Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2011 30.05.2006 yildagi PQ-359-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

YoG‘-MOY VA OZIQ-OVQAT SANOATINI BOShQARIShNI TAShKIL ETIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning yog‘-moy va oziq-ovqat sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, soha korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash uchun to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ishlab chiqariladigan mahsulotni sotishning bozor mexanizmlarini rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Yog‘moytamakisanoat” va “Oziqovqatsanoat” uyushmalari muassislarining umumiy majlisi tomonidan mazkur uyushmalarni birlashtirish hamda Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasini tashkil etish to‘g‘risida qaror chiqarilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi muassislarining 1-ilovaga* muvofiq tarkibiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ichki hamda tashqi bozorlarining marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, sohani rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati korxonalariga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlashda, ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda, mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish va eksport hajmlarini kengaytirishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yog‘-moy sanoati korxonalarining chigit ishlab chiqaruvchilar bilan, jumladan, chigitni qabul qilish, qat’iy hisobga olish hamda ularning sifati ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatish masalalarida o‘zaro munosabatlarni izchillik bilan takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha korxonalari tomonidan paxta yog‘i chiqishining belgilangan me’yorlariga rioya etilishi, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotni sotishda tegishli tartibga amal qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha korxonalariga axborot xizmatlarini ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona va tashkilotlar Uyushmaga erkin a’zo bo‘lish hamda uning tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga faoliyat yuritadi.
(3-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi 382-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 25-26-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi bir oy muddatda muassislar umumiy yig‘ilishini o‘tkazsin, o‘z nizomini tasdiqlasin hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bir oy muddatda aksiz solig‘i olinadigan mahsulot ishlab chiqaradigan tamaki sanoati korxonalari faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi ijroiya apparati Toshkent shahar, Nukus ko‘chasi, 73“a”-uy manzilida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Uyushmani aloqa, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yog‘moytamakisanoat” yog‘-moy va tamaki sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 26-sentabrdagi 482-sonli va “Oziqovqatsanoat” qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati to‘g‘risida” 1994-yil 26-sentabrdagi 483-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-359-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 189-modda, 25-26-son, 229-modda; 2011-y., 50-son, 512-modda)