan holda meros qilib qoldirganda. | vasiyat qiluvchi turar joyga boʻlgan xususiy mulk huquqi oʻtadigan merosxoʻr zimmasiga ushbu turar joyni umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklagan holda meros qilib qoldirganda. |
122-modda. Umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga berilgan turar joydan foydalanish | 122-modda. Umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga berilgan turar joydan foydalanish |
Umrbod taʼminlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. | Umrbod taʼminlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. |
Umrbod taʼminlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasining predmeti boʻlgan turar joydan foydalanish shu shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. | Umrbod taʼminlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasining predmeti boʻlgan turar joydan foydalanish shu shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. |
Shartnomada turar joydan faqat turar joyni boshqa shaxsga berayotgan va uni olayotgan shaxs foydalanishi nazarda tutilishi, turar joydan foydalanish tartibi belgilab qoʻyilishi yoki belgilanmasligi yoxud turar joyni foydalanish uchun uchinchi shaxsga (uchinchi shaxslarga) berish yoki qonun yoʻl qoʻyadigan boshqacha usulda foydalanish belgilanishi mumkin. | Shartnomada turar joydan faqat turar joyni boshqa shaxsga berayotgan va uni olayotgan shaxs foydalanishi nazarda tutilishi, turar joydan foydalanish tartibi belgilab qoʻyilishi yoki belgilanmasligi yoxud turar joyni foydalanish uchun uchinchi shaxsga (uchinchi shaxslarga) berish yoki qonun yoʻl qoʻyadigan boshqacha usulda foydalanish belgilanishi mumkin. |
123-modda. Vasiyat majburiyati boʻyicha turar joydan foydalanish | 123-modda. Vasiyat majburiyati boʻyicha turar joydan foydalanish |
Vasiyat qiluvchi turar joy oʻtadigan merosxoʻrga bu turar joy yoki uning muayyan qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada yozib qoʻyiladi. | Vasiyat qiluvchi turar joy oʻtadigan merosxoʻrga bu turar joy yoki uning muayyan qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada yozib qoʻyiladi. |
Turar joyga boʻlgan mulk huquqi keyinchalik boshqa shaxsga oʻtganida ham umrbod foydalanish huquqi oʻz kuchida qoladi. | Turar joyga boʻlgan mulk huquqi keyinchalik boshqa shaxsga oʻtganida ham umrbod foydalanish huquqi oʻz kuchida qoladi. |
Agar turar joydan foydalanish tartibi vasiyatnoma shartlariga mos kelmasa, taraflar oʻrtasidagi nizo sud tartibida hal qilinadi. | Agar turar joydan foydalanish tartibi vasiyatnoma shartlariga mos kelmasa, taraflar oʻrtasidagi nizo sud tartibida hal qilinadi. |
VIII BOʻLIM. KOʻP KVARTIRALI UYDAGI TURAR JOYLAR VA YASHASH UCHUN MOʻLJALLANMAGAN JOYLAR MULKDORLARINING UMUMIY MOL-MULKI. UY-JOY MULKDORLARINING SHIRKATI | VIII BOʻLIM. KOʻP KVARTIRALI UYDAGI TURAR JOYLAR VA YASHASH UCHUN MOʻLJALLANMAGAN JOYLAR MULKDORLARINING UMUMIY MOL-MULKI. UY-JOY MULKDORLARINING SHIRKATI |
124-modda. Turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqi | 124-modda. Turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqi |
Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va toʻsiq konstruksiyalar, kvartiralar oraligʻidagi ihotalangan (oʻralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yertoʻlalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat koʻrsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni oʻz ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli boʻladi. | Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va toʻsiq konstruksiyalar, kvartiralar oraligʻidagi ihotalangan (oʻralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yertoʻlalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat koʻrsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni oʻz ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli boʻladi. |
Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi asl holida ajratib berilishi mumkin emas. | Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi asl holida ajratib berilishi mumkin emas. |
Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkdan hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasidan foydalanishda teng huquqqa egadir. | Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkdan hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasidan foydalanishda teng huquqqa egadir. |
Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilari tayanch va toʻsiq konstruksiyalarni, kvartiralar oraligʻidagi ihotalangan (oʻralma) pillapoyalarni, zinapoyalarni, liftlarni, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalarni, dahlizlarni, texnik qavatlarni, yertoʻlalarni, cherdaklar va tomlarni, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat koʻrsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni boshqa shaxsga berishi mumkin emas. | Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilari tayanch va toʻsiq konstruksiyalarni, kvartiralar oraligʻidagi ihotalangan (oʻralma) pillapoyalarni, zinapoyalarni, liftlarni, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalarni, dahlizlarni, texnik qavatlarni, yertoʻlalarni, cherdaklar va tomlarni, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat koʻrsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni boshqa shaxsga berishi mumkin emas. |
Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining ulushli mulkida turgan umumiy mol-mulkning ayrim qismlari qonunchilikka muvofiq umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida boshqa shaxslarga berilishi mumkin. | Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining ulushli mulkida turgan umumiy mol-mulkning ayrim qismlari qonunchilikka muvofiq umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida boshqa shaxslarga berilishi mumkin. |
125-modda. Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka boʻlgan mulk huquqidagi ulushlarni aniqlash | 125-modda. Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka boʻlgan mulk huquqidagi ulushlarni aniqlash |
Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk har bir ishtirokchisining ulushi shu uyning umumiy maydonidagi unga qarashli joy maydoni ulushiga mos boʻladi. | Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk har bir ishtirokchisining ulushi shu uyning umumiy maydonidagi unga qarashli joy maydoni ulushiga mos boʻladi. |
Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi oʻz ulushini boshqa shaxsga berishga, undan fuqarolar yoki yuridik shaxslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni oʻziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun moʻljallanmagan joyga boʻlgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga oʻtishiga sabab boʻluvchi oʻzga xatti-harakatlar sodir etishga haqli emas. | Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi oʻz ulushini boshqa shaxsga berishga, undan fuqarolar yoki yuridik shaxslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni oʻziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun moʻljallanmagan joyga boʻlgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga oʻtishiga sabab boʻluvchi oʻzga xatti-harakatlar sodir etishga haqli emas. |
Turar joyga yoki yashash uchun moʻljallanmagan joyga boʻlgan mulk huquqi koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka boʻlgan ulushli mulk huquqidan ajralmasdir. | Turar joyga yoki yashash uchun moʻljallanmagan joyga boʻlgan mulk huquqi koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka boʻlgan ulushli mulk huquqidan ajralmasdir. |
Koʻp kvartirali uydagi turar joyga yoki yashash uchun moʻljallanmagan joyga boʻlgan mulk huquqi yangi mulkdorga oʻtganda u shu uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi boʻladi. | Koʻp kvartirali uydagi turar joyga yoki yashash uchun moʻljallanmagan joyga boʻlgan mulk huquqi yangi mulkdorga oʻtganda u shu uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi boʻladi. |
126-modda. Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarda ishtirok etish | 126-modda. Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarda ishtirok etish |
Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi uni saqlash, shuningdek shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarni uyning umumiy maydonidagi oʻziga qarashli joy maydoniga mutanosib ravishda oʻz zimmasiga oladi. | Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi uni saqlash, shuningdek shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarni uyning umumiy maydonidagi oʻziga qarashli joy maydoniga mutanosib ravishda oʻz zimmasiga oladi. |
127-modda. Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini amalga oshirish | 127-modda. Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini amalga oshirish |
Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasiga egalik qilish hamda ulardan foydalanish turar joylarning va yashash uchun moʻljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga koʻra amalga oshiriladi, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa mulkdorlardan istalgan birining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan belgilanadi. | Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasiga egalik qilish hamda ulardan foydalanish turar joylarning va yashash uchun moʻljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga koʻra amalga oshiriladi, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa mulkdorlardan istalgan birining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan belgilanadi. |
Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni tasarruf etish turar joylarning va yashash uchun moʻljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga koʻra amalga oshiriladi. | Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni tasarruf etish turar joylarning va yashash uchun moʻljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga koʻra amalga oshiriladi. |
Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkning ayrim qismlari koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan qarorga binoan boshqa shaxslarga foydalanishga, arendaga berilishi mumkin. | Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkning ayrim qismlari koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan qarorga binoan boshqa shaxslarga foydalanishga, arendaga berilishi mumkin. |
128-modda. Uy-joy mulkdorlarining shirkati | 128-modda. Uy-joy mulkdorlarining shirkati |
