|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.04.1994
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING “KORXONALAR (TAShKILOTLARNING MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) ASOSIDAGINA ShUG‘ULLANIShGA HAQLI BO‘LGAN FAOLIYAT TURLARINING RO‘YXATI HAQIDA” 1992-YIL 14-YANVARDAGI QARORI
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernining tavsiyasi bo‘yicha farmakologik vositalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha korxonalar (tashkilotlar)ga litsenziyalar berish huquqi dorivor vositalarning sifatini nazorat qilish Davlat komissiyasiga berilgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori amal qilish va ijro etish uchun qabul qilinsin, unda:
a) maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar (tashkilotlar) faoliyat turlarining ro‘yxati tasdiqlangan (ilova qilinadi);
b) belgilandiki, korxona (tashkilot) ro‘yxatga kiritilgan faoliyat turlari bilan tegishli ruxsatnoma (litsenziyasiz shug‘ullangan hollarda u ushbu faoliyatdan olgan barcha daromadni mahalliy budjetga o‘tkazadi va noqonuniy olingan daromad miqdorida jarima to‘laydi. Bunday korxona tashkilotning faoliyati hakamlik sudining qarori bilan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan, korxona (tashkilotlar)ga ro‘yxatda nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish uchun huquq beradigan maxsus ruxsatnoma (litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Belgilansinki, litsenziyalar berish huquqiga faqat davlat boshqaruv organlari egadirlar.
Respublika hududida joylashgan va ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi barcha korxonalar va tashkilotlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, 1992-yilning 1-avgustigacha ilova qilingan Nizomda nazarda tutilgan tartibda litsenziyalarni rasmiylashtiradilar.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR territoriyasida kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining ba’zi turlarini taqiqlash to‘g‘risida” 1989-yil 5-oktabrdagi 325-son qarori (O‘zSSR QT, 1989-y., 10-son, 27-modda) 1-bandining beshinchi, o‘n birinchi, yigirma sakkizinchi va yigirma to‘qqizinchi xatboshlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tarmoq bo‘limlari va tegishli davlat boshqaruv organlari rahbarlariga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 21-may,
240-son
Korxonalarga (tashkilotlarga) faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risida
NI3OM
1. Mazkur Nizom mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarga (tashkilotlarga) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanish huquqini berish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) taqdim etish tartibini yo‘naltirib turadi.
2. Maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berishga quyidagi davlat organlari vakolatlidirlar:
Oldingi tahrirga qarang.
|
Faoliyat turlari |
Organning nomi |
| Qurol-yarog‘ va unga o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, agar ular boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, ularga butlovchi elementlar va priborlar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi |
| Portlovchi moddalar va ular qo‘llangan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (mudofaa ehtiyojlari uchun), O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qo‘mitasi (xalq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun) |
| Jangovar zaharlovchi moddalar va ulardan himoyalanish vositalarini ishlab chiqarish va sotish | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi |
| Raketa-kosmik komplekslar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Uranni va boshqa bo‘linuvchi materiallarni qazib olish hamda ulardan tayyorlangan buyumlarni ishlab chiqarish, transportda tashish, qayta ishlash, ko‘mish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Yagona energetika tizimiga ulanadigan doimiy elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish | O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi |
| Portlash xavfi bo‘lgan va zaharli moddalarni transportda tashish | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “(mudofaa ehtiyojlari uchun), O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qo‘mitasi (xalq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun) |
| Bo‘shab qolgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilish, foydali maqsadda ishlatish, ko‘mish) va qayta ishlash | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi |
| Harbiy mahsulotlarni namoyish etish va reklama qilish | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi |
| Ov va sportga oid o‘q otadigan qurollarni va ular uchun o‘q-dorilarni, shuningdek, sovuq qurollar (pichoqlarning milliy turlaridan boshqa) ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
| Neft va gazni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish | Vazirlar Mahkamasi |
| Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqindilarni tayyorlash va qayta ishlash | Vazirlar Mahkamasi |
| Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash | Vazirlar Mahkamasi |
| Radioaktiv moddalar va izotoplardan foydalangan holda rentgen asbob-uskunalari, priborlar va jihozlarni ishlash, ishlab chiqarish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
| Atom energetikasi obyektlarini (asbob-uskunalar, tizimlar va apparaturalarni), magistral truboprovodlar, ko‘priklar, tunnellarni, shuningdek, mudofaa obyektlarini loyihalash, qurish-montaj qilish, ishlatish va tuzatish | Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining mudofaa obyektlari qismi |
| O‘ta xavfli obyektlar va potensial xatarli korxonalarni qurish va ishlatish, ular uchun asbob-uskunalar,nazorat qilish va avariyaga qarshi himoya tizimlarini tayyorlash | O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati qo‘mitasi |
| Yo‘lovchilar va yuklarni tashish: | |
| temir yo‘l transporti bilan | O‘rta Osiyo temir yo‘l boshqarmasi |
| havo transporti bilan | Vazirlar Mahkamasi |
| dengiz transporti bilan | Arizachining turar joyidagi hokimliklar |
| Yuklar va yo‘lovchilarni avtomobillarda xalqaro (MDH mamlakatlari hududidan tashqarida) tashishlar | O‘zbekiston Avtomobil transporti davlat aksionerlik korporatsiyasi |
