O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OZIQ-OVQATSANOAT” QANDOLATChILIK, ChOY VA PIVO-ALKOGOLSIZ IChIMLIKLAR SANOATI KORXONALARI UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-maydagi PQ-359-sonli “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat sanoatining “O‘zoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konsernini qayta tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 26-sentabrdagi PF-945-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar korxonalari, shuningdek, mulkchilikning, turli shakllaridagi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar negizida “Oziqovqatsanoat” uyushmasi 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “Oziqovqatsanoat” uyushmasi:
yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan uyushma hisoblanadi hamda qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoatining mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlarini ixtiyoriy asosda birlashtiradi;
o‘z faoliyatini ta’sischilarning pay va boshqa badallari hamda ular tomonidan berilgan vakolatlar va funksiyalar asosida tashkil etadi;
o‘z faoliyati masalalarini mustaqil ravishda hal etadi, markazlashtirilgan sug‘urta, zaxira va boshqa jamg‘armalarni tashkil qiladi;
“O‘zoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konsernining qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoati tarmoqlariga doir shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
3. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi bir oy muddatda o‘z faoliyati ustavini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda qabul qilsin.
4. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasining 2 va 2a-ilovalarga muvofiq bo‘lishiga hamda xodimlari cheklangan sonining 32 nafardan iborat bo‘lishiga rozilik berilsin.
“Oziqovqatsanoat” uyushmasiga raisning ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishi tavsiya etilsin.
Uyushma raisi va uning o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Oldingi tahrirga qarang.
“Oziqovqatsanoat” uyushmasiga davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) paketini boshqarish huquqini bersin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qarori tahririda)
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 1994-yilda uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish ishlarini tugallasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H.Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 26-sentabr,
483-son
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari, korxona va tashkilotlar
RO‘YXATI
“Toshkent pivo zavodi” jamoa korxonasi
“Toshkent “Lazzat” alkogolsiz ichimliklar zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Toshkent mineral suvlar zavodi
“Toshkent chanqovbosdi ichimliklar zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Koka-kola — Toshkent ichimligi” qo‘shma korxonasi
Qibray chanqovbosdi ichimliklar kombinati
“Andijon alkogolsiz ichimliklar kombinati” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Buxoro pivo zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Namangan chanqovbosdi ichimliklar kombinati” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Samarqand pivo zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Farg‘ona chanqovbosdi ichimliklar zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Hamza mineral suvlar zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Qo‘qon pivo zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Nukus pivo zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Qarshi alkogolsiz ichimliklar zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Xonobod alkogolsiz ichimliklar zavodi
“Chortoq oziq-ovqat konsentratlari tajriba zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Samarqand “Narziya” qandolatchilik fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Toshkent “O‘rtoq” qandolatchilik fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Yangiyo‘l “Lazzat” qandolatchilik ishlab chiqarish birlashmasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Urganch qandolatchilik fabrikasi
“Olmaliq qandolatchilik fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Namangan “Dilorom” qandolatchilik fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Samarqand choy qadoqlash fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Toshkent oziq-ovqat konsentrati kombinati” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Asaka mahsulot ta’minoti va sotish bo‘yicha ixtisoslashgan bazasi
Andijon qurilayotgan korxonalar direksiyasi
“Billur” firmasi
“Olg‘a” bazaviy xo‘jaligi
“Oziqovqatsanoat” xo‘jalik hisobidagi loyiha-konstruktorlik byurosi
Xorazm qurilayotgan qand-shakar zavodi direksiyasi
Standartlashtirish, metrologiya va mahsulot sifatini nazorat qilish markazi
“O‘zoziqovqattuzatishqurilish” tuzatish-qurilish birlashmasi
Respublika qurilayotgan korxonalar direksiyasi
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Rahbariyat
Pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi
Qandolatchilik va choy sanoatini muvofiqlashtirish hamda rivojlantirish bo‘limi
Tijorat ishlari, tayyor mahsulotni yetkazib berish va tashqi aloqalar bo‘limi
Iqtisodiyot, moliya va narx belgilash bo‘limi
Davlat tasarrufidan chiqarish, hisobga olish va hisobot bo‘limi
Investitsiyalar va ilmiy-texnika ta’minoti bo‘limi
Ishlar boshqarmasi
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
JAMI: 32 kishi