O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TADBIRKORLIK FAOLIYATI YURITISH UCHUN RUXSATNOMA TURLARINI QISQARTIRISH VA ULARNI BERISH TARTIB-QOIDALARINI SODDALASHTIRISH TO‘G‘RISIDA” 2005-YIL 21-SENTABRDAGI PQ-186-SON QARORI)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-may,
92-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 3.3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Korxonani ixtiyoriy ravishda tugatish haqida qaror qabul qilgan yoki korxonani tugatish vazifasi ularga sud qarori bilan yuklangan korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki ta’sis hujjatlari bilan vakil qilingan organi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga tugatishni amalga oshirish tartibi va muddatlarini ko‘rsatgan holda uni tugatish to‘g‘risidagi qarorni taqdim etadilar. Korxonani tugatish vazifasi sud qarori bilan korxonaning muassislariga (qatnashchilariga) yoki ta’sis hujjatlari bilan vakil qilingan organiga yuklangan taqdirda ular ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga tugatish komissiyasi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham taqdim etadilar”;
b) 3.6-bandga quyidagi tahrirdagi o‘n uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Korxona ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda oraliq tugatish balansini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishib olish talab etilmaydi”;
v) 3.8-bandga quyidagi tahrirdagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Korxona ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda tugatish balansini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishib olish talab etilmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-apreldagi 63-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 107-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalar blankalari tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 78-modda),
a) qarorga 1-ilova 3-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziyaning amal qilish muddati (amal qilishi cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun)”;
b) qarorga 2-ilova 7-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziyalarning amal qilish muddatlari (amal qilishi cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun);
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ularning amal qilish muddatini uzaytirish (amal qilishi cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun), amal qilishini to‘xtatib qo‘yish va tiklash asoslari va sanalari”.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya blankasini hamda litsenziyalar blankalarini saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga 1-ilovaning “Litsenziyaning amal qilish muddati ___________” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“Litsenziyaning amal qilish muddati ___________________________________________________” | ||
|
(aniq muddat yoki amal qilish muddati cheklanmagan) |
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasi obyektlari faoliyatidagi tartib buzilishi hollari to‘g‘risida” 2002-yil 21-noyabrdagi 402-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“o‘zaro majburiyatlar to‘g‘risidagi bitimlarda va faoliyat shartlarida muayyan davrda korxona ixtisoslashuvini saqlab turish majburiyati mavjud bo‘lgan taqdirda, ko‘rsatib o‘tilgan davrda xususiylashtirilgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarining faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”.
13. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) qarorga ilovada:
1-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizom savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yagona yondashuvlar va talablarni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda yuridik shaxslar tomonidan ulgurji va chakana savdoni amalga oshirish, shuningdek jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular tomonidan chakana savdoni amalga oshirish tartibini belgilaydi”;
2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ulgurji savdo — tijorat maqsadlarida yoki o‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanish uchun hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish”;
II bo‘lim nomidagi “ro‘yxatdan o‘tkazish va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, faqat ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi tuman (shahar) hokimliklarida ulgurji savdoni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olgan taqdirda, shug‘ullanishlari mumkin”;
4—9-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
12-bandning ikkinchi xatboshidagi “ruxsat guvohnomasi” so‘zlari “litsenziya” so‘zi bilan almashtirilsin;
III bo‘lim nomidagi “ro‘yxatdan o‘tkazish va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
13—18-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
21-bandning uchinchi xatboshidagi “chakana savdoni amalga oshirish uchun ruxsat guvohnomasiga ega bo‘lishlari kerak” so‘zlari chiqarib tashlansin;
1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
a) qarorga 1-ilovada:
2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yuridik shaxslar”;
3-bandning o‘n ikkinchi xatboshiga “muvofiq bo‘lgan taqdirda” so‘zlaridan keyin “yakka tartibdagi tadbirkorlarga” so‘zlari qo‘shilsin;
67-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“67. Pivo kuchsiz alkogolli mahsulot hisoblanadi va V bo‘lim talablari pivoni sotishga tatbiq etilmaydi. Sotish joyi cheklanmasdan pivoning:
yuridik shaxslar tomonidan;
chakana savdoga ruxsatnoma bo‘lgan taqdirda jismoniy shaxslar tomonidan sotilishiga yo‘l qo‘yiladi”;
b) qarorga 2-ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Umumiy ovqatlanish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyekt — bu umumiy ovqatlanish sohasida kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va iste’mol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxsdir*”;
9-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Umumiy ovqatlanish savdo obyektlarining ish rejimi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, mustaqil ravishda, sanoat korxonalari,muassasalar, o‘quv yurtlari huzuridagi umumiy ovqatlanish korxonalarining ish rejimi esa — ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“standartlar, texnik shartlar talablariga javob bermaydigan tovarlarni, mahsulotlarni sotish, mahalliy yig‘imlarni to‘lamaslik yoki o‘z vaqtida to‘lamaslik”
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
20. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi”;
b) 9-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshidagi “va faoliyatning ko‘rsatib o‘tilgan turi amalga oshiriladigan muddat” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 22-bandning birinchi xatboshidagi “ularning muddatlarini uzaytirish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 24-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) V bo‘lim nomidagi “uning amal qilish muddatini uzaytirish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
e) 34-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
yo) 35-bandning birinchi xatboshidagi “Amal qilish muddati o‘tmagan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
j) 40-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
z) 42-bandda:
birinchi xatboshidagi “yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-sonli qaroriga asosan 23-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 3-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 91-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 18-19-son, 142-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 328-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/328/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 231-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 27-sentabrdagi 205-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 39-son, 390-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
40. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 11-fevraldagi 67-son qaroriga ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-sonli qaroriga asosan 2018-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
48. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 136-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 3-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 6-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
b) 11-bandning ikkinchi xatboshidan “va faoliyatning ko‘rsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” so‘zlari chiqarib tashlansin.
49. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 6-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 6-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
b) 9-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshidan “va faoliyatning ko‘rsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” so‘zlari chiqarib tashlansin.
50. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(50-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son)
b) qarorga 20-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 28-29-son, 272-modda, 39-son, 390-modda; 2008-y., 14-15-son, 102-modda; 2009-y., 18-son, 224-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda, 107-modda, 18-19-son, 142-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda, 35-son, 403-modda, 44-son, 507-modda; 2015-y., 49-son, 613-modda; 2017-y., 14-son, 231-modda, 31-son, 781-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son; 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; 23.05.2020-y., 09/20/328/0652-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son)