Uy-joy mulkdorlarining shirkati (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) koʻp kvartirali bitta yoki bir nechta zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari boʻlgan umumiy yer uchastkasi bilan birlashtirilgan uydagi xususiy turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining birlashmasidir. | Uy-joy mulkdorlarining shirkati (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) koʻp kvartirali bitta yoki bir nechta zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari boʻlgan umumiy yer uchastkasi bilan birlashtirilgan uydagi xususiy turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining birlashmasidir. |
Shirkat turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladi, u notijorat tashkiloti boʻlib, oʻz ustaviga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish asosida faoliyat koʻrsatadi. | Shirkat turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladi, u notijorat tashkiloti boʻlib, oʻz ustaviga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish asosida faoliyat koʻrsatadi. |
Shirkatlarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. | Shirkatlarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. |
IX BOʻLIM. TURAR JOYLAR HAQINI, UY-JOYNI SAQLASH XARAJATLARINI VA KOMMUNAL XIZMATLAR HAQINI TOʻLASH | IX BOʻLIM. TURAR JOYLAR HAQINI, UY-JOYNI SAQLASH XARAJATLARINI VA KOMMUNAL XIZMATLAR HAQINI TOʻLASH |
129-modda. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joylar haqini ijaraga berish shartnomasi boʻyicha toʻlash | 129-modda. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joylar haqini ijaraga berish shartnomasi boʻyicha toʻlash |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyga toʻlanadigan haq miqdori turar joyni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuziladigan ijaraga berish shartnomasida belgilab qoʻyiladi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyga toʻlanadigan haq miqdori turar joyni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuziladigan ijaraga berish shartnomasida belgilab qoʻyiladi. |
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha toʻlanadigan haq miqdori uyni va umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarining oʻrnini qoplashni taʼminlaydigan, ijaraga beruvchi tomonidan turar joy umumiy maydonining bir kvadrat metri hisobida belgilangan stavkalardan kelib chiqib belgilanadi. | Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha toʻlanadigan haq miqdori uyni va umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarining oʻrnini qoplashni taʼminlaydigan, ijaraga beruvchi tomonidan turar joy umumiy maydonining bir kvadrat metri hisobida belgilangan stavkalardan kelib chiqib belgilanadi. |
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondini tiklashga ajratmalar hamda ijaraga beruvchining normativ foydasi turar joyning ijara haqiga kiradi. | Munitsipal va idoraviy uy-joy fondini tiklashga ajratmalar hamda ijaraga beruvchining normativ foydasi turar joyning ijara haqiga kiradi. |
130-modda. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar haqini toʻlash | 130-modda. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar haqini toʻlash |
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylari uchun toʻlanadigan haq ijaraga berish shartnomasi boʻyicha uyga qarash, unga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun ketadigan xarajatlarni oʻz ichiga oladi. Turar joyni ijaraga oluvchi turar joy haqini har oyda yashalgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlashi shart. | Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylari uchun toʻlanadigan haq ijaraga berish shartnomasi boʻyicha uyga qarash, unga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun ketadigan xarajatlarni oʻz ichiga oladi. Turar joyni ijaraga oluvchi turar joy haqini har oyda yashalgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlashi shart. |
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyi uchun haq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olinadi. | Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyi uchun haq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olinadi. |
131-modda. Yotoqxonalarda yashaganlik uchun haq olish tartibi | 131-modda. Yotoqxonalarda yashaganlik uchun haq olish tartibi |
Yotoqxonalarda yashaganlik uchun haq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olinadi. | Yotoqxonalarda yashaganlik uchun haq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olinadi. |
132-modda. Koʻp kvartirali uydagi turar joylarni va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni va umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlari | 132-modda. Koʻp kvartirali uydagi turar joylarni va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni va umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlari |
Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdori oʻziga qarashli turar joyni oʻz hisobidan tegishli texnik va sanitariya holatida saqlaydi, shuningdek koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. | Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdori oʻziga qarashli turar joyni oʻz hisobidan tegishli texnik va sanitariya holatida saqlaydi, shuningdek koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. |
Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy xarajatlarni, qoida tariqasida, majburiy badallar shaklida birgalikda zimmalariga oladilar, bu badallar koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat koʻrsatish, uni joriy va kapital taʼmirlash hamda koʻp kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash xarajatlarining oʻrnini qoplashi kerak. | Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy xarajatlarni, qoida tariqasida, majburiy badallar shaklida birgalikda zimmalariga oladilar, bu badallar koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat koʻrsatish, uni joriy va kapital taʼmirlash hamda koʻp kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash xarajatlarining oʻrnini qoplashi kerak. |
Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha majburiy badallar miqdori mazkur uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi. | Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha majburiy badallar miqdori mazkur uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi. |
Mulkdorning koʻp kvartirali uydagi oʻziga qarashli turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanmasligi yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan toʻliq yoki qisman ozod qilmaydi. | Mulkdorning koʻp kvartirali uydagi oʻziga qarashli turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanmasligi yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan toʻliq yoki qisman ozod qilmaydi. |
Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdori oʻzining umumiy mol-mulkni saqlash boʻyicha umumiy xarajatlardagi ishtirokiga doir majburiyatini turar joyni shartnoma boʻyicha ijaraga, arendaga oluvchiga oʻtkazishi mumkin, bunda haqning oʻz vaqtida toʻlanishi masʼuliyati turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorining zimmasida boʻladi. | Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdori oʻzining umumiy mol-mulkni saqlash boʻyicha umumiy xarajatlardagi ishtirokiga doir majburiyatini turar joyni shartnoma boʻyicha ijaraga, arendaga oluvchiga oʻtkazishi mumkin, bunda haqning oʻz vaqtida toʻlanishi masʼuliyati turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorining zimmasida boʻladi. |
Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdori shirkatni, boshqaruvchini yoki boshqaruvchi tashkilotni yoxud turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari tomonidan vakil qilingan shaxsni umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarni toʻlashga doir majburiyatlar joyni ijaraga, arendaga oluvchiga oʻtkazilganligi haqida xabardor qilishi shart. | Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdori shirkatni, boshqaruvchini yoki boshqaruvchi tashkilotni yoxud turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari tomonidan vakil qilingan shaxsni umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarni toʻlashga doir majburiyatlar joyni ijaraga, arendaga oluvchiga oʻtkazilganligi haqida xabardor qilishi shart. |
133-modda. Kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar | 133-modda. Kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar |
Kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar sovuq va issiq suv taʼminoti, suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya), elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, isitish (issiqlik taʼminoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun toʻlanadigan toʻlovlardan iboratdir. | Kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar sovuq va issiq suv taʼminoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, isitish (issiqlik taʼminoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun toʻlanadigan toʻlovlardan iboratdir. |
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari oʻzlariga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun qonunchilikka va kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar (ijrochilar) bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq majburiy toʻlovlar toʻlaydi. | Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari oʻzlariga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun qonunchilikka va kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar (ijrochilar) bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq majburiy toʻlovlar toʻlaydi. |
Uy-joy obyektining manzili boʻyicha doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari koʻrsatilganligi uchun haq toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzasidan qonunchilikka va kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchi (bajaruvchi) korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq solidar javobgar boʻladi. | Uy-joy obyektining manzili boʻyicha doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari koʻrsatilganligi uchun haq toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzasidan qonunchilikka va kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchi (bajaruvchi) korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq solidar javobgar boʻladi. |
Koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarning tariflari va mazkur xizmatlar normativlari qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi. | Koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarning tariflari va mazkur xizmatlar normativlari qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi. |
Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
134-modda. Koʻp kvartirali uydagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini va kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatlari | 134-modda. Koʻp kvartirali uydagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini va kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatlari |
Koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlarini oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlaydi. | Koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlarini oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlaydi. |
Davlat uy-joy fondining koʻp kvartirali uyidagi joylarni ijaraga, arendaga oluvchilar shu uydagi umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash haqini ijaraga, arendaga berish shartnomasi shartlariga muvofiq, biroq oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlaydi. | Davlat uy-joy fondining koʻp kvartirali uyidagi joylarni ijaraga, arendaga oluvchilar shu uydagi umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash haqini ijaraga, arendaga berish shartnomasi shartlariga muvofiq, biroq oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlaydi. |
Davlat va xususiy uy-joy fondlarida koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar toʻlash oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay har oyda amalga oshirilishi kerak, bundan suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari mustasno. | Davlat va xususiy uy-joy fondlarida koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar toʻlash oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay har oyda amalga oshirilishi kerak, bundan suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari mustasno. |
Davlat va xususiy uy-joy fondlarida koʻrsatiladigan suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar oldindan 100 foizlik haq toʻlash asosida amalga oshirilishi kerak. | Davlat va xususiy uy-joy fondlarida koʻrsatiladigan suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar oldindan 100 foizlik haq toʻlash asosida amalga oshirilishi kerak. |
Koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari kechiktirilgan har bir kunga yuridik shaxslar uchun 0,4 foiz, jismoniy shaxslar uchun 0,1 foiz miqdorida, biroq kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi. | Koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari kechiktirilgan har bir kunga yuridik shaxslar uchun 0,4 foiz, jismoniy shaxslar uchun 0,1 foiz miqdorida, biroq kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi. |
Agar shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot koʻp kvartirali uyning kommunal xizmatlar buyurtmachisi boʻlsa, ularga penya miqdorlari boʻyicha ushbu moddaning beshinchi qismida jismoniy shaxslar uchun belgilangan norma qoʻllaniladi. | Agar shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot koʻp kvartirali uyning kommunal xizmatlar buyurtmachisi boʻlsa, ularga penya miqdorlari boʻyicha ushbu moddaning beshinchi qismida jismoniy shaxslar uchun belgilangan norma qoʻllaniladi. |
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga kommunal xizmatlar koʻrsatish majburiy toʻlovlar uch oydan ortiq toʻlanmagan taqdirda toʻxtatib turiladi, bundan suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari, shuningdek elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish mustasno. | Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga kommunal xizmatlar koʻrsatish majburiy toʻlovlar uch oydan ortiq toʻlanmagan taqdirda toʻxtatib turiladi, bundan suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari, shuningdek elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish mustasno. |
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun oldindan 100 foizlik haq toʻlash amalga oshirilmagan taqdirda, suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) tizimlaridan toʻliq uzib qoʻyishgacha boʻlgan choralar koʻriladi. | Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun oldindan 100 foizlik haq toʻlash amalga oshirilmagan taqdirda, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlaridan toʻliq uzib qoʻyishgacha boʻlgan choralar koʻriladi. |
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda majburiy toʻlovlar toʻlanmagan taqdirda, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyishgacha boʻlgan choralar koʻriladi. | Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda majburiy toʻlovlar toʻlanmagan taqdirda, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyishgacha boʻlgan choralar koʻriladi. |
135-modda. Uy-joyni saqlash va kommunal xizmatlar haqini toʻlash xarajatlarini qoplash | 135-modda. Uy-joyni saqlash va kommunal xizmatlar haqini toʻlash xarajatlarini qoplash |
Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joyni saqlash va kommunal xizmatlar haqini toʻlash xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi. | Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joyni saqlash va kommunal xizmatlar haqini toʻlash xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi. |