| Xazina va bank biletlari,tangalar,orden va medallar ishlab chiqarish | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki |
| Qimmatdor qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va hokazolar) ishlab chiqarish | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
| Pochta to‘lov belgilarini ishlab chiqarish | O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi |
| Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalash, qurish va ishlatish | O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi |
| Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya va kartografiya boshqarmasi |
| Metrologiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va sotish | O‘zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi |
| Shifrlash texnikasini ishlab chiqarish, tuzatish, sotish va ishlatish | O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati |
| Tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan ekinlarni ekish, o‘stirish va sotish | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
| Narkotik moddalarni ishlab chiqarish va sotish | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
| Farmakologiya preparatlarini ishlab chiqarish va sotish | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| Qimorxonalar tashkil etish | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
| Loteriya o‘yinlarini o‘tkazish | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
| Qurilish loyihalarini ekspertiza qilish | O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi |
| Birja faoliyati — birjada brokerlik o‘rinlariga ega bo‘lgan va quyidagilar bilan a’mollarni amalga oshiruvchi brokerlik va dilerlik idoralari birja faoliyatining boshqa qatnashchilari | |
| qimmatdor qog‘ozlar bilan | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
| valyuta bilan | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki |
| ko‘chmas mulklar bilan | O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi |
| intellektual mulk bilan | O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi |
| Vositachilik faoliyati (birjadan tashqari), shu jumladan, savdo-vositachilik va savdo-xarid faoliyati | Arizachining turar joyidagi hokimliklar |
| Yong‘inga qarshi avtomatika, qo‘riqlash, yong‘in va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini loyihalash ,tuzatish, montaj qilish,ularga texnika xizmati ko‘rsatish | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
| Tibbiy yordam ko‘rsatish | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| Sog‘lomlashtirish va boshqa bolalar, o‘smirlar va yoshlar lagyerlarini tashkil etish | O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi |
| Attorlik va pardoz-andoz buyumlari, maishiy kimyo mollari tayyorlash | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| Davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan mol-mulkning qiymatini va tarkibini dastlabki baholash, mulkchilik shaklini o‘zgartirish bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlashga doir ishlar | O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi |
| Auditorlik faoliyati | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
| Fuqarolarga va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi |
| Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, manzarali, multiplikatsion kinovideofilmlar va dasturlar ishlab chiqarish | O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi |
| Kinovideo dasturlarni ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish | O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi |
| Kinovideo mahsulotlarini ijaraga berish, namoyish etish va ko‘rsatish | O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi |
| Kinoga olish ishlarini va boshqa kinovideo faoliyatni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, shu jumladan, vositachilik xizmati ko‘rsatish | O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi |
| Ishlab chiqarish, uy-joy-xo‘jalik va qishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi binolar qurilishi uchun loyihalash va muhandislik-texnikaviy qidiruv ishlari | O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi |
| Balandliklarda sanoat alpinizmi uslubida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyasi huzuridagi respublika tez harakat qilish ko‘p profilli markazi |
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-dekabrdagi 610-sonli qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasi zarur hollarda litsenziya berish uchun tegishli boshqaruv organlari orqali o‘z huquqini o‘tkaza oladi.
Ro‘yxatda ko‘rsatilgan faoliyat turlarining har bir guruhi bo‘yicha alohida litsenziya rasmiylashtiriladi.
3. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 1-ilovaga muvofiq forma bo‘yicha beriladi.
4. Litsenziya olish uchun litsenziya berishga vakil qilingan organga quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
ariza (2-ilova)
ta’sis hujjatlari yoki ularning tasdiqlangan nusxalari;
litsenziya berganlik uchun pul to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatlar;
litsenziya berish uchun vakil qilingan tegishli davlat boshqaruv organlari tomonidan belgilanadigan boshqa hujjatlar.
Hujjatlarni ko‘rib chiqish va litsenziya berish to‘g‘risidagi masalani hal etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun litsenziya berish vakolatiga ega bo‘lgan organ hisobiga arizachi tomonidan ikki ming so‘m miqdorida pul o‘tkaziladi.
5. Litsenziya berganlik uchun quyidagi miqdorlarda davlat poshlinasi to‘lanadi:
korxonalar va tashkilotlar uchun — 8 ming so‘m;
ishlovchilarning kamida 50 foizini, nogironlar, urush, Qurolli Kuchlar faxriylari yoki pensiya yoshiga yetganlar (pensionyerlar) tashkil qiladigan korxonalar va tashkilotlar uchun, shuningdek, kichik korxonalar uchun — 4 ming so‘m.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan ko‘zda tutilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi davlat korxonalari va tashkilotlariga ular uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan belgilangan ishlab chiqarish ixtisosiga muvofiq litsenziyalar ariza berilgan vaqtdan boshlab 15 kun muddatda, yig‘im va davlat poshlinasi to‘lamasdan, beriladi.
