Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006-yilning 20-martida Toshkent shahrida imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006-yilning 20-martida Toshkent shahrida imzolangan chegaraoldi hududlarda fuqarolik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi radioxizmatlari tomonidan foydalaniladigan 30.0—1000.0 MGs radiochastota polosasidagi radiochastota oʻzlashtiruvini muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006-yilning 20-martida Toshkent shahrida imzolangan fan va texnologiyalar sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006-yilning 20-martida Toshkent shahrida imzolangan intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish jabhalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006-yilning 20-martida Toshkent shahrida imzolangan erkin savdo toʻgʻrisida 1997-yil 2-iyunda imzolangan Bitimga erkin savdo tartibidan istisnolar toʻgʻrisidagi Protokol tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 5-may,
PQ–347-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 149-modda)