Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.08.2006 14.03.2006 yildagi 44-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.08.2006
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING YoSh ISTE’DODLAR UChUN “NIHOL” MUKOFOTI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-avgustdagi 169-sonli “Vazirlar Mahkamasining “Yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” 2000-yil 25-avgustdagi 334-son va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-martdagi 44-son qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-avgust “Yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 334-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandi hamda qarorning 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-maydagi 86-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 14-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-son

Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 14-martdagi 44-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar
uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I.Umumiy qoidalar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Nihol” mukofoti iste’dodli yoshlarning jamiyatimiz ma’naviy hayotini yuksaltirishdagi muhim o‘rnini inobatga olib, o‘zining estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, raqs va opera san’ati ijrochiligi sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 17 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlarni muntazam rag‘batlantirib borish maqsadida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nomzodlar jami beshta nominatsiya — estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, opera ijrochiligi va raqs san’ati bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir o‘ringa munosib nomzodlar tanlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tanlovlar o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etadigan ijrochilar iste’dodi tomoshabinlar, keng jamoatchilik ishtirokida o‘ziga xos sinovdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nomzod iste’dodi va ijro madaniyatining o‘ziga xosligi, badiiy mahorati va saviyasi, milliy san’atimizning yuksak namunalaridan boxabarligi bilan alohida ajralib turishi, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mustaqillik g‘oyalarini, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy islohotlar mohiyatini san’at vositasida targ‘ib etishga xizmat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tavsiya etilayotgan ishlarni ko‘rishda nomzodning professional tayyorgarligi, badiiy ijrochilik mahorati, repertuar saviyasi (musiqa, matn), ijtimoiy faolligi, insoniy fazilatlari yetakchi mutaxassislar tomonidan yuqori baholanganligi, jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Akademik va an’anaviy ijrochilik, estrada, opera, raqs sohasidagi ijodiy ishlarni baholashda nomzodlarning mamlakatimiz va xorijdagi ko‘rik hamda tanlovlarda erishgan yutuqlari ham e’tiborga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

II. Tanlov o‘tkazish bosqichlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqich (aprel)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tanlovning birinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasining tuman va shaharlarida o‘tkaziladi. Talabgorlar hujjatlarini tuman va shahar madaniyat va sport ishlari bo‘limlari huzurida tuziladigan ishchi guruhga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishchi guruhlar 5—7 kishidan iborat bo‘lib, ularning tarkibiga tuman, shahar madaniyat va san’at muassasalari mutaxassislari, joylardagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamda boshqa jamoat tashkilotlari vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishchi guruhlar yig‘ilishlarini tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish tuman, shahar madaniyat va sport ishlari bo‘limlari xodimlaridan tayinlanadigan mas’ul kotib tomonidan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi guruhlar topshirilgan hujjatlarni muhokama qilib, nomzodlarni atroflicha o‘rganib chiqib har bir nominatsiya bo‘yicha bittadan nomzodni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmalari huzurida taniqli mutaxassis va san’atkorlardan tuziladigan komissiyaga tavsiya etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar muayyan nominatsiya bo‘yicha munosib nomzod bo‘lmasa, o‘sha yo‘nalishda tavsiya berilmasligi mumkin.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bosqich (iyun)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat komissiyalarining faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi, uning tarkibi joylardagi yetuk madaniyat va san’at sohasi mutaxassislari hamda taniqli san’atkorlar, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining hududiy bo‘limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa jamoat tashkilotlari vakillaridan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat komissiyalari tuman va shaharlar ishchi guruhlar taqdim etgan tavsiyalarni batafsil o‘rganib chiqib, keng jamoatchilik va tomoshabinlar ishtirokida nomzodlarni respublika bosqichiga saralash uchun konsert dasturi yoki ko‘rgazmali chiqishlar shaklida ko‘rik-tanlov o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat komissiyasi ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 tadan jami 5 ta nomzodni tanlab olib, iste’dodli yoshlarga “Nihol” mukofoti berish bo‘yicha Respublika Kengashiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha munosib nomzod aniqlanmasa, tavsiya berilmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati, erishgan yutuqlari yoritib boriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bosqich (iyul-avgust)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Respublika Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan taqdim etilgan nomzodlarning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Respublika Kengashi faoliyatini muvofiqlashtirib borish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Respublika Kengashi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jami 20 nafar nomzodni tanlab, ularning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqadi va tanlov asosida sovrindorlarni belgilaydi. 10 nafar sovrindor Kengashning maxsus qarori bilan tasdiqlanadi va ularga “Nihol” mukofoti topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Respublika ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati va ijodi keng yoritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. G‘oliblarni aniqlash jarayoni bilan bog‘liq barcha ishlar avgust oyining birinchi o‘n kunligida yakunlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

III. Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Har bir nomzodning hujjatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri komissiyalarining xulosalari va qarorlari bilan yuboriladi. Qarorda nomzodning ismi, familiyasi va otasining ismi, faoliyati va ijro mahoratining keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi haqidagi ma’lumotlar, mukofotga taqdim etish asoslari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir nomzod bo‘yicha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning pasport nusxasi, diplom nusxasi yoki ta’lim olayotgan o‘quv yurtidan ma’lumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
repertuarlar ro‘yxati, video-audio albomlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning shaxsiy varaqasi, tarjimai holi, 4 dona fotosurat (2 dona 3x4, 2 dona ijodiy jarayondagi surat), tanlovlarda qatnashganligi haqidagi diplom yoki sertifikat nusxasi (agar bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy o‘qish yoki ish joyidan berilgan va mazkur tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlangan ijodiy tavsifnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida nomzod haqida berilgan ko‘rsatuv va eshittirishlar yoki maqolalar nusxasi (agar bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Talabgorning hujjatlari yuqorida ko‘rsatilgan tartibda va belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

IV. “Nihol” mukofotini topshirish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti har yili bir marta Mustaqillik bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-maydagi 86-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. “Nihol” mukofoti o‘z ramzi aks ettirilgan sovrin va eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdoridagi pul mablag‘idan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. “Nihol” mukofotiga sazovor bo‘lgan yoshlar madaniyat, san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi, mamlakatning atoqli san’atkorlaridan saboq olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. “Nihol” mukofoti takroran berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “Nihol” mukofoti sovrindorlarining ro‘yxati Mustaqillik bayrami arafasida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 85-modda, 20-21-son, 176-modda)