|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.06.2002
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FAOLIYATNING AYRIM TURLARI BILAN ShUFULLANISh UChUN MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) BERISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻFRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan, xorijiy va qoʻshma korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 18-apreldagi 1034-XII-son qaroriga muvofiq hamda faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish jarayonini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-maydagi 240-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-oktabrdagi 462-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-martdagi 147-son qarorining 2-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-iyundagi 290-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-oktabrdagi 481-son qarorining 6-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-dekabrdagi 610-son qarori.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 19-aprel,
215-son
Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
K I R I Sh
1. Mazkur Nizom mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan, xorijiy va qoʻshma korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida shugʻullanishlari mumkin boʻlgan faoliyatning ayrim turlarini belgilaydi, litsenziyalarni rasmiylashtirish va berishni tartibga soladi.
I. FAOLIYAT TURLARI ROʻYXATI VA LITSENZIYALARNI BERUVChI ORGANLAR ROʻYXATI
2. Maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berishga quyidagi davlat organlari vakolatlidirlar:
|
Faoliyat turlari |
Organning nomi |
|
1 |
2 |
| Qurol-yarogʻ va unga oʻq-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, ularga butlovchi elementlar va priborlar, agar ular boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Portlovchi va zaharli moddalar hamda ular shugʻullangan buyumlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Jangovor zaharlovchi moddalar va ulardan himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Raketa-kosmik komplekslar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Uran va boshqa parchalanuvchi materiallarni qazib olish, shuningdek, ulardan yasalgan buyumlarni ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash, koʻmish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish | Vazirlar Mahkamasi |
| Boʻshab qoladigan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilish, foydalanish, koʻmish) va qayta ishlash | Vazirlar Mahkamasi |
| Harbiy mahsulotlarni namoyish etish va reklama qilish | Vazirlar Mahkamasi |
| Ov va sport oʻq otish qurollarini va ular uchun oʻq-dorilarni, shuningdek, sovuq qurollarni, (milliy turdagi pichoqlardan tashqari) ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Ichki ishlar vazirligi |
| Neft va gazni qazib olish, qayta ishlash va neft mahsulotlarini sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish | Vazirlar Mahkamasi |
| Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslarni hamda chiqindilarni tayyorlash va qayta ishlash | Vazirlar Mahkamasi |
| Radioaktiv moddalar va izotoplar foydalanilgan priborlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Atom energetikasi obyektlarini (qurilmalar, asbob-uskunalar, tizimlar va apparaturalar), magistral truboprovodlar, koʻpriklar, tunnellarni, shuningdek, mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish-montaj qilish, ishlatish va tuzatish | Vazirlar Mahkamasi |
| Oʻta xavfli obyektlar va potensial xatarli korxonalarni qurish hamda ishlatish, ular uchun asbob-uskunalar, nazorat qilish va avariyaga qarshi himoya tizimlarini tayyorlash | Vazirlar Mahkamasi |
| Xazina va bank biletlari, tangalar, qiymatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va shu kabilar), ordenlar va medallarni, pochta toʻlov belgilarini ishlab chiqarish | Markaziy bank |
| Tibbiy yordam koʻrsatish | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| Tarkibida narkotik moddalar boʻlgan ekinlarni ekish, oʻstirish va sotish | Ichki ishlar vazirligi |
| Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat (tarkibida giyohvandlik moddalari boʻlgan oʻsimliklar oʻstirishdan tashqari) | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| Tarkibida giyohvandlik moddalari boʻlgan oʻsimliklar oʻstirish bilan bogʻliq faoliyat | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
| Qimorxonalar tashkil etish, lotereya oʻyinlarini oʻtkazish va shu kabilar | Moliya vazirligi |
| Yongʻinga qarshi avtomatika, qoʻriqlash, yongʻin va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini loyihalash, tuzatish, montaj qilish, sozlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish | Ichki ishlar vazirligi |
| Yoʻlovchilar va yuklarni temir yoʻl, havo, dengiz hamda avtomobil transportida tashish | Vazirlar Mahkamasi |
| Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsiya kinovideofilmlar va dasturlarni ishlab chiqarish | “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi |
| Kinovideodasturlar nusxasini koʻpaytirish, dublyaj kilish, sotish | “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi |
| Kinovideoma�sulotlar prokati | “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi |
| Suratga olishlarni va kinovideo faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish boʻyicha xizmatlar, shu jumladan, vositachilik xizmatlari koʻrsatish | “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi |
| Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish | Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi |
| Shifrlash texnikasini ishlab chiqarish, tuzatish, sotish va ishlatish | Vazirlar Mahkamasi |
| Metrologiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish | Vazirlar Mahkamasi |
| Qiymatli qogʻozlar bozorida investitsiya muassasasi sifatidagi faoliyat | Vazirlar Mahkamasi |
| Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish | Vazirlar Mahkamasi |
| Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari bilan tuzatish, qurilish-montaj ishlarini bajarish | Vazirlar Mahkamasi |
| Mahsulot va xizmatlarni sertifikatsiyalash | Vazirlar Mahkamasi |
| Auditorlik faoliyati | Moliya vazirligi |
| Ishlab chiqarish, turar-joy, xoʻjalik va qishloq xoʻjaligi maqsadlaridagi binolarni loyihalashtirish va ularni qurish uchun muhandislik-texnik qidiruv ishlarini bajarish | Vazirlar Mahkamasi |
| Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarining, diniy taʼlim muassasalarining faoliyati | Vazirlar Mahkamasi |
| Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash |
Vazirlar Mahkamasi |
| Atir, upa-elik va pardoz buyumlari maishiy kimyo tovarlari tayyorlash | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| Turizm sohasidagi faoliyat | Vazirlar Mahkamasi |
| Oʻzbekiston Respublikasi va uni tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish |
Vazirlar Mahkamasi |
| Toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga badiiy xizmat koʻrsatish (konsert qoʻyish) |
Vazirlar Mahkamasi |
| Gramplastinkalar, audiokasetalar va lazer disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish |
Vazirlar Mahkamasi |
| Noshirlik faoliyati |
Vazirlar Mahkamasi |
| Oziq-ovqat spirti, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish |
Vazirlar Mahkamasi |
(2-bandning oʻn toʻqqizinchi, yigirmanchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 29-yanvardagi 56-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 8-modda)
Vazirlar Mahkamasi zarurat boʻlganda litsenziya berish huquqini tegishli boshqaruv organlariga berishi mumkin.
Roʻyxatda koʻrsatilgan faoliyat turlarining har bir guruhi boʻyicha alohida litsenziya rasmiylashtiriladi.
II. LITSENZIYALARNI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh TARTIBI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qarori bilan Nizom II boʻlimining auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishga doir qismi va aloqa sohasidagi faoliyatga nisbatan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Nizomning II boʻlimining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi qismiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22 noyardagi 458-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
3. Litsenziya olish uchun litsenziya berishga vakil qilingan organga quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
ariza (1-ilova);
taʼsis hujjatlari yoki ularning tasdiqlangan nusxalari;
litsenziya berganlik uchun yigʻimning toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
litsenziya berish uchun vakil qilingan tegishli davlat boshqaruv organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan boshqa hujjatlar.
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun litsenziya berish vakolatiga ega boʻlgan organning schyotiga ariza beruvchi tomonidan eng kam ish haqining yarmi miqdorida yigʻim oʻtkaziladi.
4. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha beriladi.
5. Litsenziya berganlik uchun quyidagi miqdorlarda davlat poshlinasi toʻlanadi:
korxonalar va tashkilotlar uchun — eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida;
ishlovchilarning kamida 50 foizini nogironlar, urush, Qurolli Kuchlar faxriylari yoki pensiya yoshiga yetganlar (pensionerlar) tashkil qiladigan korxonalar va tashkilotlar uchun, shuningdek, kichik korxonalar uchun — eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida.
Davlat poshlinasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Davlat korxonalari (tashkilotlari)ga ular uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan belgilangan ishlab chiqarish ixtisosiga muvofiq litsenziyalar:
yigʻim va davlat poshlinasini toʻlamay;
ariza berilgan vaqtdan boshlab bir hafta muddatda beriladi.
Nizomning 5-bandi ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-fevral 89-sonli qarori bilan yuqori rentabelli transport va aloqa xizmati sohasidagi korxonalar (tashkilotlar)dan olinadigan davlat poshlinasi miqdorlari hamda ularni oʻtkazish tartibiga nisbatan oʻz kuchini yoʻqotdi.
