09.08.2006 yildagi 169-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

VAZIRLAR MAHKAMASINING “YOSH ISTE’DODLAR UCHUN “NIHOL” MUKOFOTINI TA’SIS ETISH TO‘G‘RISIDA” 2000-YIL 25-AVGUSTDAGI 334-SON VA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING YOSH ISTE’DODLAR UCHUN “NIHOL” MUKOFOTI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA” 2006-YIL 14-MARTDAGI 44-SON QARORLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” 2000-yil 25-avgustdagi 334-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “30” raqami “25” raqami bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 9-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169-son

Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 9-avgustdagi 169-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Nihol” mukofoti iste’dodli yoshlarning jamiyatimiz ma’naviy hayotini yuksaltirishdagi muhim o‘rnini inobatga olib, o‘zining estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, raqs va opera san’ati ijrochiligi sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlarni muntazam rag‘batlantirib borish maqsadida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nomzodlar jami beshta nominatsiya — estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, opera ijrochiligi va raqs san’ati bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari tanlovda ishtirok etmaydilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir o‘ringa munosib nomzodlarni tanlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahrida tanlovlar o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etadigan ijrochilar iste’dodi tomoshabinlar, keng jamoatchilik ishtirokida o‘ziga xos sinovdan o‘tkaziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nomzod iste’dodi va ijro madaniyatining o‘ziga xosligi, badiiy mahorati va saviyasi, milliy san’atimizning yuksak namunalaridan boxabarligi bilan alohida ajralib turishi, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mustaqillik g‘oyalarini, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy islohotlar mohiyatini san’at vositasida targ‘ib etishga xizmat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tavsiya etilayotgan ishlarni ko‘rishda nomzodning professional tayyorgarligi, badiiy ijrochilik mahorati, repertuar saviyasi (musiqa, matn), ijtimoiy faolligi, insoniy fazilatlari yetakchi mutaxassislar tomonidan yuqori baholanganligi, jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Akademik va an’anaviy ijrochilik, estrada, opera, raqs sohasidagi ijodiy ishlarni baholashda nomzodlarning mamlakatimiz va xorijdagi ko‘rik hamda tanlovlarda erishgan yutuqlari ham e’tiborga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tanlovni o‘tkazish bosqichlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqich (aprel-may)
(ikkinchi bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tanlovning birinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasining tuman va shaharlarida o‘tkaziladi. Talabgorlar hujjatlarini tuman va shahar madaniyat bo‘limlari huzurida tuziladigan ishchi guruhga taqdim etadilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Ishchi guruh tarkibi tuman va shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishchi guruhlar 5 — 7 kishidan iborat bo‘lib, ularning tarkibiga tuman, shahar madaniyat va san’at muassasalari mutaxassislari, joylardagi Yoshlar ittifoqi hamda boshqa jamoat tashkilotlari vakillari kiritiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishchi guruhlar yig‘ilishlarini tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish tuman, shahar madaniyat bo‘limlari xodimlaridan tayinlanadigan mas’ul kotib tomonidan olib boriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi guruhlar topshirilgan hujjatlarni muhokama qilib, nomzodlarni atroflicha o‘rganib chiqib har bir nominatsiya bo‘yicha bir nafardan nomzodni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi viloyat hamda Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari huzurida taniqli mutaxassis va san’atkorlardan tuziladigan komissiyaga tavsiya etadilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar muayyan nominatsiya bo‘yicha munosib nomzod bo‘lmasa, o‘sha yo‘nalishda tavsiya berilmasligi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. 1-bosqich tanlovning birinchi yilida o‘tkaziladi.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bosqich (oktabr-noyabr)
(ikkinchi bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyat va Toshkent shahri komissiyalarining faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi viloyat hamda Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi, uning tarkibi joylardagi yetuk madaniyat va san’at sohasi mutaxassislari hamda taniqli san’atkorlar, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining hududiy bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyat va Toshkent shahar komissiyalari tuman va shaharlar ishchi guruhlari taqdim etgan tavsiyalarni batafsil o‘rganib chiqib, keng jamoatchilik va tomoshabinlar ishtirokida nomzodlarni respublika bosqichiga saralash uchun konsert dasturi yoki ko‘rgazmali chiqishlar shaklida ko‘rik-tanlov o‘tkazadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri komissiyasi ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra 4 nafargacha nomzodni tanlab olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti Respublika kengashiga taqdim etadi (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi deb yuritiladi).
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha munosib nomzod aniqlanmasa, tavsiya berilmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati, erishgan yutuqlari yoritib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. 2-bosqich tanlovning birinchi yilida o‘tkaziladi.
(161-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bosqich (iyun-avgust)
(ikkinchi bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Respublika Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan taqdim etilgan nomzodlarning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Respublika Kengashi faoliyatini tashkillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Respublika Kengashi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha nomzodlarni tanlab, ularning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqadi va tanlov asosida sovrindorlarni belgilaydi. Qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga bittadan, Toshkent shahriga 2 ta o‘rin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biror viloyatdan munosib nomzod topilmagan taqdirda ushbu hududga ajratilgan o‘rin Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarga berilishi mumkin. 15 nafar sovrindor Kengashning maxsus qarori bilan tasdiqlanadi va ularga “Nihol” mukofoti topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Respublika ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati va ijodi keng yoritib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. 3-bosqich tanlovning ikkinchi yilida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir bosqich g‘oliblari navbatdagi bosqichda o‘zlarining yangi repertuarlari (yangi qo‘shiq va kuy va h.k) bilan ishtirok etishlari shart.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Har bir nomzodning hujjatlari bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri komissiyalarining xulosalari va qarorlari yuboriladi. Qarorda nomzodning ismi, familiyasi va otasining ismi, faoliyati va ijro mahoratining keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi haqidagi ma’lumotlar, mukofotga taqdim etish asoslari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir nomzod bo‘yicha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
repertuarlar ro‘yxati, video-audio albomlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning shaxsiy varaqasi, tarjimai holi, ijodiy jarayondagi 2 dona fotosurati, tanlovlarda qatnashganligi haqidagi diplom yoki sertifikat nusxasi (agar bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy o‘qish yoki ish joyidan berilgan va mazkur tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlangan ijodiy tavsifnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida nomzod haqida berilgan ko‘rsatuv va eshittirishlar yoki maqolalar nusxasi (agar bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodning pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) nusxasi, diplom ma’lumotlari, fotosurati va o‘qish joyidan ma’lumotnoma “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Talabgorning hujjatlari yuqorida ko‘rsatilgan tartibda va belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. “Nihol” mukofotini topshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti har ikki yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida, avgust oyining oxirgi o‘n kunligida tantanali vaziyatda topshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. “Nihol” mukofoti o‘z ramzi aks ettirilgan sovrin va eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdoridagi pul mablag‘idan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. “Nihol” mukofotiga sazovor bo‘lgan yoshlar madaniyat, san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi (ansambl, jamoa sifatida ishtirok etganlar bundan mustasno), mamlakatning atoqli san’atkorlaridan saboq olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi 295-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. “Nihol” mukofoti takroran berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “Nihol” mukofoti sovrindorlarining ro‘yxati Mustaqillik bayrami arafasida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 9-avgustdagi 169-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari-Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri rahbarligidagi respublikasi komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 4-noyabrdagi 519-son qaroriga 7-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-martdagi 44-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 20-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 323-modda; 2011-y., 45-46-son, 471-modda; 2017-y., 35-son, 930-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)