136-modda. Turar joylar va kommunal xizmatlar haqini toʻlashda aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam taʼminlangan toifalarini qoʻllab-quvvatlash | 136-modda. Turar joylar va kommunal xizmatlar haqini toʻlashda aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam taʼminlangan toifalarini qoʻllab-quvvatlash |
Turar joylar va kommunal xizmatlar haqini toʻlashda aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam taʼminlangan toifalarini qoʻllab-quvvatlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Turar joylar va kommunal xizmatlar haqini toʻlashda aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam taʼminlangan toifalarini qoʻllab-quvvatlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
X BOʻLIM. UY-JOY FONDINI SAQLASH | X BOʻLIM. UY-JOY FONDINI SAQLASH |
137-modda. Uy-joy fondini saqlash faoliyati | 137-modda. Uy-joy fondini saqlash faoliyati |
Uy-joy fondini saqlash faoliyati uylarni boshqarishga, ularga xizmat koʻrsatishga (tegishli texnik va sanitariya holatini saqlab turishga), ularni taʼmirlashga oid faoliyatni hamda ularni saqlashga va ularda yashash hamda koʻp kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasidan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi. | Uy-joy fondini saqlash faoliyati uylarni boshqarishga, ularga xizmat koʻrsatishga (tegishli texnik va sanitariya holatini saqlab turishga), ularni taʼmirlashga oid faoliyatni hamda ularni saqlashga va ularda yashash hamda koʻp kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasidan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi. |
Uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash belgilangan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. | Uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash belgilangan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. |
Xususiy uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish mulkdorlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. | Xususiy uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish mulkdorlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. |
Munitsipal uy-joy fondini va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Munitsipal uy-joy fondini va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Idoraviy uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish uy-joy fondi oʻz tasarrufida hamda balansida turgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. | Idoraviy uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish uy-joy fondi oʻz tasarrufida hamda balansida turgan davlat muassasalari va tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. |
Favqulodda vaziyatlar oqibatida vayron boʻlgan uy-joy fondini tiklash xarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi. | Favqulodda vaziyatlar oqibatida vayron boʻlgan uy-joy fondini tiklash xarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi. |
Koʻp kvartirali uylarni joriy va kapital taʼmirlash uchun mablagʻlarni jamlash (yigʻish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Koʻp kvartirali uylarni joriy va kapital taʼmirlash uchun mablagʻlarni jamlash (yigʻish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
138-modda. Uy-joy fondini boshqarish | 138-modda. Uy-joy fondini boshqarish |
Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi. | Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi. |
Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori va boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin. | Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori va boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin. |
Xususiy uy-joy fondini boshqarish bevosita turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari, shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoxud qonunchilikka muvofiq boshqacha usulda amalga oshirilishi mumkin. | Xususiy uy-joy fondini boshqarish bevosita turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari, shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoxud qonunchilikka muvofiq boshqacha usulda amalga oshirilishi mumkin. |
Koʻp kvartirali uyni boshqarish usuli shu uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi. Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. | Koʻp kvartirali uyni boshqarish usuli shu uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi. Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. |
Koʻp kvartirali uy turar joylarning va yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari tomonidan bevosita boshqarilganda shu uydagi umumiy mol-mulkni saqlash yoki uni taʼmirlash ishlarini bajarish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomalari turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarorlari asosida tuziladi. Bunda uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari nomidan turar joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan vakil qilingan turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlaridan biri yoki bir nechtasi ish yuritishga haqlidir. | Koʻp kvartirali uy turar joylarning va yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari tomonidan bevosita boshqarilganda shu uydagi umumiy mol-mulkni saqlash yoki uni taʼmirlash ishlarini bajarish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomalari turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarorlari asosida tuziladi. Bunda uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari nomidan turar joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan vakil qilingan turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlaridan biri yoki bir nechtasi ish yuritishga haqlidir. |