6. Litsenziya berish (bermaslik) toʻgʻrisidagi qaror toʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar olingandan soʻng 10 kundan kechiktirmay qabul qilinadi.
Litsenziya berish uchun vakil qilingan organ tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan, shuningdek, amaldagi qonunchilik talablariga va mazkur Nizomga muvofiq kelmaydigan hujjatlar topshirilgan hollarda litsenziyalar berishni rad etish huquqiga egadir. Boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra litsenziyalar berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi qaror asoslangan boʻlishi va ariza beruvchiga yozma shaklda yuborilishi kerak.
Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan qayta rasmiylashtirilgan taqdirda ular 5 kun muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
7. Litsenziya berish uchun vakil qilingan organ zarur hollarda tegishli xulosalarni tayyorlash uchun mehnat shartnomalari boʻyicha haq toʻlagan holda ekspertlarni jalb qilish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Litsenziya 5 yil muddatga, neft mahsulotlarini sotish boʻyicha esa 3 yil muddatga, oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun — ikki yil muddatga beriladi. Ariza beruvchining asosli iltimosi boʻyicha litsenziyaning amal qilish muddati, belgilangan miqdordagi tegishli poshlina toʻlagan holda, yana shuncha muddatga uzaytirilishi mumkin. Litsenziya muddatini uzaytirish yozma ravishda tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-yanvar 2-sonli qarori tahririda)
9. Faoliyat koʻrsatish uchun berilgan litsenziya uni bergan organ tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin.:
a) agar litsenziya olish uchun taqdim etilgan materiallarda haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar mavjudligi aniqlansa;
b) agar korxona (tashkilot) litsenziyada belgilangan faoliyat turlariga rioya qilmasa;
v) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
10. Tegishli faoliyat turiga berilgan litsenziyani bekor qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda litsenziyani bergan organ korxona (tashkilot)ga buzishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma beradi. Agar korxona, tashkilot yozma koʻrsatma olgandan soʻng 30 kun muddat ichida buzishlarni bartaraf etmasa, litsenziya bergan organ uni bekor qiladi va tegishli faoliyat toʻxtatilishi kerak boʻlgan muddatni tayinlaydi.
Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi 3 kun muddatda korxona (tashkilot)ga va korxona (tashkilot) joylashgan hududdagi hokimlikka yuboriladi.
11. Korxona (tashkilot) litsenziya berishni rad etish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini olgandan soʻng 30 kun muddatda sudga shikoyat arizasi berish huquqiga egadir.
1 ILOVA
| _____________________________________________________________________ | ||
|
(litsenziya berish uchun vakil qilingan vazirlik (idora)ning nomi) | ||
| _____________________________________________________________________ | ||
| _______________________________________________huquqiga ega boʻlishi uchun | ||
|
(faoliyat turining nomi) | ||
|
litsenziya berish toʻgʻrisida | ||
|
A R I Z A | ||
| 1. Ariza beruvchining nomi _____________________________________________ | ||
| 2. Pochta manzilgohi ___________________________________________________ | ||
| telefon ____________ , telefaks ____________ , teleks _____________________ | ||
| 3. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning roʻyxati | ||
| | | |
| | | |
| M. Oʻ. | |
Rahbarning imzosi |
2-ILOVA
| _____________________________________________________________________ | ||
|
(litsenziya berish uchun vakil qilingan vazirlik (idora)ning nomi) | ||
|
-son LITSENZIYA | ||
| Shahar | | Berilgan kuni |
| Shu haqda berildiki,___________________________________________________ | ||
| _____________________________________________________________________ | ||
|
(ariza beruvchining nomi) | ||
| _____________________________________________________________________ | ||
| __________________________________________shugʻullanish huquqiga ega boʻldi. | ||
|
(faoliyat turining nomi) | ||
| Litsenziya berish uchun vakil qilingan vazirlik (idora)ning rahbari | ||
| | | |
| | | |
| M. Oʻ. | |
(imzosi) |
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1994-y., 4-son, 23-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 146-modda; 2001-y., 1-2-son, 7-modda; 1-2-son, 8-modda; 5-son, 24-modda)