Sog‘liqni saqlash organlari, tibbiy yordam ko‘rsatuvchi hamda sog‘lomlashtirish va boshqa bolalar, o‘smirlar va yoshlar lagyerlarini tashkil etish faoliyatini tekin amalga oshiruvchi boshqa muassasalar davlat poshlinasi to‘lashdan ozod etiladilar.
To‘langan davlat poshlinasi:
litsenziyalar davlat boshqaruvining respublika organlari tomonidan berilganda — respublika budjetiga;
litsenziyalar hokimliklar tomonidan berilganda — tegishli mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
6. Litsenziya berish (bermaslik) haqidagi qaror to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar olingan kundan boshlab 30 kundan kechikmasdan qabul qilinadi.
Litsenziya berish uchun vakil qilingan organ tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan, shuningdek, amaldagi qonunchilik talablariga va mazkur Nizomga muvofiq kelmagan hujjatlar topshirilgan hollarda litsenziyalar berishni rad etish huquqiga egadir.
Boshqa sabablarga ko‘ra, shu jumladan, maqsadga muvofiq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra litsenziyalar berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi qaror asoslangan bo‘lishi va ariza beruvchiga yozma shaklda yuborilishi kerak.
Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan qayta rasmiylashtirilgan taqdirda ular 15 kun muddat ichida takroran ko‘rib chiqiladi.
7. Litsenziya berish uchun vakil qilingan organ zarur hollarda tegishli xulosalarni tayyorlash uchun mehnat shartnomalari bo‘yicha haq to‘lagan holda ekspertlarni jalb qilish huquqiga egadir.
8. Litsenziya besh yil muddatga beriladi. Ariza beruvchining asosli iltimosi bo‘yicha litsenziyaning amal qilish muddati, belgilangan miqdorda tegishli poshlina to‘langan holda, yana shuncha muddatga uzaytirilishi mumkin. Litsenziya muddatini uzaytirish yozma shaklda tasdiqlanadi.
9. Faoliyat ko‘rsatish uchun berilgan litsenziya uni bergan organ tomonidan quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
a) agar litsenziya olish uchun taqdim etilgan materiallarda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar mavjudligi aniqlansa;
b) agar korxona (tashkilot) tomonidan faoliyat ko‘rsatish uchun litsenziyada berilgan shartlar bajarilmasa;
v) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
10. Tegishli faoliyat turi uchun berilgan litsenziyani bekor qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda litsenziyani bergan organ korxona, tashkilotga buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma beradi.
Agar korxona, tashkilot yozma ko‘rsatma olgandan so‘ng 30 kun muddat ichida faoliyat uchun berilgan litsenziyani bekor qilishga asos bo‘ladigan buzilishlarni bartaraf etmasa, litsenziya bergan organ uni bekor qiladi va tegishli faoliyat to‘xtatilishi kerak bo‘lgan muddatni tayinlaydi.
11. Litsenziya bergan organ 3 kun muddat ichida faoliyat ko‘rsatish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror nusxasini korxonaga, tashkilotga va ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi hokimliklarga jo‘natadi.
12. Korxona, tashkilot faoliyat ko‘rsatish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror nusxasini olgandan so‘ng 30 kun muddat ichida qarorni bekor qilish va zararni undirish uchun sudga murojaat qilish huquqiga egadir.
13. Ariza beruvchi litsenziya bermaslik yoki uning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan respublika sudlariga yoki hakamlik sudlariga shikoyat qilish huquqiga egadir.
1-ilova
|
__________________________________________________________________________________________________ | ||||
|
(Litsenziya berish uchun vakil qilingan vazirlik (idora) ning nomi) | ||||
|
| ||||
| Shahar | | | |
Berilgan kun |
| Shu haqda berildiki, _________________________________________________________________________________ | ||||
| __________________________________________________________________________________________________ | ||||
|
(ariza beruvchining nomi) | ||||
| __________________________________________________________________________________________________ | ||||
|
____________________________________________________________________ olish huquqiga ega bo‘ldi. | ||||
|
(faoliyat turining nomi) | ||||
|
|
|
| ||
2-ilova
| | ____________________________________________ |
| |
(Litsenziya berish uchun vakil qilingan |
|
________________________________________________________________________________________________ | |
| ______________________________________________________________________ huquqiga ega bo‘lish | |
|
(faoliyat turining nomi) | |
|
| |
| 1. Ariza beruvchining nomi | |
| 2. Pochta manzilgohi ________________________________________________________________________________ | |
| telefon _____________, telefaks _______________, teleks _____________________ | |
| 3. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati | |
|
|
|