Koʻp kvartirali uyni boshqarish “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Koʻp kvartirali uyni boshqarish “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Shirkat tashkil etilmagan koʻp kvartirali uyni boshqarish boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy yigʻilishining qarori asosida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. | Shirkat tashkil etilmagan koʻp kvartirali uyni boshqarish boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy yigʻilishining qarori asosida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. |
139-modda. Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash shartnomalari | 139-modda. Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash shartnomalari |
Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash shartnomalari yozma shaklda tuziladi. | Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash shartnomalari yozma shaklda tuziladi. |
Boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot, bir tomondan, va uy-joy fondi mulkdori yoki shirkat, agar shirkat tashkil etilmagan boʻlsa, koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari, ikkinchi tomondan, uy-joy fondini boshqarish shartnomasining taraflaridir. | Boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot, bir tomondan, va uy-joy fondi mulkdori yoki shirkat, agar shirkat tashkil etilmagan boʻlsa, koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari, ikkinchi tomondan, uy-joy fondini boshqarish shartnomasining taraflaridir. |
Uy-joy fondini boshqarish shartnomasining majburiy shartlari quyidagilardan iborat: | Uy-joy fondini boshqarish shartnomasining majburiy shartlari quyidagilardan iborat: |
boshqaruv amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki tarkibi hamda uyning manzili; | boshqaruv amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki tarkibi hamda uyning manzili; |
koʻp kvartirali uydagi joylar mulqdorlarining umumiy mol-mulkini, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasi saqlanishini taʼminlash boʻyicha boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilotning majburiyatlari; | koʻp kvartirali uydagi joylar mulqdorlarining umumiy mol-mulkini, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasi saqlanishini taʼminlash boʻyicha boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilotning majburiyatlari; |
boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot xizmatlariga haq toʻlash tartibi va miqdori; | boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot xizmatlariga haq toʻlash tartibi va miqdori; |
koʻp kvartirali uyning texnik hujjatlarini topshirish shartlari; | koʻp kvartirali uyning texnik hujjatlarini topshirish shartlari; |
shartnoma boʻyicha majburiyatlarning boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi. | shartnoma boʻyicha majburiyatlarning boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi. |
Uy-joy fondini boshqarish shartnomasi shartlari koʻp kvartirali uydagi joylarning barcha mulkdorlari uchun bir xil belgilanadi. | Uy-joy fondini boshqarish shartnomasi shartlari koʻp kvartirali uydagi joylarning barcha mulkdorlari uchun bir xil belgilanadi. |
Agar uy-joy fondini boshqarish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlariga har yili uy-joy fondini boshqarish shartnomasining oʻtgan yilgi bajarilishi toʻgʻrisida joriy yilning birinchi choragi ichida hisobot taqdim etadi. | Agar uy-joy fondini boshqarish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlariga har yili uy-joy fondini boshqarish shartnomasining oʻtgan yilgi bajarilishi toʻgʻrisida joriy yilning birinchi choragi ichida hisobot taqdim etadi. |
Uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organ, shirkat, boshqaruvchi yoxud boshqaruvchi tashkilot uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash uchun tegishli xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlovchi tashkilotlar bilan ishlarni bajarishga (xizmatlar koʻrsatishga) doir shartnomalar tuzishga haqlidir. | Uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organ, shirkat, boshqaruvchi yoxud boshqaruvchi tashkilot uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash uchun tegishli xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlovchi tashkilotlar bilan ishlarni bajarishga (xizmatlar koʻrsatishga) doir shartnomalar tuzishga haqlidir. |
XI BOʻLIM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR | XI BOʻLIM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR |
140-modda. Uy-joyga oid nizolarni hal etish | 140-modda. Uy-joyga oid nizolarni hal etish |
Uy-joyga oid nizolar sud tartibida hal etiladi. | Uy-joyga oid nizolar sud tartibida hal etiladi. |
141-modda. Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 141-modda. Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. | Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. |