08.08.2006 yildagi 168-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAN VA TEXNIKA, ADABIYOT, SANʼAT VA MEʼMORCHILIK SOHASIDAGI DAVLAT MUKOFOTLARINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA” 2006-YIL 25-IYULDAGI PF-3781-SON FARMONINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat mukofotlariga talabgorlar boʻyicha tavsiyanomalarni koʻrib chiqish va Davlat mukofotlarini berish boʻyicha takliflar tayyorlash Reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Fanlar akademiyasiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari boʻyicha kengashning ishchi organlari vazifasini bajarish yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat mukofotlari qoʻmitasi tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari boʻyicha kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat mukofotlari qoʻmitasi tugatilishini hamda mazkur qoʻmitaning asosiy vositalari va boshqa mulkining Madaniyat va sport ishlari vazirligi balansiga oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi uch kun muddatda Davlat mukofoti laureatlari diplomi, guvohnomasi va koʻkrak nishonining eng yaxshi namunasi uchun ochiq tanlov eʼlon qilsin va ikki oy muddat ichida tanlov yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli taklif taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2007-yildan boshlab “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati” diplomi, faxriy nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash, mukofotga tavsiya etilgan ishlarni mustaqil ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, Davlat mukofotlari laureatlariga pul mukofotini toʻlash uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini toʻlashga pul mablagʻlarini ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 8-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofotlariga talabgorlar boʻyicha tavsiyanomalarni koʻrib chiqish va Davlat mukofotlarini berish boʻyicha takliflar tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reglamenti
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlariga (keyingi oʻrinlarda Davlat mukofotlari deb ataladi) talabgorlar boʻyicha tavsiyanomalarni qabul qilish, ularning Davlat mukofotlariga taqdim etilayotgan ishlarini keng muhokama va ekspertizadan oʻtkazish, muhokama natijalari va ekspertiza xulosalari asosida Davlat mukofotlari berish boʻyicha takliflar tayyorlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat mukofotlariga talabgorlar boʻyicha tavsiyanomalar va talabgorlarning tegishli ishlarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari boʻyicha kengash (keyingi oʻrinlarda Kengash) koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kengash faoliyatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kengash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofotlariga talabgorlar boʻyicha tavsiyanomalar qabul qilish boshlanganligini, hujjatlarni qabul qilish muddatlari va tartibini respublika markaziy nashrlarida mukofot beriladigan yildan avvalgi yilning 25-oktabrigacha eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofotlariga talabgorlarning hujjatlari eʼlon chiqqan kundan boshlab uch oy davomida (kechi bilan mukofotlar beriladigan yilning 25-yanvarigacha) ishchi organlar tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi nizom deb ataladi) talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi, Davlat mukofotlariga nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi va bu roʻyxatni tegishli ishlarning qisqacha tavsifi bilan respublika markaziy nashrlarida (kechi bilan mukofot beriladigan yilning 25-fevraliga qadar) eʼlon qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofotlariga nomzodlar roʻyxati eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy davomida tegishli ishlarning mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishini hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng muhokamasini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza xulosalari va muhokama natijalariga koʻra Davlat mukofotlarini berishga oid tegishli taklif tayyorlaydi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga (kechi bilan mukofot beriladigan yilning 25-iyuliga qadar) taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning shuʼbalari va ishchi organlariga tegishli vazifalarni yuklaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofotlariga tavsiyanomalarni qabul qilish va saqlash, mukofotlarga nomzodlar ishlarini mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kengash va uning shuʼbalari qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kengash aʼzolari uning ishida jamoatchilik asosida ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat mukofotiga tavsiyanomalarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat mukofotlariga talabgorlar boʻyicha tavsiyanomalar Kengashning ishchi organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan va texnika sohasida — Fanlar akademiyasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohalarida — Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat mukofotiga talabgor boʻyicha tavsiyanomada muallif (mualliflar jamoasi uchun — har bir muallif)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va joyi, yashash manzili, fuqaroligi, ishlash joyi yoki faoliyat turi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, faxriy unvoni, ilmiy, ijodiy ishlari, adabiy, badiiy asarlarining eʼtirofi sifatida unga berilgan boshqa mukofot va sovrinlar, Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan mezonlar asosida respublika fani va madaniyatiga qoʻshgan hissasini asoslovchi maʼlumotlar keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanomaga talabgorlarning Davlat mukofotiga taqdim etilayotgan ilmiy, adabiy, badiiy, sanʼat asarlarining yozma, ovozli yoki video yozuv, tasvir, hajmli-fazoviy va boshqa shakllarda chop etilgan nusxalari va boshqa materiallar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat mukofotlariga tavsiyanomalar va ularning ilovalarini ijrochi organ tomonidan rasmiylashtirish va saqlash, zarur hollarda muallifga qaytarish tartibi Kengash tomonidan tasdiqlanadigan yoʻriqnomaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Davlat mukofotlariga tavsiya qilinayotgan talabgorlar ishlarini koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shuʼba Davlat mukofotiga talabgorlar ishlarining Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi Nizom talablariga muvofiqligi boʻyicha xulosa chiqaradi, saralaydi, shu asosda Davlat mukofotlariga tanlovga qoʻyiladigan nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi va Kengashga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash shuʼba tomonidan taqdim qilingan roʻyxatni koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi hamda uni ishlarning nomi va qisqa tavsifi bilan matbuotda eʼlon qiladi. Bu eʼlon bilan Davlat mukofotiga qoʻyilgan ishlarning rasmiy tanlovi jarayoni boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofoti uchun tanlovga qoʻyilgan ishlar ommaviy axborot vositalari orqali keng muhokama qilinadi va ayni paytda Kengashning tegishli shuʼbasi tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekspertizaning maqsadi — talabgorning ilmiy, ijodiy ishi yoki adabiy, badiiy, sanʼat asarining ahamiyatini, uning Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan mezonlarga muvofiqligini baholashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertizaga tegishli sohadagi yetakchi mutasaddi tashkilotlar, taniqli olimlar, madaniyat, adabiyot va sanʼat arboblari jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza natijasi asoslangan boʻlishi va unda ishning Davlat mukofotiga loyiqligi toʻgʻrisida aniq xulosa keltirilishi lozim. Xulosa ekspertizani oʻtkazgan shaxs, agar ekspertiza tashkilotda oʻtkazilgan boʻlsa, uning rahbari tomonidan imzolanadi va imzo tegishli tartibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Davlat mukofotiga nomzodning ishi boʻyicha bir-biridan mustaqil ravishda ikkita ekspert xulosasi olinadi. Mazkur ikki ekspert xulosasi bir-biriga zid boʻlsa yoki ular asosida yakuniy xulosa chiqarish mumkin boʻlmasa, uchinchi ekspert xulosasi olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat mukofotiga nomzodlar ishlarining ommaviy axborot vositalari orqali muhokamasi bilan bogʻliq materiallar (gazeta va jurnal maqolalari, radiokoʻrsatuv va telekoʻrsatuv materiallari) Kengashning tegishli ishchi organi tomonidan jamlab boriladi va muhokama yakunlangach, 3 kun ichida Kengashning tegishli shuʼbasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kengash shuʼbasi Davlat mukofotiga nomzodlar ishlari, olingan xulosalar va ommaviy axborot vositalari orqali oʻtkazilgan keng muhokama natijalari umumlashtirilgan batafsil maʼlumotnoma tayyorlaydi va uni shuʼba bayonnomasi bilan birga Kengashga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat mukofotlarini berishga oid tegishli taklif tayyorlash boʻyicha yakuniy muhokama Kengashning umumiy majlisida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarning ishlari va ularga ilova qilingan materiallar mazmuni erkin fikr almashish yoʻli bilan oshkora muhokama qilinadi. Bunda Kengashning har bir aʼzosi fikr bildirish huquqiga ega. Muhokama shuʼba qarori va umumlashtirilgan maʼlumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlisiga qadar Kengash aʼzolari Davlat mukofotlariga nomzodlar va ularning tegishli ishlari boʻyicha barcha taqdimnomalar, ularning ilovalari, ekspertiza xulosalari va muhokama natijalari boʻyicha maʼlumotnoma bilan tanishib chiqishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Muhokama yakunlariga koʻra Kengash Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida har bir soha boʻyicha birinchi va ikkinchi darajali Davlat mukofoti berish toʻgʻrisida taklif yuzasidan qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat mukofotlari tanlovi gʻoliblari Kengash majlisida ochiq va nomma-nom ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Majlisda qatnashayotgan Kengash aʼzolarining uchdan ikki qismining ovozini olgan nomzodgina Davlat mukofoti bilan taqdirlanishga tavsiya etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kengash qarori Kengash raisi tasdiqlaydigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ekspertiza natijalari tegishli mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar tomonidan ham, Kengash aʼzolari tomonidan ham oshkor qilinmaydi. Kengashning yakuniy majlisi qarori oshkor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kengashning majlisi Kengash aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatga ega boʻladi. Kengash qarori aʼzolar umumiy sonining yarmidan koʻpi ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar Davlat mukofotiga nomzodlikka Kengash aʼzosining ishi tavsiya qilingan boʻlsa, uning muallifi Kengash ishida ishtirok etmaydi hamda Kengashning shu masala yuzasidan qarori va boshqa materiallar bilan tanishish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat mukofotlari berishga taalluqli Kengashga kiritilgan barcha materiallar, Kengash majlisi materiallari belgilangan tartibda hisobga olinadi va saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi
Davlat mukofotlarini toʻlashga pul mablagʻlarini ajratish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini toʻlashga pul mablagʻlarini budjetdan ajratish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birinchi darajali Davlat mukofoti eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida, ikkinchi darajali Davlat mukofoti eng kam oylik ish haqining 300 baravari miqdorida toʻlanadi va jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqqa tortilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari miqdori ushbu mukofotlarni taqdirlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolangan paytda belgilangan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblab yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Insonni uning vafotidan keyin mukofotlash paytida mukofotlash haqidagi hujjat va pul mukofoti mukofotlangan shaxsning vorisiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat mukofoti laureati” diplomi, koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash, mukofotga tavsiya etilgan ishlarni mustaqil ekspertizadan oʻtkazish va Davlat mukofotlari laureatlariga pul mukofotini toʻlash bilan bogʻlik xarajatlarni respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjetni tasdiqlash paytida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligida rejalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining eʼlon qilingan Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti bilan mukofotlangan shaxslar toʻgʻrisidagi Farmon nusxasini olgandan soʻng, 5 bank kuni davomida zarur mablagʻlarni oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini Xalq bankining yozib berish yuklangan tegishli boʻlimiga hisoblab oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalq bankining tegishli boʻlimi mukofotlash haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni nusxasini olgandan soʻng oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini yozib berishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mukofotlarni toʻlash oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining barcha muassasalari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hisob-kitob cheklari tovarlar va xizmatlarga haq toʻlash uchun taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toʻlangan hisob-kitob cheklariga doir xarajatlarni qoplash toʻlangan hisob-kitob cheklari talablari va reyestrlari asosida hisob-kitob cheklarini yozib bergan Xalq banki boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Koʻrsatib oʻtilgan xarajatlar moliya organlari tomonidan budjetlar daromadlari va xarajatlari tasnifi 201-boʻlimining 69-paragrafi 1.9.00-moddasida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi Oʻzbekiston SSJ Davlat mukofoti toʻgʻrisida” 1991-yil 5-martdagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 3-son, 6-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 13-fevraldagi 58-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi Oʻzbekiston SSJ Davlat mukofoti toʻgʻrisida” 1991-yil 5-martdagi 57-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1996-yil 13-fevraldagi 59-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 2-son, 7-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 13-fevraldagi 58-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1997-yil 26-martdagi 158-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qarori 2-ilovasining 24-pozitsiyasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 322-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 09/19/953/4083-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)